TASVIRIY FAOLIYAT MASHGʻULOTIDA BOLALARNI IDROK ETISH QOBILYATINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI

Аннотация

Ushbu maqola maktabgacha ta’lim muassasasidagi bolalar tasviriy faoliyati atrof muhit, borliqni bilishga asoslanadi. Bunda turli xil mazmunli-rolli, dramalashtirish, didaktik va harakatli o‘yinlar o‘tkazilishiga bag‘ishlanadi. Bu usul yordamida yengil, quvnoq muhit yaratadi va mashg‘ulotlarda o‘yinli holatlarni tashkil etish yaxshi natijalar beradi.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
4-7
73

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Dadajanova, G. . (2024). TASVIRIY FAOLIYAT MASHGʻULOTIDA BOLALARNI IDROK ETISH QOBILYATINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI. Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения, 3(10), 4–7. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/zdaf/article/view/52472
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqola maktabgacha ta’lim muassasasidagi bolalar tasviriy faoliyati atrof muhit, borliqni bilishga asoslanadi. Bunda turli xil mazmunli-rolli, dramalashtirish, didaktik va harakatli o‘yinlar o‘tkazilishiga bag‘ishlanadi. Bu usul yordamida yengil, quvnoq muhit yaratadi va mashg‘ulotlarda o‘yinli holatlarni tashkil etish yaxshi natijalar beradi.


background image


4

TASVIRIY FAOLIYAT MASHGʻULOTIDA BOLALARNI IDROK ETISH

QOBILYATINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI

Dadajanova Gulbaxor Melikuziyevna

Toshkent amaliy fanlar universiteti

Maktabgacha ta’lim metodikasi kafedrasi

Katta o‘qituvchisi

gulbahordadajonova63@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.14195633

Annotatsiya.

Ushbu maqola

maktabgacha ta’lim muassasasidagi bolalar tasviriy

faoliyati atrof muhit, borliqni bilishga asoslanadi. Bunda turli xil mazmunli-rolli,
dramalashtirish, didaktik va harakatli o‘yinlar o‘tkazilishiga bag‘ishlanadi. Bu usul yordamida
yengil, quvnoq muhit yaratadi va mashg‘ulotlarda o‘yinli holatlarni tashkil etish yaxshi
natijalar beradi.

Kalit so‘zlar:

estetik tarbiya, interer, dizayn, analizator, sensor rivojlanish, muskul hissi,

sensor madaniyat.

Annotation.

This article is devoted to the visual activity of children in preschool

educational institutions based on the knowledge of the environment and existence. It is
devoted to the implementation of various meaningful role-playing, dramatization, didactic
and action games. This method creates a light, cheerful atmosphere and the organization of
playful situations in classes gives good results.

Key words:

aesthetic education, interior, design, analyzer, sensory development, muscle

sensation, sensory culture.

Аннотация.

В основе данной статьи лежит изобразительная деятельность детей

в дошкольном образовательном учреждении, познание окружающего мира и бытия.
Будут проведены различные содержательные ролевые, инсценировки, дидактические
и подвижные игры. Благодаря этому методу создается легкая, веселая атмосфера, а
хорошие результаты дает организация игровых ситуаций на тренировке.

Ключевые слова:

эстетическое воспитание, интерьер, дизайн, анализатор,

сенсорное развитие, мышечное ощущение, сенсорная культура.

Kirish.

