Том 3 № 15 (2025)
Статьи
AXBOROT TEXNOLOGIYALARINI BO‘LIMINI O‘QITISH METODIKASI
Mazkur maqola “Axborot texnologiyalarini bo‘limini o‘qitish metodikasi” mavzusida axborot texnologiyalarining ta’lim jarayonidagi o‘rni va ularni o‘qitish metodlarini tahlil qiladi. Tadqiqotda xorijiy va o‘zbek olimlarining axborot texnologiyalarini o‘rgatish bo‘yicha olib borgan tadqiqotlari asosida metodik yondashuvlar, pedagogik va texnologik bilimlarni birlashtirishning ahamiyati ko‘rsatilgan. Mishra va Koehlerning “TPACK” modeli va Jonassenning konstruktivistik yondashuvi, axborot texnologiyalarining samarali ta’lim jarayoniga integratsiyalashganligini tasdiqlovchi muhim tadqiqotlar sifatida keltirilgan. O‘zbek olimlaridan Qodirov va Raxmonovning ilmiy ishlarida axborot texnologiyalari va zamonaviy metodlar yordamida o‘quvchilarni ta’lim jarayoniga faol jalb qilish, ularning kreativ fikrlash va muammolarni hal qilish qobiliyatlarini rivojlantirish haqida batafsil ma’lumot berilgan. Maqolada axborot texnologiyalarini ta’lim jarayoniga qo‘llashning metodik asoslari, interfaol metodlarning ahamiyati, o‘qituvchilarni malakasini oshirish va innovatsion texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha takliflar keltirilgan. Bu tadqiqot axborot texnologiyalarini o‘rgatish metodikasining samaradorligini oshirish va ta’lim sifatini yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etadi.
INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANIDAN DARSDAN TASHQARI MASHG‘ULOTLARNI TASHKIL ETISH METODIKASI
Ushbu maqolada informatika va axborot texnologiyalari fanidan darsdan tashqari mashg‘ulotlarni tashkil etish metodikasi muhokama qilinadi. Darsdan tashqari mashg‘ulotlar o‘quvchilarga fan bo‘yicha nazariy bilimlarni mustahkamlash, amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish va zamonaviy texnologiyalarni o‘zlashtirishda muhim ahamiyatga ega. Maqolada interaktiv metodlarning samaradorligi, xususan loyiha asosida o‘qish, kooperativ o‘qish, simulyatsiyalar va onlayn platformalar kabi usullar o‘quvchilarning qiziqishini oshirishda qanday yordam berishi haqida so‘z yuritiladi. Shuningdek, informatika va axborot texnologiyalari bo‘yicha innovatsion metodlar va texnologiyalarni darsdan tashqari mashg‘ulotlarga joriy etish, o‘qituvchilarning malakasini oshirish, shaxsiylashtirilgan yondashuvlar va hamkorlikda ishlashning ahamiyati ta’kidlanadi. Maqolada takliflar berilib, o‘quvchilarning texnologiyalarga bo‘lgan qiziqishini oshirish va ularning bilimlarini yanada mustahkamlash uchun turli metodik yondashuvlar ko‘rsatilgan. Ushbu ish, informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘rgatishda samarali metodikalar va amaliy usullarni joriy etishni maqsad qilgan pedagoglar uchun foydali manba hisoblanadi.
