YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
53
BOSH MIYANING QON TOMIR KASALLIKLARI
Qodirova Maxzuna Shamshiddin qizi
Andijon davlat pedagogika instituti O’qituvchisi
Axmedova Vazira Tursunbaevna
Andijon davlat pedagogika instituti O’qituvchisi
Turgunova Shoxsanam Maxmudjon qizi
Andijon davlat pedagogika instituti
Oligofrenopedegogika 101-guruh talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14350410
Annotatsiya:
Ushbu maqolada bosh miyaning qon tomir kasalliklari gipertoniya xamda
Insult kasalliklarining kelib chiqish sabablari, kasallikning kechishi, asoratlari va klinikasi
haqida so'z yuritiladi.
Аннотация:
В этой статье рассматриваются причины возникновения, течение
болезни, осложнения и клиника сосудистых заболеваний головного мозга, гипертонии
и инсульта.
Annotation:
This article will talk about the causes of the origin of stroke diseases in
hypertension, the course of the disease, complications and clinic of vascular diseases of the
brain.
Kalit so’zlar
: Gipertoniya, insult, gemorrogik, stenakardiya, sistolik, diastolik,
nefroangioskleroz, gemodinamik, metabolik buzilishlar, integratsiyasi, infarkt.
Ключевые слова
: гипертоническая болезнь, инсульт, геморрагическая болезнь,
стенакардия, систолическая, диастолическая, нефроангиосклероз, гемодинамика,
нарушения обмена веществ, интеграция, инфаркт.
Keywords:
hypertension, stroke, hemorrhagic, stenocardial, systolic, diastolic,
nephroangiosclerosis, hemodynamic, metabolic disorders, integration, heart attack.
Inson organizmidagi har bir organing o'z fuksiyasi bo'lgani kabi yurakning ham o'z
bajaradigan fuksiyasi bor ya'ni bu fuksiyalarning buzulishi sababli kelib chiqadigan
gipertoniya kasalligi hozirgi vaqtda butun dunyoda dolzarb kasalliklardan biriga aylangan.
Yurak kasalliklari bilan bog'liq o'limlaming 75% dan ortig'i kam va o'rta daromadli
mamlakatlarda sodir bo'ladi. Butunjahon yurak federatsiyasi 2030-yilgacha yiliga 23
milliondan ortiq yurak kasalliklari bilan bog'liq o'limni taxmin qilmoqda . Shundan xulosa
qilish mumkinki yurak kasalliklari hozigi vaqtda ham o'z yechimini topmagan va dolzarb
muammolardan biri bo'lib kelmoqda desak mubolag'a bo'lmaydi. Gipertoniya kasalligi-
arterial bosimning doimiy va turg'un ortishi bilan ta'riflanuvchi surunkali kasallik.
Gipertoniya kasalligi birlamchi arterial gipertoniya, idiopatik arterial gipertoniya-odamlarda
ko'p uchraydigan arterial qon bosimining oshishi bilan xarakterlanadi. Bu nisbatan "yosh"
kasallik bo'lib mustaqil kasallik sifatida birinchi marta G.F.Lang tomonidan 1922-yilda
ajratilgan. U takidlaganidek gipertoniya kasalligi-bu emotsiyalarga javob bermaslik
kasalligidir. Bu bilan G.F.Lang aniqlab, keyincha A.L.Myasnikov tomonidan isbot qilingan
gipertoniya kasalligi sababchilari ruhiy-emotsional zo'riqishlar, qaytarilib turuvchi stress
holatlari, irsiy yoki kasbiy omillar, ovqatlanish tartibiga roiya qilmaslik va boshqalar. Kasallik
kelib chiqishida ma'lum rol o'ynaydi. Qaytarib turuvchi ruhiy-emotsional zo'riqishlar oliy asab
sistemasi faoliyatida nevroz shaklida buzulishlariga olib keladi va u tomirlar tarangligi
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
54
boshqarilishining buzulishlari bilan namoyon bo'ladi. Bir vaqtning o'zida modal almashinuvi
buzilishi eng avvalo ateroskleroz rivojlanishiga imkoniyat yaratuvchi, yog' oqsil almashinuvi
buzulishlariga olib keluvchi,neyro endokrin buzulishlari rivojlanadi.
Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti tomonidan 1978-yilda qabul qilingan gipertoniya
kasalligining quyidagi bosqichlari tafovut qiladi:
I bosqich qon bosimi 140/90 mm simob ustunidan yuqori bo'lib markaziy nerv
sistemasi, yurak tomir va buyrak sistemasining zararlanishi uzoq vaqt davom etmaydi.
Qachonki bemor tinchlansa va bosimni tushuruvchi dorilar istemol qilgandan kiyin bosim
doimgi holatiga qaytadi.
II bosqich arterial bosimning sistolik-diastolik ko'rsatkichi 160/100 mm simob ustuniga
yoki 179/109 mm simob ustuniga teng bo'lishi va undan ham yuqori ko'tarilishi mumkin. Bu
bosqichda asosan yurakning chap qorinchasi gipertrofiyasi bilan belgilanadi, shuningdek, to'r
parda tomirlarining yoyilgan yoki fokal torayishi, mikroalbuminuriya ya'ni siydikda oqsil
moddasi va qon plazmasida keratinin konsentratsiyasining qisman ortishi kuzatiladi. Klinik
shikoyatlari tez-tez bosh og'rishi, bosh aylanishi (gepertonik krizlar), yurak sohasida og'riq va
noxushlik sezgisidan iborat.
III bosqich bemorlarda qon bosimi ko'rsatkichi yan J" yuqori 180/110 yoki 209/119 mm
simob ustuniga teng va undan ham yuqori bo'ladi. Bu bosqichda bosim doimiy bo'ladi.
Yuragda (Stenokardiya, miokard infarkti), bosh miya qon tomirlarida ham patalogik
o'zgarishlar
(gemorragik
insult,
ensefalopatiya)
va
buyrak
yetishmovchiligi
(nefroangioskleroz) hamda ko'z to'r pardasida qon quyilishi kuzatiladi. Bunday og'ir asoratlar
sodir bo'lgan paytlarda qon bosimi ko'rsatkichlari pasayishi va o'z holatga qaytishi mumkin.
Insultlar
Insult - miyada qon aylanishinnng miya funktsiyasining turli xilda namoyon bo’ladigan
nuqsonini keltirib chiqaruvchi o’tkir buzilishidir. Patologik jarayonning tabiatiga ko’ra,
insultlar ishemik va gemorragik turlarga bo’linadi.
Ishemik insult (miya infarkti)
Ishemik insultlar trombotik va notrombotik insultlarga bo’linadi. Miya infarkti arterial
qon oqimining miyaning ma’lum sohalariga yetib bormasligi oqibati hisoblanadi. Ishemik
insult tranzitor ishemik hujumlardan farq qilib, sifat jihatidan yangi holatdan iborat bo’ladi.
Bunda gemodinamik va metabolik buzilishlar integratsiyasi ro’y beradi, ular esa qon aylanishi
etishmovchiligining ma’lum bosqichida paydo bo’ladi, bu esa miya moddasini nekrozga
tayyorlaydi. Miyaning barcha sohalarida (xususan zararlangan joylarda) paydo bo’ladigan
patobioximik kaskad reaktsiyalar neyronal yo’lning o’zgarishiga, astrotsitozga va gliyaning
faollashishiga, miyaning trofik ta’minoti ishi buzilishiga olib keladi. Kaskad reaktsiyalarning
ibtidosi miya infarktining shakllanishi hisoblanadi, u ikkita mexanizm orqali hujayraning
neyrotik o’lishi vа atoptoz - hujayraning genetik dasturlangan o’lishi sifatida borishi mumkin.