Idrok deb, predmet va hodisalarning ongda ularning bevosita ta'siri natijasida

aks etishiga aytiladi. Bilish- atrof olamdagi narsa va hodisalarni idrok qilishdan boshlanadi.
Bilishning hamma boshqa shakllari esda olib qolish, tafakkur, tasavvur idrok obrazlar asosida
quriladi. Bolalar tasviriy faoliyati atrof muhit, borliqni bilishga asoslanadi. Shuning uchun
idrokning rivojlanishi masalasi bolalarni rasm, loy, applikatsiya ishiga oʻrgatish uslubiyatining
asosiy muammolaridan biri hisoblanadi. Badiiy obrazning yaratilishi mazmunni erkin hissiy
shaklda berilishiga asos boʻladi. Shuning uchun rassomning hayotni idrok qilishi bilishga oid
va hissiy tomonlarni birlashtirish kerak. Bu muammo haqidagi qiziqarli fikrlari biz oʻrta asr
sharqning mutafakkir-ensiklopedisti Abu Nasr al-Farobiyning «Sahovat shahri»> risolasida
topishimiz mumkin. Sezayotgan narsani aql kuchi vositasida bilish xohish boʻlsa, shu vosita
yordamida yetishayotgan harakat boshqa kuchning dalilidir, va bu kuch aql, hissiyot, fikrlash,
xulosa qilishni yaratadi. Lekin agar his qilinayotgan jismni sezish vositasi orqali oʻrganishni
keltirib chiqarayotgan istak jismoniy va ruhiy ta'simning dalili buladi. Atrofdagi borliqni
rassom tomonidan idrok qilinishi maxsus xususiyatlarga ega. Odatda buyumni idrok qilishda


background image


5

biz koʻpincha shu narsa bilan tanishishda cheklanamiz, chunki biz uchun undan foydalanish va
koʻrsatma olish asosiysi hisoblanadi. Rassom esa predmetni tasviriy maqsadida har gal idrok
qilganida shakl, rang, fazoda joylashishini har tomonlama oʻrganadi. Mashhur rassom
K.F.Yuon, rassom idrokining oʻziga hos tomoni shundaki, u diqqat bilan hayotdagi hamma
oddiy va oddiy boʻlmagan, hamma ifodali va bir xil narsalami koʻrib belgilay olishi va oʻz
asarida aks ettirish kerak, degan edi. Bizni oʻrab turgan buyum dunyosi uzoq evolyusiya
jarayoni, jamiyat va insonning ijtimoiy-tarixiy tajribasi jarayonida vujudga keldi. Predmetli
fazoviy muhit bizning «ikkinchi tabiat» hisoblanib, insondan tashqarida oʻzining butun
mazmunini yoʻqotadi. Qadimgi Sharq mutafakkirlari, keyinchalik XVII-XIX asr faylasuflari
ham, faqatgina inson hamma narsalarning estetik va jismoniy oʻlchovidir, deb ta'kidlagan edi.
Bolaning hayotida atrofdagi sharoitning muhim ahamiyatga ega ekanligi haqida V.A.
Suxomlinskiy ham ta'kidlab oʻtgan. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolaning estetik
rivojlanishi boshqariladigan va shakllantiriladigan jarayondir. Shu nuqtai nazarda A N
Leonteva, A.O.Zaporojes, Ye. A Flerina mutaxassislar ham turadilar. va maktabgacha tarbiya
sohasidagi boshqa mutaxasislar xam turadi. Abu Ali ibn Sino- «Bilim kitobi» Qayerda idrok
boʻlmasa, oʻsha yerda rohat ham, azob ham boʻlmaydi. Demak, birinchidan bizda ikki
koʻrinishda boʻladigan idrok boʻlishi kerak: birinchisi tashqarida (yuzaga keladi), his-
tuygʻudek, ikkinchisi esa ichkarida, tasavvur va ong shaklida. Bolalar atrofdagi narsalarga juda
ta'sirchan boʻladilar, shuning uchun maktabgacha ta'lim muassasasining joylashishi,
jihozlanishi katta ahamiyatga ega.

Maktabgacha ta'lim muassasasining badiiy bezatilishi oʻz-oʻzicha muhim, lekin

zamonaviy pedagogik masalalarning yechilishi aloqasi bilan bu mavzu yanada oydinlashadi,
tarbiyaga kompleks yondashuv ofunksional yondashuvga qaraganda katta tarbiyaviy natija
bilan ta'minlaydi». Maydonda boʻlish bolani doimo xursand qilishi uchun, oʻyinga qiziqtirishi
turli xil faoliyatga tortishi, jismonan sogʻlomlashtirishi uchun maydonning jihozlanishi bir
qator talablarga javob berishi kerak:
- arxitektorli badiiy va pedagogik;
- barcha turdagi jixozlarning miqdori,
- maydonning koʻkalamzorlashtirilishi;
- maydonning ayvonning, maydonchaning badiiy bezatilishi

