YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
159
DAVLAT TOMONIDAN INSON HUQUQLARINI BUZGANLIK UCHUN XALQARO
HUQUQ BO‘YICHA ZARARNI QOPLASH MAJBURIYATI
To‘lqinova Visola Ulug‘bek qizi
Toshkent davlat yuridik universiteti
Jinoiy odil sudlov fakulteti talabasi
G-mail: visolatolqinova05@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15421725
“Davlatlar, inson huquqlari buzilgan taqdirda, jabrlangan shaxslar uchun to‘g‘ri va
samarali kompensatsiya ta'minlash majburiyatiga ega”.
ANNOTATSIYA
Mazkur maqolada davlatlar tomonidan inson huquqlarini buzganlik uchun xalqaro
huquq bo‘yicha zararni qoplash majburiyati to‘liq bayon qilinadi. Inson huquqlari buzilganda
davlatlar o‘z zimmasiga qanday majburiyatlar olishi va ularni bajarish jarayoni xalqaro va
milliy qonunchilik asosida ko‘rib chiqiladi. Ushbu holatlar qaysi xalqaro organlar tomonidan
nazarot qilinishi ham ko‘rib chiqiladi.
Kalit so‘zlar:
inson huquqlari, reparatsiya, xalqaro mexanizm, xalqaro standartlar,
reablitatsiya, kompensatsiya, genotsid, xalqaro tashkilotlar.
АННОТАЦИЯ
В данной статье полностью описывается обязанность государств компенсировать
ущерб, причиненный нарушениями прав человека, в соответствии с международным
правом. Обязательства, которые государства берут на себя при нарушении прав
человека, и процесс их выполнения рассматриваются на основе международного и
национального законодательства. В ней также рассматривается, какие международные
органы отвечают за мониторинг этих случаев.
Ключевые слова:
права человека, возмещение ущерба, международный
механизм, международные стандарты, реабилитация, компенсация, геноцид,
международные организации.
ABSTRACT
This article fully describes the obligation of states to compensate for human rights
violations under international law. The obligations that states assume when human rights are
violated and the process of fulfilling them are examined on the basis of international and
national legislation. It also examines which international bodies are responsible for
monitoring these cases.
Keywords:
human rights, reparation, international mechanism, international standards,
rehabilitation, compensation, genocide, international organizations.
Kirish
Bugungi kunda inson huquq va erkinliklarini ta’minlash borasida davlatlar tomonidan
ko‘plab chora tadbirlar amalga oshirib borilmoqda. Nafaqat davlatning ichki hududida, balki
xalqaro ommaviy darajaga ko‘tarilib
BMT tashkilotining
a’zo davlatlari tomonidan bu borada
inson huquqlari buzilgan vaziyatlarga chora ko‘rish bo‘yicha maxsus konfrensiyalar tashkil
qilimoqda. Inson huquqlari buzilishini oldini olish xalqaro darajaga ko‘tarildimi, demak biz
tushunishimiz kerakki bu vaziyat turli davlatlarda turlicha baholanib, turli oqibat va
muammolarni keltirib chiqarib, ommaviy darajada baholanmoqda. Shuning uchun ham bu
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
160
muammoni hal qilish borasida davlatlar o‘rtasida turli xil bitimlar, shartnomalar imzolanib,
ratifikatsiya qilinmoqda.
Xalqaro huquqda inson huquqlari
bevosita
BMT
ning maxsus organlari tomonidan
himoya qilinib kelinmoqda. Agarda fuqarolar o‘zlarining huquqlarini buzilgan deb
hisoblasalar, mamlakat ichidagi barcha himoya vositalaridan foydalanib bo‘lgan bo‘lsalar,
xalqaro sudga murojaat qilishlari davlatning qonunchiligida, balki xalqaro huquqiy
hujjatlarning normalarida ham aks etadi. Shuningdek, fuqarolarda
BMT ning “Inson
huquqlari bo‘yicha qo‘mitaga”
murojaat qilish huquqlari ham mavjud. Ushbu qo‘mita inson
huquqlarini davlatlar tomonidan buzilishini oldini olib, buzilgan holatlarda ularning
huquqlarini buzilish holatlarini oldini olib, davlatlardan kompensatsiyalar undirib berishi
mumkin.
