Авторы

  • Davronbek Abdurashidov
    “Shahrisabz” davlat muzey-qo’riqxonasi: katta ilmiy hodimi
  • G'ayrat Qambarov
    “Shahrisabz” davlat muzey-qo’riqxonasi: filial mudiri

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.82683

Ключевые слова:

lashkar xo’jand turk yerlari jand lur manjaniqchilar radandozlar naftandoz yaso saf amudaryo sirdaryo.

Аннотация

Ushbu maqolada Amir Temur va Chingisxon qo’shini  tarkibi haqida o’xshashlik va farqli jihatlari haqida mulohaza yuritildi. Amir Temur qo’shini qay tartibda yig’ishi va qanday saf tortishi, janglarda qo’shin harakatlanishi haqida malumotlar keltirildi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

72

AMIR TEMUR QO’SHINI

Abdurashidov Davronbek

“Shahrisabz” davlat muzey-qo’riqxonasi: katta ilmiy hodimi

Qambarov G'ayrat

“Shahrisabz” davlat muzey-qo’riqxonasi: filial mudiri

https://doi.org/10.5281/zenodo.15300339

Annotatsiya:

Ushbu maqolada Amir Temur va Chingisxon qo’shini tarkibi haqida

o’xshashlik va farqli jihatlari haqida mulohaza yuritildi. Amir Temur qo’shini qay tartibda
yig’ishi va qanday saf tortishi, janglarda qo’shin harakatlanishi haqida malumotlar keltirildi.

Kalit so’zlar:

lashkar, xo’jand, turk yerlari, jand, lur, manjaniqchilar, radandozlar,

naftandoz, yaso, saf, amudaryo, sirdaryo.


Amir Temur harbiy san’ati haqida, lashkarni boshqarish tartibi va askarlar yig’ish

jarayoni haqida juda ko’plab ma’lumotlar turli manbaalar va adabiyotlarda turlicha yoritilgan
shundan kelib chiqib ma’lumotlarni tahlil qilishni maqsad qilib qo’ydik. Mug’ullar va Amir
Temur qo’shinlari o’rtasidagi o’xshash jihatlari va farqlari haqidagi ma’lumotlar bayon qilindi.

Amir Temur xar bir janglardan oldin o’z qo’shini holatini ko’rikdan o’tkazgan va bu

qoidasiga doimo qattiy amal qilgan. Bugungi kundagi “Go’ri Amir” maqbarasi hovlisida
saqlanayotgan marmar toshdan ishlangan katta qozon juda ahamiyatli. Tarixchilarning
aytishlariga qaraganda bu qozonga anor suvi to’ldirilgan, saf tortgan qo’shin birma-bir bu
qozon oldiga kelib anor sharbatidan bir piyoladan ichishgan. Mana shu tartib orqali
qo’shinning qancha ekanligi hisoblangan. Xar bir janglardan qaytgandan keyin yana shu tadbir
amalga oshirilgan va qancha jangchi yo’qotganligi ma’lum bo’lgan.

Shu o’rinda Ibin Arabshox shunday satrlarni yozib qoldirgan:
…Temurning ishlari nihoyasiga, qasrlari qurilib kamoliga yetgach, u o’z qo’shiniga

Samarqandda jam bo’lishni buyuradi. Keyin ular uchun o’zi o’ylab topib ixtiro qilgan tartib va
tazribda maxsus qalpoqlar tayyorlashlarini hamda jangchilar ularni kiyib yurishga
otlanishlarini amir qiladi. Temur ularning qaysi tomonga borishlarini ma’lum qilmaydi. Bu
qalpoqlar ular uchun shartli bir belgi edi. Temur o’z yerlarining barcha tomonlarida oldindan
posbonlar tayinlab qo’ygan edi. So’ngra Temur Samarqanddan chiqib, o’zini Xo’jand, Turk
yerlari va Jandga boryapman deb ovoza tarqatadi. Shundan so’ng u o’z askari girdobiga
sho’ng’ib ketadiki, go’yo u dengiz qariga tushib g’oyib bo’lgandek bo’ladi; uning qayoqqa
burilishi va qaysi tomonga g’orat va talaf etishini xech kim bilmaydi; u shaxar ketidan shaxar
bosib o’tib, kecha-kunduz yo’l yuradi… Nihoyat u xech kim o’ylamaganda, Lur

1

yerlarida

paydo bo’ladi.

