Том 3 № 5 (2025)

Том 3 № 5 (2025)
Опубликован: 16-03-2025

Статьи

4-6 46 18

BACHADON POLIPLARI OLDINI OLISH VA DIAGNOSTIK USULLARI

Nigina Xalikova , Nozima Jumayeva

Bachadon poliplari – bachadon ichki shilliq qavatining (endometriy) ortiqcha o‘sib ketishi natijasida hosil bo‘ladigan yaxshi xulqli o‘smalar hisoblanadi. Ushbu maqolada bachadon poliplarini oldini olish choralari va zamonaviy diagnostik usullari yuritilgan. Gormonal muvozanati saqlash, sog‘lom turmush tarziga rioya qilish va muntazam ginekologik tekshiruvlardan o‘tish poliplarning oldini olishda muhim ahamiyatga ega. Diagnostika uchun transvaginal ultratovush, gisteroskopiya, biopsiya kabi usullar keng qo‘llaniladi. Ushbu tekshiruvlar poliplarning tabiati va malign o‘zgarish xavfini aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

7-10 57 18

MA’NAVIY INTELLEKT BORASIDAGI PSIXOLOGIK NAZARIYALAR TAHLILI

Charos Mirxoliqova

Zamonaviy intellekt tadqiqotlaridagi muhim tendensiya - bu intellektning kognitiv jihatini tahlil qilishdan uning ma’naviy asosini o‘rganishga o‘tish, xususan, «ma’naviy intellekt» (spiritual intelligencye, yoki SI) tushunchasini qo‘llashni nazarda tutadi. Ma’naviy intellekt o‘z-o‘zidan xabardorlik, sodir bo‘layotgan voqealarga ijodiy yondashuv, donolik, “nima uchun” degan savolni berishga tayyorlik va hokazo kabi bir qator o‘ziga xos fazilatlarda namoyon bo‘ladi va shu bilan hayotni chuqur tushunish darajasida yashash istiqbolini ta’minlaydi. Ma’naviy intellekt hayot va o‘lim, yaxshilik va yomonlikning ekzistensial muammolarini hal qilish, azob-uqubat sabablarini va umidsizlikka qarshi kurashish vositalarini izlash bilan shug‘ullanadi [5].

11-12 54 23

АНТИФОСФОЛИПИДНЫЙ СИНДРОМ: ВЛИЯНИЕ НА ТЕЧЕНИЕ БЕРЕМЕННОСТИ И СТРАТЕГИИ ТЕРАПИИ

Мафтуна Абдуллаева , Мехрибон Абдувалиева , Камола Эргашова

Представлен обзор беременности при ревматических заболеваниях с акцентом на антифосфолипидный синдром (АФС). Оценены факторы, влияющие на исход гестации, риски осложнений и неонатальную патологию. Рассмотрены принципы планирования, тактика ведения и выбор терапии в зависимости от анамнеза. Отмечено, что некоторые лекарства применяются «off label» без одобрения регуляторов.

13-15 50 29

МОДИФИЦИРОВАНИЕ БИТУМОВ

М.Дж. Махмудов, А.А. Салойдинов, Р.И. Комолов

Для получения нефтяных битумов улучшенного качества с требуемыми эксплуатационными свойствами необходимо применение и подбор оптимального качества сырья или модифицирование свойств окисленных битумов различными добавками.

16-21 135 100

BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA AKT VOSITALARIDAN FOYDALANISHNING SAMARADORLIGI

Musurmon Imomov, Manzura Zaripova

В данной статье рассматривается эффективность использования информационно-коммуникационных технологий (ИКТ) в начальном образовании. Анализируется влияние интерактивных образовательных инструментов, мультимедийных ресурсов, электронных учебников и цифровых платформ на повышение вовлеченности студентов, их мотивации и способности к самостоятельному мышлению. В статье также исследуются методы применения ИКТ в классе, возникающие проблемы и пути их решения. Результаты показывают, что использование ИКТ играет важную роль в обогащении учебного процесса, стимулировании активного участия студентов и укреплении их знаний.