Keyingi o‘rinlarda, O‘zbekiston hududida inson huquqlarini qay darajada himoya
qilinishiga keladigan bo‘lsak
, so‘nggi yillarda mamlakatimizda inson huquqlarini himoya
qilishning qonunchilik va tashkiliy-huquqiy bazasini mustahkamlash, inson huquqlari
bo‘yicha xalqaro standartlarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish va xalqaro
majburiyatlarni bajarish, shuningdek, inson huquqlarini himoya qilish masalalari yuzasida
xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni faollashtirishga doir tizimli ishlar olib borilmoqda.
Bugungi kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi inson huquqlari bo‘yicha
80 dan ortiq
xalqaro hujjatlarga
, xususan
BMTning 7 ta asosiy shartnomasi
va
4 ta fakultativ
protokoliga
qo‘shilgan bo‘lib, ularning amalga oshirilishi yuzasidan BMTning Inson huquqlari
bo‘yicha qo‘mitasi va shartnomaviy organlariga muntazam ravishda milliy ma’ruzalar va
hisobotlar taqdim etib kelmoqda. Shuningdek, milliy qonunchilikni inson huquqlari
sohasidagi xalqarohuquqiy standartlar bilan uyg‘unlashtirish, bu orqali inson huquq va
erkinliklarini kafolatlashga xizmat qiluvchi normativ bazani takomillashtirish bo‘yicha qator
amaliy chora-tadbirlar olib borilmoqda. Jumladan, davlatlarning ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy-
huquqiy faoliyatini xalqaro miqyosida baholovchi
the GlobalEconony.com
talqiniga ko‘ra
2021
-
yil yakuni
bo‘yicha inson huquqlarini ta’minlash va qonun ustuvorligi indeksida
mamlakatimizning
173
ta
davlat
orasida
135
pog‘onadaligi
,
yoki
Worldpopulationreview.com
talqiniga ko‘ra inson erkinligi va kamoloti indeksida
mamlakatimizni
165 ta davlat orasida umuman qayd etilmasligi (ma’lumot o‘rnida
Qirg‘iziston 81 va Qozog‘iston 106 pog‘onalarda
) bu borada xali izchil islohotlar olib
borilishi lozimligini yana bir bor ko‘rsatib berdi
1
.
Materiallar va metodlar
Ushbu tadqiqot yuridik adabiyotlar va ilmiy maqolalarning tahlili, shuningdek, tarixiy,
huquqiy-nazariy va miqdoriy tadqiqot metodlari yordamida olib borildi. Shuningdek, WJP rule
of law index, Jahon banki, The Globaleconomy, va boshqa xalqaro tashkilotlarning hisobotlari
va sharhlari, shuningdek boshqa maxsus tadqiqotlar ma’lumotlariga tayanadi.
Muhokama
Inson huquqlarini himoya qilishda ko‘plab tashkilotlar tomonidan turli xil
mexanizizmlar ishlab chiqilmoqda. Chunki hozirgi kunda dunyoda inson huquqlarining
buzilishi borasida ko‘plab holatalr uchramoqda. Jumladan,
irqiy kamsitish, genotsid,
qiynoqqa solish, hech qanday dalillarga asoslanmagan holatda hibsga olish va ushlab
turish
holatlarida ko‘plab qonun normalarining buzilishi va noto‘g‘ri talqin qilishi borasida
1
https://worldpopulationreview.com.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
161
inson huquqlariga putur yetkazilmoqda. Shuning uchun ham ushbu holatlarni oldini olish
maqsadida davlatlar tomonidan ushbu harakatlarni amalga oshirmaslik sifatida xalqaro
huquqda turli xil jazo tizimlari qo‘llanilmoqda, zararlanganlarning huquqlarini tiklash
maqsadida. Ushbu holatlar turli xil
kompensatsiya, reparatsiya va reabilitatsiya
shaklida
qoplanib berilmoqda.