2

Tarixchi Abdurazzoq Samarqandiyning ma’lumotlariga qaraganda Chingizxon o’z

qo’shiniga ko’proq otliq va ko’chmanchi xalqlardan jangchi to’plashga xarakat qilgan, o’troq
xalqlardan jangchi yig’ishga ahamiyat bermagan. Chingizxon davridagi tartiblardan farqli
ravishda Amir Temur qo’shini kochmanchi xalqlar bilan bir qatorda o’troq xalqlardan ham
jangchilar yig’gan. O’troq aholidan yig’ilgan askarlar arteleriya bo’limini tashkil qilgan. Ularga
maxsus tosh otuvchi, qal’a devorlarini buzuvchi, qal’a darvozalarini buzuvchi,
Manjaniqchilar

3

, Radandozlar

4

, Naftandoz

5

guruhi tashkil etilib ularga bu qurollarni ishlatish,

boshqarish, olib yurish ishlari o’rgatilgan va tayyorlangan

6

.

Qo’shin to’plash ishlari bilan asosan Tovachilar shug’ullangan bo’lib ular tuman, viloyat

kezib ko’chmanchi va mahalliy o’troq aholidan turkiylardan va tojiklardan piyoda va otliq


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

73

askarlar yig’gan. Har bir askar o’zi bilan oziq-ovqat, o’ttizta ta o’q bilan kamon, sovut, nayza va
qalqon olib kelishi shart bo’lgan.

Xar ikki otliq askarda bitta zaxira ot, xar bir kishida bitta chodir, ikkita temir kurak, bitta

ketmon, bitta o’roq, bitta bolta, bitta bigiz, yuzta igna, yarim man arqon, bitta pishiq teri va
bitta qozon bo’lgan. Askarlar saf oldidan manashu narsalarni olib kelishi va ko’rikdan o’tishi
shart bo’lgan.

Amir Temur qo’shinida yana bir bo’lim bo’lib ular tog’lik xududlarda yashaydigan

xalqlardan tuzilgan. Ular asosan tog’li hududlarda olib borilgan janglar paytida jonbozlik
ko’rsatishgan tik qoyalarga chiqa oladigan, daralar, tog’ yo’llari va tog’larda joylashgan
qal’alarni qo’lga kiritishda katta xizmat qilgan. Kavkaz tog’larida olib borilgan mashaqqatli
janglarda ularning xizmatlari katta bo’lgan.

Piyoda jangchi qilich, qalqon, kamon va o’qlarga ega bo’lib jang oldidan o’qlari soni

maxsus buyruqqa binoan ko’paytirilishi mumkin bo’lgan. To’xtamishxonga qarshi bo’lgan jang
oldidan xar bir jangchiga 30 tadan o’q olish buyurilgan. Bundan ko’rinib turibdiki bu askarlar
yingin qurollangan piyoda jangchilari bo’lib, agar kerak bo’lganda otliq askarlar piyodaga
aylanishi va ular og’ir piyoda jangchilari o’rnini bosishi mumkin edi.

Saralangan askarlar yoki otliq askarlar dubulg’a, qalqon, qilich, kamon va o’q bilan

qurollangan. Ularning xar biri 2 ta ot va xar besh kishida 1ta o’tov olishlari shart edi. 5 kishida
bitta o’tov bo’lishi sababi saralangan jangchilarning mudofaa anjomlari ko’p joyni egallar
hamda ularning maxsus xizmatkorlari ham mavjud bolib, ular otlarining ustiga yo’lbars terisi
tashlab qo’yilgan. Bu jangchilar Amir Temurning shaxsiy soqchilari bo’lishlari mumkin. Bu
jangchilar shamshirini chap yonida, qilichini o’ng yonida osib yurishgan.

