YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
113
ISHSIZLIKNING IQTISODIY OQIBATLARI
Raxmatullayeva Feruza Azimovna
Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti
“Tarmoqlar iqtisodiyoti” kafedrasi assistenti
Orifjonova Shohsanam O’tkir qizi
Andijon iqtisodiyot va qurilish insituti “talabasi”
https://doi.org/10.5281/zenodo.11202137
Annotatsiya:
O’zbekistonda ishsizlikning vujudga kelishining asosiy sabablari. Bugungi kunga
kelib ishsizlik darajasini kamaytirish uchun ko’rilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan
tavsiyalar. Bandlikka ko’maklashish tashkiloti faolyatini yana ham takomillashtirish.
Iqtisodiyotning rivojlanishi davlatning aholisiga bevosita bog’liqligi, aholi qatlami qay
darajada ish bilan ta’minlanganligi. Tadbirkorlikni rivojlantirish bo’sh ish o’rinlarini yaratish
aholini ish bilan ta’minlash, bo’sh turgan yerlardan samarali foydalanish zarurligi. Xozirgi
xalqaro siyosiy ziddiyatlar avj olgan bir pallada aholimizni migrant sifatida emas o’z
yurtimizda ish bilan taminlanishi yuzasidan ilmiy amaliy tavsiyalar ishlab chiqarish
maqolaning dolzarbligini yanada oshiradi.
Kalit so’zlar:
Ishsizlik, Bandlikka ko’maklashish tashkiloti, kadrlar masalasi, tadbirkorlik,
bo’sh ish o’rinlari.
Абстрактный.
Основные причины безработицы в Узбекистане. Рекомендации по
принимаемым
мерам
по
снижению
уровня
безработицы.
Дальнейшее
совершенствование деятельности организации поддержки занятости. Развитие
экономики находится в прямой зависимости от численности населения страны,
степени
обеспеченности
населения
работой.
Необходимость
развития
предпринимательства, создания вакантных рабочих мест, обеспечения занятости
населения, эффективного использования пустующих земель. В условиях обострения
современных международных политических конфликтов выработка научных и
практических рекомендаций относительно трудоустройства нашего населения в
нашей стране, а не в качестве мигрантов повышает актуальность статьи.
Ключевые слова:
безработица, организация содействия трудоустройству, кадровые
вопросы, предпринимательство, вакансии.
Abstract.
The main causes of unemployment in Uzbekistan. Recommendations regarding the
measures taken to reduce the level of unemployment. Further improvement of the activity of
the organization of support for employment. The development of the economy is directly
dependent on the population of the country, the extent to which the population is provided
with work. The need to develop entrepreneurship, create vacant jobs, provide employment to
the population, and use vacant land effectively. At a time when the current international
political conflicts are escalating, the production of scientific and practical recommendations
regarding the employment of our population in our country and not as migrants increases the
relevance of the article.
Key words:
Unemployment, Employment Assistance Organization, personnel issues,
entrepreneurship, vacancies.
Ishsizlik — bir qism iqtisodiy faol aholining oʻziga loyiq ish topa olmasdan qolishi va mehnat
zaxirasiga aylanishidir. Oʻzbekistonda Ishsizlik tushunchasi rasman 1992-yil “Aholini ish bilan
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
114
taʼminlash toʻgʻrisida”gi qonunning qabul qilinishi bilan meʼyoriy kuchga ega boʻldi (1998-yil
1 mayda ushbu qonunning yangi tahriri qabul qilindi).
Ishsizlik sababi har xil boʻlganidek uning shakllari ham turlicha. Ishsizlik ning asosiy shakllari:
friksion ishsizlik - turli sabablarga koʻra (yangi yashash joyiga oʻtish, kasbni oʻzgartirish, bola
boqish, yangi ish tanlash) vaqt-vaqti bilan ishsiz qolish. Bu ixtiyoriy ishsizlik hisoblanadi.
