Том 3 № 12 (2025)

Том 3 № 12 (2025)
Опубликован: 25-04-2025

Статьи

4-8 115 30

QASHQADARYO VILOYATIDA IQTISODIY SOHADAGI O’ZGARISHLAR

Sohibjon Nomozov

XX asrning oxirgi o’n yilligi insoniyat tarixida buyuk o’zgarishlar davri bo’lib kiradi. Jahon hamjamiyati safiga kirayotgan yosh mustaqil davlatlar orasida O’zbekiston ham bor. Mustaqil taraqqiyotining o’tgan yigirma yili mobaynida mamlakatimiz hayotida salmoqli ijobiy o’zgarishlar amalga oshirilganligi bugun barchaga ayon. O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.Karimov “O’zbekiston iqtisodiyotining so’nggi yillardagi izchil va barqaror rivojlanishi biz tanlagan taraqqiyot modelining hayotiy va samarali ekanligini ko’rsatmoqda. Oxirgi besh yil davomida iqtisodiyotning o’sish sur’atlari o’rtacha 8 foizga oshdi va 2009 yilning birinchi choragida 7,9 foizni tashkil etdi” deb ta’kidlagan edi. 


 

9-10 232 117

USING INSTAGRAM AND TIKTOK AS TOOLS FOR LEARNING ENGLISH

Altinay Abdig'aniyeva

This article investigates how university students in Uzbekistan perceive the use of Instagram and TikTok as tools for learning English. With the rise of digital platforms, educational strategies are shifting toward more interactive and learner-centered approaches. Through social media, students gain exposure to authentic language input, peer interaction, and informal learning environments. The study examines the benefits, limitations, and future potential of using these platforms in language education.

11-16 212 31

AHOLINING TURMUSH DARAJASINI YAXSHILASHDA XIZMAT KO‘RSATISH SOHASINING RIVOJLANISHDAGI O‘RNI

Anvar Raximov, Tulkin Uralov

Maqolada aholing turmush darajasini rivojlantirishda xizmtlar sohasi, sanoat tarmoqlarini innovatsion rivojlantirish hamda uni oshirishga qaratilgan bir qancha olimlarning fikr-mulohazalari bayon etilgan. Aholining turmush darajasini oshirishga sanoat tarmoqlarini hududiy rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari sxema ko‘rinishda, sanoat tarmog‘ining hududiy ixtisoslashuv strukturasi ko‘rsatib o‘tilgan. Sanoat rivojlanishining tabiiy resurslarga bog‘liqligi, sanoat tarmoqlarining o‘zaro energiya ta’minoti grafigi, sanoatning telekommunikatsiya va axborot texnologiyalari (ICT) bilan bog‘liqligi yoritilib berilgan va bu bo‘yicha xulosa va takliflar berilgan.

17-21 229 23

TURIZM VA TABIIY OFATLAR

Mironshoh Shodmonov , Abdumalik Yuldashev

Mazkur maqolada tabiiy ofatlarning turizm sohasiga ta’siri va oqibatlari tahlil qilingan. Xususan, zilzila, toshqin, qurg‘oqchilik, o‘rmon yong‘inlari kabi ofatlar turistik hududlarga qanday zarar yetkazishi, turistlar oqimiga qanday salbiy ta’sir ko‘rsatishi haqida fikr yuritiladi. Bundan tashqari, turizm sohasida barqarorlikni ta’minlash, ofatlarga tayyorgarlik ko‘rish va xavflarni kamaytirish bo‘yicha tavsiyalar keltirilgan.

22-24 237 27

XALQARO MOLIYAVIY INSTITUTLAR VA TIJORAT BANKLARINING O‘ZARO ALOQALARI

Shahbozbek Odilbekov , Biloliddin Nurzodbekov

Ushbu maqolada xalqaro moliyaviy institutlarning tijorat banklari bilan o‘zaro aloqalari, hamkorlik shakllari va bu munosabatlarning iqtisodiy rivojlanishdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Xalqaro moliyaviy institutlarning tijorat banklariga kiritgan investitsiyalari orqali mamlakatlarning bank tizimlari barqarorligini mustahkamlash va real sektorni kreditlash imkoniyatlarini kengaytirishdagi o‘rni yoritiladi.

25-28 91 40

XALQARO MOLIYAVIY INSTITUTLARNING RIVOJLANAYOTGAN MAMLAKATLARDAGI ROLI

Shahbozbek Odilbekov, Biloliddin Nurzodbekov

Ushbu maqola xalqaro moliyaviy institutlarning rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotiga ko‘rsatayotgan ta’sirini o`rganiladi. Jahon banki, Xalqaro valyuta jamg‘armasi, Osiyo taraqqiyot banki va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki kabi muhim institutlar tomonidan ko‘rsatilayotgan moliyaviy va texnik yordam, infratuzilma rivoji, islohotlar va xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash masalalari yoritiladi.

