Том 3 № 9 (2025)

Том 3 № 9 (2025)
Опубликован: 06-04-2025

Статьи

4-10 51 19

INGLIZ TILINI O'QITISHDAGI TOPSHIRIQLAR TIPOLOGIYASI (3-4-SINF DARSLIKLARI MISOLIDA)

Lola Turakulova

Mazkur maqolada ingliz tilini o'qitishda foydalaniladigan 1-2-sinf darsliklarida grammatik topshiriqlar turli metodologik yondashuvlar va ta'lim usullariga asoslanishi yoritilgan. Shuningdek, darsliklar o`quvchilarga tilni o'rganishda yordam berish uchun turli mavzular, grammatika qoidalari, leksika, gapirish, tinglash, o'qish va yozish ko'nikmalarini rivojlantiradigan topshiriqlar va materiallar taqdim etilishi bayon etilgan.

11-14 78 90

MUHAMMAD YUSUF IJODI, YANGICHA USLUB, MAVZU KO'LAMINING KENGLIGI

Izzatillo Olimov

Muhammad Yusuf o'zbek adabiyotining yorqin namoyandalaridan biri bo'lib, uning ijodi o'zining mavzu ko'lamining kengligi, yangicha uslub bilan ajralib turadi. U o'z asarlarida turli xil mavzularni qamrab olgan bo'lib, bu uning ijodiy qobiliyatini va xalq hayotiga bo'lgan chuqur qiziqishini ko'rsatadi. Ushbu maqolada Muhammad Yusuf ijodining mavzu ko'lamining kengligi, uning asosiy yo'nalishlari va o'ziga xos jihatlari haqida so'z yuritamiz.

15-16 44 21

AKSIYADORLIK JAMIYATLARINING QIMMATLI QOGʻOZLAR BILAN OPERASIYALARI TURLARI VA ULARNING TASNIFI

Ug’iloy Malikova

Bozor iqtisodiyoti sharoitida aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan amalga oshiriladigan moliyaviy operatsiyalar muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, qimmatli qogʻozlar bilan bogʻliq operatsiyalar aksiyadorlik jamiyatlarining kapitalini shakllantirish, investitsiyalarni jalb qilish va moliyaviy barqarorligini ta’minlash jarayonida asosiy o‘rin tutadi.

17-21 156 63

O‘ZBEKISTONDA TARBIYANING ZAMONAVIY KONSEPSIYALARI

Sabina Avezova

Maqolada, "O'zbekistonda tarbiyaning zamonaviy konsepsiyalari" mavzusida yozilgan bo'lib, O'zbekistonning tarbiya tizimidagi yangi yondashuvlar va konsepsiyalarni tahlil qiladi. Mualliflar zamonaviy jamiyatda tarbiyaning ahamiyati, uning rivojlanishidagi o'zgarishlar va zamonaviy pedagogik texnologiyalarni tatbiq etishning zarurligini ko'rsatib o'tadilar. Ushbu maqolada, o'zbek ta'lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar va innovatsion metodlar, shuningdek, tarbiyaning ijtimoiy, madaniy va axloqiy jihatlari haqida so'z yuritiladi. Shuningdek, maqolada tarbiyaning yangi konsepsiyalariga asoslanib, o'quvchilarning ilmiy va axloqiy rivojlanishini ta'minlash, ularning mustaqil fikrlash va ijodiy yondashuvlarini shakllantirishga qaratilgan tavsiyalar beriladi. Maqola tarbiyaning bugungi kunda jamiyatning barcha sohalarida qanday o'zgarishlarga olib kelganini va kelajakda qanday istiqbollar kutayotganini ko'rib chiqadi.

22-24 154 201

FONETIKA VA FONOLOGIYA

Marjona Abdullayeva

Ushbu maqolada fonetika va fonologiya fanlari,ularning asosiy  tushunchalari hamda o’zaro farqlari tahlil qilinadi.fonetika nutq tovushlarining fizik va fiziologik xususiyatlarini o’rganish bilan shug’ullansa,  ushbu tovushlarning til tizimidagi funksional ahamiyatini tadqiq etadi.Maqolada ushbu fanlarning tadqiqot usullari, asosiy kategoriyalar va amaliy ahamiyati haqida ma’lumot beriladi.Shuningdek,tillarda fonetik va fonologik hodisalar tahli qilinib, ularning fonetik o’zgarishlari va fonologik tizimdagi o’rniga e’tibor   qaratiladi.Maqola ligvistika  va tilshunoslikka qiziquvchilar uchun foydali bo’lishi kutilmoqda.

25-28 48 54

GEOGRAFIK KO’RSATKICHLARNING FUQAROLIK HUQUQIY MAQOMI

Rasul Jumambetov

Hozirgi davrda xalqaro savdo munosabatlarining takomillashishi va globalizatsiya jarayonining rivojlanishi natijasida geografik ko’rsatkichlar muhim iqtisodiy vositaga aylandi. Mahalliy mahsulotlar sifati, ularning kelib chiqish joyi va geografik xususiyatlari ko‘pincha ishlab chiqaruvchilarga nisbatan iqtisodiy ustunlik beradi. Shu nuqtai nazardan, geografik ko‘rsatkichlar savdo-sotiqda, iste’molchilarning manfaatini va tanlovini hurmat qilishda, madaniy meros sifatida jahon bozorida o’z o’rniga ega bo’lishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu kabi sabablarga bog’liq ravishda fuqarolik huquqida geografik ko’rsatkichlar shu sohada tadqiqotlar olib borilishga va qonuniy tartibga solinishi lozimdir.