Tarkibiy ishsizlik - ishlab chiqarish tuzilmasi oʻzgartirilgan sharoitda eski tarmoqlarda ishlab
kelgan kishilarning yangi tarmoqlarga kerak kasbni hali oʻzlashtirmagan kezlarida yuz beradi.
Davriy ishsizlik - iqtisodiy tangliklar bilan bogʻliq boʻlib, ishlab chiqarishning pasayib ketishi
natijasida yuzaga keladigan ishsizlikdir. Bu majburan ishsiz qolishdir. Mavsumiy ishsizlik -
mavsumiy ishda band boʻlganlarning mavsum tugagach, ishsiz qolishi. Yashirin ishsizlik -
rasman ish bilan band boʻlganlarning faqat qisman ishlashi. Unga qisqartirilgan ish kuni yoki
ish haftasiga oʻtganlar, ish yoʻqligidan haq berilmaydigan taʼtilga chiqqanlar kiradi.[6]
Ishsizlar ishlayotganlar bilan bir qatorda mamlakat ish kuchini tashkil qiladi. Iqtisodiyotda
Ishsizlik muammosini oʻrganishdan asosiy maqsad aholining ish bilan bandligini yaxshilash
orqali mamlakat (korxonalar) ishlab chiqarishni kengaytirish va aholi turmush darajasini
yanada yaxshilashga aloqador tadbirlar ishlab chiqishdan iboratdir.
O‘zbekistonda ishsizlik sabablari: maosh kammi yoki yaxshi xodim?
O‘zbekistonda shunday holatni kuzatish mumkin - bir qarashda ishsizlik darajasi yuqori, lekin
shu birga aksariyat tashkilotlar yaxshi xodim izlab yurishibdi. O‘zi qanday odam ishsiz
sanaladi? Ishsizlik - ishlash layoqatiga ega bo‘lgan va mehnat qilish istagini bildirgan iqtisodiy
faol fuqarolarning ish topa olmasligi.
Ishsizlik juda ko‘p muammolarga zamin yaratadi - jinoyatchilik oshadi, oilalarda notinchlik
paydo bo‘ladi, bolalarning tarbiyasi buziladi. Ishsizlikning ma'lum darajaga yetishi hatto
davlatchilik tanazzuliga ham sabab bo‘lishi mumkin. Ya'ni bu yerda illatli doira paydo bo‘ladi:
ishsizlar ko‘payishi davlatni zaif qiladi, zaif davlatda esa ishsizlar yanada ko‘payadi. Lekin
dunyoning xox rivojlangan, xox rivojlanayotgan biror davlati yo‘qki, ishsizlik muammosi
bo‘lmasa.[7]
Bizni ko‘proq o‘zimizdagi holat qiziqtiradi. O‘zbekistonda rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, ishga
layoqatli aholining taxminan 10 foizi ishsiz. Ishsizlik jiddiy muammo ekanligi, unga qarshi
astoydil kurashish zarurligini e'tirof etgan holda, bugun masalaga ikkinchi tarafdan yondashib
ko‘ramiz.
Bugun aksariyat tashkilotlar, ayniqsa nodavlat kompaniyalar yaxshi xodimlar qidirib, bo‘sh
ish o‘rinlari haqida e'lonlarni muntazam joylashtirib borishadi. Eng katta ish beruvchi bo‘lgan
davlat tizimida ham vakant talaygina.
Afsuski, juda ko‘pchilik yoshlar, ya'ni mehnat bozorini muttasil to‘ldirib borayotganlar amalda
imkonsiz talablar bilan ham qimmatli vaqtlarini, ham yaxshi imkoniyatlarini yo‘qotadi. Chunki
hech kim yosh mutaxassisni diplomi borligi uchungina, yoki shu odam ishsizligi uchungina
(deylik) 10 mln so‘m maosh bilan kutib o‘tirmaydi.