29-34 238 41

BIZNES TURIZM: ZAMONAVIY RIVOJLANISH TENDENSIYALARI VA O‘ZBEKISTON MISOLIDA TAHLIYLI YONDASHUV

Nilufar Xusanova , Abdumalik Yo`ldoshev

Ushbu maqolada biznes turizmi tushunchasi, uning global va mahalliy iqtisodiyotdagi o‘rni hamda O‘zbekistonda biznes turizmini rivojlantirish istiqbollari tahlil qilingan. Dunyo tajribasi va mavjud statistik ma’lumotlarga tayangan holda biznes turizmining iqtisodiy samaradorligi, hududiy raqobatbardoshlikni oshirishdagi roli yoritib berilgan. Shuningdek, O‘zbekistonda bu sohani rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan infratuzilma, kadrlar tayyorlash va xalqaro marketing strategiyalari muhim omil sifatida ko‘rsatib o‘tilgan. Maqola yakunida sohani rivojlantirish uchun amaliy tavsiyalar berilgan.

35-38 240 49

SO‘FI OLLOYOR ASARLARIDA MA’NAVIY-AXLOQIY TARBIYA KONSEPSIYASI

Rustamxon Kotibov

Ushbu maqolada So‘fi Olloyorning ijodiy merosida ma’naviy-axloqiy tarbiya konsepsiyasi qanday shakllangani va uning mazmun-mohiyati tahlil etiladi. Shoirning asarlarida ilgari surilgan axloqiy va ruhiy qadriyatlar, Sufiy ta’limotining amaliy ko‘rinishi sifatida, o‘quvchilarni nafaqat individual, balki ijtimoiy jihatdan ham kamol toptirishga qaratilgani ko‘rsatib beriladi. Maqolada So‘fi Olloyorning buyuk mutafakkirlar merosidan ilhomlangan holda, milliy til va urf-odatlarga mos ravishda xalqchil usulda ta’lim-tarbiya g‘oyalarini yetkazgani alohida urg‘u bilan ta’kidlanadi. Shuningdek, uning asarlarida ijtimoiy adolat, xoksorlik, hayo, sabr va insof kabi fazilatlarning uqtirilishi, zamonaviy talim-tarbiya tizimida ham yuksak ahamiyatga ega ekani ilmiy asosda ko‘rsatib o‘tiladi.

39-43 109 28

PRAGMATIK KOMPETENSIYANI RIVOJLANTIRISHDA BLUM TAKSONOMIYASIDAN FOYDALANISHNING PEDAGOGIK XUSUSIYATLARI

Nilufar Mustafayeva

Ushbu maqolada pragmatik kompetensiyani rivojlantirishda Blum taksonomiyasidan foydalanishning pedagogik xususiyatlari tahlil qilinadi. Pragmatik kompetensiya chet tilini o‘rganishda nafaqat lingvistik bilimlar, balki madaniy-kontekstual omillar, nutqiy maqsad va tinglovchining ihtiyojlariga mos nutq strategiyalaridan foydalanishni ham o‘z ichiga oladi. Biroq ko‘pincha o‘quv jarayonida diqqat markazi asosan grammatika va leksikaga qaratilib, pragmatik ko‘nikmalarga yetarli e’tibor berilmaydi. Shu jihatdan, Blum taksonomiyasi chet tilida pragmatik kompetensiyani shakllantirishda bosqichma-bosqich maqsadlar, dars mazmuni va baholash mexanizmlarini rejalashtirishda qulay nazariy va metodik asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Maqolada Blum taksonomiyasining kognitiv darajalarini pragmatik mahorat bilan uyg‘unlashtirish zarurligi ko‘rsatilib, o‘qitishda rejalashtirishdan tortib baholashgacha bo‘lgan jarayonda qanday yondashuvlar qo‘llash mumkinligi ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, har bir kognitiv darajaga mos ravishda pragmatik malakalarni rivojlantirish o‘quvchilarda chuqur mulohaza, moslashuvchan nutqiy amaliyot va interaktiv fikrlashni kuchaytirishi ta’kidlanadi. Yakunida Blum taksonomiyasi orqali maqsadli rejalashtirilgan darslar o‘quvchilarning nutqiy madaniyati va chet tilidan foydalanganda kontekstni e’tiborga olish qobiliyatini rivojlantirishda samarador ekanligi xulosa sifatida ilgari suriladi.