AXBOROT TIZIMLARI XAVSIZLIGI BO’LIMINI O‘QITISH METODIKASI
Ushbu maqola axborot tizimlari xavfsizligi bo‘limini o‘qitishning zamonaviy metodikasiga bag‘ishlangan. Axborot xavfsizligi bugungi kunda dolzarb mavzulardan biri bo‘lib, ushbu sohada malakali mutaxassislar tayyorlash uchun o‘qitish jarayoniga maxsus yondashuv talab etiladi. Maqolada o‘qitish samaradorligini oshirish uchun amaliy mashg‘ulotlarga asoslangan yondashuvlar, o‘yinlashtirish (gamifikatsiya), vaziyatli tahlil (case-study) va muammoga yo‘naltirilgan ta’lim (Problem-based Learning) usullarining ahamiyati ko‘rib chiqilgan. Axborot tizimlari xavfsizligi bo‘yicha o‘qitish jarayonida talabalar nafaqat nazariy bilimlarga, balki amaliy ko‘nikmalarga ham ega bo‘lishlari lozimligi ta’kidlangan. Shuningdek, maqolada talabalar bilimini mustahkamlash uchun simulyatsiya, virtual muhitlarda laboratoriya mashg‘ulotlari va real hayotdagi xavfsizlik muammolarini yechish bo‘yicha topshiriqlarning o‘rni muhim ekanligi qayd etilgan. Ushbu metodlarni qo‘llash orqali o‘qitish samaradorligini oshirish va talabalar bilimini chuqurlashtirish mumkinligi ko‘rsatilgan. Mazkur maqola axborot xavfsizligi sohasida ta’lim jarayonini takomillashtirishga qaratilgan bo‘lib, pedagoglar va mutaxassislar uchun metodik ko‘rsatmalar beradi.
ZAMONAVIY O‘QITUVCHI PORTFOLIOSINI O‘RGANISH VA TAHLIL QILISH
Ushbu maqolada zamonaviy o‘qituvchi portfeliosining o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. O‘qituvchining portfeliosi uning kasbiy faoliyatini baholash, o‘z-o‘zini tahlil qilish, pedagogik yondashuvlarni yangilash va rivojlantirishda samarali vosita sifatida ko‘rib chiqiladi. Maqolada o‘qituvchilarning portfeliolarini to‘ldirish va ularni baholash jarayonidagi metodik yondashuvlar, xorijiy va o‘zbek olimlarining tadqiqotlari asosida o‘qituvchining professional o‘sishi va ta’lim samaradorligi bilan bog’liq fikrlar keltirilgan. Tadqiqotda, portfelioning o‘qituvchining metodik va psixologik malakasini rivojlantirishdagi roli, shuningdek, o‘qituvchining dars jarayonidagi yutuqlari va kamchiliklarini tahlil qilish imkoniyatlari muhokama qilinadi. Ushbu maqola ta’lim sohasida ishlaydigan mutaxassislar, o‘qituvchilar va ta’lim tashkilotlari uchun amaliy tavsiyalar beradi.
O‘QUV-TARBIYA ISHLARINI TASHKIL ETISHDA INTERNETDAN FOYDALANISH
Ushbu maqolada o‘quv-tarbiya ishlarini tashkil etishda internet texnologiyalaridan samarali foydalanish masalalari yoritilgan. Zamonaviy ta’lim jarayonida internet resurslarining roli, ularning ta’lim va tarbiya jarayonidagi o‘rni, shuningdek, samaradorligini oshirish uchun qo‘llaniladigan usullar tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, o‘quvchilarning bilim olish jarayonida internet resurslaridan foydalanish ularning mustaqil ta’lim olish qobiliyatini rivojlantirishi, interfaol metodlarni tatbiq qilishga yordam berishi va ta’lim samaradorligini oshirishi ta’kidlanadi.
KOMPYUTER GRAFIKASI BO‘LIMINI O‘QITISH METODIKASI
Ushbu maqolada kompyuter grafikasi bo‘limini o‘qitish metodikasi hamda zamonaviy pedagogik yondashuvlarning samaradorligi tahlil qilinadi. Kompyuter grafikasi nafaqat texnik mutaxassislar, balki dizaynerlar va boshqa soha vakillari uchun ham muhim fan hisoblanadi. Shuning uchun uni o‘qitishda interfaol metodlardan samarali foydalanish talabalar bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Maqolada guruhda ishlash, simulyatsiyalar, muammo asosida o‘qitish (PBL), aralash ta’lim (Blended Learning), aylanma dars (Flipped Classroom) kabi metodlarning o‘quv jarayoniga ta’siri ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, interfaol usullar o‘quvchilarning motivatsiyasini oshirib, mavzuni chuqurroq o‘zlashtirishiga yordam beradi.