Har qanday ishga va maoshga talabgor zarur bo‘lsa eng quyi pog‘onadan boshlab o‘zini
ko‘rsata bilishi lozim va hatto shart bu. Nega? Chunki qiyinchiliklar insonni toblaydi,
mutaxassis sohaga oid zarur ko‘nikmalarga ega bo‘ladi, shu paytgacha ota-onasi qaramog‘ida
yurganida his qilmagan narsani - pul oson topilmasligini anglab yetadi. Eng muhimi - vaqt
o‘tgani sayin turtina-surtina tajribasini oshirib boradi.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
115
Sabot bilan ishlagan, bilimi va salohiyati chindan bo‘lgan mutaxassis har qanday tashkilotda
o‘z o‘rnini topa boradi. Tabiiyki, maoshlar ham oshadi, hech kim bunday xodimni qo‘yib
yuborgisi kelmaydi. Vaqt kelib lavozim ham ko‘tariladi, katta daromad ham topiladi, boshqa
joylardan yaxshi takliflar ham kelib tusha boshlaydi.[8]
Bugungi vaziyat qanaqa? O‘zbekiston aholisi jadal ko‘payayotgan, har yili o‘rtacha 700 ming
yoshlar mehnat bozoriga kirib kelayotgan mamlakat. Albatta, ularning hammasini ish bilan
ta'minlab borish imkonsiz. Lekin hech bo‘lmasa bo‘sh ish o‘rinlarini band qilishga nima
to‘sqinlik qilmoqda?
SHuni ham aytib o’tish kerakki mamlakatimizda ishsizlikni kamaytirish yuzasidan 2023-yilda
sezilarli darajada o’sish kuzatildi. Qayd etilishicha, mamlakatida 2023-yil yakuniga ko‘ra
ishsizlik darajasi 6,8 foizni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,1 foizga
kamaydi.
O‘zbekistonda yil boshida ishsizlar soni 1,3 mln kishini tashkil etgan bo‘lsa, bu yil yana 2,4
mln kishi mehnat bozoriga kiradi. 2024-yilda 5 mln aholi ish bilan ta’minlanishi kutilmoqda.
Shuningdek, tadbirkorlik subyektlari uchun yagona hisobotlar tizimini joriy etish bo‘yicha
ham topshiriq berdi.
Har bir davlatning oldida turgan eng katta maqsadi aholi yashash tarzini yaxshilash
kambag’alikni qisqartirish hisoblanadi. Buning uchun esa kerakli chora tadbirlar ko’rilyapti
buni inkor etmaymiz ammo qilinayotgan ishlarning hammasi ham kutilganidek natija
bermayapti. Tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida kreditlar ajratilyapti lekin berilgan
mablag’lardan samarali foydalanilmaganligi sababli muammoli kredetlar kundan kunga
ko’payib boryapti. Ho’sh bunga nima sabab bo’lyapti chunki ko’plab kreditlar boshqa
maqsadlarda olinib, boshqa xarajatlarga yo’naltirilib yuborilyapti, bundan esa tijorat banklari
katta zarar ko’ryapti. Kredit berish bo’yicha nazoratni kuchaytirish lozimdir, tadbirkorga
ajratilgan summadan (hayvonlardan, texnika buyumlaridan v.h.k) samarali foydalanyaptimi,
tadbirkorlik faoliyatini yuritilyaptimi nazoratga olinishi zarur.[9]
Prezidentimizning “Aholi boy bo’lsa davlat boy bo’ladi” degan so’zlari bejiz emas. Agarda aholi
yetarli darajada ish bilan taminlansa ish o’rinlari ko’paysa kambag’alik qisqaradi, aholi
turmush tarzi yaxshilanadi bu esa davlatning iqtisodiyotimizning rivojlanayotganini anglatadi.