Bolalar ijodi uchun idrokning bilish tomoni katta ahamiyatga ega. Bola buyum yoki

hodisaning nomini tashqi koʻrinishni (shakli, rangi, kattaligi va b.) bilishi kerak, uning qaysi
xususiyatlari 1-darajasi, qaysilari 2-darajali ekanligini aniqlay olishlari kerak. Bu hususiyatlari
bolalar har doim ham mustaqil ajrata olmaydilar. Koʻpincha u diqqatini yorqin ahamiyatli
boʻlmagan detallarga qaratadi, natijada esa ob'ektning xaqqoniyligi buziladi. Pedagogning
vazifasi bolani qurishga oʻrgatish, ya'ni buyumni uning hamma asosiy xususiyatlarini
birgalikda idrok qilishga oʻrgatish. Bu masalani yechishning asosini sensor madaniyatni
tarbiyalashni tashkil qiladi. «Sensor madaniyat»> tushunchasini maktabgacha tarbiya
pedagogikasiga M.Montessori ishlari olib keldi. Ammo oldingi davrda koʻpincha faylasuflar
hozirgiga nisbatan hissiy tajribaga katta ahamiyat berishgan. Shuningdek, Abu Nasr al-Farobiy
(873-950yy) «Insonning bilimlari egallashi sezgi vositasida amalga oshiriladi. Uning bilimlari
egallashi alohida predmetlarni hissiy idrok qilish orqali yuzaga keladi.Sezgi bu-inson
koʻnglining bilimlarni egallash vositasi» degan edi. Inson paydo boʻlishi bilan unda paydo
boʻladigan birinchi narsa bu kuch, uning vositasida u ozuqlanadi. Soʻng kuch vujudga keladi,