7

Amir Temur qo’shinida ko’chma ko’priklar quruvchi va kemachilar bo’lgan. Ular asosan

Amudaryo va Sirdaryo atrofida yashab baliqchilik va kemachilik bilan shug’ullanuvchi
aholidan tanlab olinib kemalar va ko’priklar qurush uchun ishlatilgan.

Amir Temurda harbiy xarakat olib borishning o’ziga xos tizimi mavjud bo’lib,

qo’shinning jangovor tartibga (murchil) amal qilishi va galma-galdan tashlanadigan bir necha
qator va saflardan iborat edi. Kuchlarni bir joyga to’plab, shiddat bilan xujumga o’tish, dadil
manyovrlar qilish, chap va o’ng qanotlardan yordamchi kuchlarni tashlash, otliq qo’shinlarni
yordamga yuborish usullarini qo’llagan. Shu bilan birga dushmanni hiylalarini kuzatib turgan.
Jangni kuzatib turuvchi maxsus askarlar ham bo’lgan ularning ishorasiga ko’ra jang tizgini
o’zgarib turgan va olib borilgan.

“Temur tuzuklari”da quydagi satrlarni ko’rishimiz mumkin; va buyurdimki, amir ul-

umaro urush maydonini tanlashda to’rt narsani nazarda tutsin:

birinchisi- u yerning suvini, ikkinchisi-askar saqlaydigan yerni, uchinchisi-g’anim

lashkari turgan yerdan teparoqda bo’lishini va oftobga ro’baru bo’lmasligini, toki quyosh
shulasi sipohlarning ko’zini qamashtirmasin. To’rtinchisi-urush maydoni oldi ochiq, keng joy
bo’lishi lozim.

Yana amir etdimki, urushdan bir kun oldin lashkarni safga tizsinlar va tuzukka muvofiq

uni favjlarga ajratib dushman tomonga qarab yursinlar. Lashkar otlarining boshi ko’zlangan
yo’nalishga qaratilsin va yurar yo’ldan chap yoki o’ng yoqqa burilmasin. Yana buyurdim,
sipohiylar ko’zi g’anim lashkariga tushushi xamonoq, baland ovoz bilan”Allohu Akbar” deb
takbir aytsinlar va suron solib, dushman cheriki ustiga bostirib borsinlar.

Shunday qilib Amir Temur qo’shini XIV asr oxiri-XV asr boshlarida piyoda va otliq

qo’shin tashkil qilish, unung strategiyasi va taktikasi o’zining mukammal ko’rinishiga yetgan


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

74

edi. Qo’shin o’z zamonasi uchun yaxshi texnika, qurol aslahaga ega bo’lgan. Qo’shin
qismlarining qurol-yaroq va tug’lar rangiga qarab, jangchilarning kiyimlari va otlarning tusiga
qarab farqlanishi nafaqat tashqi ahamiyatga ega bolgan, balki jangni tashkil qilish va
boshqarish uchun ham muhum bolgan. O’z zamonasining eng yuksak texnikaviy yutuqlaridan
bo’lgan arteleriya qurollaridan foydalanishi qo’shin tarkibini kuchaytirgan. Jaxon harbiy
sanatida ilk bor qo’shinni jangohga yetti qo’lga ajratib safga tortish tartibini ishlab chiqdi.
Safga tortilgan jangchilar jangga birin-ketin kiritilib va bu bilan raqib qo’shini holdan
toydirilgan so’ng sara jangchilardan iborat zahira qism jangga tashlangan. Jangovor tartibga
(murchil) qattiy amal qilish g’alaba garovi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Lur-(Lor)-ya’ni Loriston, asosiy shahari-Lor. XIII-XV asrlarda Lor shahri Hindiston savdo

aloqalarida katta rol o’ynagan. Nizomiddin Shomiy “Zafarnoma” asari. “Fan” nashryoti. 2019-
yil. 438-sahifa.
2.

