162
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 5-SON , (YOʻITJ)
KLINIK LABORATORIYADA PESHOBNI UMUMIY TAHLILI
Lutfullayeva Eleanora Rustamovna
Toshkent davlat tibbiyot universiteti talabasi
https://doi.org/
10.5281/zenodo.15449237
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi:26-aprel 2025 yil
Ma’qullandi:30-aprel 2025 yil
Nashr qilindi: 17-may 2025 yil
Mazkur maqolada, Klinik laboratoriya tashxisi
klinik laborator diagnostikaning uzviy ajralmas qismi
bo’lib, klinik laboratoriyalarda eng ko‘p bajariladigan
tahlillar turiga kiradi. “Klinik laboratoriya tashxisi”da
asosiy qismini peshob hosil bo‘lishi, umumiy peshob
tahlili, peshobni fizik tekshirish, peshobning kimyoviy
tekshiruvi, mikroskopiyasi, peshob sinamalari, jinsiy
yo‘l bilan yuquvchi kasalliklar laborator diagnostikasi,
virusli gepatitlar, odam immun tanqislik infeksiyasi
laborator diagnostikasi, gemostaz tizimini tekshirish,
biriktiruvchi
to‘qima
kasalliklari
laborator
diagnostikasi,
gematologik
tekshirish
usullari
to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan.
KEY WORDS
Klinik
laboratoriyalar,
peshob, gormonlar, fermentlar,
vitaminlar, ayrim dori vositalari,
fizik
tekshirish,
peshobning
kimyoviy
tekshiruvi,
mikroskopiyasi,
peshob
sinamalari.
Klinik laboratoriyalar - bu klinisyenlarga bemorlarni tashxislash, davolash va boshqarishda
yordam beradigan keng ko'lamli laboratoriya protseduralarini ta'minlaydigan sog'liqni
saqlash muassasalari. Bu laboratoriyalarda bemorlardan olingan biologik namunalar
namunalari boʻyicha testlarni oʻtkazish va tahlil qilish uchun oʻqitilgan olimlar ishlaydi.
Peshob – buyraklarda hosil bo‘luvchi mahsulot - eksekret bo‘lib, u orqali organizmdan
modda almashinuvining yakuniy mahsulotlari, ortiqcha suv, tuzlar, ba’zi gormonlar,
fermentlar, vitaminlar, ayrim dori vositalari va ularning mahsulotlari chiqib ketadi.
163
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 5-SON , (YOʻITJ)
Peshob tarkibida 96% suv, 1,5% tuz, 2,5% organik moddalar (mochevina, siydik kislota
va boshqalar) bor. Siydikda qon plazmasidagi kabi tuzlar, sulfatlar, fosfatlar, kaliy, magniy,
ammoniy karbonatlari uchraydi.
Siydik ajratish a’zolari ikkita buyrak, siydik yullari, siydik pufagi va siydik chiqarish kanalidan
iborat.
Buyrak loviyasimon shakldagi juft a’zolar bo‘lib, po‘stloq va mag‘iz qismlari mavjud.
Buyrak arteriyasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri qorin oʻrtasidan chiqadi. Buyraklarning struktur va
funksional birligi nefrondir. Xar bir buyrakda 1 mln. dan ortiq nefron bor.
Umumiy peshob analizi bugungi kunda barcha kasalliklar tashxisiga kiritilgan standart
laboratoriya tekshiruvidir. Peshob analizi faqatgina buyrak faoliyati xaqida ma’lumot
beribgina qolmay, balki boshqa a’zolar, jumladan jigar, yurak, me’da ichak tizimi haqida ham
ma’lumot beradi.
Peshob analizining natijasi ko‘pincha uning to‘g‘ri yig‘ilishiga bog‘liq. Analiz uchun
ertalabgi peshob o‘rta porsiyasi olinadi va 1 soat ichida laboratoriyaga olib boriladi. Peshob
gigienik qoidalarga rioya qilgan xolda, toza idishga olinadi.
Peshob analizi faqatgina buyrak funksiyasi xaqida ma’lumot beribgina qolmay, balki boshqa
a’zolar, jumladan jigar, yurak, me’da ichak tizimi haqida ham ma’lumot beradi.
Peshob sutkalik miqdori.
Sog‘lom odam bir sutkada o‘rtacha 1200-1800 ml peshob ajratadi.
Lekin bu miqdor sutkada ichilayotgan suyuqlik miqdoriga qarab o‘zgarib turadi. Peshobning
ertalabki porsiyasi 150-200 ml ni tashkil qiladi.
Nisbiy zichligi.
Normada peshob nisbiy zichligi 1008 - 1025. Peshob nisbiy zichligi
(solishtirma og‘irligi) buyraklar konsentratsion funksiyasiga baxo berish uchun ishlatiladi.
Peshob rangi.
Normal peshob somon-sariq rangda bo‘ladi. Peshobga urobilin, uroxromlar,
gematoporfirin va b. rang beradi.
Xidi.
YAngi peshobning xidi o‘ziga xos. Qandli diabetning og‘ir kechishida peshobdan atseton
xidi keladi.
Peshob reaksiyasi.
Normada sog‘lom odamda peshob reaksiyasi neytral yoki kuchsiz
kislotali bo‘ladi - rN 5,0-7,0.
Peshobda oqsil.
Normada peshobda oqsil bo‘lmaydi.
Peshobda glyukoza.
Normal peshobda glyukoza bo‘lmaydi.
Peshobda keton.
Ketonuriya peshobda keton tanachalarini (atseton, atsetosirka
va β-oksimoy kislot) bo‘lmaydi.
Peshobda bilirubin normada aniqlanmaydi.
Peshobda urobilinogen.
Normal peshobda urobilinogen kam miqdorda bo‘ladi va u oddiy
usullarda aniqlanmaydi.
O‘t kislotalari.
O‘t kislotalari peshobda aniqlanmaydi.
Sog‘lom odam bir sutkada o‘rtacha 1200-1800 ml peshob ajratadi. Lekin bu miqdor
sutkada ichilayotgan suyuqlik miqdoriga qarab o‘zgarib turadi. Peshobning ertalabki porsiyasi
150-200 ml ni tashkil qiladi. Sutkalik peshobning kamayishi yoki ko‘payishi muxum klinik
ko‘rsatkich. Peshob miqdori Zimnitskiy sinamasida aniqlanadi. Turli xil yoshda peshob
miqdori normasi turlicha buladi.
164
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 5-SON , (YOʻITJ)
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI:
1. Kurbonova Z.Ch., Babadjanova S.A. Sitologik tashxisga kirish: o‘quv qo‘llanma. Toshkent,
“Hilol nashr”, 2021. 152 b.
2. Kurbonova Z.Ch., Babadjanova Sh.A. Laboratoriya ishi: o‘quv qo‘llanma. Toshkent, 2022.
140 b.
3. Kurbonova Z.Ch., Babadjanova S.A. Sitologik diagnostika asoslari: o‘quv –uslubiy qo‘llanma.
Toshkent. - “TTA nashriyoti”, 2022. -47 b.
4. Kurbonova Z.Ch., Sayfutdinova Z.A. Peshobning klinik laborator tashxisi: o'quv –uslubiy
qo'llanma. Toshkent, 2022. 49 b.