44-48 248 37

BIZNESNI BOSHQARISHNI RIVOJLANTIRISHDA PSIXOLOGIK MUAMMOLAR VA YECHIMLAR

Shaxzodaxon Bo’stonova , M.N. Ravshanov , T.U. Qodirov

Biznesda muvaffaqiyatga erishish uchun, psixologik jarayonlarni tushunish va boshqarish juda muhimdir. Bu, hamma narsani o'z zaminida o'rganish va rivojlantirish uchun asosiy qadam hisoblanadi. Quyidagi muammolar va ularning yechimlari biznesda psixologiya sohasida ko'rsatilayotgan ahamiyatini ta'kidlaydi.

49-60 229 111

"STRESS, UYQU VA TURMUSH TARZINING XOTIRAGA TA’SIRI"

Y.R. Norqulova , Sh.R. Akramova

Ushbu maqolada xotira va uning samaradorligiga ta’sir qiluvchi omillar tahlil qilingan. Xotiraning zaiflashishi va buzilishi nafaqat kasalliklar, balki stress, noto‘g‘ri uyqu tartibi, zararli odatlar va turmush tarziga bog‘liq ekanligi yoritilgan. Shuningdek, maqolada xotira buzilishlariga sabab bo‘luvchi asosiy omillar, jumladan, miya patologiyalari, gipoksik holatlar, ruhiy buzilishlar, zararli odatlar va stressli vaziyatlar haqida batafsil ma’lumot berilgan. Maqolada xotirani yaxshilashning tabiiy usullari, jumladan, uyqu gigienasini saqlash, jismoniy faollik, to‘g‘ri ovqatlanish va aqliy mashg‘ulotlar muhimligi ta’kidlangan. Xotira buzilishlarini oldini olish va samaradorligini oshirish uchun muntazam intellektual faoliyat bilan shug‘ullanish, stress omillarini kamaytirish hamda sog‘lom turmush tarziga rioya qilish tavsiya etiladi. Maqola xotiraning salomatlik va kundalik hayotdagi ahamiyatini tushunishga, uni yaxshilash yo‘llarini ko‘rsatishga qaratilgan.

61-63 215 187

KICHIK MAKTAB YOSHIDA O‘QUV MOTIVLARINI SHAKLLANTIRISHINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Moxigul Abdulxamidova

Kichik maktab yoshi — bu bolaning shaxsiy va intellektual rivojlanishida hal qiluvchi bosqich bo‘lib, aynan shu davrda o‘quv motivlari shakllanishi muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur tezisda o‘quv motivlarini shakllantirishning psixologik xususiyatlari, uning rivojlanish bosqichlari va ta’lim jarayonidagi roli tahlil qilinadi. O‘quv motivlari bolaning ta'lim faoliyatiga bo‘lgan qiziqishini uyg‘otadi, ichki ehtiyoj va maqsadlarning shakllanishiga asos bo‘ladi. Motivlarning shakllanishiga ijtimoiy muhit, oila, maktabdagi o‘qituvchi va sinfdoshlar ta’sir ko‘rsatadi. O‘quv motivlarining mustahkam rivojlanishi bolalarda bilim olishga bo‘lgan ichki ehtiyojni, o‘z-o‘zini rivojlantirish va o‘zlashtirish istagini kuchaytiradi. Tezisda kichik maktab yoshidagi bolalarda motivatsiyaning tashqi va ichki omillari, ularni rivojlantirish usullari, shuningdek, o‘qituvchilarning va ota-onalarning bu jarayondagi roli batafsil yoritilgan. Psixologik tadqiqotlarga tayangan holda, bolalarning o‘quv faoliyatidagi motivatsion xususiyatlari va ularning ta’lim jarayoniga ta’siri keng ko‘rib chiqiladi. Ushbu tadqiqot natijalari kichik maktab yoshidagi bolalarda barqaror o‘quv motivlarini shakllantirish uchun samarali metodik yondashuvlarni ishlab chiqishga yordam beradi.