background image


6

uning vositasida u hissiy idrok qiladi issiq, sovuq, hid, maza, tovush, ranglami, sezgi paydo
boʻlishi bilan bir vaqtda unda sezgi apparati vujudga keladi. Qandaydir buyumni bilish fikrlash
kuchi, tasavvur yoki hissiyotning vositasi boʻlishi mumkin. «Donolikning asoslari» risolasida
u etashqi sezgi a'zolari orqasida idrok vositasida chiqariladigan, obrazlami tutish uchun
qandaydir kuchlar va turlar bor. Bunga miyaning oldingi qismida joylashgan va shakl hosil
qiladigan deb ataluvchi kuch tegishlidir. Bu kuch xis etilayotgan narsalar qanday
yoʻqotilayotgani mustahkamlaydi. Ular idrok etish sferasidan yoʻqoladilar, lekin shakl hosil
qiluvchi kuchda qoladilar. Tevarak-atrofni idrok qilish maqsadga yoʻnalgan boʻlishi kerak Bola
nimani va nima uchun kuzatishi kerakligini aniq tasavvur qila olishi kerak. Bunday maqsadga
yoʻnalganlik va harakatning mukammalliligi idrokni chuqurlashtiradi, ma'lum daqiqalarda
diqqatni va fikmi toʻplaydi, idrok tanlanganlik, baholangan koʻrinishga keladi. Bunday tahlil
qilish qobiliyatini egallab olish uchun yuqori sensor madaniyat - predmetlami qurish va
ularning xususiyatlarini ajrata bilish kerak boʻladi, bu esa tasviriy faoliyatda alohida
ahamiyatga ega. Tasviriy faoliyat uchun birinchi oʻrinda qurish va his etish sezgilarining
rivojlanishi muhimdir. Har bir yuqori sezgi idrok etilayotgan ob'ektdan uning oʻziga hos
xususiyatining tassurotidan olinadi. Koʻz-bu koʻzgu, unda koʻnnayotgan narsaning aksi, koʻz
uning qarshisida turganda tasvirlanadi. Qaralayotgan ob'ekt yoʻqolgan vaqtda, agar u yorqin
boʻlmasa, uning aksi ham yoʻqoladi. His etish - bu bir tekisda tartibga solingan organda
harakat kiluvchi kuchdir, bu biron bir narsa bilan toʻqnashish natijasida kelib chiqadigan har
qanday oʻzgarishni idrok qiladi» (Abdulla Avloniy «Gullayotgan oʻlka va axloq). N.M.Sechenov
fikricha, koʻrish orqali qilinadigan tahlilning natijalari nozikroq va boyroq, shu sababli odam
ko`rishga koʻproq ishonadi. Bunday fikr xaqqoniy, lekin yangi ob'ektni idrok qilishda, predmet
xususiyatini idrok qilishda, uning natijalariga birgina koʻz bilan koʻrish yetarli emas. Bolalar
psixologiyasida atrofni idrok etish jarayonida his etish va koʻrishning oʻzaro
munosabatlarning rivojlanish muammosi alohida ahamiyat kasb etadi. Bu muammoga
VI.Zinchenko va AG Rudskoy ishlan bagʻishlangan, bunda ular maktabgacha bolalikning turli
bosqichlarida qoʻl va koʻzning bilish funksiyalarini oʻrganadilar Psixologlar (LA Venger, N.V.
Venger, AV Zaporojes, MILisina va boshqalar) bir qancha analizatorlarning birlashishi
tasavvurlanning aniqlashuviga yordam beradi, deb hisoblaydi. Shuning uchun har tomonlama
kuzatishga, predmetni faqat qurish orqaligina emas, balki boshqa analizatorlar orqali ham
koʻzdan kechirib chiqishga imkon berish kerak. Koʻpincha koʻrishga his etish yordamga
chaqiriladi. Faqat ba'zi vaqtlarda ya'ni predmetni qoʻlga olib boʻlmaydigan paytda, muskul
hissini kiritish kerak, bolalarga predmet konturini fazoda qoʻl bilan chizib yurgizishni taklif
qilish kerak. Gullayotgan oʻsimliklarni, mevalami idrok etishda hid bilish ham ahamiyatga ega.
Bunda umumiy tasavvur qilish koʻnikmasi boyiydi. Bolaning sensor rivojlanishi tadqiqotlan
shuni koʻrsatadiki, xatto kichik yoshdan bir guruhga kiradigan predmetiaming alohida
xususiyatlarini ularning umumiy belgisi sifatida qurish qobiliyatini tarbiyalash mumkin
(masalan, olmaga oʻxshagan dumaloq, mevaga oʻxshagan quail va hokazo). Qurish-yasash
mashgʻulotlarida qismlaming proporsional munosabatlari, ularning oʻzaro bogʻliqligini koʻrib
chiqish muhim ahamiyatga ega. Koʻzdan kechirish jarayonining oʻzi 5 etapni oʻz ichiga oladi.
- predmetni oʻz holida idrok etish (tarbiyachi yorqin obrazli formada predmetning umumiy
harakteristikasini beradi),
- tahlil bilan birgalikda koʻzdan kechirish (oldin katta qismlar, keyin mayda qismlar ajratiladi,
ularning formalari aniqlanadi);


background image


7

predmetning qurilishini aniqlash va katta qismlarning oʻzaro bogʻliqligi:
Idrok etish jarayonining etaplariga bunday taqsimlanishi shartli va ular har doim idrok

etishda ishtirok etmaydi. Bu bolalarning malakalariga va ular oldida turgan vazifalariga
bogʻliqdir. Predmetni qayta koʻzdan kechirish talab etilmaydi, kind faqat qurish orqali
predmetni tahlil qilishi yoki soʻz orqali tasvirlab berishi oʻtiladi. Bir turdagi predmetlari
qismlarga ajratish va oʻzaro bogʻliq formalarini topish qobiliyatini tarbiyalash uchun
taqqoslashdan foydalanish muhimdir. Masalan hann daraxtlarning asosi vertikal holatda
joylashgan, shohlari asosiga nisbatan burchak ostida joylashgan, koʻpgina hayvonlarning
tanasi oval shaklida. «Shaklni idrok etish koʻrish orqali hamda his etish yordamida oʻtilishi
kerak Bolani koʻz bilan yoki qoʻl harakati bilan konturni bir qismdan ikkinchi qismga oʻtib,
chizib chiqishga oʻrgatish lozim. Kichik guruhlarda qoʻl harakatlarini albatta kiritish kerak,
katta guruhlar uchun esa konturni idrok qila olish yetarli, qoʻl esa yordamchi organ boʻlib
hisoblanadi» (L.A. Lyublinskaya).