Ibin Arabshox “Ajoyib al-axbori Temur” asarining tarjimasi. Filologiya fanlari nomzodi.

Ilmiy daraja olish uchun dissirtatsiya ishi tarjimasi. U.Uvatov.
3.

Manjaniq-qamal etilgan qal’a devorini buzish uchun qo’llanilgan urush quroli. Undan

tosh yoki g’o’la otilgan. (arroda-nisbatan kichigi) Nizomiddin Shomiy “Zafarnoma” asari. “Fan”
nashryoti. 2019-yil. 464-sahifa.
4.

Radandoz-“Rad”-“Momaqaldiroq” manosini bildiradi. O’tsochar quroldan olingan

tasavvur bilan izoxlash mumkin. (To’pchilar) F.Xasanov. “To’ron xalqlari harbiy san’ati”.
“O’zbekiston milliy ensiklopediyasi”. Nashriyoti. Toshkent-2018-yil. 366-sahifa.
5.

Naftandoz-(arabcha)- naft-neft. (forscha)-andoz-otmoq. Neftni yondirib otuvchi qurol.

6.

O’zbekiston tarixi. 1-tom, 466-470-sahifa.

7.

F.Xasanov. “To’ron xalqlari harbiy san’ati”. “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi”.

Nashriyoti. Toshkent-2018-yil. 367-sahifa.
8.

Murchil-jangovor tartib. Amir Temur qo’shinida xar bir jangchi o’z bo’linmasi yoki

qismlari bilan egallab turgan mansabiga ko’ra safdan o’rin olgan. Sharafuddin Ali Yazdiyning
“Zafarnoma” asaridan.
9.

Yaso-(yosa,-yosaq) – Chingizxon va uning avlodlari tomonidan joriy etilgan qonun

qoidalar va tartiblar. Nizomiddin Shomiy “Zafarnoma” asari. “Fan” nashryoti. 2019-yil.

Библиографические ссылки

Lur-(Lor)-ya’ni Loriston, asosiy shahari-Lor. XIII-XV asrlarda Lor shahri Hindiston savdo aloqalarida katta rol o’ynagan. Nizomiddin Shomiy “Zafarnoma” asari. “Fan” nashryoti. 2019-yil. 438-sahifa.

Ibin Arabshox “Ajoyib al-axbori Temur” asarining tarjimasi. Filologiya fanlari nomzodi. Ilmiy daraja olish uchun dissirtatsiya ishi tarjimasi. U.Uvatov.

Manjaniq-qamal etilgan qal’a devorini buzish uchun qo’llanilgan urush quroli. Undan tosh yoki g’o’la otilgan. (arroda-nisbatan kichigi) Nizomiddin Shomiy “Zafarnoma” asari. “Fan” nashryoti. 2019-yil. 464-sahifa.

Radandoz-“Rad”-“Momaqaldiroq” manosini bildiradi. O’tsochar quroldan olingan tasavvur bilan izoxlash mumkin. (To’pchilar) F.Xasanov. “To’ron xalqlari harbiy san’ati”. “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi”. Nashriyoti. Toshkent-2018-yil. 366-sahifa.

Naftandoz-(arabcha)- naft-neft. (forscha)-andoz-otmoq. Neftni yondirib otuvchi qurol.

O’zbekiston tarixi. 1-tom, 466-470-sahifa.

F.Xasanov. “To’ron xalqlari harbiy san’ati”. “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi”. Nashriyoti. Toshkent-2018-yil. 367-sahifa.

Murchil-jangovor tartib. Amir Temur qo’shinida xar bir jangchi o’z bo’linmasi yoki qismlari bilan egallab turgan mansabiga ko’ra safdan o’rin olgan. Sharafuddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma” asaridan.

Yaso-(yosa,-yosaq) – Chingizxon va uning avlodlari tomonidan joriy etilgan qonun qoidalar va tartiblar. Nizomiddin Shomiy “Zafarnoma” asari. “Fan” nashryoti. 2019-yil.