29-31 42 21

INGLIS HÁM QARAQALPAQ TILLERINDE SÓZ TÁRTIBINIŃ SALISTIRMALI ANALIZI

Gózzal Kadirbergenova

Bul maqalada inglis hám qaraqalpaq tillerinde sóz tártibiniń ózine tán ózgeshelikleri salıstırmalı tallanadı. Inglis tili qatań SVO (baslawısh-bayanlawısh-tolıqlawısh) sóz tártibine iye bolsa, qaraqalpaq tilinde sóz tártibi salıstırmalı erkinirek bolıp, máni hám pátti bildiriwde áhmiyetli rol atqaradı. Izertlewde hár eki tildiń sintaksislik quramı, sóz tártibiniń gáp mánisine tásiri hám awdarmada júzege keletuǵın mashqalalar tallanadı. Maqala nátiyjeleri inglis hám qaraqalpaq tillerin úyreniw hám awdarma procesinde áhmiyetli teoriyalıq hám ámeliy áhmiyetke iye.

32-33 41 18

ЖАХОН МАМЛАКАТЛАРИДА ПЕДАГОГ КАДРЛАР ТАЙЕРЛАШНИНГ УЗИГА ХОС ХУСУСИЯТЛАРИ

Дилафруз Миралиева , Азиза Муҳиддинова

Маълумки, ўзлаштирилган билимлар эскиради ва агар инсон ўз билимларини ошириш билан мустақил шуғулланмаса, ўз малака даражасини оширмаса, унинг билимлари ҳал қилинаётган вазифалар билан мувофиқ келмай қўяди.

34-36 43 30

PEDAGOGICAL FEATURES OF TEACHING STUDENTS THE ART OF CLASSICAL SINGING

Ozoda Muhammatova

The article discusses the issues of improving the professional preparation of students through national classical singing, reveals the educational and creative aspects of national musical art, and its importance in developing professional skills in students. The main features of national classical singing are enriched with practical recommendations for integrating their study into the system of vocational education.

37-41 51 22

ХИВА ХОНЛИГИДА АНЪАНАВИЙ ТИББИЁТ РИВОЖИ

Ойдиной Oчилова

Хива хонлигида анъанавий тиббиёт ва унинг турли йуналишлари асрлар давомида ривожланиб келди. XIX - XX аср бошларида хонлик аҳолисининг тиббий саломатлиги, касалликлар турлари ва уларни даволаш усуллари, табиблар фаолияти хамда гарб даволаш услубларининг кириб келиши ва унинг натижасида илк тиббиёт муассасалари тизимининг шаклланиши каби жихатларни тадқиқ этиш мазкур давр жамияти маданий ва ижтимоий-маиший хаётининг айрим томонларини ёритишга хизмат қилади. Мазкур масалалар тадқиқотида ўз даврида яратилган тиббиётга оид асарлар ва тарихий қўлёзмалар, хорижий сайёхларнинг сафарнома, эсдаликлари, рус шарқшунос олим ва зобитларининг асосан статистик характердаги асарлари хамда архив хужжатлари бирламчи манба сифатида муҳим аҳамият касб этади.

42-46 43 24

ШАҲАРЛАРНИНГ СИЁСИЙ-МАЪМУРИЙ БОШҚАРУВ МАРКАЗЛАРИ СИФАТИДАГИ АҲАМИЯТИ

Жамшид Бердиев

Манбаларнинг маълумот беришича, Шайбонийлардан кейин ҳокимият тепасига келган Аштархонийлар даврида (1601-1756 йй.) бошбошдоқлик, ўзаро курашлар, маҳаллий ҳокимиятнинг марказга бўйсунмаслиги даври бўлиб, сиёсий барқарорлик сулола инқирозига ҳамда давлатнинг учга бўлиниб кетиши билан тугади. Давлатдаги расмий даражадаги бошқарув икки босқичли бўлиб марказий ва маҳаллий бошқарув тизимига эга эди. Вилоятлар ва шаҳарлар ҳокимларининг марказий ҳокимиятга бўйсуниши белгиланган йиллик солиқларни тўплаб хон хазинасига юбориб туриши, хон фармонига кўра, ҳарбий юришларда ўз қўшинлари билан қатнашишдан иборат бўлган, холос. Кўп ҳолларда ўзларини марказий ҳокимиятдан мустақил деб ҳисоблаган вилоят амирлари ва шаҳар ҳокимлари ҳам ўз бошқарув тизимига ва ҳарбий кучларига эга бўлганлар

42-46 54 18

47-49 47 35

SUN’IY INTELLEKT VOSITALARIDAN FOYDALANGAN HOLDA INGLIZ TILI O‘QITUVCHILARINING RAQAMLI KOMPETENTLIGINI SHAKLLANTIRISHNING INNOVATSION YONDASHUVLARI

Abrorbek Abdulhamidov

Mazkur maqolada sun’iy intellekt texnologiyalari yordamida ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash yo‘llari yoritilgan. Sun’iy intellekt asosidagi platformalar — ChatGPT, Grammarly, ELSA Speak va shunga o‘xshash vositalar orqali o‘qituvchilar dars jarayonini takomillashtirish, dars tayyorlash vaqtini tejash, baholashni avtomatlashtirish, shuningdek, o‘z ustida ishlash bo‘yicha imkoniyatlarga ega bo‘ladi. Maqolada ushbu texnologiyalarning amaliy qo‘llanilishi, duch kelinayotgan muammolar va ularni bartaraf etish strategiyalari keng yoritilgan. Xulosa o‘laroq, sun’iy intellekt – zamonaviy o‘qituvchining yordamchisidir degan fikr ilgari suriladi.

47-49 53 26