Yuqorida aytib o‘tilganidek, davlatlar tomonidan inson huquqlari buzilishi doirasida
ko‘plab nazariy kitoblarda zararni qoplash majburiyati
kompensatsiya (pul), reparatsiya
va
reabilitatsiya
ko‘rinishida qoplab berilishi mumkinligi belgilab qo‘yilgan.
Kompensatsiya
- yetkazilgan zarar uchun pul ekvivalenti; olingan mol-mulk yoki
boshqasiga etkazilgan zarar uchun berilgan ekvivalent; biron bir yo‘qotish, jarohat yoki
xizmat uchun mukofot yoki mukofot.
2
Ushbu harakat orqali qachonki fuqarolarda o‘zlarining
huquqlari buzilayotgan deb topsa va xalqaro arbitraj sudiga yoki boshqa xalqaro huquqda
inson huquqlarining himoyasi bilan shug‘ullanadigan
tashkilotlarga murojaat qilsa va haqiqattan ham uning huquqlari buzilgan bo‘lsa
fuqaroga nisbatan unga yetkazilgan zararni qoplash maqsadida kompensatsiya sifatida pul
undirib berishi mumnkin.
Reparatsiya
-tuzatish choralari etkazilgan zararni tan olish, shuningdek, qonun ostida
harakat qiluvchi davlat yoki nodavlat sub'ektlar tomonidan huquqbuzarlik sodir etganligini
tuzatish yoki qoplash uchun mo‘ljallangan. Reparatsiya atamasining bir tushunchasi inson
sodir bo‘lgan voqea bilan kelishishga va shifo jarayoniga kirishga harakat qiladigan jarayonni
anglatadi.
3
Ushbu usul ko‘proq qiynoqqa solingan shaxslarnining huquqlarini tiklash
maqadida qilinadigan harakat yoki zararni qoplash.
Reabilitatsiya
-huquqni muhofaza qiluvchi davlat organlari tomonidan
etishda asossiz gumon qilingan yoxud ayblangan shaxs shaʼni va qadr qimmatining
tiklanishi.
inson huquqlarini kafolatlashning oʻziga xos turi.
, adolatli fuqaroviy jamiyat qurishning muhim shartlaridan
hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasida shaxsning huquq va qonuniy manfaatlari Oʻzbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasi, shuningdek, xalqaro hujjatlar bilan muhofaza qilinadi va
kafolatlanadi.
1930—1940-yillardagi
qatagʻon qurbonlarining xotirasini abadiylashtirishda
hamda ularning shaʼni va qadr-qimmatini tiklashga qaratilgan normativ hujjatlarda
reabilitatsiya qoʻllash nazarda tutilgan. Shuningdek, shoʻrolar davrida mamlakatning olis
joylariga majburiy ravishda koʻchirilgan xalqlar va ayrim fuqarolar ham reabilitatsiya qilindi.
Reabilitatsiya qilingan shaxsga nisbatan gʻayriqonuniy protsessual majburlov choralari
qoʻllangan, chunonchi ushlab turilgan, qamoqda saqlangan, egallab turgan lavozimidan
chetlashtirilgan, tibbiy muassasaga joylashtirilgan boʻlsa, unga yetkazilgan moddiy va
maʼnaviy ziyon qoplanishi, uning barcha huquqlari tiklanishi shart.
4
2
https://www.eionet.europa.eu/gemet/sv/concept/1633.
3
https://www.tandfonline.com/doi/full/10.3402/ejpt.v4i0.17191#d1e259
. 16/10/2024.
4
https://uz.wikipedia.org/wiki/Reabilitatsiya_(huquq).
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
162
Xalqaro huquqning maxsus organlari tomonidan hozirgi kunda ko‘plab insonlarning
buzilgan huquqlari yuqorida keltirib o‘tilgan bir nechta usullar orqali tiklanib kelinmoqda.
