Ushbu maqolada inson huquqlari va erkinliklarining huquqiy mohiyati, ularning konstitutsiyaviy darajadagi kafolatlari hamda ularni ta’minlash mexanizmlari tahlil qilinadi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi Konstitutsiyasida belgilangan asosiy huquq va erkinliklar, ularni himoya qilishning ichki va xalqaro huquqiy mexanizmlari yoritilgan.