64-66 102 30

O‘SMIRLAR AXBOROT OLISH KO‘NIKMASINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK VA PSIXOLOGIK HUJJATLARI

Izzatullo Abdulxamidov

Axborot texnologiyalari tez sur’atlar bilan rivojlanayotgan hozirgi zamonda o‘smir yoshdagilar uchun axborot olish va undan samarali foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish muhim o‘rin tutadi. Mazkur tezisda o‘smirlarning axborot olish ko‘nikmalarini rivojlantirishga ta’sir etuvchi pedagogik va psixologik hujjatlar, ularning asosiy yo‘nalishlari va amaliy tadbiqlari yoritib berilgan. Axborot olish ko‘nikmasi o‘quvchilarning mustaqil fikrlash, ma’lumotni tanlash va tahlil qilish, kreativ muammolar yechimi topish qobiliyatlari bilan chambarchas bog‘liq. O‘zbekiston Respublikasining ta’limga oid qonunlari, davlat dasturlari va pedagogik hujjatlarida o‘smirlarni zamonaviy axborot texnologiyalaridan ongli foydalanishga o‘rgatish asosiy maqsadlardan biri sifatida belgilangan. Shuningdek, psixologik tadqiqotlar o‘smirlarning axborot qabul qilish va qayta ishlash qobiliyatini rivojlantirish uchun individual yondashuv, motivatsiya va tanqidiy fikrlashni rag‘batlantirish zarurligini ko‘rsatmoqda. Tezisda mavjud normativ hujjatlar tahlil qilinib, ularning amaliyotda qo‘llanish mexanizmlari hamda pedagogik va psixologik nuqtayi nazardan tavsiyalar berilgan. O‘smirlarning axborot olish ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularni mustaqil ta’lim faoliyatiga tayyorlash va raqamli madaniyatni shakllantirish uchun samarali usullar ishlab chiqilgan.

67-69 236 36

THE IMPORTANCE OF ERROR CORRECTION AND EFFECTIVE FEEDBACK IN LANGUAGE TEACHING

Shakhnoza Turgunboeva, G.I. Umurqulova

This thesis examines the process of giving effective feedback to the students after various types of assessment and its impact on students’ future progress. Furthermore, the most famous types of feedback, their benefits and drawbacks, choosing the most appropriate option according to the situation and level of students will be discussed.

70-71 94 89

JOMIY VA NAVOIY ASARLARINING TALQINI

Lola Abduraxmonova

mazkur tezisda Sharq adabiyotining yirik vakillari — Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiy ijodiy merosining o‘zaro bog‘liqligi, ularning asarlaridagi tasavvufiy va ma’rifiy g‘oyalarning talqini tahlil etiladi. Mualliflar o‘rtasidagi ustoz-shogirdlik munosabatlari hamda ularning adabiy maktablaridagi o‘xshash va farqli jihatlar ilmiy asosda yoritiladi.

72-74 69 39

AMIR TEMUR QO’SHINI

Davronbek Abdurashidov, G'ayrat Qambarov

Ushbu maqolada Amir Temur va Chingisxon qo’shini  tarkibi haqida o’xshashlik va farqli jihatlari haqida mulohaza yuritildi. Amir Temur qo’shini qay tartibda yig’ishi va qanday saf tortishi, janglarda qo’shin harakatlanishi haqida malumotlar keltirildi.

75-79 75 22

IJTIMOIY-GUMANITAR YO‘NALISH TALABALARIGA OLIY MATEMATIKANI O‘QITISH METODIKASINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Sardor Sabirov

Mazkur tezisda ijtimoiy-gumanitar yo‘nalish talabalari uchun oliy matematikani o‘qitish metodikasining o‘ziga xos xususiyatlari tahlil etiladi. Ijtimoiy-gumanitar fanlar yo‘nalishidagi talabalar uchun matematik bilimlarni berishda nazariy kontentni amaliy vazifalar va real hayotiy misollar bilan bog‘lash zarurati asoslab beriladi. Matematik tafakkurni rivojlantirish, abstrakt fikrlashni shakllantirish, tahliliy yondashuv ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan metodik yondashuvlarning ahamiyati ko‘rsatib o‘tiladi.

80-82 70 51

METANOLDAN ETILEN, PROPILEN, BUTILENLAR VA DIMETIL EFIR OLISH UCHUN KATALIZATORLAR

Sevinch Sobirova , Maqsud Dusmuratov

Ushbu maqolada metanoldan etilen, propilen, butilenlar va dimetil efir olish jarayonlari uchun qo‘llaniladigan katalizatorlar tahlil qilinadi. Metanolning olefinlarga (MTO) va dimetil efirga (MTD) aylanish mexanizmlari, katalizatorlarning turi, tarkibi va samaradorligi ko‘rib chiqiladi. Zeolit asosidagi katalizatorlar, fosfatli va oksidli katalizatorlar haqida to‘xtalib o‘tiladi. Turli katalizatorlarning ishlash sharoitlari va ularning mahsulot tarkibiga ta’siri muhokama qilinadi.