Iloji boricha bugungi kunga kelib aholimizni yurtimizda ish bilan taminlashga chetga migrant
sifatida ishlashlariga chek qo’yishga xarakat qilishimiz zarurdir. Chunki xalqaro siyosiy
ziddiyatlar avj olayotgani hech kimimizga sir emas. Ishsizlikni kamaytirish haqiqiy ishsizlar
sonini aniq malumotlarga asoslangan holda belgilash va ularni ish bilan taminlash “Bandlikka
ko’maklashish tashkilot”ini faolyatini takomilashtirish ishsizlar sonini kamaytirishga yordam
beradi. Agarda Bandlikka ko’maklashish tashkilotini vakolatlari kengaytirilsa har bir korxona
tashkilot bo’sh ish o’rinlari haqida doimiy malumot taqdim etilsa aholi o’ziga loyiq ishni
topishi osonlashadi.[10]
Nega yaxshi kadrlarimiz O’zbekistonda ishlab yurtimizni rivojlanishiga hissa qo’shishdan
ko’ra chetga chiqib ketishni avzal ko’rishyapti? Agarda o’sha chetga chiqib ketayotgan xar bir
malakali kadr iqtisodiyotimizni ilm-fanni rivojlantirishga o’z hissasini qo’shsa chetda
topayotgan mablag’idanda ko’proq mablag’ topish uchun imkoniyatlari talaygina. Shunchaki
yaxshi kadrlarni ko’ra bilish ularni munosib ish o’rinlari bilan taminlashga yordam berish
ularni qo’ldan chiqarmaslikka xarakat qilishi lozimdir.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
116
Prezidentimiz takidlaganidek “Bitta ishsiz odam o’nta muommo degani’’dir. O’zbekistonda
aholi bandligini taminlash va ishsizlikni kamaytirish bo’yicha kechiktirib bo’lmaydigan zarur
choralar ko’rishimiz lozim.
Ishsizlik bu shunday yomon illatki mamlakat rivojlanishi yo’lida to’siq bo’luvchi bir omil
bo’lishi mumkin. Ammo ishsizlikni to’la bartaraf qilishni iloji yo’q lekin uni maksimum
darajada kamaytirish mumkin. Ishsizlik nazariyasida ishsizlikning ijtimoiy -iqtisodiy
oqibatlari masalalari alohida o’rinda turadi. Ishsizlik birinchi navbatda mavjud bo’lgan ishchi
kuchidan to’la foydalanmaslik demakdir. Buning zarari albatta davlat uchun bo’ladi. Agar
davlat ishlamoqchi bo’lgan va ishlash qobiliyatiga ega bo’lgan har bir kishiga yetarlicha ish
o’rni yaratib bera olmasa potensial tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish yo’qoladi. Mahsulot
bo’lmagan ishlab chiqarishda, ishsizlikning iqtisodiy xarajatlari namoyon bo’ladi.Yalpi milliy
mahsulotning haqiqiy hajmi va yaratilishi mumkin bo’lgan, ammo ishlab chiqarilmaydigan
potensial o’rtasidagi farq odatda yalpi ichki mahsulotning orqada qolishi deyiladi. Buni
A.Ouken qonuni bo’yicha hisoblaydigan bo’lsak: agar haqiqiy ishsizlik darajasi tabiiy
darajadan 1 % ga ko’tarilsa, Yalpi ichki mahsulot (YaIM) hajmi ortda qolishi 2.5% ni tashkil
etadi. Bu degani mamlakat iqtisodiyoti rivojlanish o’rniga pasayadi degani. Ammo bozor
iqtisodiyoti rivojlanishi bilan ishsizlikning tabiiy darajasi ko’tariladi. G’arb mamlakatlarida 70-
80 yillarda ishsizlikning tabiiy darajasi 3-4 % edi, bugungi kunda esa 5-6 % ni tashkil qiladi.
