Авторы

  • Madina Safarova
    JDPU 2-bosqich tayanch doktoranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.108458

Ключевые слова:

yoshlar innovatsion o’quvchilar kreativ pedagogika kreativ shaxs metod texnologiya rivojlantirish kreativlik daraja mezon baholash raqamli ta’lim rag’batlantirish didaktik asos.

Аннотация

Mazkur maqolada boshlang’ich sinf o’quvchilarining kreativligini rivojlantirishning krteativ pedagogikasi, kreativ shaxsni shakllantirish va rivojlantirish bosqichlari, metod va texnologiyalari haqida fikr yuritilgan.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

164

O‘QUVCHILARDAGI KREATIVLIKNI RIVOJLANTIRISHNING KREATIV

PEDAGOGIKASI ASOSLARI

Safarova Madina Azamat qizi

JDPU 2-bosqich tayanch doktoranti

madinaturakulova54@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15703963

Annotatsiya:

Mazkur maqolada boshlang’ich sinf o’quvchilarining kreativligini

rivojlantirishning krteativ pedagogikasi, kreativ shaxsni shakllantirish va rivojlantirish
bosqichlari, metod va texnologiyalari haqida fikr yuritilgan.

Kalit so’zlar:

yoshlar; innovatsion; o’quvchilar; kreativ; pedagogika; kreativ shaxs;

metod; texnologiya; rivojlantirish; kreativlik daraja; mezon; baholash; raqamli ta’lim;
rag’batlantirish; didaktik asos.

Hozirda mamlakatimiz yoshlarini xar tamonlama yetuk barkamol avlod qilib

shakllantirishga bo‘lgan e’tibor har qachongidan ham dolzarblik kasb etmoqda va bu davlat
siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylanib ham bo‘lgan. Kreativlik, ya'ni ijodkorlik,
zamonaviy ta'lim tizimining ajralmas qismidir. O’quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatini
rivojlantirish, ularning shaxsiy va professional hayotida muvaffaqiyatga erishishlari uchun
muhimdir. Kreativ pedagogika – bu ta'lim jarayonida ijodiy fikrlashni rag'batlantirishga
qaratilgan yondashuvdir. U o’quvchilarni innovatsion fikrlashga, yangi g'oyalar ishlab
chiqishga va o'z fikrlarini erkin ifoda etishga undaydi. Kreativ pedagogikaning asoslari va
o’quvchilardagi kreativlikni rivojlantirish ushbu bosqichlardan iborat:

kreativ shaxsni shakllantirish bosqichlari. Bu yerda o‘quvchilardagi kreativ tafakkurni

shakllantirish, o‘quvchilardagi kreativ qobiliyatning shakllanganligi, o‘quvchilardagi
kreativlikka xos xususiyatlar, kreativlikni tashxislash kabilardan didaktik asos sifatida
foydalaniladi. Bundan o‘quvchilardagi kreativlikni rivojlantirishga oid innovatsion metod va
texnologiyalar ishlab chiqishda foydalaniladi;

shaxs kreativligini rivojlantirish bosqichlari. Ushbu tarkibiy qismida boshlang‘ich

ta’limning barcha bosqichlaridagi (1-4 sinf o‘quvchilaridagi) o‘quvchilar tafakkur qamrovini
hisobga olgan holda ta’lim olib borish asosiy e’tiborda bo‘ladi. Bundan o‘quvchilardagi
kreativlik darajasini aniqlash va baholash mezonini ishlab chiqishda foydalaniladi;

shaxs kreativligini shakllantirish metodlari. Bu bosqichda ushbu sohada olib borgan