83-86 76 35

MAKTABGACHA 6 YOSHLI BOLANING TASHABBUSKORLIGINI OSHIRISH

Mahdiyabonu Tojiboyeva , Omadxon Kadirova

Mazkur ishda maktabgacha ta’lim yoshidagi, xususan 6 yoshli bolalarning tashabbuskorligini oshirish yo‘llari o‘rganilgan. Bolaning ijtimoiy-psixologik rivojlanishida tashabbuskorlik muhim o‘rin tutadi, chunki u bolaning mustaqil fikrlashi, yangilikka intilishi va o‘z fikrini erkin ifoda eta olish ko‘nikmalarini shakllantiradi. Tadqiqotda bolalar tashabbuskorligini rag‘batlantirishga qaratilgan interfaol o‘yinlar, rolli mashg‘ulotlar, ijodiy topshiriqlar va o‘yinli faoliyat turlarining samaradorligi tahlil qilinadi. Shuningdek, pedagog va ota-onalarning bu jarayondagi o‘rni, ularga beriladigan tavsiyalar yoritiladi. Ish natijasida 6 yoshli bolalarda tashabbuskorlikni rivojlantirishga xizmat qiluvchi samarali usullar taklif etiladi.

87-89 92 337

BURCH VA MAS’ULIYAT – INSON KAMOLOTI VA JAMIYAT TARAQQIYOTINING ASOSIY MEZONI

Go‘zalxon O‘sarova , Farida Madaminova

Ushbu  maqolada  burch  va  mas’uliyat  tushunchalarining  jamiyat  va  shaxsiyatdagi  o‘rni,  ularning  huquqiy  va  axloqiy  jihatlari  ko‘rib  chiqiladi.  Burch,  shaxsning  boshqa  shaxslar  yoki  jamiyatga  nisbatan  o‘zining  majburiyatlarini  bajarishi  zarurati  sifatida  ta’riflanadi.  Mas’uliyat esa,  o‘z  xatti-harakatlari  uchun  shaxsning  javobgarligini  anglatadi.  Maqolada  burchning  o‘rni,  turli  hayotiy  vaziyatlarda  mas’uliyatni  bajarishning  ahamiyati,  shuningdek,  bu  tushunchalarning  bir-biriga  bo‘lgan  aloqasi  tahlil  qilinadi.

90-92 69 23

BOSHLANG‘ICH SINF OʻQUVCHILARINI TARBIYALASHDA VATAN TUYG‘USINING AHAMIYATI

Go‘zalxon O‘sarova , Maftuna Ulug‘nazarova

Ushbu maqolada “Vatan yagona” mavzusi asosida milliy birlik, vatanparvarlik, fuqarolik javobgarligi va yurtimiz mustaqilligini saqlab  qolishning ahamiyati yoritilgan. Maqolada turli ijtimoiy, madaniy va tarixiy jihatlar tahlil qilinib, birlik va hamjihatlikning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni ta’kidlangan. O‘zbekiston xalqining turli millat va din vakillari hamjihatligi, mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlar, shuningdek,  milliy qadriyatlarni saqlash va rivojlantirish yo‘lidagi sa’y-harakatlar tahlil qilinadi.

93-95 109 25

BOSHLANG ‘ICH SINF O ‘QUVCHILARINING BAXTLI HAYOTGA ERISHISHLARIDA MA’NAVIY TARBIYANING AHAMIYATI

Go‘zalxon O‘sarova , Robiyaxon Davlataliyeva

Ushbu maqolada baxtli hayotning poydevorini qurishning asosiy omillari, ularga  erishish  yo‘llari  va  kundalik hayotda  qanday  amaliy  choralar  ko‘rish  lozimligi  haqida  batafsil   ma’lumot beriladi. Baxtli hayot poydevorini yaratish uchun insonning ma’naviy va jismoniy holati, ijtimoiy munosabatlar va o‘z-o‘zini anglashdagi muhim jihatlar ko‘rib chiqiladi.

96-99 81 29

BANK KREDITLARI ASOSIDA MOLIYALASHTIRISHNING IQTISODIY SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA RISKLARNI BOSHQARISH STRATEGIYALARI

Mirzohid Raimov

Ushbu tezisda bank kreditlari orqali moliyalashtirish jarayonida yuzaga keladigan asosiy risklar, ularning moliyaviy samaradorlikka ta’siri hamda ushbu risklarni kamaytirish va boshqarish strategiyalari tahlil qilinadi. Risklarni boshqarish orqali investitsion loyihalarning daromadliligini oshirish, kreditga qobiliyatli korxonalarni aniqlash, garov siyosatini kuchaytirish va sug‘urta mexanizmlaridan foydalanish kabi chora-tadbirlarning iqtisodiy ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, banklar va korxonalar o‘rtasida samarali axborot almashinuvini tashkil qilish orqali qarz oluvchining to‘lov qobiliyatini oldindan baholash usullari muhokama qilinadi.

