Авторы

  • Zahro Ro’ziqulova
    Andijon Davlat pedagogika instituti talabalari
  • O’g’iloy Murodova
    Andijon Davlat pedagogika instituti talabalari

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.50470

Ключевые слова:

yadro yadrocha koʻrgazmali qurollar mikro preparatlar texnik vositalar multimediyalar laboratoriya va amaliy mashgʻulotlar.

Аннотация

Mazkur maqolada biologiya xususan, sitologiya fanlarini oʻqitishda koʻrgazmali va amaliy uslublarning ahamiyati, samaradorligi va dars jarayonlarida qoʻllanilishi haqida batafsil fikr yuritilgan. Shuningdek, koʻrgazmali qurollarning turlari va ularning tasnifiga ham alohida toʻxtalib oʻtilgan.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

121

YADRO VA UNiNG TARKIBI MAVZUSIDA KO’RGAZMALI QUROLLARDAN

FOYDALANISHNING AHAMIYATI

Ro’ziqulova Zahro Qobiljon qizi

Murodova O’g’iloy Furqatbek qizi

Andijon Davlat pedagogika instituti talabalari

https://doi.org/10.5281/zenodo.14215202

Annotatsiya:

Mazkur maqolada biologiya xususan, sitologiya fanlarini oʻqitishda

koʻrgazmali va amaliy uslublarning ahamiyati, samaradorligi va dars jarayonlarida qoʻllanilishi
haqida batafsil fikr yuritilgan. Shuningdek, koʻrgazmali qurollarning turlari va ularning
tasnifiga ham alohida toʻxtalib oʻtilgan.

Kalit so‘zlar:

yadro, yadrocha, koʻrgazmali qurollar, mikro preparatlar, texnik vositalar,

multimediyalar, laboratoriya va amaliy mashgʻulotlar.


Sitologiya fanlarini oʻqitishda koʻrgazmali va amaliy uslublar keng qoʻllaniladi.

Oʻqitishning koʻrgazmali usullari orqali mavzuni tushuntirishda samarali foydalanish va ijobiy
natijalarga erishish mumkin. Oʻqitishning amaliy usullari bevosita oʻqituvchi faoliyati bilan
bogʻliq. Amaliy usullarni qoʻllash orqali oʻquvchilarning oʻqishga qiziqishini rivojlantirish, ijodiy
qobiliyatlarini shakllantirish, nazariy va amaliy bilim faolligini oshirish, fikrlash, amaliy
koʻnikmalar va oʻquv ishlari koʻnikmalarini rivojlantirish mumkin. Oʻqitish jarayonida
koʻrgazmali metodlarning qoʻllanilishi, oʻquv materiali mazmunidan kelib chiqqan holda
obyektlar va hodisalarni hissiy idrok etish, ularni taqqoslash, oʻziga xos xususiyatlarni aniqlash,
umumlashtirish, sintezlash, xulosa yasashga imkon beradi. Koʻrgazmali metodlar oʻqitish
jarayonida ogʻzaki, amaliy, mantiqiy, muammoli metodlar bilan uygʻun holda qoʻllaniladi.
Masalan, oʻquvchilarga koʻrgazma asosida oʻquv materialini oʻrganish boʻyicha topshiriqlar
oʻqituvchi tomonidan ogʻzaki beriladi. Topshiriqlarni bajarish jarayonida koʻrgazmalilik amaliy
metodlar bilan birikib ketadi, darsda vujudga kelgan muammoli vaziyatlarni hal etishda
muammoli metodlar bilan mujassamlashib ketadi. Oʻqitish jarayonida koʻrgazmali metodlardan
oʻz oʻrnida va samarali foydalanishning quyidagi afzalliklari mavjud: oʻquvchilarda koʻrgazmali-
obrazli tafakkurni rivojlantirish, oʻquvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish, aqliy faoliyat
usullarni egallash; oʻrganilayotgan nazariy masalalarni aniqlashtirish, darsda bevosita kuzatish
imkoni boʻlmagan hodisa va jarayonlarni modellashtirish; biologik obyektlarni kuzatish, ular
ustida tajribalar oʻtkazish, olingan nazariy bilimlarni amaliyotga qoʻllash, oʻrganilgan
hodisalarni sxema, jadvallar asosida aniqlashtirish va tasniflash imkonini beradi .

Sitologiya fani ‘’Yadro va uning tarkibi’’ mavzusini oʻqitishda foydalaniladigan koʻrgazmali

vositalar sirasiga quyidagilar kiradi: kolleksiyalar, yadro rasmi tushirilgan plakatlar, bukletlar,
rasmlar, preparatlar, mikraskoplar va h.k; real obyektlarni aks ettiruvchi maxsus
tayyorlanadigan tasviriy vositalar - jadvallar, sxemalar, modellar, mulyajlar va boshqalar;
oʻqitishning texnik vositalari - oʻquv kinofilmi, diafilm, diapozitivlar, videolavhalar va h.k.
oʻqitishning multimediali vositalari-EHM ning ta’lim dasturlari, elektronversiya va darsliklar,
ovoz, animatsiya, dinamik harakat va uch koʻlamli tasvirni oʻzida mujassamlashtirgan
multimedialar. Koʻrgazmali metodlar tarkibiga tabiiy va tirik obyektlar, tasviriy koʻrgazma,
ekran vositalari, EHMning koʻrgazmali dasturlari, multimedialarni namoyish qilish metodlari
kirib, muayyan holda quyidagi koʻrgazmali vositalarni namoyish qilish, illyustratsiya,
demonstratsiya, oʻquv kinofilmlari, videofilmlar, EHMning ta’limiy, modellashtirilgan


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

122

dasturlari, elektron darsliklar, multimedialarni namoyish qilish, koʻrgazmaning did va estetik
talablarga javob berishi, dars mazmunini yoritish, ketma-ketlikda oʻquvchilar faoliyatini tashkil
etish uslublaridan tashkil topadi.