22-25 38 21

INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA “MOUTH\ OG‘IZ” SEMANTIKALI LISONIY BIRLIKLAR ASIMMETRIYASI

Botirbek Otajonov

Nutqdagi asimmetriya tilning murakkab va ko‘p qirrali tabiatini yanada yorqinroq namoyon qiladi. Ushbu hodisa ma’lum bir mazmunni turli til birliklari orqali ifodalash yoki aksincha, turli ma’nolarni bitta til birligi vositasida yetkazish imkoniyatini yaratadi. Bunday asimmetriya ko‘rinishlari sinonimiya, omonimiya va antonimiya kabi semantik xususiyatlar bilan chambarchas bog‘liqdir. Til tizimi shuni ko‘rsatadiki, belgi va ma’no o‘rtasida mutlaq moslik mavjud emas. Ularning o‘zaro bog‘liqligi nisbiy bo‘lib, murakkab tuzilishga ega, ko‘p hollarda esa ular to‘liq mos kelmaydi. Til birliklarining semantik chegaralari va ularning kontekstda qanday ma’no kasb etishi ko‘pincha polisemiya yoki birliklar o‘rtasidagi o‘xshashlik bilan bog‘liq bo‘ladi. Shu bois, tilni struktur va semantik jihatdan o‘rganishda belgi va ma’no o‘rtasidagi bu assimetriya tahlilni yanada chuqurlashtirish hamda ko‘p qirrali yondashuvni talab etadi.

26-28 119 117

INSON VA TABIAT

N.A. Tursunova, Z.O. Valiyeva

Mazkur maqolada inson va tabiat oʻrtasidagi munosabatlar, ekologik madaniyat, ekologik xavflar va ularning inson organizmiga boʻlayotgan ta'siri, Orol fojeasi, atmosferadagi ozon qatlamining emirilishi, atmosfera havosining inson tomonidan ifloslanib borayotgani va uni oldini olish oʻz aksini topgan.

29-34 307 37

IKKINCHI TARTIBLI DIFFERENSIAL TENGLAMALAR VA ULARNI YECHISHNING O’ZGARMASNI VARIATSIYALASH USULI. OSTROGRADSKIY-LIUVILL FORMULASI

Abrorbek Toxirov, Malika G‘aniyeva , Zulxumor Alijonova

Ushbu maqola orqali yuqori darajali tenglamalarning yechilish usullari bilan tanishasiz. Hamda asosan Ikkinchi tartibli differensial tenglamalar va ularni yehishning ozgarmasni variatsiyalash usuli bilan to'liq tanishasiz. Ostrogradskiy-Liuvill formulasi bilan ishlashni ham ko‘rib chiqiladi.

35-41 42 21

ДИЗЕЛ ЁҚИЛҒИСИ ЦЕТАН СОНИНИ ОШИРУВЧИ ПРИСАДКАЛАРИНИ СИНТЕЗ ҚИЛИШ ВА УЛАРНИ ХОССАЛАРИНИ ЎРГАНИШ

Ж.Ш. Раббимов, С.Ф. Фозилов

Ҳозирги вақтда дунёда экологик тоза дизел ёқилғиларини ишлаб чиқаришга катта эътибор қаратилмоқда. Дизел ёқилғиси таркибида цетан сони энг муҳим сифат кўрсаткичлардан бири ҳисобланиб, янги авлод двигателлари учун ишлаб чиқаришда цетан сони 51 дан 55 тагача бўлиши талаб қилинади. Дизел ёқилғиларининг ишлаш хусусиятларини яхшилаш ҳозирги вақтда юқори самарали присадкалар иштирокисиз амалга ошириб бўлмайди.

42-45 113 41

AXBOROTLASHGAN JAMIYATDA YOLG‘ON AXABOROTLARNING MAZMUN-MOHIYATI

Zuxriddin G‘ulomov

Axborotlashgan jamiyatda yolg‘on axaborotlarning mazmun-mohiyati va konseptual asoslari va dezinformatsiya sharoitida axborot siyosatining ustuvor yo‘nalishlari va ilg‘or xorijiy tajribalar tahlili amalga oshirilgan.