100-101 77 42

INKLYUZIV TA'LIMDA IJTIMOIY-EMOTSIONAL KOMPETENSIYALARNI RIVOJLANTIRISH

Guljan Klishbaeva

Ushbu maqolada inklyuziv taʼlim tizimida o'quvchilarning ijtimoiy-emotsional kompetensiyalarini rivojlantirishning ahamiyati, usullari va samarali usullari yoritiladi. Taʼlim jarayonida o'quvchilarning o'zini anglash, boshqa narsalarni, ijtimoiy munosabatlarni yo'lga qo'yishni muhim o'rin tutadi. Inklyuziv sinflarda bu ko'rinishdagi asosni rivojlantirish orqali ta'lim sifatini va o'quvchilarga tashqi muhitni mumkin bo'ladi.

102-104 73 26

UMUMIY PЕDАGОGIKА DАRSLАRIDА RАQАMLI TЕHNОLОGIYАLАR VА SUN'IY INTЕLЕKTDАN FОYDАLАNISH MЕTОDLАRI

Muаttаrxоn Nо’mоnxоnоvа

Rаqаmli tеxnоlоgiyаlаr vа sun’iy intеllеktning (АI) umumiy pеdаgоgikа dаrslаrigа intеgrаtsiyаlаshuvi аn’аnаviy о‘qitish usullаrini sеzilаrli dаrаjаdа о‘zgаrtirdi. Rаqаmli vоsitаlаr vа sun'iy intеllеktgа аsоslаngаn plаtfоrmаlаr talabalаrning fаоlligini vа pеdаgоgik sаmаrаdоrligini оshirаdigаn shаxsiylаshtirilgаn о'rgаnish tаjribаsi, аvtоmаtlаshtirilgаn bаhоlаsh vа intеrаktiv kоntеntni tаklif еtаdi. Ushbu mаqоlа rаqаmli tеxnоlоgiyаlаr vа АIni pеdаgоgikаgа kiritishning turli usullаrini, jumlаdаn аdаptiv tаʼlim tizimlаri, virtuаl sinflаr, sunʼiy intеllеkt аsоsidаgi rеpеtitоrlik vа оʻquvсhilаr tаrаqqiyоtini kuzаtish uсhun mаʼlumоtlаr tаhlilini оʻrgаnаdi. Zаmоnаviy tа'lim tаdqiqоtсhilаrining fikrlаrigа tаyаngаn hоldа, tаdqiqоt umumiy pеdаgоgikа dаrslаridа ushbu tеxnоlоgiyаlаrni sаmаrаli intеgrаtsiyаlаshning аfzаlliklаri, muаmmоlаri vа ilg'оr tаjribаlаrini tа'kidlаydi.

105-107 47 72

SHAHRISABZ TURIZMI: TARIXIY MEROS, EKOTURIZM SALOHIYATI VA ZAMONAVIY RIVOJLANISH YO‘LLARI

Kamol Nazarov, Anvar G’aniyev

Mazkur maqolada Shahrisabz shahrining turizm salohiyati kompleks yondashuv asosida tahlil etilgan. Tarixiy-madaniy meros, tabiiy-geografik xususiyatlar, zamonaviy turistik infratuzilma va xalqaro tajribalar asosida Shahrisabz turizmini rivojlantirish istiqbollari o‘rganilgan. Mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari Shahrisabz shahrining mintaqaviy va xalqaro turizm bozoridagi o‘rnini mustahkamlash imkoniyatlarini ko‘rsatadi.

108-112 38 17

ИСИТИЛМАЙДИГАН ИССИҚХОНАДА МУЛЬЧАЛАШНИ БОДРИНГ ДУРАГАЙЛАРИНИ ҲОСИЛДОРЛИГИГА ТАЪСИРИ

Шермуҳаммад Аминов

Ушбу мақолада иситилмайдиган иссиқхонада бодринг дурагайларидан юқори ва сифатли ҳосил олишда энг мақбул мульчалаш материалларини ўрганиш борасида олинган натижалар ҳақида маълумотлар берилган.

113-114 67 21

YENGIL AVTOMOBILLAR TEXNIK EKSPLUATATSIYASINI O‘RGANISH VA TAHLIL QILISH

Isroiljon Qo‘chqorov , Sanjar Oqboyev, Faxriyor Qaynarov

Ushbu tezisda yengil avtomobillarni ekspluatatsiya qilish jarayonlari, bu jarayondagi muhim omillar, ularning samaradorligiga ta’sir etuvchi texnik va tashkiliy jihatlar yoritilgan. Avtomobillarni muntazam texnik xizmat ko‘rsatish, diagnostika, profilaktika va ta’mirlash orqali ularning xizmat muddati, yoqilg‘i tejamkorligi, ekologik xavfsizligi hamda harakatlanish xavfsizligi oshiriladi.