Fuqarolar mamlakatning milliy qonunchiligida
va xalqaro huquq normalarini anglagan holda
o‘z huquqlarini turli yo‘llar bilan tiklash va
yetkazilgan zararni pul, davolanish va shunga
o‘xshash bir qancha usullar orqali qoplatishi
mumkin ekan. Shuningdek, ushbu sohani
himoya qilish borasida xalqaro huquqda turli
xil tizimlar ishlab chiqilgan bo‘ib ular
quydagilar:
Inson huquqlarini himoya qilishda
Yevropa tizimi
– ushbu tizim inson huquqlari
bo‘yicha Yevropa kengashi tomonidan ishlab
chiqilib, Yepropadago eng samarali va nufuzli
tizimlardan biri hisoblanadi. Yevropa kengashi
tomonidan insonlarning irqi, millati, dini
kamsitilish jolatalari, shuningdek qiynoqlarga solinish va umumiy olganda ularning huquq va
erkinliklarini himoya ostiga olib, nazorat qilib boradi.
Inson huquqlarini himoya qilishning universal tizimi
– bevosita BMT ga bog‘liq
bo‘lib o‘zining ixtisoslashgan organlari orqali dunyoda sodir bo‘layotgan inson huquqlariga
oid muammolarni bartaraf etish bilan shug‘ullanadigan tashkilot. Ushbu tizimlar inson
huquqlarini himoya qilish orqali ularni huquqlarini buzayotgan harakatlarni oldini olishga va
buzilgan huquqlarini turli usullar orqali tiklab berishga harakat qiladi
5
.
Davlatlar tomonidan inson huquqlarini kamsitish va qo‘pol ravishda buzish holatlari
mavjud bo‘lsa, ularning huquqlarini tiklab berish yoki davlatlardan qoplab berish
majburiyatini o‘z zimmasiga olish majburiyatini maxsus vakolatlarga ega xalqaro tashkilotlar
orqali shaxslar o‘z buzilgan huquqlarini talab qilishlari mumkin. Misol uchun,
Xalqaro
Jinoyat Sudi (ICC)
xalqaro hamjamiyatni tashvishga soladigan eng og‘ir jinoyatlar: genotsid,
urush jinoyatlari, insoniyatga qarshi jinoyatlar va tajovuz jinoyatlarida ayblangan shaxslarni
tergov qiladi va agar asos bo‘lsa, sud qiladi. Shuningdek,
Xalqaro Adliyat Sudi (ICJ)
va
boshqa turdagi arbitraj sudlarini misol qilish mumkin. Yuqorida berilgan sudlar orqali
fuqarolar o‘zlarining buzilgan huquqlarini tiklay oladilar va shu orqali o‘zlari ham bevosita
huquqlarini talab qilishni o‘rganadilar.
Londonning XQXQ yuridik bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari Louise Doswald – Beck
ning fikricha “ta’minlash majburiyati ishtirokchisi – davlatlarning hukumatni tashkil etish
majburiyatini anglatadi. Apparat umuman olganda, davlat hokimyati amalga oshiriladigan
barcha tuzilmalar, shuning uchun ular inson huquqlarining erkin va to‘liq amalga
oshiriladigan barcha tuzilmalar inson huquqlarining erkin va to‘liq amalga oshirilishini
yuridik jihatdan ta’minlashga qodir. Natijada ushbu majburiyatga ko‘ra, davlatlar
huquqlarining har qanday buzilishining oldini olishlari, tergov qilishlari va jazolashlari kerak.
Konvensiya tomonidan tan olingan va bundan tashqari, iloji bo‘lsa, buzilgan huquqni tiklashga
harakat qilish va huquqbuzarlik natijasida yetkazilgan zararni kafolatlangan holda qoplash”
5
Inson huquqlari. Mo’minov. A. 2013. “Adolat” nashriyoti. 214-230-betlar
Inson huquqlarining rivojlanish reytingi
.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
163
deb aytgan. Doswald Beck inson huquqlarini davlatlar tomonidan buzilgan holatlarda ular
buzilgan huquqlarni qoplash berishni amalga oshirish kerak deb ta’kidlagan.