Ishemik insultning og’irligini, eng avvalo, miyaga qon kelishi kamayishining chuqurligi,
perfuziyagacha davrning davomliligiga va ishemiyaning cho’zilganiga qarab aniqlanadi.
Miyaning qon oqimi kamaygan sohasi (ko’pi bilan 10 ml/100 g/min) birinchi klinik
simptomlar paydo bo’lgan daqiqadan boshlab, 6-8 minut ichida asliga keltirib bo’lmaydigan
zararlanish bo’lib qoladi. Bir necha soat ichidayoq markaziy nuqtali infarkt yuzaga keladi
(miyaga qon kelishining 20- 40 ml/ 100g/mingacha kamayishi bilan), biroq ishemiyalangan
tirik to’qima bilan o’ralgan bo’ladi. U ishemik yarimsoya yoki penumbrlar zonasi deb ataladi,
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
55
ularda hali umumiy energetik metabolizm saqlanib turgan bo’ladi va struktur o’zgarishlar
bo’lmaydi. Penumbrlarning mavjudligi davomliligi har bir bemorda o’ziga xos bo’lib,
vaqtinchalik davr chegarasini belgilaydi, «terapevtik darcha», uning ichida davolash
muolajalarini juda samarali o’tkazish mumkin bo’ladi. Miya infarktining ko’p qismi
shakllanishi insultning dastlabki alomatlari paydo bo’lgandan boshlab, 3-6 soatda tugaydi.
O’choqning shakllanib bo’lishi 48-56 soatgacha, balki bundan ham uzoqqa cho’ziladi,
(saqlanib qolgan miya shishini hisobga olgan holda). Keyingi paytlarda ishemik insultning
o’tkir davrida autoimmun jarayon mavjud bo’lishi ko’rsatildi, bu anti-DNK va OBMga ham
zardob, ham OMS (orka miya suyuqligi) darajasi oshishi aniqlanmoqda. (M.M.Gerasimova,
G.N.Jdanov, 2001) Ishemik insultlar uxlab yotgan paytda yoki uyqudan uyg’ongan zahotiyoq
rivojlanishi mumkin,ayrim hollarda u jismoniy ish qilgandan, issiq vanna qabul qilgandan,
ichkilik ichgandan, ko’p ovqat yegandan keyin rivojlanadi, ishemik insult uchun o’choqli
nevrologik simptomlarning asta-sekin rivojlanish xos. U 1-3 soat ichida ro’y beradi. 30%
holda kasallik shiddat bilan to’satdan boshlanadi, bunda o’chоqli simptomlar, odatda, birdan
ro’yi-rost yuzaga chiqadi, bu esa yirik arteriyalarning tiqilib qolishi uchun xosdir. Ishemik
insultning o’ziga xos xususiyati o’choqli simptomlarning umumiy simptomlaridan ustun
bo’lishi hisoblanadi. Umumiy miyaning simptomlari insult aloplektiformli rivojlanishi
kuzatiladi va miya shishida zo’rayishi mumkin, u keng ko’lamdagi miya infarkti bilan kechadi.
O’choqli simptomlar miya insultining joylashish o’rniga bog’liq bo’ladi. Klinik
simptomokompleks asosida infarktning kattaligi, joylashishi va tomir basseyni haqida xulosa
chiqarish mumkin. Hammadan ko’p, miya infarkti ichki uyqu arteriyasi basseyida paydo
bo’ladi (vertebro-bazillyar sistemaga qaraganda 5-6 marta ko’p). Miyaning mayda tomirlari
patologiyasi lakunar insultlarga olib kelishi mumkin. Bu insultning hajmi 1,5 santimetrdan
oshmaydi. Lakunar insultlar ko’pincha gipertoniya kasalligi, vaskulitlar, migren, antifosfolipid
sindrom zaminida paydo bo’ladi. Klinik jihatdan bu insult «chin harakatchanlik», «chin
sezgirlik», ataksik, dizartrik ва boshqa buzilishlar bilan namoyon bo’ladi. Ba’zi hollarda
lakunar insult o’zidan umuman darak bermaydi, bu «soqov insult» deyiladi, KT ва MRT
ma’lumotlari tufayli o’choqlar topiladi.