INFORMATIKA XONASIDA BOSHQA FANLARNI O‘QITISHNI TASHKIL ETISH
Ushbu maqolada informatika xonasida boshqa fanlarni o‘qitishning samaradorligini oshirish uchun zamonaviy interfaol metodlar va axborot texnologiyalarini qo‘llash imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Maqolamda , o‘qituvchilarni axborot texnologiyalarini o‘zlashtirish, raqamli platformalardan foydalanish, guruh ishlari va interaktiv sinovlar orqali o‘quvchilarning bilim darajasini oshirishga qaratilgan takliflarni o‘z ichiga oladi. Informatika va boshqa fanlarni integratsiyalashgan tarzda o‘qitish, o‘quvchilarga nafaqat nazariy bilimlar, balki amaliy ko‘nikmalarni ham shakllantiradi. Darslarda onlayn resurslar va simulyatsiyalarni qo‘llash, o‘quvchilarning faolligini va motivatsiyasini oshiradi, bu esa ularning o‘rganish samaradorligini sezilarli darajada yaxshilaydi. Shuningdek, texnik infratuzilmani mustahkamlash, o‘qituvchilarni malaka oshirishga yo‘naltirish, hamkorlik va guruh ishlari orqali o‘quvchilarning jamoaviy ish ko‘nikmalarini rivojlantirishga oid takliflar ham keltirilgan.
ZAMONAVIY “O‘QITUVCHI” PORTFOLIOSINI YARATISH USULLARI VA VOSITALARI
Ushbu maqolada zamonaviy ta’lim jarayonida o‘qituvchining kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash vositasi sifatida portfolioni yaratish usullari va vositalari tahlil qilingan. Bugungi kunda o‘qituvchilarning pedagogik yutuqlarini hujjatlashtirish va baholash, shuningdek, ularning kasbiy rivojlanishini kuzatish uchun raqamli texnologiyalardan foydalanish zaruriyati ortib bormoqda.
INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANIDAN TO‘GARAKLARNI TASHKIL ETISH METODIKASI
Zamonaviy ta’lim jarayonida informatika va axborot texnologiyalari (IT) fanidan to‘garaklarni tashkil etish o‘quvchilarning nazariy bilimlarini mustahkamlash, amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish va ularning texnologik tafakkurini shakllantirishga xizmat qiladi. Ushbu to‘garaklar zamonaviy pedagogik metodlar asosida ishlab chiqilishi va o‘quvchilarning yosh xususiyatlari, qiziqishlari hamda zamonaviy IT talablarini hisobga olgan holda tashkil etilishi lozim.
INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANLARIDAN OLIMPIADA MASALALARI
Ushbu maqolada informatika va axborot texnologiyalari bo‘yicha olimpiada masalalarining ahamiyati, ularning turlari hamda yechish usullari yoritiladi. Informatika olimpiadalari yosh dasturchilar va mutaxassislar uchun muhim platforma bo‘lib, ularning algoritmik tafakkurini rivojlantirishga, murakkab masalalarni samarali hal qilish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Maqolada olimpiada masalalarining asosiy turlari, ularni yechish strategiyalari va samarali tayyorgarlik usullari batafsil tahlil qilinadi. Shuningdek, mavzuga oid xorijiy va o‘zbek adabiyotlari tahlili keltirilib, informatika olimpiadalarida muvaffaqiyatga erishish uchun zarur bo‘lgan bilim va amaliy ko‘nikmalar haqida tavsiyalar beriladi. Maqola informatika bo‘yicha olimpiadalarga tayyorlanayotgan o‘quvchilar, talabalar va yosh dasturchilar uchun foydali qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi.
