YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
15
AKSIYADORLIK JAMIYATLARINING QIMMATLI QOGʻOZLAR BILAN
OPERASIYALARI TURLARI VA ULARNING TASNIFI
Malikova Ug’iloy Abdurasul qizi
Toshkent davlat iqtisodiyot univesiteti mustaqil izlanuvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15140526
Bozor iqtisodiyoti sharoitida aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan amalga oshiriladigan
moliyaviy operatsiyalar muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, qimmatli qogʻozlar bilan bogʻliq
operatsiyalar aksiyadorlik jamiyatlarining kapitalini shakllantirish, investitsiyalarni jalb qilish
va moliyaviy barqarorligini ta’minlash jarayonida asosiy o‘rin tutadi.
Tadqiqot ishining ushbu qismi aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan amalga oshiriladigan
qimmatli qogʻozlar bilan bogʻliq operatsiyalarning turlarini va ularning tasnifini tizimli
ravishda o‘rganishga qaratilgan.
Qimmatli qog'ozlar bilan operatsiyalar iqtisodiy mazmuniga ko'ra passiv va aktivlarga
bo'linadi.
Aksiyadorlik jamiyatlarida qimmatli qog'ozlar bilan aktiv operatsiyalar kompaniyaning
moliyaviy resurslarini boshqarish va diversifikatsiya qilish maqsadida amalga oshiriladi.
Qimmatli qog’ozlar bilan bog’liq aktiv operatsiyalarga quyidagilarni keltirishimiz mumkin:
1. Qimmatli qog'ozlar chiqarish. Qimmatli qog'ozlar chiqarish bu moliya bozorlari
sohasida juda muhim jarayon hisoblanadi. U orqali korxonalar, davlatlar yoki tashkilotlar
moliya jalb qilish va o'z faoliyatlarini rivojlantirish maqsadida o'z qimmatli qog'ozlarini
bozorga chiqaradilar. Aksiyadorlik jamiyatlari yangi aksiyalar, obligatsiyalar yoki boshqa
qimmatli qog'ozlar chiqarish orqali kapitalni jalb qilishadi. Bu, odatda, rivojlanish va
kengayish uchun zarur mablag'larni to'plashda foydalaniladi.
2. Qimmatli qog'ozlarni sotish. Aksiyadorlik jamiyatlari o'zlarining qimmatli qog'ozlar
portfelidan foyda olish yoki qiziqarli aktivlarni ajratish maqsadida qimmatli qog'ozlarni
sotishlari mumkin. Bu jarayon aktivlar qiymatini oshirishga hissa qo'shadi. Shu bilan birga
aksiyadorlik jamiyatlarining qimmatli qog’ozlarini sotishdan olingan foyda ularning daromad
manbalarining shakllanishi hamda rivojlanishiga yo’l ochadi.
3. Hududiy portfelni diversifikatsiya qilish. Hududiy portfelni diversifikatsiya qilish bu
investitsiya xizmatlarining samaradorligini oshirish va risklarni kamaytirishning muhim usuli
hisoblanadi. Diversifikatsiya investorlarga bir vaqtning o'zida turli tuman aktivlarga
investitsiya qilish imkonini beradi, bu esa potentsial yo'qotishlarni kamaytiradi.
Hududiy diversifikatsiya afzalliklari sifadi biz quyidagilarni keltirishimiz mumkin:
- Riskni kamaytirish. Biror hududda muammolar yuzaga kelsa, boshqa hududlardan
olingan foyda zararni qoplashga yordam beradi.
- Sarmoyalarni ko'paytirish imkoniyati . Turli hududlarda har xil iqtisodiy sharoitlar va
o'sish sur'atlari bo'lishi mumkin, bu esa sarmoya ko'payishini ta'minlaydi.
- Yangi imkoniyatlarni kashf etish. Turli mamlakatlar yoki hududlardagi yangi bozorlarni
o'rganish orqali innovatsion g'oyalar va loyihalarga sarmoya kiritish imkonini beradi.
Diversifikatsiya
orqali
investorlar
nafaqat
riskni
kamaytiradilar,
balki
investitsiyalarining umumiy daromadini oshirish imkoniyatiga ega bo'ladilar.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
16
Kompaniyalar o'z balansini kuchaytirish uchun aktsiyalar, obligatsiyalar va boshqa
moliyaviy instrumentlarni sotib olishadi. Bu jarayon risklarni kamaytirish va daromad
manbalarini ko'paytirishda yordam beradi.
4. Investitsiya qilish. Aksiyadorlik jamiyatlari boshqa kompaniyalarga yoki moliyaviy
instrumentlarga investitsiya qilishi mumkin. Bu ularning strategik maqsadlariga erishishga
yordam beradi hamda foydani oshiradi. Shuningdek, moliya bozorlarida o’zing mavqeyini
oshirishi ular kapital jalb qilish, raqobatni ko'paytirish va iqtisodiy o'sish uchun muhim
manba hisoblanadilar. Shu sababli ham moliya bozorlarining dinamikasi o'zgaradi va
investorlar uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.
5. Bozor operatsiyalari. Aksiyadorlik jamiyatlarida qimmatli qog’ozlar bilan bog’liq
bozor operatsiyalari turli xil jarayonlarni o'z ichiga oladi va bu jarayonlar kompaniyaning
moliyaviy holati va bozor pozitsiyasida muhim rol o'ynaydi. Aksiyadorlik jamiyatlarining
bozor operatsiyalari ularning iqtisodiy holatini, investorlar bilan muloqotini va bozor
raqobatini belgilaydi. Ushbu operatsiyalarni samarali amalga oshirish uchun aksiyadorlik
jamiyatlari strategik rejalashtirishni, dividend siyosatini ishlab chiqish hamda uni nazorat
qilish va tahlil qilishni talab qiladi. Moliya bozoridagi muvaffaqiyatli faoliyat, investorlarning
ishonchining oshishi va xaridorlarni jalb qilishda muhim ahamiyatga ega.
6. Aksiyadorlar bilan ishlash. Aksiyadorlar bilan ishlash aksiyadorlik jamiyatining
muvaffaqiyatli faoliyat yuritishida muhim ahamiyatga ega. Bu jarayon aksiyadorlar bilan
munosabatlarni boshqarish, ularning manfaatlarini himoya qilish va muloqotni samarali
tashkil etishga qaratilgan.
Aksiyadorlik jamiyatlarida qimmatli qog’ozlar bilan bog’liq aktiv operatsiyalarning
barcha aksiyadorlik jamiyatlarining faoliyat yuritishi, moliya bozorlaridagi ahamiyatining
oshirilishi, investitsiya jozibadorligining shakllanishi va yuksalishi, eng muhimi mamlakat
iqtisodiyotining asosiy bog’imi sifatida manoyon bo’ladi.