46-48 105 189

BOLALAR IJTIMOIY HIMOYASINING ASOSIY TAMOYILLARI

Marjona Adizova

Mazkur maqolada bolalarning ijtimoiy himoyasi, ularning jismoniy ehtiyojlarini qondirish, psixologik va ma’naviy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash, bolalar uchun to‘g‘ri ijtimoiy himoya tizimini yaratish, jamiyatning barqaror rivojlanishining muhim omillari sifatida ijtimoiy himoya tizimi, oilalar, jamiyat va xalqaro tashkilotlarning bolalar ijtimoiy himoyasidagi ham hamkorligini talab qilishi kabi masalalalr muhokama qilinadi.

49-53 33 15

ЎЗБЕКИСТОНДА ФУҚАРОЛИК ПОЗИЦИЯСИ ШАКЛЛАНИГА ТАЪСИР КЎРСАТУВЧИ ИЖТИМОИЙ ОМИЛЛАРНИНГ ФАЛСАФИЙ ТАҲЛИЛИ

Фуқаролик позицияси – ижтимоий онгнинг шаклидир. Чунки, фуқаролик позициясининг самараси индивидуал ҳолда эмас, балки гуруж, жамоа ва жамият томонидан намоён этилганда кўринади. Шу сабабли ҳам унинг шаклланиши учун маълум бир устқурма – фундамент керак. Бундай асос эса жамиятнинг маданий ривожланганлик даражасидир. Шу билан биргаликда жамият аъзоларининг иқтисодий, ҳуқуқийц ва сиёсий билимлари ҳам бу жараёнга таъсир кўрсатадиган муҳим омиллардандир. Шу билан биргалик қатор хусусий ҳолатлар ҳам фуқаролик позицяисни шаклланишига таъсир кўрсатиши мумкин ва бобда бу ҳақида батафсил фикр юритилган.

54-55 60 21

QARAQALPAQ XALÍQ DÁSTANLARÍNDA ADAM MÚShELERIN AŃLATÍWShÍ SÓZLERDIŃ QOLLANÍLÍWÍ

Omar Saparmatov, A. Abdiev

Teziste qaraqalpaq xalıq dástanlarında qollanılǵan adam múshelerin ańlatıwshı sózlerdiń leksika-semantikalıq mánileri keń túrde talqıǵa alınǵan. Dástanlarda jumsalǵan bul sózlerdiń qollanılıw ózgesheligi búgingi kúnde til biliminde qollanılıw órisi arnawlı túrde úyrenilip shıǵılǵan. 

56-59 40 21

OILAVIY ZOʻRAVONLIKKA QARSHI KURASHNING HUQUQIY ASOSLARI

Farangiz Axmadova

Mazkur maqolada huquqiy taʼlimning ahamiyati, oilaviy zoʻravonlikka qarshi kurashning samaradorligini oshirish yoʻllari hamda ushbu muammolar yechimiga qaratilgan xalqaro va milliy tajriba asosida olib borilgan tadqiqotlar tahlil qilinadi. Shu bilan birga, jamiyatda huquqiy savodxonlikni oshirish va oilaviy muhitda sogʻlom ijtimoiy munosabatlarni shakllantirish boʻyicha amaliy tavsiyalar ham bayon etiladi.

60-63 52 27

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI HUDUDIDA SHAMOL ENERGETIKASINING ISTIQBOLLARI

N.Q. Yeshmuratov , Z. M. Boranbaeva

Bugungi kunda respublikamiz elektr energetika tizimida elektr energiyasi asosan issiqlik elektr stansiyalarida (qariyb 85 %) va gidroelektr stansiyalarda ishlab chiqarilmoqda (qariyb 15 %). Yurtimizda elektr energiyasiga boʻlgan talab yildan yilga ortib bormoqda buning asosiy sabablari elektr energiya istemolchilarining hajmining ortishi, sanoat va ishlab chiqarish korxonalarning koʻpayishi, elektr mashinalari va zaryadlovchi shaxobchalar, elektr energiyasining sinusoidal boʻlmagan istemolchilari, shu kabi zamonaviy qurulmalarning ortishi va rivojlanishi hisoblanadi [1].