“INFORMATIKA – ZAMON TALABI” FAN OYLIGI DOIRASIDA TEXNOLOGIYALAR SARI QADAM
Mazkur maqolada informatika va axborot texnologiyalarining ta’lim jarayonidagi ahamiyati hamda o‘quvchilarning texnologiyalar sari qadam qo‘yish bosqichlari muhokama qilinadi. Fan oyligi doirasida tashkil etilgan tadbirlarning informatika bo‘yicha bilimlarni oshirishga qanday ta’sir ko‘rsatishi tahlil qilinadi. Muhokama davomida maktablarda zamonaviy IT-ta’limni rivojlantirish yo‘llari, amaliy informatika loyihalarining ahamiyati va o‘qituvchilarning malakasini oshirish zarurati ko‘rib chiqiladi. O‘quvchilarning dasturlashga bo‘lgan qiziqishini oshirish usullari, xalqaro informatika musobaqalariga tayyorgarlik va texnologik startaplar yaratish imkoniyatlari ham tahlil qilinadi. Shuningdek, innovatsion texnologiyalarni ta’lim jarayoniga keng joriy etish, interaktiv o‘qitish usullaridan foydalanish va o‘quv dasturlarini zamonaviy talablar asosida takomillashtirish bo‘yicha takliflar ilgari suriladi. Xulosa sifatida, O‘zbekiston maktablarida informatika fanining rivoji uchun tizimli yondashuv zarurligi ta’kidlanadi. Ushbu maqola informatika ta’limini yanada rivojlantirishga qiziquvchilar, pedagoglar va IT-mutaxassislar uchun foydali bo‘lishi mumkin.
INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARINING FANLARARO INTEGRATSIYASI
Ushbu maqolada informatika va axborot texnologiyalarining turli fanlar bilan integratsiyasi yoritilgan. Zamonaviy jamiyatda AT ning tabiiy fanlar, gumanitar fanlar, iqtisodiyot va ta’lim bilan o‘zaro aloqasi chuqur tahlil qilinadi. Informatika orqali ilmiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish, yangi innovatsion yondashuvlarni yaratish va fanlar o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni kuchaytirish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Maqola informatika va AT ning rivojlanishi natijasida yuzaga kelayotgan yangi imkoniyatlarni ochib berishga xizmat qiladi.
INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANINI FANLARARO INTEGRATSIYASI
Ushbu maqolada informatika va axborot texnologiyalari fanining boshqa fanlar va sohalar bilan o‘zaro aloqadorligi, shuningdek, uning imkoniyatlari va vazifalari haqida so‘z yuritilgan.
O‘QITISHNING DIDAKTIK TAMOYILLARINI YARATISH G‘OYALARI
Ushbu maqolada o‘qitishning didaktik tamoyillarini yaratish va ularni ta’lim jarayonida samarali qo‘llash masalalari tahlil qilindi. Didaktik tamoyillar ta’lim jarayonining nazariy asosini tashkil etib, o‘quvchilarning bilim olish jarayonini samarali tashkil etish, ta’lim mazmunini aniq va tizimli tarzda yetkazish uchun muhim ahamiyatga ega. Maqolada didaktik tamoyillar turlari, ularni shakllantirish va amaliyotda qo‘llash yo‘llari ko‘rib chiqildi.
O‘QUV – METODIK TA’ MINOTGA OID MATERIALLAR BILAN TANISHISH
Ushbu maqolada informatika darslarida o‘quv-metodik ta’minotga oid materiallar bilan tanishish jarayonini tashkil etish masalasi yoritilgan. Tadqiqotda interfaol ta’lim metodlarining samaradorligi tahlil qilinib, Jigsaw, Elektron portfolio, Klaster, Fikrlar doirasi, Rol o‘ynash va Blits-so‘rov kabi metodlarning o‘quvchilarning bilim olish jarayoniga ta’siri o‘rgandim. Maqolada 11-"A" va 11-"B" sinflari misolida interfaol va an’anaviy metodlar natijalari taqqoslanib, interfaol yondashuv qo‘llanilgan sinfda darsga qiziqish va o‘zlashtirish sifati yuqoriligini aniqladim. Tahlil natijalariga ko‘ra, informatika darslarida elektron portfoliolar yaratish, o‘quvchilarni mustaqil tadqiqotga yo‘naltirish va innovatsion texnologiyalardan foydalanish samarali ekanini aniqladim. Maqolada informatika o‘qituvchilari uchun interfaol metodlarni keng joriy etish, o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish va dars jarayonida innovatsion texnologiyalarni tatbiq etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqdim.Ushbu maqola informatika fani bo‘yicha dars samaradorligini oshirishga qaratilgan bo‘lib, ta’lim jarayonida interfaol metodlardan foydalanish bo‘yicha o‘qituvchilar, ta’lim mutaxassislari va tadqiqotchilar uchun foydali tavsiyalarni taqdim etdim.
INFORMATKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANINI O’QITISHDA MEDIASAVODXONLIGINING O‘RNI
Zamonaviy ta’lim jarayonida mediasavodxonlik muhim ko‘nikmalardan biri sifatida qaralmoqda. Ayniqsa, informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitishda mediasavodxonlikning o‘rni tobora ortib bormoqda. Ushbu maqolada mediasavodxonlik tushunchasi, uning axborot texnologiyalari ta’limidagi ahamiyati va o‘qitish jarayoniga ta’siri tahlil qilinadi. Mediasavodxonlik nafaqat axborotni tahlil qilish va undan to‘g‘ri foydalanish, balki talabalar va o‘quvchilarga raqamli muhitda samarali ishlash, axborot xavfsizligi qoidalariga rioya qilish, yolg‘on axborotdan himoyalanish imkoniyatini beradi.
INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANINI O‘QITISHDA AXBOROT SAVODXONLIGINING O‘RNI
Ushbu maqolada informatika va axborot texnologiyalari fanining ta’lim tizimidagi o‘rni, uning talabalarga axborot savodxonligini oshirishdagi ahamiyati va ta’lim jarayonida axborot texnologiyalarini samarali qo‘llash masalalari yoritiladi. Mualliflar A. Abdullayev, T. Kamilov, Warschauer va Selwynning ilmiy asarlariga asoslanib, axborot texnologiyalarining jamiyat va ta’lim tizimidagi rolini, shuningdek, axborot savodxonligining talabalar uchun zaruriy ko‘nikma sifatida rivojlanishini ko‘rsatadi. Maqolada axborot texnologiyalarining ta’lim jarayoniga integratsiyasi va bu jarayonda o‘quvchilarning innovatsion fikrlash va texnologik ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan metodik tavsiyalar taqdim etilgan. Shuningdek, axborot savodxonligi darajasi past bo‘lgan o‘quvchilar uchun yuzaga keladigan muammolar va bu sohada qo‘shimcha e’tibor berish zarurligi ham ta’kidlab o‘tilgan. Maqola axborot texnologiyalarini ta’limda samarali qo‘llash va axborot savodxonligini rivojlantirishning ahamiyatini o‘rganadi.
KICHIK TADBIRKORLIKNI DAVLAT TOMONIDAN QO‘LLAB-QUVVATLASH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH
Kichik tadbirkorlikni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish Davlat o‘zining turli xil qo‘llab-quvvatlash va tartibga solish vositalarini keng miqyosda tatbiq etish orqali bu sohaning rivojlanishini ta’minlash bilan erkin tadbirkorlik va raqobat muhitini barqarorlashtiradi, aholi bandligi va daromadlari manbaini oshirish bilan uning ijtimoiy farovonligini ta’minlaydi, davlat va mahalliy budjetlar tushumlarini ko‘paytiradi, shuningdek, muldorlar sinfini kengaytirish bilan kelgusidagi yanada yirik tadbirkorlikning rivojlanishiga imkon yaratadi.
KICHIK TADBIRKORLIK FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH ASOSIDA IQTISODIY O‘SISHNI TA’MINLASH YO‘NALISHLARI
Jahon tajribasiga ko‘ra, kichik biznes, xususan, kichik innovatsion biznesni rivojlantirish nafaqat ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlikni ta’minlaydi, balki mamlakatlarda amalga oshirilayotgan siyosiy dasturlarda ham o‘z aksini topmoqda. Kichik biznesni rivojlantirish jamiyat tarkibida o‘rta qatlamning ulushini ortishi, shu bilan birga mamlakatdagi iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy barqarorlikni ta’minlashning muhim omili hisoblanadi.