tadqiqotimizdagi “O’quvchilarni kreativlik fikrlashga o‘rgatishning muloqotlar maydoni
muhiti metodikasi” dan didaktik asos sifatida fodalanamiz. Bu manbadan didaktik asos
sifatida foydalanishga sabab qaralayotgan innovatsion metodikada bir tomonlama muloqot,
ikki tomonlama muloqot va ikki tomonlama guruhli muloqotlar muntazam ravishda bab –
baravar ishchi holatda bo‘ladi va ular quyidagidek aqliy operatsiyalar negizida amalga
oshiriladi: da’vat; anglash; mulohaza va optimal qaror qabul qilish. Bu tarkibiy qismlardagi
metodlardan boshlng‘ichdagi qaysi fanda qanday kreativ metodikadan foydalanishni ilmiy –
metodik jihatdan asoslashda foydalaniladi;

shaxs kreativligini rivojlanish texnologiyalari. Mazkur tadqiqot ishimizda zamonaviy

pedagogikaning ustuvor yo‘nalishlari biri bo‘lgan raqamli ta’lim texnologiyalariga asosiy
e’tibor qaratiladi. Bunday e’tibordan foydalanishga sabab,

birinchidan

, raqamli

texnologiyalardan foydalanib o‘rganilayotgan mavzu (fanni) mos vertual materiallarini
tayyorlab olib, undan amaliyotda foydalanishga keng imkoniyatlar mavjud,

ikkinchidan

,


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

165

boshlang‘ich ta’limga oid (mavzu, fan, tushuncha va h.k.) pedagogik dasturiy vositalarni ishlab
chiqish mumkin,

uchinchidan

, raqamli texnologiyalardan foydalanib o‘quv jarayonida

to‘ldirilgan reallik texnologiyalardan foydalanishga keng imkoniyatlar mavjud,

to‘rtinchidan

,

raqamli ta’lim texnologiyalaridan foydalangan holda o‘quvchilardagi kreativlikni
rivojlantirishga oid kompyuterli didaktik o‘yinlarni tashkil qilib, treninglar olib borish
mumkin,

beshinchidan

, raqamli ta’lim texnologiyalari yordamida trening mashg‘ulotlari

uchun trenajyorlar ham tayyorlash mumkin. Bu orqali o‘quvchilardagi kreativlikni
rivojlantirishning optimal variantlaridan birini yo‘lga kiritish mumkin bo‘ladi.

Ushbu tarkibiy qismlardagi materiallardan multimediali ta’lim texnologiyalar va ularga

asoslangan holda tayyorlangan elektron o‘quv – didaktik materiallar (pedagogik dasturiy
vositalar, intellektual o‘qitish tizimlari, mavzuni (fanni) o‘rganishga oid “Didaktik portfel”
tayyorlash, elektron albom, elektron atlas, virtual stendlar, audio va vidio materiallar, raqamli
video lavhalar)ni tayyorlashda foydalaniladi. Bu materiallar boshlang‘ich sinf o‘quvchilaridagi
kreativlikni rivojlantirishda mustahkam ko‘rsatmaviy didaktik asos bo‘lib hisoblanadi.

Yuqorida qayd etilgan o‘quvchilardagi kreativlikni rivojlantirishning uch bosqichlari

(o‘quvchilardagi kreativlikni rivojlantirishning didaktik asoslari, nazariy asoslari va kreativ
pedagogikasi asoslari) mazkur tadqiqot ishimizning ilmiy – amaliy qismiga o‘tishga to‘liq
imkoniyatlar yarata oladi. Bunday deyishimizga sabab, bu olib borgan tadqiqotimizga
asoslangan holda o‘quchilardagi kreativlikning rivojlantirishga oid optimal variantlaridan
birini kafolatlash mumkin bo‘ladi, ya’ni olib borgan tadqiqotimizga asoslangan holda
boshlang‘ich ta’limga oid fanlar bo‘yicha turli yo‘nalishdagi mulohazali va qiziqarli masala va
topshiriqlarni hal qilish jarayoni samarali kechadi. Bular esa shubhasiz shaxs kreativligida
muhim didaktik jihatlar bo‘lib hisoblanadi va shu texnologiya asosida ta’lim – tarbiya olgan
yoshlar orasidan intellektual salohiyatli innovatsion rivojlangan shaxsning shakllanishida
mustahkam poydevor bo‘la oladi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Абдулаҳатов А. Р., Жумадурдиев Б. Х. Талабаларнинг креатив қобилиятини

шакллантириш // Компетенцияли ёндашувли таълим тизимини ташкил этиш
усуллари: Халқаро илмий – амалий конференция маетриаллари. – Жиззах, 2021. – Б. 275
– 277.
2.