64-70 71 24

TA’LIMIY O‘YINLAR MTT VA OILA HAMKORLIGINI MUSTAHKAMLASH VOSITASI SIFATIDA

Ziyoda Azimova , Muhayyo Artikova , Valijon Qodirov, Шаробидин Хасанов , Муқаддас Тожибоева

Maqolada maktabgacha ta’lim tarbiyalanuvchilar va boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarinng nutqiy ko‘nikmasini rivojlantirish, ravon so‘zlashga o‘rgatishda amaliyotda sinalib, yuqori samaraga ega bo‘lgan ayrim o‘yin shakllarini havola etiladi. Bunda maktabgacha ta’lim tashkiloti va oila hamkorligi shakllari bayon qilingan.

71-75 59 36

O'RTA MAXSUS PROFESSIONAL TA'LIMDA AXBOROT VOSITALARI MASHINALARI VA KOMPYUTER TARMOQLARI OPERATORI YO'NALISHI TALABALARIGA FIZIKA FANINI SOHADA QOLLASH VA DARS JARAYONIDA TUSHUNTIRISH

Ilhomjon Madaminov , Abdulxakim Omonboyev

Hozirgi kunda axborot texnologiyalari sohasi jadal rivojlanayotganligi sababli, "Axborot vositalari mashinalari va kompyuter tarmoqlari operatori" yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun fizika fanining amaliy ahamiyati ortib bormoqda. Ushbu maqolada fizik qonuniyatlarni axborot texnologiyalari bilan integratsiyalash orqali talabalar kasbiy tayyorgarligini oshirish metodlari yoritiladi. Fizika fani texnik yo‘nalishdagi mutaxassislar uchun zaruriy fanlardan biri bo‘lib, uning asosiy tushunchalarini sohaga moslashtirish o‘quvchilarning nafaqat nazariy, balki amaliy bilimlarini ham kengaytirishga xizmat qiladi.

76-79 101 34

PEDAGOGLARDA KASBIY STRESS VA EMOTSIONAL SO‘NISH HOLATLARINI OLDINI OLISH

Gulchinoy Siddiqova

Ushbu maqola pedagoglarda kasbiy stressning sabablari va emotsional so‘nish holatining salbiy oqibatlarini ko‘rib chiqadi. Shuningdek, maqolada olimlarning pedagoglarda kasbiy stressni yengish uchun taklif qiladigan turli xil usullar, jumladan, stressni boshqarish texnikalari, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, kasbiy rivojlanish va ish joyida sog‘lom muhit yaratish kabi masalalar muhokama qilinadi.

80-83 84 204

“UZOQ MUDDAT DAVOLANISHGA MUHTOJ BO‘LGAN BOLALAR UCHUN TA’LIM MUHITINI YARATISHDA OTA-ONALAR BILAN HAMKORLIK”

Nigora Alimova , Aziz Abdullayev

Ushbu maqola uzoq muddatli kasalliklarga duch kelgan bolalar uchun ta’lim muhitini yaratishda ota-onalar bilan hamkorlikning ahamiyatini muhokama qiladi. Maqolada ota-onalar va o‘qituvchilar o‘rtasidagi samarali aloqa, bolaning ehtiyojlarini aniqlash, o‘quv jarayonini moslashtirish va bolaning ruhiy va ijtimoiy farovonligini qo‘llab-quvvatlash kabi muhim jihatlar ko‘rib chiqiladi.