115-119 42 16

FОRS VА О‘ZBEK TILLАRIDА KОMPАRАTIV IBОRАLАRNING SEMАNTIK VА STILISTIK TАQQОSLАNISHI

Azamat Bektemirov

Fоrs vа о‘zbek tillаridа kоmpаrаtiv ibоrаlаrning semаntik vа stilistik tаqqоslаnishi tahlil qilinib, misollar orqali tahlilga tortildi. Ushbu maqolani yozishdan maqsad – fоrs vа о‘zbek tillаridа kоmpаrаtiv ibоrаlаrni tadqiq qilish orqali uning tarjima xususiyatlarini ko‘rib chiqish, misollar orqali tahlil qilish asliyat va misollarni o’zaro solishtirish orqali tarjimonning yutuq va kamchiliklarini, uning mahoratini o‘rganishdan iborat. Mazkur maqolada tahliliy, tavsifiy va qiyoslash usullaridan foydalanildi.

120-121 39 34

XALQ OG‘ZAKI IJODI VOSITASIDA BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINI O‘QUVCHILARNING O‘QISH SAVODXONLIGINI RIVOJLANTIRISHGA TAYYORLASHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK JIHATLARI

N.M. Oxunova

Ushbu maqolada hozirgi kunda har bir dars uchun zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda darsning sifatini oshirish haqida so’z yuritiladi. Xalq og‘zaki ijodi orqali o‘quvchilarga axloqiy tarbiya hamda insoniy fazilatlarni singdirish.

122-124 113 52

PIFAGOR TEOREMASI VA UNING GEOMETRIYADA QO‘LLANILISHI

Dinora Sobirova

Mazkur maqolada Pifagor teoremasining matematik mazmuni, uning isboti va tarixiy ildizlari tahlil qilinadi. Shuningdek, teoremaning geometriyada, trigonometrik nisbatlarda, masalalarni modellashtirishda va muhandislik amaliyotida qo‘llanilishiga doir aniq misollar orqali yoritiladi. Maqola o‘quvchilarga nafaqat nazariy bilim, balki uning hayotiy qo‘llanma sifatida ahamiyatini to’liq ochib berishga va ularni ko‘rsatishga qaratilgan.

125-126 37 29

YOSHLARNING SIYOSIY ONGINI RIVOJLANISHIDA IJTIMOIY TARMOQLARNING O‘RNI

Oybek Inamov

Bugungi globallashuv davrida axborot texnologiyalarining, ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlarning keng rivojlanishi yoshlarning dunyoqarashi, siyosiy ong va faolligiga bevosita ta’sir qilmoqda. Ijtimoiy tarmoqlar – bu faqatgina muloqot vositasi emas, balki siyosiy ma’lumotlar, yangiliklar va muhokamalar maydoniga aylangan. Shu sababli, ularning yoshlar siyosiy tarbiyasidagi o‘rni tobora ortib bormoqda.

127-130 34 17

ПРОБЛЕМЫ ПЕРЕВОДА КОММУНИКАТИВНЫХ ФРАЗЕОВЕРБАЛИЗАТОРОВ КОНЦЕПТА “HEAD/ГОЛОВА/ГЛАВА” С АНГЛИЙСКОГО НА РУССКИЙ ЯЗЫК

Феруза Юсупжанова

Статья посвящена анализу лингвистических и переводческих трудностей, возникающих при передаче коммуникативных фразеовербализаторов с компонентом head с английского на русский язык. Рассматриваются концептуальные особенности лексем head, голова, глава в англоязычном и русскоязычном языковом сознании, а также приводится классификация основных переводческих стратегий: от эквивалентного перевода до прагматической адаптации и метафорической трансформации. В работе анализируются примеры устойчивых выражений, раскрываются механизмы их прагматического функционирования и даются рекомендации по адекватной передаче фразеологизмов с учётом культурно-языковой специфики. Особое внимание уделяется междисциплинарному подходу переводоведения, объединяющему когнитивные, лингвокультурные и прагматические аспекты перевода.

131-134 42 42

DEDUCTIVE APPROACH TO TEACHING GRAMMAR

This article investigates the deductive approach to grammar instruction, a classical yet often debated methodology in the realm of language pedagogy. The deductive model entails presenting learners with explicit grammatical rules before engaging them in guided practice. This contrasts with inductive methods, where learners infer rules from contextual examples. The study employs a mixed-methods framework encompassing surveys, classroom interventions, and learner performance assessments. Results demonstrate that deductive instruction is especially effective for adult learners and individuals with analytical cognitive styles. Nonetheless, it may dampen learner motivation and retention if applied rigidly. The findings suggest that the deductive approach remains a valuable instructional tool, particularly when integrated with communicative and context-rich strategies to foster both grammatical accuracy and learner engagement.

