YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
80
“UZOQ MUDDAT DAVOLANISHGA MUHTOJ BO‘LGAN BOLALAR UCHUN
TA’LIM MUHITINI YARATISHDA OTA-ONALAR BILAN HAMKORLIK”
Alimova Nigora Israilovna
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi
“Mehrli maktab” davlat ta’lim muassasasi direktori
Abdullayev Aziz Xabibullayevich
“Mehrli maktab” davlat ta’lim muassasasi umumiy
o‘rta ta’limni tashkil etish bo‘yicha pedagog xodim
https://doi.org/10.5281/zenodo.14934685
Annotatsiya
: Ushbu maqola uzoq muddatli kasalliklarga duch kelgan bolalar uchun ta’lim
muhitini yaratishda ota-onalar bilan hamkorlikning ahamiyatini muhokama qiladi. Maqolada
ota-onalar va o‘qituvchilar o‘rtasidagi samarali aloqa, bolaning ehtiyojlarini aniqlash, o‘quv
jarayonini moslashtirish va bolaning ruhiy va ijtimoiy farovonligini qo‘llab-quvvatlash kabi
muhim jihatlar ko‘rib chiqiladi.
Kalit so‘zlar:
Uzoq muddatli kasalliklar, ta’lim muhiti, ota-onalar bilan hamkorlik,
bolaning ehtiyojlari, o‘quv jarayonini moslashtirish, ruhiy va ijtimoiy farovonlik.
Bugungi ma'ruzamizning mavzusi - uzoq muddatli kasalliklarga duch kelgan bolalar
uchun ta'lim muhitini yaratishda ota-onalar bilan hamkorlikning ahamiyati.
Biz hammamiz bilamizki, uzoq muddatli kasalliklar bolaning hayotini tubdan o‘zgartirishi
mumkin. Davolanish jarayoni, shifoxonalarga borish, cheklangan jismoniy faoliyat va ijtimoiy
hayotning pasayishi bolaning o‘qishga bo‘lgan qiziqishini va o‘ziga bo‘lgan ishonchini
pasaytirishi mumkin.
Ushbu qiyinchiliklarni yengish va bolaning o‘qish jarayonini davom ettirishi uchun ota-
onalar bilan hamkorlik muhimdir.
Bugungi kunda O‘zbekistonda Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi
ilmiy-amaliy tibbiyot markazida Makatabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi “Mehrli
maktab” davlat ta’lim muassasasi faoliyat yuritib kelmoqda. Ushbu maktab uzoq muddat
davolanishga muhtoj bo‘lgan bolalarga ta’lim va tarbiya xizmatlarini koʻrsatadi. Maktabda
ta’lim muhitini yaratishda ota-onalarning ishtiroki va ular bilan hamkorlik muhim ahamiyatga
ega. Chunki, uzoq muddat davolanishda bo‘lgan bolalar doimiy ravishda, asosan, ota-onalari
yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar hamrohligida bo‘ladi.
Uzoq muddatli kasalliklar bolaning ta’lim jarayoniga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Davolanish jarayoni, shifoxonalarga borish, cheklangan jismoniy faoliyat va ijtimoiy hayotning
pasayishi bolaning o‘qishga bo‘lgan qiziqishini va o‘ziga bo‘lgan ishonchini pasaytirishi
mumkin. Ushbu qiyinchiliklarni yengish va bolaning o‘qish jarayonini davom ettirishi uchun
ota-onalar bilan hamkorlik muhimdir.
Davolanayotganlar tibbiyot muassasalarida bo‘lib turgan vaqtda davolovchi shifokor
xulosasiga ko‘ra ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar (keyingi o‘rinlarda — ota-
onalar) roziligi bilan umumiy o‘rta ta’limga jalb qilinadi.
Bunda, o‘quvchilar davolanishga kelgan kundan boshlab uch kun mobaynida davolovchi
shifokorning umumiy o‘rta ta’limga jalb etish bo‘yicha xulosasi beriladi.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
81
Davolovchi shifokorning ijobiy xulosasi va ota-onalarning yozma roziligi Mehrli maktabga
taqdim etiladi.
Davolanayotganlarni o‘qitish muddati davolovchi shifokorlarning tibbiy ko‘rsatmalariga
muvofiq ota-onalar roziligi bilan belgilanadi.
Quyidagi usullar orqali ota-onalar bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish mumkin:
1.