84-91 50 37

ОСВОБОЖДЕНИЕ НЕСОВЕРШЕННОЛЕТНИХ ОТ ОТВЕТСТВЕННОСТИ И НАКАЗАНИЯ НА ОПРЕДЕЛЕННЫХ УСЛОВИЯХ

Айсулу Аметова

В статье рассматриваются вопросы освобождения несовершеннолетних от уголовной ответственности и наказания при определенных обстоятельствах. Проанализированы статистические данные о преступности среди несовершеннолетних в Узбекистане, выявлены основные тенденции и проблемы. Особое внимание уделяется применению мер принудительного воздействия, альтернативных наказанию, их правовым основам и эффективности. Рассмотрены международный и национальный опыт, научные подходы к ресоциализации несовершеннолетних правонарушителей. Предложены меры по совершенствованию уголовно-правовой политики в отношении несовершеннолетних.

92-96 205 25

ПРАВОВЫЕ ВОПРОСЫ СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ МЕХАНИЗМОВ ОБЩЕСТВЕННОГО КОНТРОЛЯ ЗА ДЕЯТЕЛЬНОСТЬЮ ПРАВООХРАНИТЕЛЬНЫХ ОРГАНОВ В РЕСПУБЛИКЕ УЗБЕКИСТАН

Иброхим Тошназаров

Автор в данной работе делает особый акцент на правовые вопросы общественного контроля за деятельностью правоохранительных органов в Республике Узбекистан. Так, исследователь отмечает, что, будучи главной целью четкое обозначение прав и обязанностей сторон, каждый закон должен определять конкретные положения и механизмы их реализации. Отсутствие взаимоограничений и взаимоконтроля при определении прав и обязанности сторон, делает любой закон недееспособным. Исходя из этого автор предлагает внести поправки в некоторые действующие законы.

97-98 58 27

BOSHLANGʻICH SINF OʻQUVCHILARINI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHNING MOHIYATI VA AHAMIYATI

Gurbanjemal Kakabayeva

Bugungi kunda bolalar bilan shugʻullanish, juda muhim masalalardan biri hisoblanadi. Shu bois ularga, oila ham-da maktab muhitda olgan tarbiyasi va ta'limi ularning ongiga juda katta taʼsir ko'rsatadi. Ularning fikrlarini mustaqil o'ylashini oshirish haqida, yosh avlodlarning qalbiga, Vatan tuyg'usini singdirish yo'llari va to'g'ri tarbiya orqali, vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning ahamiyati haqida.

99-102 37 20

ФУНКЦИОНАЛЬНО-СТИЛИСТИЧЕСКИЕ АСПЕКТЫ ЛЕКСИЧЕСКИХ ЕДИНИЦ С СЕМАНТИКОЙ "MOUTH/OG‘IZ" В СОПОСТАВЛЯЕМЫХ ЯЗЫКАХ

Б.А. Отажонов

Функционально-стилистические аспекты языка представляют собой его подсистемы, каждая из которых характеризуется специфическими чертами, относящимися к лексике, синтаксису и даже фонетике. Их формирование и существование обусловлены особенностями коммуникации в различных сферах человеческой деятельности. Эти аспекты определяются не только допустимостью или недопустимостью использования определённых языковых элементов, но и частотой их применения в зависимости от контекста. Они отражают специфику функционирования языка в различных ситуациях, областях и с разными коммуникативными задачами.

103-105 131 42

QARZ SHARTNOMASINING NAZARIY-HUQUQIY JIHATLARI

Ellada Sarsenbaeva

Ushbu tezisning asosiy maqsadi O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi doirasida qarz shartnomasining huquqiy aspektlarini chuqur tahlil qilish va nazariy hamda amaliy jihatdan yoritishdir. Tezisning dolzarbligi shundan iboratki, moliyaviy munosabatlarning to‘g‘ri va adolatli tashkil etilishi jamiyatning barqaror rivojlanishiga zamin yaratadi.