Bugungi kunda inson huquqlarini himoya qilish borasida mamlakatlar tomonidan
ko‘plab normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinib kelinmoqda. Qabul qilinayotgan hujjatlar
bevosita davlatlar tomonidan ratifikatsiya qilinib, ichki qonunchiligiga implementatsiya
qilinmoqda. Ushbu inson huquqlari bo‘yicha hujjatlardan biri
2015-yil 15-dekabrda Bosh
Assambleyaning 60/147 rezolyutsiyasi
bilan qabul qilingan
“Inson huquqlari
to‘g‘risidagi xalqaro huquqning qo‘pol buzilishi va xalqaro gumanitar huquqning jiddiy
buzilishi qurbonlaribi himoya qilish va kompensatsiya olish huquqi bo‘yicha asosiy
tamoyillar va yo‘riqnomalar”
qabul qilingan. Ushbu hujjat inson huquqlarini davlatlar
tomonidan qo‘pol buzilishini oldini olish va ularning huquqlarini qayta tiklab berish uchun
asosiy rolni o‘ynaydi. Bu hujjatning
IX bobining 15-23
bandlari zararni qoplash
majburiyatlari bo‘lib ularda quydagi holatlar belgilab qo‘yilgan:
Ichki qonunchilik va xalqaro huquq normalariga muvofiq hamda individual holatlarni
hisobga olgan holda, inson huquqlari xalqaro qonunchiligining qo‘pol buzilishi va xalqaro
gumanitar huquqning jiddiy buzilishi qurbonlari tegishlicha va buzilishning og‘irligi va
holatlariga mutanosib ravishda amalga oshirilishi kerak. har bir holat uchun
19-23
tamoyillarda
belgilangan to‘liq va samarali kompensatsiya bilan ta'minlanishi kerak, ular
quyidagi shakllarni o‘z ichiga oladi:
restitusiya,
kompensatsiya, reabilitatsiya, qondirish
va
takrorlanmaslik
kafolatlari.
Qaytarilish
,
iloji bo‘lsa, jabrlanuvchini xalqaro inson huquqlari qonunlarining qo‘pol
buzilishi yoki xalqaro gumanitar huquqning jiddiy buzilishi sodir bo‘lgunga qadar dastlabki
holatiga qaytarishi kerak. Qaytarilish zaruratga qarab: ozodlikni tiklash, inson huquqlaridan
foydalanish, shaxs, oilaviy hayot va fuqarolik, yashash joyiga qaytish, ish joyini tiklash va
mulkni qaytarishni o‘z ichiga oladi.
Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro qonunchilikning qo‘pol buzilishi va xalqaro gumanitar
huquqning jiddiy buzilishi natijasida yuzaga kelgan har qanday iqtisodiy jihatdan baholanishi
mumkin bo‘lgan har qanday zarar uchun
kompensatsiya
to‘lanishi lozim bo‘lgan holda,
buzilishning og‘irligiga va har bir ishning holatlariga mutanosib ravishda amalga oshirilishi
kerak, masalan:
a)
jismoniy yoki ruhiy zarar;
b)
yo‘qotilgan imkoniyatlar, shu jumladan, ish ta’lim va ijtimoiy nafaqalar;
c)
moddiy zarar va daromadning yo‘qolishi, shu jumladan daromad olsih potensialini
yo‘qotish;
d)
ma’naviy zarar;
e)
yuridik yoki ekspert yordami, tibbiyot va tibbiy xizmatlar, psixologik va ijtimoiy xizmatlar
uchun zarur bo‘lgan xarajatlar.
Reabilitatsiya
tibbiy va psixologik yordamni, shuningdek, yuridik va ijtimoiy
xizmatlarni o‘z ichiga olishi kerak.
Qoniqish
, agar kerak bo‘lsa, quyidagilardan birini yoki barchasini o‘z ichiga olishi kerak:
a)
uzliksiz huquqbuzarliklarni to‘xtatishga qaratilgan samarali choralar;
b)
faktlarni tekshirish va haqiqatni to‘liq va ommaga oshkor qilish jabrlanuvchining,
jbrlanuvchining qarindoshlarining, guvohlarning yoki ularga yordam berishi uchun aralashgan
shaxslarning xavfsizligi va manfaatlariga qo‘shimcha zarar keltirmaydigan yoki xavf
tug‘dirmaydigan darajada, jabrlanuvchi yoki keying huquqbuzarlikning oldini olish;
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
164
c)
ommaviy uzr so‘rash, shu jumladan faktlarni tan olish va javobgarlikni o‘z zimmasiga
olish;
d)
qurbonlarni xotiralash va hurmat qilish;
e)
inson huquqlari bo‘yicha xalqaro qonunlarning qo‘pol buzilishiga va xalqaro gumanitar
huquqning jiddiy buzilishiga va xalqaro gumanitar
huquqining jiddiy buzilishiga yordam
beradigan yoki ularga ruxsat beruvchi qonunlarni ko‘rib chiqish va isloh qilish.