Ota-onalar va pedagog xodim hamkorligi. Tibbiyot muassasasiga davolanishga kelgan
bolani Mehrli maktabga jalb qilish uchun ariza va individual ta’lim ehtiyojlari xaritasi
to‘ldiriladi. Bunda:
a)
Bolaning ismi, familiyasi, otasining ismi, tug‘ilgan vaqti, yashash manzili;
b)
ta’lim olayotgan maktabi, sinfi, ta’lim tili va sinf rahbari;
c)
davolovchi shifokori va kasallik tashxisi;
d)
qancha vaqt maktab borganligi va ta’lim shakli;
e)
sog‘ligi bo‘yicha qo‘yilgan cheklovlar;
f)
qiziqishlari;
g)
psixolog va logoped xizmatiga muhtojligi kabi ma’lumotlari o‘rganiladi.
2.
Ota-onalar va psixolog hamkorligi. Ilk marotaba onkologik va gemotologik kasllikka
chalingan bola va uning ota-onasi ruhiy tushkunlik va qo‘rquv holatiga tushishi tez-tez
kuzatiladi. Bunday vaziyatdagi bola va uning ota-onasi ta’lim olishni rad etishadi. Bu holatda
psixolog yordami kerak bo‘ladi.
Ota-onalar bolaning kasalligi, davolanish jarayoni va o‘quv ehtiyojlari haqida eng yaxshi
ma'lumotga ega shaxslardir. Ular o'qituvchilar bilan bolaning o‘quv jarayonini moslashtirish
uchun birgalikda ishlashi mumkin. Ota-onalar bolaning o‘quv jarayonini uning jismoniy va
ruhiy holatiga moslashtirishda yordam beradi. Masalan, ular o‘qituvchilar bilan bolaning o‘quv
jadvalini o‘zgartirish, o‘quv materiallarini moslashtirish yoki qo‘shimcha yordam berish haqida
muhokama qilishlari mumkin.
Ular bolaning ruhiy va ijtimoiy farovonligini qo‘llab-quvvatlashda muhim rol o‘ynaydi.
Farzandining o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirish, o‘qishga bo‘lgan qiziqishini saqlab qolish va
ijtimoiy hayotini davom ettirishga yordam beradi.
Bolani ta’limga jalb qilishda ota-onaning qo‘llab-quvvatlashi muhim ahamiyatga ega. Uzoq
muddat davolanishga muhtoj bo‘lgan bolalar jamiyatning to‘laqonli a’zosi sifatida ta’lim olish
huquqiga ega. Ularning jismoniy va ruhiy holatini inobatga olgan holda ta’lim jarayonini
samarali tashkil etish muhim vazifalardan biridir. Bunda pedagog va ota-onalarning o‘zaro
hamkorligi asosiy o‘rin tutadi. Ota-ona pedagog xodim va o‘quvchi o‘rtasida ko‘prik vazifasini
ham bajaradi. Ma’lumki, odatdagi davlat umumta’lim maktablarida o‘quvchilar maktabga
deyarli o‘zlari borishadi, ya’ni doimiy ravishda ota-ona hamrohligida emas. Uzoq muddat
davolanishda bo‘lgan bolalar esa, deyarli, doimiy ravishda ota-onalar hamrohligida bo‘ladi.
Mehrli maktabga o‘quvchilar aksariyat hollarda otasi yoki onasi bilan birga kelishadi. Hatto,
darslarda ham birga ishtirok etishadi. Vazifalar va topshiriqlarni birgalikda bajarishadi. Bola
uchun eng yaqin inson bu uning ota-onasidir. Shuning uchun bola ota-onasiga suyanadi,
ishonadi va yutuqlarini birinchi navbatda ota-onasi bilan bo‘lishadi. Ota-onaning bolaga bergan
motivatsiyasi uning o‘qishga bo‘lgan qiziqishini yanada oshiradi. Maktabda tashkil etiladigan
treninglar, ta’limiy va rivojlantiruvchi o‘yinlarda ham ota-onalar, o‘quvchilar va pedagog
xodimlar birgalikda ishtirok etadi. Maktab jamoasi ham ota-onalar bilan doimiy aloqada bo‘ladi.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
82
Davolanish muddati tugab, tibbiyot muassasasidan chiqarilgan bolalar va ularning ota-onalari
bilan ijtimoy tarmoqlar orqali aloqa bog‘lab turishadi.
