YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
113
YENGIL AVTOMOBILLAR TEXNIK EKSPLUATATSIYASINI O‘RGANISH VA
TAHLIL QILISH
Qo‘chqorov Isroiljon Tavakkal o‘g‘li
Andijon davlat texnika instituti “Avtomobilsozlik va transport” kafedrasi assistenti
e-mail: isroilkuchkorov11@gmail.com
Oqboyev Sanjar Vaxobjon o‘g‘li
Qaynarov Faxriyor Atxamjon o‘g‘li
Andijon davlat texnika instituti talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15310532
Annotatsiya:
Ushbu tezisda yengil avtomobillarni ekspluatatsiya qilish jarayonlari, bu
jarayondagi muhim omillar, ularning samaradorligiga ta’sir etuvchi texnik va tashkiliy jihatlar
yoritilgan. Avtomobillarni muntazam texnik xizmat ko‘rsatish, diagnostika, profilaktika va
ta’mirlash orqali ularning xizmat muddati, yoqilg‘i tejamkorligi, ekologik xavfsizligi hamda
harakatlanish xavfsizligi oshiriladi.
Kalit so‘zlar:
yengil avtomobillar, texnik ekspluatatsiya, texnik xizmat ko‘rsatish,
diagnostika, avtotransport vositalari, ekspluatatsion xususiyatlar, ta’mirlash texnologiyasi,
texnik holat nazorati, energiya samaradorligi, avtomobil texnik xavfsizligi.
Kirish:
Hozirgi kunda yengil avtomobillar kundalik hayotda keng qo‘llanilmoqda.
Transport vositalarining ekspluatatsiya samaradorligi ko‘p jihatdan ularning texnik holati,
xizmat ko‘rsatish sifati va foydalanuvchining e’tiboriga bog‘liq. Shu sababli avtomobilni
ekspluatatsiya qilish texnologiyasini chuqur o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlab, ularni
bartaraf etish yo‘llarini taklif etish muhim ahamiyatga ega.
Asosiy qism:
Yengil avtomobillarning texnik ekspluatatsiyasi deganda, ularni harakatda
xavfsiz va samarali foydalanish uchun bajariladigan barcha chora-tadbirlar tushuniladi. Bunga
texnik xizmat ko‘rsatish (THK), joriy va kapital ta’mirlash, diagnostika, texnik nazorat va
boshqa profilaktik ishlar kiradi.
Texnik ekspluatatsiyaning asosiy maqsadi – avtomobilning ishlashga tayyor holatini
saqlash, uning buzilish oldini olish va xizmat muddatini uzaytirishdir. Ekspluatatsiyada
quyidagi bosqichlar ajratiladi:
1.
Kundalik xizmat ko‘rsatish.
2.
Davriy texnik xizmat ko‘rsatish (1-darajali va 2-darajali).
3.
Maxsus ta’mir va rejalashtirilgan diagnostikalar.
Texnik xizmat ko‘rsatish tartibi ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilangan bo‘lib, har bir
avtomobil modeli uchun o‘ziga xos bo‘ladi. Masalan, dvigatel yog‘i almashinuvi, filtrlarni
tozalash yoki almashtirish, tormoz suyuqligi holatini nazorat qilish, shinalar bosimini
tekshirish va h.k. ishlari avtomobilning ishlash muddatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
Yengil avtomobillar ekspluatatsiyasi jarayonida uchraydigan asosiy nosozliklar
1-jadval
№
Nosozlik turi
Uchrash
tezligi (%)
Tizimga ta’siri
Eslatma
1
Dvigatel ishidagi
uzilishlar
20–25%
Yoqilg‘i sarfini
oshiradi, tortish
kuchi pasayadi
Yuqori harorat,
yonilg‘i aralashmasi
muhim
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
114
2
Tormoz tizimi
nosozligi
15–20%
Harakat xavfsizligiga
jiddiy xavf tug‘diradi
Tormoz suyuqligi,
kolodkalar holati
3
Elektr tizimi
nosozliklari
10–15%
Yoritish, dvigatel
ishlashi, signal tizimi
Akkumulyator,
generatordan kelib
chiqadi
4
Transmissiya/rul
boshqaruvi
10% gacha
Avtomobil
boshqaruvchanligi
yomonlashadi
Moylash darajasi,
detal yeyilishi
5
Sovutish
tizimidagi
nosozliklar
5–10%
Dvigatel qizib ketadi,
texnik xavf oshadi
Radiator, suv
nasosini tekshirish
zarur
Avtomobillarning ekspluatatsiyasi faqat texnik jihatlardan iborat emas. Bu jarayonda
tashkiliy masalalar ham muhim rol o‘ynaydi. Jumladan, ekspluatatsiyani rejalashtirish, xizmat
ko‘rsatish punktlarini to‘g‘ri joylashtirish, texnik mutaxassislarni tayyorlash darajasi, ehtiyot
qismlar zaxirasining mavjudligi va boshqalar.
Xulosa:
Yengil avtomobillarni texnik ekspluatatsiyasi ularning uzoq va samarali xizmat
qilishini ta’minlovchi asosiy omillardan biridir. To‘g‘ri tashkillashtirilgan texnik xizmat
ko‘rsatish, texnik holatni o‘z vaqtida aniqlovchi diagnostika usullari va texnologik yondashuvlar
yordamida avtomobilning ishlash samaradorligi, xavfsizligi va ekologik ko‘rsatkichlari
yaxshilanadi. Bu esa avtomobil transportining zamonaviy jamiyatdagi o‘rnini
mustahkamlashga xizmat qiladi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Oripov T.O.
Avtomobil transporti vositalarining texnik ekspluatatsiyasi
. – Toshkent:
O‘zMU nashriyoti, 2018. – 312 bet.
2.
Kholmirzaev J., Kuchkorov I., Kakhkharov A. Determining the need for spare parts for
special vehicles operating at airports //Central Asian Academic Journal of Scientific Research.
– 2022. – Т. 2. – №. 5. – С. 208-211.
3.
Tavakkal o‘g, Q. C. I., Ilhomjono‘g‘Li, S. M., & Qayumjon o‘g‘Li, A. S. (2022). Yer Osti
Quvurlariga Grunt Bosimi.
Bir Jinsli Gruntda Joylashgan Quvurga Gruntning O ‘Rtacha Vertikal
Bosimi. Новости Образования: Исследование в Xxi Веке
,
1
(5), 287-292.