Shuningdek inson huquqlarini himoya qilishga qaratilgan bir qator tashkilotlar va
normativ huquqiy hujjatlarni misol qilib keltirish mumkin. Masalan,
Yevropa xavfsizlik va
hamkorlik tashkiloti (YeXHT) – “Helsinki Akti”
ushbu hujjatda
“inson huquqlari va asosiy
erkinliklarini himoya qilish”
alohida prinsip sifatida belgilab qo‘yilgan. 1
966-yilda qabul
qilingan “Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risida”
gi xalqaro
paktning 9-moddasi 5-
qismiga binoan “noqonuniy hibsga olish yoki hibsga olish qurboni bo‘lgan har qanday
shaxs tovon olish huquqiga ega”
huquqi borligi belgilab qo‘yilgan.
1978-yilda qabul
qilingan “Inson huquqlari bo‘yicha Amerika konvensiyasi”
da ham inson huquqlariga oid
buzilgan huquqlarni tiklashda
tovon puli
orqali qoplab berilish majburiyati belgilab
qo‘yilgan.
6
Ko‘rinib turibdiki hozirgi vaqtgacha inson huquqlarini davlatlar tomonidan himoya
qilishda ko‘plab mexanizmlar ishlab chiqilgan.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi milliy – huquqiy qonunchiligida ham inson huquqlari
buzilgan taqdirda shikoyat qilish, ularni qayta tiklash bo‘yicha davlat organlariga murojaatlar
qilishi turli xil normativ huquqiy hujjatlarda belgilab qo‘yilgan. Masalan,
“Jismoniy va
yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi
qonunda fuqarolar o‘zlarining buzilgan
huquqlarini tiklash maqsadida davlat organlariga
ariza, shikoyat va taklif
bilan murojaat
qilish huquqlariga ega ekanligi belgilab qo‘yilgan. Hozirgi kunda milliy qonunchiligimizda
inson huquqlariga oid ko‘plab o‘zgarishlar yuz bermoqda. Ko‘plab chet el davlatlari bilan
insonlarning huquq va erkinliklarini himoya qilishda diplomatik aloqalar o‘rnatilmoqda va
turli xil xalqaro darajadagi hujjatlarni ratifikatsiya qilmoqda. Misol uchun, “
Odamlarni
garovga olishga qarshi kurash to‘g‘risida”gi
konvensiya
1998-yil 18-fevralda
O‘zbekiston
Respublikasi hududida kuchga kirgan. Ushbu konvensiyada shaxslarni garovga olish
harakatini sodir etsa yoki unga urinish holatlari qati’an taqiqlangan. Shuningdek, 2020-yil 22-
iyunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga muvofiq
“Inson huquqlari
bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining milliy strategiya”
qabul qilingan. Bu strategiya
inson huquqlari sohasini mamlakat doirasida himoya qilishda keng imkoniyatlar yartib
kelmoqda. Xususan, Inson huquq va erkinliklarini ta’minlashda
O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining Xalq
va
Virtual qabulxonalari
, shuningdek
, Bosh vazirning Tadbirkorlar
murojaatlarini
ko‘rib chiqish bo‘yicha qabulxonalari alohida o‘rin egallamoqda.
Milliy strategiyaning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
1) mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini, umume’tirof
etilgan xalqaro standartlar hamda O‘zbekistonning inson huquqlari sohasidagi
majburiyatlarini, shuningdek, BMTning ustav organlari va shartnomaviy qo‘mitalarining
tavsiyalarini hisobga olgan holda qonunchilikni takomillashtirish;
2) 2030-yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekistonning Barqaror rivojlanish maqsadlariga
erishishida parlament va fuqarolik jamiyati institutlarining rolini oshirish, qonun ustuvorligini
6
The American Convention on Human Rights: Essential Rights.