Gemorragik insult.
Gemorragik insultlar qon quyilishining quyidagi turlariga bo’linadi:
a) parenximatoz,
b) miya pardasi ostiga (subaraxnoidal, subdural, epidural); parenximatoz - miya pardasi
ostiga.
Parenximatoz qon quyilishlar ko’pincha gipertoniya kasalligida, shuningdek buyraklar
yoki ichki sekretsiya bezlari kasalliklariga aloqador ikkilamchi gipertenziyada rivojlanadi.
Parenximatoz qon quyilishlar ba’zan sistemli birlamchi vaskulitlarda (tugunli periarteriitda),
biriktiruvchi to’qima kasalliklarida (qizil volchanka), sepsis, kalla suyagi shikastlanishida,
gemorragik diatezda, Verlgof kasalligida, leykoz va uremiyada rivojlanishi mumkin. Miyaga
qon quyilishi ko’pincha tomirlarning yorilishi natijasida va kamroq hollarda tomir devorining
ortiqcha o’tkazuvchanligi oqibatida rivojlanadi. Gematomalar, atrof to’qimadan yaxshi ajralib
turadigan, ya’ni suyuq qon va laxtalar bilan to’lgan bo’shliqlar, shuningdek konturlari notekis
gemorragiyalar - gemorragik shimilish farqlanadi. Miyaga qon quyilishi odatda shiddat bilan,
birdan kunduzi, bemor faol harakat qilib yurganda boshlanadi. Gemorragiya uchun
umummiya va o’choqli simptomlarning qo’shilishi xos. Birdan bosh og’rig’i paydo bo’ladi,
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
56
bemor qusadi, hushini yo’qotadi, tez-tez qattiq-qattiq nafas oladi, taxikardiya, gemiparez yoki
gemiplegiya paydo bo’ladi. Arterial bosim oshadi, puls zo’riqadi. Miya yarim shariga qon
quyilgan bemorning tashqi ko’rinishi o’ziga xos bo’ladi: ko’zlari yumilgan, teri qoplami
qizaradi, g’araq-g’araq terlaydi, anizokoriya (ko’z qorachiqlarining har xil kattalashishi)
kuzatiladi, ko’z qorachig’i odatda o’chоq tomonda kengayadi. Parenximatoz qon quyilishida
birinchi kun oxiriga borib, meningial simptomlar paydo bo’ladi. Kernig simptomi
falajlanmagan tomonda qayd qilinadi; ensa mushaklarida rigidlik bo’lmasligi mumkin.
Miyasiga qon quyilgan bemorlarda tana harorati odatda 38-39gradus darajagacha, ba’zan 41
gradus darajagacha ko’tariladi, leykotsitoz paydo bo’ladi, trombotsitlar agregatsiyasi
pasayadi. Miya yarim sharlarining chuqur bo’limlariga ozroq qon quyilishi klinik jihatdan
ishemik insult va hatto MQAO’B sifatida kechishi mumkin. Ularning mavjudligini faqat bosh
miyani KT yoki MRT tekshiruvida aniqlash mumkin. Gemorragik insultdan o’lim
ko’rsatkichlari juda yuqori bo’lib, 75-95 %ni tashkil qiladi. Bemorlar odatda birinchi kun
davomida yoki 5- 8 kuni vafot etadilar. Bemorning o’limiga ko’pincha miya ustunining shishi
natijasida qisilib qolishi sabab bo’ladi. Subaraxnoidal qon quyilishiga ko’pincha kalla ichi
anevrizmi, kamroq hollarda esa aterosklerotik yoki gipertoniya jarayoni yoki uremiya tufayli
o’zgargan tomirlarning yorilishi sabab bo’ladi. Odatda subaraxnoidal qon quyilishi to’satdan
jismoniy zo’riqqanda yoki qattiq hayajonlanganda rivojlanadi. Subaraxnoidal qon
quyilishining birinchi belgisi – boshning to’satdan qattiq og’rishi va tanaga issiq suyuqlik
yoyilishi hissi, keyin bo’yin, yelka, ba’zan oyoqlarda og’riq paydo bo’ladi. Bosh og’rishi bilan
ayni bir vaqtning o’zida bemor ketma-ket qusadi, keyin hushidan ketadi. Epileptik tutqanoqlar
tutishi
mumkin.
