YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
120
XALQ OG‘ZAKI IJODI VOSITASIDA BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF
O‘QITUVCHILARINI O‘QUVCHILARNING O‘QISH SAVODXONLIGINI
RIVOJLANTIRISHGA TAYYORLASHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK
JIHATLARI
N.M.Oxunova
Farg’ona davlat universiteti tayanch doktoranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.15314318
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada hozirgi kunda har bir dars uchun zamonaviy pedagogik
texnologiyalardan foydalangan holda darsning sifatini oshirish haqida so’z yuritiladi. Xalq
og‘zaki ijodi orqali o‘quvchilarga axloqiy tarbiya hamda insoniy fazilatlarni singdirish.
Kalit so‘zlar:
topishmoq, ertak, maqol, tarbiya, xalq og‘zaki ijodi, darslik.
АННОТАЦИЯ
В данной статье говорится о повышении качества уроков с использованием
современных педагогических технологий на каждом уроке. Привитие нравственного
воспитания и человеческих качеств учащимся через фольклор.
Ключевые слова:
загадка, сказка, пословица, образование, фольклор, учебник.
ANNOTATION
This article talks about improving the quality of lessons using modern pedagogical
technologies for each lesson. Instilling moral education and human qualities in students
through folklore.
Key words:
riddle, fairy tale, proverb, education, folklore, textbook.
Xalq og'zaki ijodida ota-bobolarimizning aytmoqchi bo'lgan pand nasihatlari, el
e’zozlagan odam bo‘lishning talab-qoidalari, Alp Erto‘nga, To‘maris, Shiroq, Jaloliddin
Manguberdi, Temur Malik kabi ajoyib yurt farzandlarining botirliklari, xalqimizning urf-
odatlari, milliy fazilatlarimiz haqida san’at darajasiga ko‘tarilgan so‘z tizimlaridan iborat
maqol, qo‘shiq, ertak, doston, bolalarga bag‘ishlangan asarlar va boshqa janrlardagi
namunalarda ifodasini topadi
1
.
Har bir sohaning o‘z tarixi bo‘lganidan, folklorshunoslik borasidagi izlanishlarning ham
o‘z ildizlari mavjud. Bu izlanishlar ildizi olis o‘tmishga borib taqaladi. Mahmud Koshg‘ariy
zamonidan to bugungi kungacha xalq og‘zaki ijodi haqida nimaiki aytilgan, yozilgan bo‘lsa
bularning bari o‘zbek xalq og‘zaki ijodini o‘rganishga o‘zining munosib ulushini qo‘shgan
2
.
O’tmishda olimlar inson shaxsi va uning ruhiyatini bir butun holda ko’z o’ngiga keltirib
tasavvur etganlar. Shuning uchun ham shaxs kamolotini psixologik va pedagogik rivojlantirish
holatini qadim davrdan boshlab olimlar bolani qachondan boshlab tarbiyalash, ularni yosh
o’sishining davrlardagi ruhiyatining qonun-qoidalarini asoslab berganlar.
Ma’lumki oilada ota-ona, maktabgacha ta’limda tarbiyachi bolalarni ruhiy jihatdan
maktabga tayyorlaydi. Kichik maktab yoshidagi bolalarni ruhiyatidagi unutilmas damlar
maktab ta’limidan barhamand bo’lishdir. Shuning uchun oiladan boshlab, bolani ruhiy
xususiyatlarini, ya’ni idrok, diqqat, xotirasi, nutqini rivojlantirish muhimdir. Kichik maktab
yosh davrida bolaning o’qishga, bilim olishga bo’lgan ehtiyoji tug’ilib, mas’uliyat paydo bo’ladi.
1
Madayev O. O’zbek xalq og’zaki ijodi.-Toshkent.2010.-B. 7.
2
T.Mirzayev, Sh.Turdimov, M.Jo‘rayev, J.Eshonqulov, A.Tilavov. O’zbek folklori.-Toshkent.2020.B.5.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
121
Yetti yoshli bolaning ruhiy tayyorligi reja asosida tartibli o’qishga zamin yaratadi.