106-107 185 25

THE IMPORTANCE OF STORIES IN CHILDREN'S LANGUAGE ACQUISITION

Parizoda Jurakulova

This article explores the significant role that stories play in children's language acquisition. It examines how storytelling enhances vocabulary, grammar, and overall communication skills. The paper also discusses the psychological and cognitive benefits of narrative-based learning and its effectiveness in developing listening and speaking abilities. By analyzing various teaching methodologies, this study highlights the importance of integrating storytelling into language education for young learners.

108-110 92 31

USING RHYMES AND SONGS TO TEACH YOUNGSTERS ENGLISH

Parizoda Jurakulova

This article explores the effectiveness of using rhymes and songs in teaching English to young learners. It discusses how these methods enhance vocabulary acquisition, pronunciation, and listening comprehension. Additionally, it examines the cognitive, social, and emotional benefits of musical language learning and provides practical strategies for incorporating rhymes and songs into language instruction.

111-114 28 16

“MOUTH”/“OG‘IZ” KOMPONENTIGA EGA FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING TARJIMA USULLARI

B.A. Otajonov

Zamonaviy tilshunoslikda o‘rganilayotgan murakkab muammolar orasida tillararo nutq faoliyatining lingvistik jihatlari, ya’ni "tarjima" yoki "tarjima faoliyati" muhim ahamiyat kasb etadi. Ma’lumki, og‘zaki va yozma tarjima qadimiy tarixga ega bo‘lsa-da, tarjimashunoslik fani tilshunoslikning nisbatan yosh yo‘nalishlaridan biri sanaladi. XX asr boshlarida, ayniqsa, Birinchi jahon urushidan keyin xorijiy tillarni o‘rganishga e’tibor kuchaysa-da, bu sohaga oid ilmiy tadqiqotlar asosan 1950-yillardan boshlab rivojlana boshladi.

115-118 66 64

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VA ZAMONAVIY KUTUBXONALAR: ELEKTRON RESURSLAR VA KUTUBXONA XIZMATLARINING RIVOJLANISHI

Zoxidaxon Qosimova

Ushbu maqolada zamonaviy kutubxonalar va raqamli texnologiyalar o‘rtasidagi bog‘liqlik, elektron resurslarning turlari (e-kitoblar, ilmiy maʼlumotlar bazalari, ochiq manbalar), sunʼiy intellekt, RFID va blokcheyn kabi innovatsion texnologiyalarning kutubxona tizimlariga taʼsiri tahlil qilinadi. Raqamli kutubxona xizmatlarining rivojlanishi, masofaviy kirish imkoniyatlari, axborot xavfsizligi muammolari va intellektual mulk huquqlari kabi dolzarb masalalar yoritilgan. Maqolada raqamli kutubxonalarning afzalliklari, jumladan, global maʼlumotlarni birlashtirish, resurslarni saqlashning barqaror usullari va foydalanuvchilar uchun shaxsiylashtirilgan xizmatlar haqida ham batafsil maʼlumot keltirilgan.

119-121 71 48

EKOLOGIK MADANIYATNI RIVOJLANTIRISHNING ILMIY-PEDAGOGIK AHAMIYATI

Saodatxon Nuriddinova , Oygul Ashurova

Mazkur maqolada ekologik madaniyatni rivojlantirishning ilmiy-pedagogik ahamiyati, uning ta'lim tizimidagi o‘rni va zamonaviy yondashuvlari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotda ekologik tarbiya jarayonida interfaol metodlar va innovatsion texnologiyalardan foydalanish samaradorligi tahlil qilinadi. Shuningdek, o‘quvchilarda ekologik ong va mas'uliyatni shakllantirish bo‘yicha ilmiy va pedagogik takliflar keltiriladi. Natijalar ekologik madaniyatni rivojlantirish ta'limning ajralmas qismi ekanligini isbotlaydi.