DEVELOPMENT OF MEDICAL COMPETENCIES IN STUDENTS THROUGH THE USE OF BIOLOGICAL MODELING TECHNOLOGIES IN MEDICAL EDUCATION
In modern society, social networks have become an integral part of daily life. This work is devoted to the analysis of the psychological impact of social networks on the individual. Both positive aspects (development of communication skills, maintenance of social connections, access to information) and negative consequences (addiction, lowered self-esteem, development of anxiety and depression) are considered. Particular attention is paid to the mechanisms of emotional dependence formation and the influence of virtual communication on real-life social behavior. In conclusion, recommendations are offered for the conscious use of social networks to minimize their harmful effects.
ALISHER NAVOIY QIT’ALARINI O’RGATISHDA ZAMONAVIY METODLARDAN FOYDALANISH
Ushbu maqolada Alisher Navoiy qalamiga mansub bo’lgan qit’alar va maktab darsliklarida ularni zamonaviy usullar yordamida o’rgatish yo’llari haqida so’z yurtiladi. O'quvchilarni adabiyotga muhabbat ruhida ulg'aytiruvchi, fanga nisbatan qiziqishlarini oshiruvchi, ularning dunyoqarashlarini kengaytiruvchi metodlar shoirning hayoti va ijodiga doir topshiriqlar misolida ko'rsatib beriladi. Maqolada “Klaster" ,"Davom ettir”, “Juftini top” usullaridan foydalanishning afzalliklari haqida so'z boradi.
BOSHLANGʻICH TAʼLIMDA SUNʼIY INTELLEKT VA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ORQALI FANLARARO YONDASHUV
Ushbu maqolada boshlangʻich taʼlimda sunʼiy intellekt (SI) va raqamli texnologiyalarni tatbiq etish orqali fanlararo yondashuvni shakllantirishning ilmiy-nazariy asoslari hamda amaliy jihatlari yoritilgan. SI yordamida shaxsga yoʻnaltirilgan taʼlimni tashkil qilish, raqamli platformalar va vositalar orqali integratsiyalashgan darslar modellarini yaratishning afzalliklari va dolzarb muammolari tahlil qilingan.
TARBIYASI OG'IR BO'LGAN BOLALAR BILAN KORREKSION ISHLAR OLIB BORISH
Tarbiyasi o’g’ir o’quvchilar bilan olib boriladigan korreksion ishlarda avvalo u haqida to’liq ma’lumotga ega bo’lish lozim. Masalan oilasi, do’stlari, ichki va tashqi sotsiumda rivojlanishi. Maqolada shu fikrlarga to’xtalib o’tamiz
ХАЛҚ ХОТИРАСИДА ЖОНЛАНГАН ҚАҲРАМОН – СУЛТОНБОЙ ХОЖИ ДОДА
Ҳар бир миллат ўз тарихини албатта буюк шахслар ҳаёти ва меҳнати орқали улуғлайди. Бу инсонлар миллий хотирамизнинг тирик тимсоли, авлодларга руҳий таянчдир. Улар ўз замонасида курашиб, меҳнат қилиб, келажак авлод учун тўғри йўл қолдирган фидойилардир.
THE HISTORY OF UZBEKISTAN: A LAND AT THE CROSSROADS OF CIVILIZATIONS
Uzbekistan, situated in the heart of Central Asia, has long been a cradle of civilizations, cultures, and scientific advancement. For millennia, it has served as a bridge between East and West, a vibrant hub along the ancient Silk Road that connected China to Europe. The territory of modern-day Uzbekistan has been home to powerful empires, influential scholars, and architectural wonders that still awe the world today.
TIJORAT BANKLARI KREDIT PORTFELINING MOHIYATI
Mazkur maqolada tijorat banklari kredit portfelining iqtisodiy mohiyati, uning tuzilmasi va sifat ko‘rsatkichlari yoritiladi. Kredit portfeli bank aktivlarining asosiy qismini tashkil etib, bankning daromad manbai hamda moliyaviy barqarorligini belgilovchi asosiy omildir. Maqolada kredit portfeli tarkibida foizli va foizsiz kreditlar, muddati, ta'minoti va mijozlar toifasiga ko‘ra farqlanishi tahlil qilinadi.