135-138 217 20

JISMONIY TARBIYA TA’LIMINING NAZARIY ASOSLARI VA SHAKLLANISH BOSQICHLARI

Sirojiddin Ilyosboyev

Mazkur maqolada jismoniy tarbiya ta’limining nazariy asoslari, uning shakllanish bosqichlari va rivojlanish dinamikasi ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Jismoniy tarbiya qadimiy jamiyatlardan tortib to hozirgi zamon pedagogik tizimlarigacha ko‘plab tarixiy, madaniy, fiziologik va sotsiologik omillar ta’sirida rivojlanib borgan. Tadqiqotda jismoniy tarbiya metodikasining shakllanishiga ta’sir qilgan klassik yondashuvlar, sport pedagogikasi va zamonaviy integratsion metodlar o‘rganilgan.

139-142 47 41

JISMONIY TARBIYA YO‘NALISHI TALABALARI AMALIYOT JARAYONIDA QO‘LLANILADIGAN PEDAGOGIK METODLAR

Azamat Eshniyazov , Zamira Ahmadjonova

Ushbu maqolada jismoniy tarbiya yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarning amaliyot jarayonida qo‘llaydigan pedagogik metodlari tahlil qilingan. Pedagogik metodlar talabaning nazariy bilimini amaliy ko‘nikmaga aylantirishda va kasbiy shakllanishida muhim o‘rin tutadi. Maqolada ko‘rsatma, amaliy mashq, so‘zli, o‘yin va musobaqali metodlarning o‘ziga xos jihatlari ochib berilgan.

143-145 37 14

SMARTFON VA UNING ZAMONAVIY JAMOYATDAGI RO`LI

Fayziddin Lolayev

Ushbu maqolada smartfonlarning zamonaviy jamiyatdagi o‘rni va ularning ijtimoiy, iqtisodiy hamda madaniy hayotga ta’siri tahlil qilingan. Muallif maqolada smartfondan oqilona foydalanish bo‘yicha tavsiyalar ham beradi. Maqola raqamli texnologiyalar davrida ijtimoiy muvozanatni saqlash masalalariga e’tibor qaratadi.

146-148 46 19

NOGIRONLIGI BOR BOLALAR BILAN YENGIL ATLETIKA DARSLARINI TASHKIL QILISHNING ILMIY-AMALIY ASOSLARI

Ilxom Ikramov , Yorbek Ro`zmatov

Ushbu maqolada nogironligi bor bolalar bilan yengil atletika mashg‘ulotlarini tashkil etishning metodik asoslari, pedagogik yondashuvlar, individual imkoniyatlarni inobatga olgan holda darslar mazmunini rejalashtirish masalalari ko‘rib chiqiladi.

149-152 81 18

SHAXSIY MA’LUMOTLARNI HIMOYA QILISH VA ULARNING NOQONUNIY TARQALISHI: XALQARO VA MILLIY TAJRIBA

Orzubek Saidabdullayev

Raqamli texnologiyalar hayotimizning ajralmas qismiga aylangan bugungi kunda shaxsiy ma’lumotlarning himoyasi muhim dolzarb masala sifatida kun tartibidan tushmay kelmoqda. Axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi natijasida turli tashkilotlar, davlat idoralari va xususiy kompaniyalar fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlarini yig‘ish, qayta ishlash va saqlash imkoniyatiga ega bo‘lib qolgan, bu esa maxfiy ma’lumotlarning noqonuniy tarqalish xavfini sezilarli darajada oshirmoqda. Ushbu maqolada shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilishga doir xalqaro va milliy tajribalar atroflicha o‘rganilib, yirik davlatlar va xalqaro tashkilotlar tomonidan qo‘llanilayotgan ilg‘or huquqiy hamda texnologik mexanizmlar tahlil qilinadi. Ayniqsa, Yevropa Ittifoqining General Data Protection Regulation (GDPR) qonunchiligi, AQShning California Consumer Privacy Act (CCPA) va boshqa ilg‘or tajribalar O‘zbekiston qonunchiligi bilan solishtirib o‘rganiladi. Shuningdek, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilishda mavjud bo‘lgan asosiy tahdidlar hamda ularning oldini olish bo‘yicha samarali strategiyalar ko‘rib chiqiladi.

153-155 47 20

TALABALARDA KASBIY IDENTIFIKATSIYANING PSIXOLOGIK MEXANIZMLARI

Feruza Qurbonova

Ushbu maqola talabalarda kasbiy identifikatsiya jarayonining psixologik asoslarini tahlil qilish, uning shakllanishiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash hamda psixologik yondashuv asosida samarali rivojlantirish yo‘llarini ko‘rsatishga qaratilgan. Talabalarda kasbiy identifikatsiya rivojlanishining  ijtimoiy psixologik muhitning o‘rni va ahamiyati haqida so‘z yuritiladi. Talabalarida kasbiy identifikatsiya rivojlanishining  usullari tavsifi berilgan.