Айтышова Ж. Т. Особенности организации педагогической работы с одарёнными

детьми в сфере образования // Қиёсий педагогиканинг долзарб масалалари ва
ечимлари: Халқаро илмий – амалий конференция материаллари. – Жиззах, 2022. – Б.
195 – 201.
3.

Алешева Л. Н. Интеллектуальные обучающие системы // Вестник университета. –

М., 2018. - № 1. – С. 149 – 155.
4.

Артюхина М. С. Интеллектуальное воспитание обучающихся в контексте

интерактивных технологий обучения // Педагогика и просвещение. – М., 2014. - № 4. –
С. 42 – 50.
5.

Рахматова Ф. А., Тўрақулова Н. Х., Тўрақулова М. А. Математика фанидан ўқиш

китоби. Ўқув – методик қўлланма. – Т.: I N NOVATSIYA – ZIYO, 2020, 390 б.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

166

6.

Тўрақулов Х. А., Тўрақулова И. Х., Осланова К. С. Бошланғич синф ўқувчиларининг

ўқув – билув фаолиятини юксалтиришнинг инновацион технологиялари. Монография.
– Т.: “Инновацион ривожланиш нашриёт – матбаа уйи”, 2020, 336 б.
7.

Тўрақулов Х. А., Тўрақулова М. А. Бошланғич таълимда рақамли дидактик ўйинлар

// Таълим тизимида ижтимоий – гуманитар фанлар. ИМЖ. – Т., 2017. - №1. – Б. 74 – 77.
8.

Рахматова Ф. А., Тўрақулова М. А. Ўқувчиларни креатив фикрлашга ўргатишнинг

педагогик механизмлари. Магистрлик диссертация.

Библиографические ссылки

Абдулаҳатов А. Р., Жумадурдиев Б. Х. Талабаларнинг креатив қобилиятини шакллантириш // Компетенцияли ёндашувли таълим тизимини ташкил этиш усуллари: Халқаро илмий – амалий конференция маетриаллари. – Жиззах, 2021. – Б. 275 – 277.

Айтышова Ж. Т. Особенности организации педагогической работы с одарёнными детьми в сфере образования // Қиёсий педагогиканинг долзарб масалалари ва ечимлари: Халқаро илмий – амалий конференция материаллари. – Жиззах, 2022. – Б. 195 – 201.

Алешева Л. Н. Интеллектуальные обучающие системы // Вестник университета. – М., 2018. - № 1. – С. 149 – 155.

Артюхина М. С. Интеллектуальное воспитание обучающихся в контексте интерактивных технологий обучения // Педагогика и просвещение. – М., 2014. - № 4. – С. 42 – 50.

Рахматова Ф. А., Тўрақулова Н. Х., Тўрақулова М. А. Математика фанидан ўқиш китоби. Ўқув – методик қўлланма. – Т.: I N NOVATSIYA – ZIYO, 2020, 390 б.

Тўрақулов Х. А., Тўрақулова И. Х., Осланова К. С. Бошланғич синф ўқувчиларининг ўқув – билув фаолиятини юксалтиришнинг инновацион технологиялари. Монография. – Т.: “Инновацион ривожланиш нашриёт – матбаа уйи”, 2020, 336 б.

Тўрақулов Х. А., Тўрақулова М. А. Бошланғич таълимда рақамли дидактик ўйинлар // Таълим тизимида ижтимоий – гуманитар фанлар. ИМЖ. – Т., 2017. - №1. – Б. 74 – 77.

Рахматова Ф. А., Тўрақулова М. А. Ўқувчиларни креатив фикрлашга ўргатишнинг педагогик механизмлари. Магистрлик диссертация.