JAHON BANKI VA O’ZBEKISTON O’RTASIDAGI MOLIYAVIY HAMKORLIKNING RIVOJLANISHI
Ushbu maqolada Jahon banki va O’zbekiston Respublikasi o’rtasidagi moliyaviy hamkorlikning shakllanishi, rivojlanishi va bugungi kundagi holati bosqichma-bosqich tahlil qilinadi. Mustaqillik yillaridan buyon amalga oshirilgan loyihalar, ularning iqtisodiy ijtimoiy rivojlanishga ta’siri, strategik yo’nalishlar va hamkorlikda erishilgan yutuqlar asosida muhim xulosalar chiqariladi.
VALYUTA RISKI VA UNING TURLARI
Ushbu maqolada valyuta riski tushunchasi, uning asosiy turlari, iqtisodiy jarayonlardagi o‘rni va xalqaro moliyaviy faoliyatga ta’siri chuqur tahlil qilingan. Shuningdek, maqolada investitsiyalar, eksport-import operatsiyalari kabi yo‘nalishlarda valyuta kurslarining o‘zgarishi bilan bog‘liq xavflar amaliy misollar orqali yoritilgan. Valyuta riskidan himoyalanishning zamonaviy usullari va xalqaro tajribalar ham ko‘rib chiqilgan
ЖИНОЯТЛАРНИ ТЕРГОВ ҚИЛИШ МЕТОДИКАСИ ХУСУСИДА АЙРИМ МУЛОҲАЗАЛАР
Жиноятларни тергов қилиш криминалистик методикаси жиноятларни тергов қилиш бўйича амалий тавсиялар ишлаб чиқиш учун муҳим аҳамият касб этади.
ЖИНОЯТ ИШИ БЎЙИЧА ИСБОТЛАШ ПРЕДМЕТИНИ АНИҚЛАШТИРИШНИНГ КРИМИНАЛИСТИК ҚОИДАЛАРИ
Исбот қилиниши лозим бўлган ҳолатлар фанда турлича номланади: “исбот қилиш предмети”, “исботлашнинг фактик асослари”, муайян ҳаракатнинг “процессуал асослари” ва ҳ.к.
BOSHLANGʻICH SINF OʻQUVCHILARINI DIKTANT TURLARI VA METODIKASI BILAN TANISHTIRISH
Asosan boshlang'ich sinflarga diktant yoki yozma ish yozdirish juda qiyin masalalardan biri hisoblanadi. Shu sababli ham ularga diktant yozdirishda yozuvga ham imlo qoidalariga, grammatik xatolarga yol qoymaslikni o'rgatish haqida. Boshlang'ich sinf o'quvchilarga diktant turlari va diktant metodikasi bilan tanishtirish haqida ushbu maqolada soʻz yuritiladi.
O‘ZBEKISTONDA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISHNING ZAMONAVIY YONDASHUVLARI
Ushbu maqolada korrupsiya tushunchasi mazmuni, mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashishda amalga oshirilayotgan ishlar, poraxo’rlik, mansab vakolatidan foydalanib pora olish haqida fikrlar ifodalangan.
TA’LIM JARAYONIDA INTERFAOL METODLARNI QO‘LLASH
Mazkur maqolada ta’lim jarayonida intrfaol usullarni qo`llash hamda yangi interfaol metodlardan biri haqida yoritilgan.
“BOBURNOMA” - JAHONNING BOY MADANIY MEROSLARIDAN BIRI
ushbu maqolada Bobur hayoti, faoliyati, siyosiy jarayonlardagi ishtiroki, “Boburnoma” asari orqali ifoda etgan siyosiy fikrlari, yondashuvlari ifoda etilgan. “Boburnoma” mazmunini jahon jamoatchiligiga yetkazish borasida katta faoliyat ko‘rsatgan shaxslar ifoda etilgan.