Boshlang’ich ta’limni tashkil qilishda o’quvchilarni anatomik, fiziologik va jismoniy o’sishini
ham hisobga olmoq juda muhimdir. Demak o’qituvchining maktabga qabul qilingan barcha
o’quvchilar bilan har tomonlama ishlashi, ularga e’tiborli bo’lishi kelajak avlodni yanada
rivojlantirishga, mustaqil fikriga ega shaxsni tarbiyalashda o’z hissasini qo’shadi.
Bolalarga fanlarni o’qitish ularni har tomonlama rivojlantirishga xizmat qiladi. Umumiy
o’rta ta’limning boshlang’ich sinflarida, ya’ni birinchi, ikkinchi va uchinchi sinflarda ona tili va
o’qish savodxonligi, to’rtinchi sinfda esa o’qish fani o’quvchilarni ongli, to’g’ri, va ifodali
o’qishga o’rgatish bilan birga ularda kitobxonlik va nutq madaniyatini hamda mustaqil
fikrlash qobiliyatini shakllantiradi. Umumiy o’rta ta’limda barcha fanlarning maqsad va
vazifalari mavjud. Ayrim darsliklar yangilandi, shu jumladan, ona tili hamda o’qish darsliklari
bir butun holda qayta ishlab chiqildi. Boshlang’ich ta’limning savod o’rgatish bosqichi
yakunlangach, ona tili va o’qish savodxonligi darslari boshlanadi hamda to’rtinchi sinf
yakuniga qadar izchil davom ettiriladi.
Ona tili va o’qish savodxonligi fani ikki qismdan iborat bo’lib, uni o’qitishda asosiy
e’tibor o’quvchida tilga doir to’rt ko’nikma: o’qib tushunsh, tinglab tushunish, nutq so’zlash va
yozish hamda grammatik savodxonlikni shakllantirishga qaratilgan. Barcha ona tili va o’qish
savodxonligi darsliklarida hamda o’qish darsligida xalq og’zaki ijodini o’rganishga doir bir
qator misollar va alohida xalq og’zaki ijodi deb nomlangan bo’limlar mavjud. Bolalar xalq
og’zaki ijodi janrlariga, ya’ni ertaklar, maqollar, topishmoqlarga oilada, maktabgacha ta’im
davrida ham o’rganishgan, shuning uchun birinchi sinf darsligida berilgan topishmoqlar bilan
o’quvchilar mustaqil bajarishlari talab etiladi. Mavzuda to’rtta topishmoq berilgan bo’lib,
o’quvchilar har bir topishmoqni mustaqil ravishda ichida ovoz chiqarmay o’qishi hamda
javobini mashq daftariga yozishi kerak bo’ladi. O’quvchilar mustaqil ishlashni boshlaganda,
o’qituvchi tomonidan topishmoqlarning javobi bir so’zdan iborat ekanligi ta’kidlanadi. Xalq
og’zaki ijodining ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyati mavjud. Hozirgi kunda har bir dars uchun
zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish darsning qiziqarli tarzda olib borishga
yordam beradi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, boshlang’ich ta’lim jarayonida o’quvchilarning ijodiy
faoliyatini rivojlantirish uchun turli shart-sharoitlarni yaratish muhim ahamiyat kasb etadi.
Buning uchun ta’lim talablarini aniqlash va shu talabar asosida uning ustuvor yo’nalishlarini
muammoli vaziyatlar yaratish va ta’limga texnologik yondoshuv asosida tashkil etilishi
o’quvchilar ijodiy faoliyatini rivojlantirishning samaradorligiga zamin yaratadi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Madayev O. O’zbek xalq og’zaki ijodi.-Toshkent.2010.-B. 7.
2.
T.Mirzayev, Sh.Turdimov, M.Jo‘rayev, J.Eshonqulov, A.Tilavov. O’zbek folklori.-
Toshkent.2020.-B. 5.