Uzoq muddat davolanish tufayli odatiy maktab darslarida qatnasha olmaslik muammosi,
o‘quv jarayonidan uzilib qolishning bolalar psixologiyasiga va ijtimoiy moslashuviga salbiy
ta’siri, inklyuziv ta’lim va individual ta’lim dasturlarini joriy etishning ahamiyati bunday bolalar
uchun ta’limni tashkil etish zaruratini tug‘diradi. Uzoq muddat davolanishga muhtoj bo‘lgan
o‘quvchilar uchun moslashtirilgan o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, masofaviy ta’lim va
individual darslarni tashkil etish, o‘quvchilarni ruhiy qo‘llab-quvvatlash va motivatsiya berish
hamda sog‘liqni saqlash muassasalari bilan hamkorlik qilishda pedagoglar muhim ahamiyat
kasb etadi. Ushbu jarayonda o‘quvchilarning o‘quv jarayonida faol ishtirok etishini, uy
sharoitida ta’lim olish uchun qulay muhit yaratishni, pedagog va psixologlar bilan doimiy
aloqada bo‘lishni, o‘quvchining ta’lim jarayonidagi muvaffaqiyatlarini qo‘llab-quvvatlashni ota-
onalardan talab etiladi.
Pedagog va ota-onalarning samarali hamkorligiga muntazam uchrashuvlar va
maslahatlar tashkil etish, bolaning rivojlanish dinamikasini kuzatib borish va kerakli
o‘zgarishlarni kiritish, o‘quv materiallarini o‘quvchining salomatligiga moslashtirish hamda
motivasion trening va tadbirlarni tashkil etish kiradi.
Uzoq muddat davolanishga muhtoj bo‘lgan bolalar uchun ta’limni samarali tashkil etish
pedagog va ota-onalarning uzviy hamkorligi orqali amalga oshiriladi. Bu jarayonda har ikkala
tomonning tushunishi, sabr-toqati va izchil ishlashi bolaning jismoniy va aqliy rivojlanishiga
ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli, pedagog va ota-onalar o‘rtasida doimiy aloqa va o‘zaro
tushunish muhim ahamiyat kasb etadi.
Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, uzoq muddatli kasalliklarga duch kelgan bolalar uchun
ta’lim muhitini yaratishda ota-onalar bilan hamkorlik muhimdir. O‘qituvchilar va ota-onalar
o‘rtasidagi samarali aloqa, bolaning ehtiyojlarini aniqlash, o‘quv jarayonini moslashtirish va
bolaning ruhiy va ijtimoiy farovonligini qo‘llab-quvvatlash bolaning o‘qish jarayonini
muvaffaqiyatli davom ettirishga yordam beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-maydagi “Gematologiya,
onkologiya, klinik immunologiya, boshqa statsionar va uzoq muddatli ambulator davolanishda
bo‘lgan bolalar uchun maktabgacha ta’lim va tarbiya hamda umumiy o‘rta ta’lim berish tizimini
joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 234-sonli qarori
2.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-martdagi “Gematologiya,
onkologiya, klinik immunologiya, boshqa statsionar va uzoq muddatli ambulator davolanishda
bo‘lgan bolalarga ta’lim va tarbiya berish tizimini yanada kengaytirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi 134-sonli qarori
3.
Avalos, L., Fernandez, M.B., Teachers of Hospital Pedagogy: A Systematic Review. Paidéia
(Ribeirão Preto), 2021, vol. 31, DOI: 10.1590/1982-4327e3139
4.
Jiménez, N. N. V., Montes, J. E. O., & Alcocer, E. C. P. Hospital pedagogy: A space of love and
recognition for the oncological pediatric patient. Texto & Contexto - Enfermagem, 2019, 28,
e20180112. DOI: 10.1590/1980-265X-TCE-2018-0112
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
83
5.
Грядунова Г.М. Психолого-педагогические особенности обучения больных
школьников, находящихся на лечении в многопрофильной больнице. - М.: ООО «МАКС
Пресс», 2003. - 104 с.
6.
Золотова Г.И. Формирование профессиональной культуры социального педагога
детского оздоровительного учреждения в условиях вуза: Дис. ... канд. пед. наук : 13.00.08
Москва, 2005. - 166 с.
7.
Шариков С.В. Создание образовательной среды для детей, находящихся на
длительном лечении в стационарах медицинских учреждений. Российский журнал
детской гематологии и онкологии (РЖДГиО), 2015, 2(4), 65-73.
8.
Ямбург Е.А. Школа для всех: Адаптивная модель (Теоретические основы и
практическая реализация). М.: «Новая школа», 1997; Ямбург Е.А. Управление развитием
адаптивной школы. М., 2004.