21 April 2017.
https://doi.org/10.1093/law/9780199989683.001.0001
. 427-bet.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
165
mustahkamlash, milliy qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotini inson huquqlari bo‘yicha
xalqaro majburiyatlarga muvofiqlashtirish;
4) insonning iqtisodiy huquqlarini ta’minlash, xususiy mulkchilik va davlat-xususiy
sheriklik aloqalarini rivojlantirish;
5) ta’limning sifati va barcha darajadagi qamrovini oshirish, uzluksiz ta’lim tizimini
rivojlantirish, o‘qitish tizimining inklyuzivligi va undan barchaning foydalana olishini
ta’minlash;
6) inson huquqlari sohasida axborot-ma’rifiy faoliyatining sifati hamda manzilligini
yaxshilash;
7) davlatlararo munosabatlarni, xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini
uyg‘unlashtirish, inson huquqlari bo‘yicha xalqaro shartnomaviy organlarning tavsiyalarini
sifatli va o‘z vaqtida bajarish maqsadida innovatsion tamoyillarni joriy etish;
8) BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashi a’zoligiga O‘zbekiston Respublikasi
saylanishini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Milliy strategiyaning
3-ilovasida
bevosita “Birlashgan Millatlar Tashkilotining inson
huquqlari bo‘yicha ustav organlari va shartnomaviy qo‘mitalari xabarnomalari va qarorlarini
ko‘rib chiqish bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi davlat organlarining o‘zaro hamkorlik
qilish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning
6-bobida
inson huquqlari buzilgan taqdirda zarani
mutanosib va mos ravishda qoplash majburiyati berilgan bo‘lib unga ko‘ra “BMTning inson
huquqlari bo‘yicha ustav organi yoki shartnomaviy qo‘mitasi qarorida belgilangan zarani
qoplash uchun to‘lov
(kompensatsiya)
miqdori
sud tartibida
belgilanadi” deb aytilgan.
XULOSA
Davlat tomonidan inson huquqlarining buzilishi holatlarida xalqaro huquq doirasida
zararlarni qoplash majburiyati – zamonaviy xalqaro huquqning asosiy tamoyillaridan birini
tashkil etadi. Ushbu maqolada tahlil etilganidek, inson huquqlarining buzilishi nafaqat milliy,
balki xalqaro mas’uliyatni yuzaga keltiradi. Davlatlar o‘z zimmasiga olgan xalqaro-huquqiy
majburiyatlarni buzgan taqdirda, jabrlanuvchilarga kompensatsiya, reparatsiya, reabilitatsiya
va qoniqish shakllarida to‘liq va samarali zarar qoplash choralarini ta’minlashi zarur.
Xalqaro hamjamiyat tomonidan qabul qilingan normativ hujjatlar, xususan, BMT
rezolyutsiyalari, shuningdek xalqaro sud amaliyoti davlatlarning huquqbuzarlik holatlarida
javobgarligini aniq belgilaydi. Ayni paytda, inson huquqlarining samarali himoyasi faqat
deklarativ bayonotlar bilangina emas, balki amaliy choralar, sud-huquq mexanizmlarining faol
ishlashi va jabrlanuvchilarning real tiklanishiga xizmat qiluvchi chora-tadbirlar bilan
ta’minlanishi lozim.
Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, inson huquqlari sohasida xalqaro standartlarni milliy
qonunchilikka implementatsiya qilish, ularni izchil amalga oshirish va monitoring qilish
mexanizmlarini mustahkamlash orqali davlatlar o‘zining xalqaro huquqiy javobgarligini
samarali tarzda ado etishi mumkin. Shu boisdan, zararni qoplash bo‘yicha xalqaro-huquqiy
mexanizmlarning mustahkamlanishi – global adolat tamoyillarining amaliyotda ro‘yobga
chiqishida muhim omil bo‘lib qolmoqda.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
166
1.
“Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi” (Nyu-york 10.12.1948 yil) BMT Bosh
Assambleyasining 10.12.1948 yildagi 217 A (III) ko‘rsatmasi asosida. https://www.un.org;
2.
“Qiynoqlar va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi
muomala va jazoga qarshi Konvensiya” BMT Bosh Assambleyasining 10.12.1984 yildagi
39/46-sonli rezolyutsiyasi bilan tasqiqlangan https://www.ohchr.org;
3.
“Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro Pakt” BMT Bosh Assambleyasining
16.12.1966 yildagi 2200A Qarori bilan tasqiqlangan;
4.
“Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro Pakt” BMT Bosh
Assambleyasining 16.12.1966 yildagi 2200A Qarori bilan tasqiqlangan;
5.
“Inson huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro huquqning qo‘pol buzilishi va xalqaro gumanitar
huquqning jiddiy buzilishi qurbonlaribi himoya qilish va kompensatsiya olish huquqi bo‘yicha
asosiy tamoyillar va yo‘riqnomalar” Bosh Assambleyaning 60/147 rezolyutsiyasi
bilan qabul
qilingan;
6.
1978-yilda qabul qilingan “Inson huquqlari bo‘yicha Amerika konvensiyasi”.
7.
Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT) – “Helsinki Akti”
8.
“Qiynoqlar va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi
muomala va jazoga qarshi Konvensiya”ning davolanish va jazoni ijro etish muassasalari
to‘g‘risida”gi qo‘shimcha protokoli. BMT Bosh Assambleyasining 18.12.2002 yildagi
A/RES/57/199-sonli rezolyutsiyasi bilan tasqiqlangan https://www.ohchr.org;
9.
“O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi” 30.04.2024 yil. Yangi tahrir.
10.
“
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi qonuni. 11.09.2017.
11.
“
Odamlarni garovga olishga qarshi kurash to‘g‘risida”gi konvensiya 1998-yil 18-fevralda
O‘zbekiston ratifikatsiya qilgan.
12.
“Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining milliy strategiya”. 2020-yil 22-
iyun. https://lex.uz/ru/docs/-4872355.
13.
“Birlashgan Millatlar Tashkilotining inson huquqlari bo‘yicha ustav organlari va
shartnomaviy qo‘mitalari xabarnomalari va qarorlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha O‘zbekiston
Respublikasi davlat organlarining o‘zaro hamkorlik qilish tartibi to‘g‘risida” nizom. 2020-yil
22-iyun.
14.
https://lex.uz/ru/docs/-4872355.
15.
INSON HUQUQLARINI HIMOYA QILISH SOHASIDA MILLIY INDIKATORLARNING
UMUMIY TAVSIFI…
16.
https://www.scielo.org.mx/scielo.php?script=sci_arttext&pid=S1870-
What amounts to ‘a serious violation of international human rights law’? An analysis of
practice and expert opinion for the purpose of the 2013 Arms Trade Treaty
18.
Remedies in International Human Rights Law (2nd edn) Dinah Shelton
19.
https://lex.uz/. - O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjati ma’lumotlari milliy bazasi;
20.
https://norma.uz/ - axborot-huquqiy portali;
21.
https://qomus/info/ online dictionary/ - yuridik atamalar izohli lug‘ati;
22.
https://www.ohchr.org - BMT Inson huquqlari kengashi rasmiy sayti;
23.
https:/worldjucticeproject.org – “World justice project” xalqaro tashkiloti rasmiy sayti;
24.
https//www.theglobaleconomy.com – “The Global Economy” xalqaro tashkiloti rasmiy
sayti;
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
167
25.
https://ombudsman.uz/oz/docs/maqola-1
26.
https://www.gazeta.uz/oz/2021/02/22/un-human-rights/
27.
28.
https://en.wikipedia.org/wiki/International_Court_of_Justice
29.
https://library-tsul.uz/inson-huquqlari-mominov-a-2013/
https://kun.uz/news/2024/09/14/nyu-yorkda-qullikdan-jabr-korganlarning-
avlodlariga-kompensatsiya-tolash-haqidagi-qonun-qabul-qilindi
31.
https://www.corteidh.or.cr/docs/casos/articulos/seriec_04_ing.pdf