OILADA SHAXSLARARO MUNOSABATLARNING TIZIMGA XOS UMUMIY XUSUSIYATLARI
Ushbu maqolada oila va shaxslararo munosabatlar tizimi psixologiyasining umumiy xususiyatlari tahlil qilinadi. Oila tizimi o‘zining psixologik, ijtimoiy va emotsional mexanizmlari orqali shaxslararo aloqalarni shakllantiradi va rivojlantiradi. Oila a’zolari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar va ularning o‘zgarishlari oilaning umumiy tizimiga ta’sir qiladi. Khamraev A., Xolmatova L. va Yoqubova N. kabi mualliflarning asarlari yordamida oilaviy munosabatlarning psixologik mexanizmlari, oilaning o‘zgaruvchan tabiati va shaxslararo aloqalar tahlil qilinadi. Shuningdek, oilaviy tizimda yuzaga keladigan ziddiyatlar, muammolar va ularning yechimlari ham ko‘rib chiqiladi.
FONETIK HODISALAR VA ULARNING TURLARI TASNIFI TAHLILI
mazkur maqolada fonetik hodisalar va ularning turlari: kombinator omillar ta'sirida sodir boladigan hodisalar, pozitsion omillar ta'sirida sodir bo'ladigan hodisalar, turkiy so'zlarning an'anaviy fonetik tarkibiga moslashish va fonetik hodisalarning boshqa turlari haqida ma'lumotlarga to'xtalib o'tilgan.
XORAZMDA SOVETLARGA QARSHI OZODLIK HARAKATLARINING BOSHLANISHI
Ushbu maqolada 1917-yilgi Fevral inqilobi va undan keyin Turkistonda yuzaga kelgan siyosiy beqarorlik fonida Xorazmda boshlangan sovetlarga qarshi ozodlik harakatlari keng qamrovda tahlil qilinadi. Xususan, Junaidxonning siyosiy yetakchi sifatida shakllanishi, harakatning mintaqaviy xususiyatlari, xalq ommasining unda ishtiroki, hamda ushbu qarshilik harakatining kuchayishi va yakuniy mag‘lubiyatining sabablariga e'tibor qaratilgan. Junaidxon boshchiligidagi ozodlik kurashining muvaffaqiyatlari va muammolari, harbiy va diplomatik bosqichlari tarixiy manbalar asosida yoritilgan.
HOZIRGI O‘ZBEK ADABIY TILIDA BO'GʻIN TUZILISHI
Mazkur maqolada hozirgi o‘zbek adabiy tilida bo‘g‘in tuzilishi haqida fikr yuritiladi.Bo‘g‘in nutq oqimining tovushdan katta, so‘zdan kichik ba’zan bir so‘zga teng segment birlik. Bo‘g‘in ko‘chirish qoidalarini bolalarga yaxshilab o‘rgatish imloviy xatoliklarning oldini olishda yordam beradi.
DAVLAT TOMONIDAN INSON HUQUQLARINI BUZGANLIK UCHUN XALQARO HUQUQ BO‘YICHA ZARARNI QOPLASH MAJBURIYATI
Mazkur maqolada davlatlar tomonidan inson huquqlarini buzganlik uchun xalqaro huquq bo‘yicha zararni qoplash majburiyati to‘liq bayon qilinadi. Inson huquqlari buzilganda davlatlar o‘z zimmasiga qanday majburiyatlar olishi va ularni bajarish jarayoni xalqaro va milliy qonunchilik asosida ko‘rib chiqiladi. Ushbu holatlar qaysi xalqaro organlar tomonidan nazarot qilinishi ham ko‘rib chiqiladi.
TIBBIY TA’LIMDA TALABALARNI BIOLOGIK MASALALARNI MODELLASHTIRISH ORQALI TANQIDIY FIKRLARNI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYASI
ushbu maqolada tibbiy ta’lim tizimida talabalarni biologik masalalarni modellashtirish orqali tanqidiy fikrlash qobilyatini rivojlantirish mavzusi ko’rib chiqiladi. Ushbu maqola usulning afzalliklarini, metodik jihatdan asoslarini hamda natijalarini yoritib berishga yordam beradi. Bundan tashqari tanqidiy fikrlash jarayonini rivojlantirishga qaratilgan zamonaviy innovatsion yondashuvlar tahlil qilib boriladi.