Mazkur metod orqali dars tushuntirish ham, o’zlashtirish ham juda samarali bo’ladi. Bu

metod orqali o’quvchilar yadroning tuzilishini, ahamiyatini, tarkibini, qolaversa, har bir
organizmda yadroning vazifalarini chuqurroq anglashadi. Ularning xotiralarida yadroning
rasmi ancha vaqtgacha saqlanadi. Bu esa biologiyani o’qitishda juda samarali usuldir.
Oʻquvchilarning oʻzlashtirgan nazariy bilimlarini amaliyotda qoʻllash, oʻquv va mehnat,
koʻnikma hamda malakalarini shakllantirish, ijodiy qobiliyatlarini oʻstirish, hayotga tayyorlash,
kasbga yoʻllash imkonini beradi. Ushbu metod oʻqitish jarayonida koʻrgazmali, muammoli,
ogʻzaki metodlar bilan uygʻunlashgan holda qoʻllaniladi. Oʻquvchilar tomonidan bajariladigan
amaliy ishlar bilim manbai boʻlib xizmat qiladi. Buning uchun oʻqituvchi amaliy ishlarning
maqsadini aniqlashi, maqsadga erishish uchun zarur boʻladigan koʻrgazmali vositalarni
tanlashi, oʻquv topshiriqlarini aniq tuzishi lozim. Amaliy ishlarni bajarish uchun beriladigan
oʻquv topshiriqlari mazmunan aniq, ixcham, tushunarli va maqsadga yoʻnaltirilgan boʻlishi
zarur. Oʻqitish samaradorligini oshirishda amaliy mashgʻulot va namoyish qilinadigan
tajribalarni oʻtkazishga yordam beruvchi xususan mikroskoplar, lupalar, shtativlar, reaktivlar
asboblar isituvchi asboblar, pinset, preparoval ninalar, oʻqitishning texnik vositalari –
kodoskoplar, televizorlar, kompyuterlar, ovoz yozuvchi va eshittiruvchi - apparatlar,
magnitofonlar ham oʻqitish vositalariga kiradi. Texnik vositalari orasida audiovizual va boshqa
tabiiy tasviriy vositalar shu bilan ustunlik qiladiki ular oʻrganilayotgan hodisa va jarayonlarning
barcha bosqichlarini izchillik bilan koʻrsata oladi.

Xulosa oʻrnida shuni taʼkidlash joziki, biologiya darslarini tabiat uygʻunligisiz tasavvur

etish va olib borish har jihatdan maqsadga muvofiq emas. Tirik tabiatning rivojlanish
jarayonlari, qonuniyatlar va undagi barcha tirik organizmlar maxsus tayyorlangan koʻrgazma
qurollar yordamida tushuntirilishi lozim. Zero, biologiya darslarini bunday shaklda olib borish
oʻquvchilarda tabiatni sevish va uni asrab avaylash, qolaversa, bugungi kun mavzusiga
aylangan ekologik tarbiyaning faol shakllanishida muhim omil boʻlib xizmat qiladi.

References:

1.

Adashaliyevich N. Q. et al. Biologiya Ta’limida Oʻquvchilarda Mustaqil Va Ijodiy

Faoliyatlarini Rivojlantirishdagi Muammolar Va Ularning Yechimlari //Progress Annals:
Journal of Progressive Research. – 2024
2.

Ergasheva G.S. Biologiya taʼlimida interaktiv dasturiy vositalardan samarali foydalanishni

takomillashtirish. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2017.
3.

Panjiyevich A. B. BIOLOGIYA FANINI OʻQITISH METODIKASI //ОБРAЗОВAНИЕ НAУКA И

ИННОВAЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ. – 2024
4.

Tolipova J., Gʻofurov A. Biologiya oʻqitish metodikasi. – 2007.

5.

Xamroyeva F. A. Juraxujayev DD Geografiyada fanlararo integratsiya Uslubiy qо ‘llanma

//Samarqand: SamDU nashriyoti. – 2023. – Т.
6.

Gʻofurov A.T., Tolipova J.O. va boshqalar. Biologiya oʻqitish metodikasi. Oliy oʻquv yurtlari

uchun darslik. Toshkent, 2013 y.

Библиографические ссылки

Adashaliyevich N. Q. et al. Biologiya Ta’limida Oʻquvchilarda Mustaqil Va Ijodiy Faoliyatlarini Rivojlantirishdagi Muammolar Va Ularning Yechimlari //Progress Annals: Journal of Progressive Research. – 2024

Ergasheva G.S. Biologiya taʼlimida interaktiv dasturiy vositalardan samarali foydalanishni takomillashtirish. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2017.

Panjiyevich A. B. BIOLOGIYA FANINI OʻQITISH METODIKASI //ОБРAЗОВAНИЕ НAУКA И ИННОВAЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ. – 2024

Tolipova J., Gʻofurov A. Biologiya oʻqitish metodikasi. – 2007.

Xamroyeva F. A. Juraxujayev DD Geografiyada fanlararo integratsiya Uslubiy qо ‘llanma //Samarqand: SamDU nashriyoti. – 2023. – Т.

Gʻofurov A.T., Tolipova J.O. va boshqalar. Biologiya oʻqitish metodikasi. Oliy oʻquv yurtlari uchun darslik. Toshkent, 2013 y.