Subaraxnoidal
anevrizmlarning
yorilishi
uchun
meningeal
simptomkopleksning tez rivojlanishi xos. Bemorni tekshirganda ensa mushaklarining rigidligi,
Kernig, Brudzinskiy simptomlari, yorug’likdan qo’rqish, umumiy giperesteziya kuzatiladi.
Hammadan ko’p uchraydigan simptomlar har xil darajada namoyon bo’luvchi psixomotor
qo’zg’alish hisoblanadi. Kasallikning o’tkir davrida tana haroratining 38- 39С darajagacha
ko’tarilishi kuzatiladi, qator simptomlar bosh miyaning ichki bosimining oshishiga bog’liq, bu
o’z navbatiga venadan qon oqishini qiyinlashtiradi va ko’z tubida dimlanish hodisalarini
keltirib chiqaradi. Bundan tashqari, subaraxnoidal qon quyilishida oyoq-qo’llarning parezlari,
sezgining, nutqning buzilishi kabi o’choqli simptomatika bo’lishi mumkin, ko’pincha bularga
anevrizmlarning spazmi yoki tiqilib qolishi tufayli miya ishemiyasi sabab bo’ladi. 4-6 hafta
ichida 60% bemorlar o’ladi. Kasallikning qaytalashi asosan 3-4 haftaga to’g’ri keladi.
Subaraxnoidal qon quyilishini meningitdan orqa miya punktsiyasi yordamida farqlash kerak,
bunda orqa miya suyuqligi (ОМС)da qon topiladi, (eritrotsitlar soni ko’p bo’ladi). Likvorning
rangi oqqan qonning miqdoriga va qon quyilganidan keyin qancha vaqt o’tganiga bog’liq
bo’ladi. Vaqt o’tishi bilan likvor ksantoxrom bo’lib qoladi.
Xulosa
qilib aytadigan bo’lsak inson o’ziga etibor bermasa, salomatligiga ahamiyatli
bo’lmasa, kun tartibi, jismoniy faollik hamda ratsional ovqatlanishni yo’lga qo’ymasa shu
kasalliklar bilan og’rish darajasi ortib boradi. Dunyoda o‘lim sabablari bo‘yicha YUIK birinchi,
miya insulti esa ikkinchi o‘rinda turadi. AQSh da miya insultidan yiliga 150 000 kishi hayotdan
ko‘z yumadi, ya’ni o‘limko‘rsatkichi 100 000 aholiga 40 kishini tashkil qiladi. G‘arbiy
Yevropada ham insultdan o‘lim ko‘rsatkichlari dеyarli shunday. Rossiyada insultdan o‘lim
ko‘rsatkichi juda yuqori bo‘lib, 100 000 aholiga 175 kishiga tеng. Ishеmik insultlar gеmorragik
insultlarga qaraganda 5-6 barobar ko‘p uchraydi: ishеmik insultlar barcha insultlarning 80-
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
57
85%, gеmorragik insultlar 15-20% ni tashkil qiladi. Nеyrovizualizatsiya usullarining kеng
qo‘llanilishi ishеmik insult tiplarini to‘g‘ri aniqlash imkonini yaratdi. Barcha ishеmik
insultlarning 34% atеrotrombotik, 22% kardioembolik, 15% gеmodinamik, 20% lakunar va
9% gеmorеologik mikrooklyuziya tipida rivojlanadi.