122-125 80 61

TAQDIMOT SLAYDLARINI YARATISH BO‘LIMINI O‘QITISH METODIKASI

Sadoqat Normurodova , Barchinoy Maxmarizayeva, Shaxina Asadova

Ushbu maqolada taqdimot slaydlarini yaratish bo‘limini o‘qitish metodikasi tahlil qilinadi. Taqdimot slaydlarining ta’lim jarayonidagi o‘rni, ularning o‘quvchilarga ma’lumotni vizual va aniq tarzda yetkazishda ahamiyati ko‘rib chiqiladi. Maqolada taqdimot slaydlarini yaratishning asosiy qoidalari, ularni samarali o‘rgatish metodlari, shuningdek, o‘qituvchi tomonidan qo‘llaniladigan metodik yondashuvlar tahlil qilinadi. Taqdimot slaydlarini yaratishda oddiylik, aniq dizayn, grafikalar va animatsiyalarning o‘rni kabi aspektlarga alohida e’tibor qaratiladi. O‘qitish jarayonida o‘quvchilarga interaktiv mashqlar orqali slayd yaratish va ularni baholash usullari ko‘rsatilgan. Maqola, o‘quvchilarning taqdimot slaydlarini yaratish bo‘yicha ko‘nikmalarini rivojlantirishga, o‘quv jarayonini samarali va faol o‘tkazishga yordam beradigan metodik tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.

126-129 162 70

O‘QITUVCHI PORTFOLIOSINI YARATISH USULLARI VA VOSITALARI

Sadoqat Normurodova , Sevinch Xaydarova , Shaxina Asadova

Ushbu maqolada o‘qituvchi portfoliosi, uning yaratish usullari va vositalari, portfolios yaratishning asosiy afzalliklari, o‘qituvchi portfoliosini yaratish metodologiyasi, o‘qituvchi portfoliosi yaratishning afzalliklari haqida fikr yuritilgan.

130-134 92 31

MAʼLUMOTLAR BAZASI BOʻLIMINI OʻQITISH METODIKASI

Sadoqat Normurodova, Durdona Zayniddinova , Shaxina Asadova

Ushbu maqolada maʼlumotlar bazasi boʻlimini oʻqitishning samarali usullari metodikasi va texnikalari keltirilgan. "Ma’lumotlar bazasi boʻlimini oʻqitish metodikasi" deganda, Ma’lumotlar bazalarini tushunish va ishlatish boʻyicha oʻqituvchilarga moʻljallangan ta'lim metodlari va yondashuvlari nazarda tutiladi. Bu boʻlimning maqsadi talabalar va mutaxassislarni Ma’lumotlar bazalari haqida bilimlar bilan tanishtirish, ularga Ma’lumotlar bazalarini yaratish, boshqarish va ulardan samarali foydalanish boʻyicha koʻnikmalarni oʻrgatishdir. Ma’lumotlar bazalari sohasining zamonaviy rivojlanishi, Ma’lumotlarni saqlash va boshqarishning muhim ahamiyatini ta'kidlaydi. Ushbu soha bilan tanishish, uning nazariy asoslarini oʻrganish va amaliyotda qoʻllash talabalar uchun juda muhimdir. Ma’lumotlar bazasini oʻqitish metodikasi nafaqat talabalar bilimini oshirishga, balki ularning amaliy koʻnikmalarini shakllantirishga ham qaratilgan. Ma’lumotlar bazasining nazariy asoslari Ma’lumotlar bazalari tushunchalari, Ma’lumotlar modelini yaratish, normalizatsiya jarayonlari, Ma’lumotlar bazalarining strukturasi va arxitekturasi haqida toʻliq tushuncha berish. Bu bosqichda SQL tilini oʻrgatish, Ma’lumotlar bazasida turli soʻrovlarni amalga oshirishni oʻrgatish zarur.

