YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
83
TURMUSHDA VA SANOATDA POLIMER KOMPOZITSION
MATERIALLARNING TUTGAN O‘RNI
Ergasheva Durdona Otabek qizi
Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Texnologik ta’lim)
mutaxassisligi magistranti
D.I.Kamalova
Ilmiy rahbar: prof.
Navoiy davlat pedagogika instituti
https://doi.org/10.5281/zenodo.14195610
Hozirgi kunda texnika va kimyo sanoatining, xususan polimerlar kimyosining
mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishdagi ahamiyati tobora ortib bormoqda. Polimerlar
kimyosi sanoatining rivojlanishini muhim vazifalaridan biri sanoatning barcha tarmoqlarida
va turmushda zamonaviy kimyo yutuklaridan to’la foydalanishdir, yangi, mukammalroq va
arzon ishlab chiqarish vositalari va xalq iste’mol mollari ishlab chiqarishdir.
Hozirgi kunda fan va texnikaning rivojini sanoatni deyarli barcha tarmoqlarida keng
qo’llaniladigan polimer kompozitsion materiallarsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Yuqori
molekulali birikmalar asosida olingan polimer kompozitsion materiallarning unikal xossalari
sintetik va sun’iy tolalarda, kauchuk va rezinalarda, qoplama va plyonkalarda, sun’iy charmda
namoyon bo’ladi. Sanab o’tilgan materiallarni faqat yuqori molekulali birikmalar asosida
olingan polimer kompozitsion materiallardan tayyorlash mumkin.
Polimer kompozitsion materiallarni rangli va qora metallarni o’rniga qo’llaganda
buyumlarni tannarxi va og’irligi kamayadi. Polimer kompozitsion materiallar avtomobilsozlik,
suv, havo va yer transportida, radioelektronika va elektronika sanoatida, qurilishda, qishloq
xo’jaligida, tibbiyotda, oziq-ovqat va yengil sanoatda keng qo’llanilmoqda. Ammo, sanoat
tarmoqlarining polimer kompozitsion materiallarga bo„lgan talabi, ularni ishlab chiqarish
sur’atlaridan ilgarilab ketmoqda. Iqtisodiyotni kimyolashtirishning dolzarb muammolaridan
biri tabiiy va sintetik yuqori molekulali birikmalarni ishlab chiqarishni rivojlantirish va ular
asosida polimer kompozitsion materiallar yaratish masalasidir. Oxirgi yillarda sintetik
polimerlarni ishlab chiqarishni va ular asosida polimer kompozitsion materiallar yaratishning
tezkorlik bilan rivojlanishi bir qancha sabablarga bog’liq.
Polimer kompozitsion materiallar yaratishda tabiiy materiallarni qayta ishlashga
nisbatan mehnat sarfini kamayishi va mahsulot tannarxini kamayishi. Sintetik polimerlarni
qurilish materiallari ishlab chiqarishda qo’llash katta iqtisodiy samaradorlik beradi. Masalan,
yog’och-qipiq plitalar yuqori sifatli materiallar sifatida maishiy va sanoat kurilishida, mebel
ishlab chiqarishda keng qo„llaniladi. Bu plitalar yog’ch chiqindilarini fenol-formaldegid yoki
mochevino-formaldegid qatronlari bilan yelimlab olinadi. 1 t qatrondan 16,7 m
3
plita olish
mumkin. Polimer kompozitsion materiallarni konstruksion materiallar sifatida
mashinasozlikda qo’llash yuqori samara beradi. Yengil avtomobillar ishlab chiqarishda 300 ta
yirik, 900 o’rtacha va 2000 mayda ehtiyot qismlar polimer kompozitsion materiallardan
yasaladi. Agar polimer kompozitsion materiallardan murakkab qismlar tayyorlansa, po’latdan
tayyorlashga nisbatan 2-3 marta kam vaqt, oddiyroq ehtiyot qismlarga 8-10 marta kam vaqt
talab qilinadi.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
84
Polimer kompozitsion materiallar bilan kamyob va qimmat tabiiy materiallarni
to’laqonli almashtirish imkoni va ularni o’zini kamyob xossali konstruksion materiallar
sifatida ishlatish imkoniyati.
Xossalari oldindan belgilangan va rostlangan sintetik materiallarni yaratish imkoniyati.
Avtomobil transportini, aviatsiyani, elektrotexnikani, mashinasozlikni, radiotexnikani va
iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarini rivojlanishi doimo yangi materiallarga ehtiyoj tug’diradi.
Bu materiallarning xossalari alohida talablarga javob berishi kerak. Ehtiyoj paydo bo’lganligi
sababli yangi, oldindan belgilangan xossali polimer kompozitsion materiallar yaratilib, keng
tadbiq etilmoqda. Bularga misol qilib yuqori mustahkamli yengil sintetik materiallar, yengil va
o’rtacha yengil polimer materiallar, antikorrozion materiallar, yuqori dielektrik
ko’rsatkichlarga ega, issiqbardosh radio va elektr materiallar, yengil va mustahkam organik
shishalar, maxsus maqsadli sintetik kauchuklarni keltirish mumkin.
Polimer kompozitsion materiallarni ishlab chiqarishda bitmas tuganmas xom-ashyoni,
yangi, arzon va taqchil bo’lmagan turlarini qo’llash imkoni, birinchi navbatda neft va tabiiy
gazlarni, koksokimyoviy ishlab chiqarish mahsulotlari, o’rmon va o’rmonga ishlov berish
sanoati va qishloq xo’jalik ishlab chiqarish chiqindilarini qo’llanilishi imkoni. Yangi turdagi
xom ashyoda polimer materiallarini ishlab chiqarishni rivojlanishi kimyo sanoati uchun va
xalq iste’mol mollari ishlab chiqarish uchun dastlabki mahsulotlarning qo’shimcha
resurslarini yaratish imkonini beradi. Ishlab chiqaruvchi kuchlarning zamonaviy rivojlanish
darajasida sintetik materiallar kelajakdagi texnik progressning, ishlab chiqarish
unumdorligini keskin oshirishning muhim omilidir.
Masalan, kauchuk asosida tayyorlanadigan rezina buyumlarisiz sanoatning birorta
tarmog’i normal ishlay olmaydi. Polimer kompozitsion materiallarsiz zamonaviy avtomobilni
yaratishni tasavvur qilib bo’lmaydi. Polimer kompozitsion materiallar aviasozlikda va
raketasozlikda juda muhim o’rin tutadi. Bu tarmoqlarni rivojlanishini umuman yangi
progressiv materiallarsiz, bu materiallarni aksariyat qismi polimer kompozitsion
materiallarsiz, tasavvur qilib bo’lmaydi.
References:
1.
Камалова Д.И., Умаров А.В. «Разработка модифицированных композиционных
полимерных материалов для электронной промышленности». МОНОГРАФИЯ. Навоий
давлат педагогика институти Кенгашининг 7-сонли йиғилиши қарори. Монография.
Февраль, 2022.