Rossiyada ushbu ko’rsatkichlarni barqaror pas tinflyatsiya yo’qligi va yuqori yashirin ishsizlik
mavjudligi sababli aniqlash qiyin. Ishsizlik darajasi qanchalik kop bo’lsa mamlakat shunchalik
qashshoqlashadi. Ko’pchilik sohalar orqaga ketadi, rivojlanish kamayadi. Bundan kelib
chiqadiki ishsizlik bir qancha salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.[11]
Yuqoridagi ma’lumotlardan xulosa qilib aytadigan bo’lsak, ishsizlik davlat iqtisodiyotiga katta
ta’sir ko’rsatadi. Bir qancha omillarga xususan, aholining sof daromadiga, uning
to’yinganlligiga, YaIM o’sishi yoki pasayishiga, mamlakat rivojlanishi va boshqa nafaqat
iqtisodiy balki, ijtimoiy tarafdan ham ta’sirga ega. Bu borada bizda bir qancha takliflar bor:
- Ayollarni ish bilan ta’minlash uchun “Home work programmes”
1
larni rivojlantirish va
ommalashtirish;
- Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, aholiga bu uchun imkoniyatlar
yaratib berish;
- Aholi o’rtasida qo’l mehnatidan yaratilgan mahsulotlarni ishlab chiqarishni keng yo’lga
qo’yish, uni qadrini oshirish va aholiga bu uchun imkoniyatlar yaratib berish;
- Bitiruvchilarni maksimum darajada ish bilan qamrab olish, yoki ularga sohasi bo’yicha biror
ish qilish uchun imkoniyat yaratib berish;
- Maqsadli yoshlarni qo’llab-quvvatlash.
References:
1.
An Economic analysis written by K.G.Knight.
2.
700 Prayers to clear unemployment out of your way, author Tella Olayeri, fire for fire.
3.
Makroiqtisodiyot,N.M.Shaxmurodov.
4.
“Moliya va Bank ishi” electron –ilmiy jurnali. O’zbekiston Respublikasi Bank - Moliya
akademiyasi ,ISSN 2181 -8495, 6 –soni.
1
Inglizchadan tarjima qilganda uyda ishlanadigan programmlar deb tarjima qilinadi. Asosan ayollar uchun qulay
bo’lgan programmalar hisoblanadi.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
117
1.
5. Baltaboyeva G.R, Ergashev E.I va boshqalar. O’zbekistonda innovatsion
iqtisodiyotni shakllantirish muammolari va yechimlari. –T:“Iqtisod –moliya”
nashriyoti,2015-yil6.www.ziyonet.uz,
5.
Бахридинова Ш. Инвестициялар ва инвестициялашнинг иқтисодий моҳияти
ISSN:
2181-3515 Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 2 | SPECIAL
ISSUE 4 | 2023
2.
Qodirov,
Bahodir
Tursunovich.
"“YASHIL
IQTISОDIYОT”
GA
О
‘TISH
ZARURIYATI."
RESEARCH AND EDUCATION
2.9 (2023): 111-123.
3.
Бахридинова Ш. Ш.,
Advanced Foreign Experiences on Private Business Activity and its
Development ISSN: 2795-8612 // European Journal of Innovation in Nonformal Education.-
Mar - 2024 60-63.
4.
Рахматуллаева Ф., Шаробиддинов А. YALPI HUDUDIY MAHSULOT SAMARADORLIGINI
OSHIRISH
YO‘LLARI
//Ижтимоий-гуманитар
фанларнинг
долзарб
муаммолари/Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук/Actual Problems of
Humanities and Social Sciences. – 2023. – Т. 3. – №. S/4. – С. 140-146.
5.
Rakhmatullaeva F. A. THE DEVELOPMENT OF THE DIGITAL ECONOMY. THE ROLE OF
TODAY IN OUR ECONOMY //АКТУАЛЬНАЯ НАУКА. – 2022.
6.
Baxridinova Sh. Sh. Management system for the effective use of labor potential in the
development
of
integration
processes
//
BEST
JOURNAL
OF
INNOVATION
IN
SCIENCE,
RESEARCH AND DEVELOPMENT.-2023