135-138 49 19

SUN’IY INTELLEKT ASOSIDA KIBERXAVFSIZLIKNI TA’MINLASH, YANGI YONDASHUVLAR VA TEXNOLOGIYALAR

Nurbek Sirojev

Ushbu maqolada sun’iy intellekt (SI) asosida kiberxavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan yangi yondashuvlar va texnologiyalar tahlil qilinadi. Hozirgi kunda kiberxavfsizlik sohasida SI texnologiyalaridan foydalanish tahdidlarni oldindan aniqlash, real vaqt rejimida hujumlarni bartaraf etish va xavfsizlikni doimiy ravishda optimallashtirish imkonini bermoqda. Maqolada SI yordamida tahdidlarni tahlil qilish, avtomatlashtirilgan himoya tizimlari, anomaliyalarni aniqlash, mashinaviy o‘rganish va chuqur o‘rganish modellaridan foydalanish usullari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, mavjud muammolar va istiqbolli yo‘nalishlar ham tahlil qilinadi.

139-141 41 27

TIJORAT BANKLARI REAL SEKTOR KORXONALARININING MOLIYAVIY QO`LLAB-QUVVATLASH OMILI SIFATIDA

Nozimjon Anvarov

Tijorat banklari iqtisodiy tizimning ajralmas qismi bo‘lib, ular nafaqat iqtisodiy sub'ektlar, balki moliyaviy barqarorlikni ta'minlashda, o‘sish va rivojlanishda muhim rol o‘ynaydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning "Moliyaviy tizimni mustahkamlash va iqtisodiyotni modernizatsiya qilish", "Bizning maqsadimiz xalqimizning farovonligini oshirishdir", degan so‘zlari tijorat banklarining real sektor korxonalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashdagi o‘rni va ahamiyatini ta'kidlaydi. Bugungi kunda, real sektorni rivojlantirish, xususan, sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish va xizmatlar sohasida faoliyat yuritayotgan korxonalar uchun moliyaviy resurslarga bo‘lgan ehtiyoj ortib bormoqda. Shu nuqtai nazardan, tijorat banklari ushbu sohalarning barqaror ishlashini ta'minlash uchun kreditlash, investitsiya kiritish va iqtisodiy loyihalarni amalga oshirishga yordam beruvchi muhim moliyaviy vositalarni taklif etmoqda.

142-145 35 50

BELBOGʻLI KURASHCHILARNING MUSOBAQALARGA TAKTIK TAYYORGARLIGINI AMALGA OSHIRISH

Alibek Xamroyev

Ushbu maqolada belbogʻli kurashchilarning musobaqalarga taktik tayyorgarligini amalga oshirish hamda taktik tayyorgarlikni amalga oshirish uslublari bayon qilingan. Shuningdek maqolada musobaqalarda taktik harakatlarning amalga oshirish uchun koʻrsatmalar berilgan.

146-149 83 88

QORAQALPOG'ISTON AHOLISINING GEOGRAFIK JOYLASHUV XUSUSIYATLARI VA DEMOGRAFIK HOLATI

Iqlima Saytova

Ushbu maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasining geografik joylashuvi va demografik holati o’rganiladi. Tadqiqotda tabiiy va iqtisodiy omillarning aholi joylashuvi, migratsiya jarayonlari hamda demografik o’zgarishlarga ta’siri tahlil qilinadi. Shuningdek, ekologik muammolar, xususan, Orol dengizi inqirozining aholi dinamikasiga ta’siri ko’rsatiladi. Bundan tashqari, mintaqada demografik barqarorlikni ta’minlash uchun infratuzilma va iqtisodiy imkoniyatlarni yaxshilash muhimligi muhokama qilinadi.

150-154 39 17

IQLIM O`ZGARISHINING QO`QON VOHASI AHOLI SALOMATLIGIGA TA`SIRI

F.S. Meliboyeva

Ushbu maqolada iqlim o`zgarishi va uning aholi salomatligiga ta`siri hamda respublikamizda mazkur muammolarni hal qilish uchun olib borilayotgan isloxotlar, respublikada kasalliklarning hududlar bo`yicha tarqalishini oldini olish va unga qarshi kurashish chora tadbirlari ishlab chiqish to`g`risida fikr yiritilgan. Shuningdek, Qo`qon vohasida eng ko`p tarqalgan kasalliklarning tarqalish xaritasi ishlab chiqilgan.