Xulosa

qilib aytganda, idrok etishni umumlashtirishda unga bolalaming turli

analizatorlar bilan birgalikdagi faol faoliyatlarini kiritish katta ahamiyatga ega, gullab yotgan
qimi idrok etishda uzoqdan uni koʻrish yetarli emas. Bolalar qirda yugurishlari, gullar
uzishlari, slami hidlab koʻrishlari, guldasta yasashlari, ashula aytishlari lozim. Bularning
hammasi mashgʻulot davomida hisobga olinadi. Kuzatishlarni oʻtishda tarbiyachining soʻz va
bolalaming roli katta ahamiyatga ega. Har qanday tushuntirish, savol koʻrsatma, bolani
fikrlashga majbur qilish kerak. Idrok etishning aniqlashuviga uning emotionalliligiga estetik
fikrlashni kengaytiradigan taqqoslashlar yordam beradigan badiiy obrazlardan foydalanish
muhimdir.

References:

1.

Sodiqova Sh.A. Maktabgacha pedagogika. T.: Tafakkur bo‘stoni 2013

2.

N.Kayumova. Maktabgacha pedagogika. T.: TDPU 2013

3.

Sh.T.Xasanova. Tasviriy faoliyatga o‘rgatish nazariyasi va metodikasi. T.: TDPU 2019.

4.

Rasm, buyumlar yasash va tasviriv

faoliyat metodikasi

. M.Sh.Nurmatova ...

http://kutubxona.adu.uz/kutubxona/53rasmbuyumlaryasashpdf.pdf

5.

Sh.Nurmatova, Sh.T.Xasanova, D.E.Azimova. Ustaxonada amaliy mashg‘ulot. T.: 2010.

Cho‘lpon nashriyoti.
6.

“Bolangiz maktabga tayyormi?” metodik qo‘llanma. T:, 2001.

7.

Xasanboyeva va boshq. Oila pedagogikasi. T.: “Aloqachi”, 2007 y.

8.

Asqarali

Sulaymonov

Maktabgacha

ta‘lim

muassasalarida

haykaltaroshlik

mashg‘ulotlari.T.:-2015.

http://library.ziyonet.uz/ru/book/35985

9.

G.A.Amirova, A.P.Sulaymonov, B.R.Djurayev Maktabgacha ta’lim muassasalarida

applikatsiya

mashg‘ulotlarini

tashkil

etish.

T.:-2014.

Ilmiy-metodik

qo‘llanma.

https://kitobxon.com/uz/kitob/maktabgacha_talim_muassasalarida_applikaciya_mash%D2%
93ulotlari

Библиографические ссылки

Sodiqova Sh.A. Maktabgacha pedagogika. T.: Tafakkur bo‘stoni 2013

N.Kayumova. Maktabgacha pedagogika. T.: TDPU 2013

Sh.T.Xasanova. Tasviriy faoliyatga o‘rgatish nazariyasi va metodikasi. T.: TDPU 2019.

Rasm, buyumlar yasash va tasviriv faoliyat metodikasi. M.Sh.Nurmatova ...

http://kutubxona.adu.uz/kutubxona/53rasmbuyumlaryasashpdf.pdf

Sh.Nurmatova, Sh.T.Xasanova, D.E.Azimova. Ustaxonada amaliy mashg‘ulot. T.: 2010. Cho‘lpon nashriyoti.

“Bolangiz maktabga tayyormi?” metodik qo‘llanma. T:, 2001.

Xasanboyeva va boshq. Oila pedagogikasi. T.: “Aloqachi”, 2007 y.

Asqarali Sulaymonov Maktabgacha ta‘lim muassasalarida haykaltaroshlik mashg‘ulotlari.T.:-2015.http://library.ziyonet.uz/ru/book/35985

G.A.Amirova, A.P.Sulaymonov, B.R.Djurayev Maktabgacha ta’lim muassasalarida applikatsiya mashg‘ulotlarini tashkil etish. T.:-2014. Ilmiy-metodik qo‘llanma. https://kitobxon.com/uz/kitob/maktabgacha_talim_muassasalarida_applikaciya_mash%D2%93ulotlari