TIMUSINING MORFOLOGIK O‘ZGARISHLARINI MUDDATIDAN OLDIN O‘LIK TUG‘ILGAN CHAQALOQLARDAGI KO‘RSATKICHLARI
Muddatidan oldin o‘lik tug‘ilgan chaqaloqlar o‘lim ko‘rsatkichi bo‘yicha, 22-27, 28-32, 33-38 haftalik davrida hali to‘liq shakllanmagan timus va buyrak usti bezi bilan o‘zaro integratsiyalangan funksional bog‘liqligini buzilishi bilan davom etadi. Antenatal davrda homila ichi infeksiyasidan nobud bo‘lganlar barcha chaqaloqlarni 78,2 % ni tashkil etib, tadqiqotimizni asosini tashkil etadi. Bu o‘zgarishlarning asosiy morfologik susbtrati sifatida, timus po‘stloq qavati retikuloepitelial hujayralarining hajman kichikligi, desmasoma-larining kalta va yo‘g‘on ko‘rinishda bo‘lishi, desmasomalar oralig‘ini o‘zaro tutashtiruvchi siyrak tolali tuzilmalarning aynan, po‘stloq qavat perivaskulyar sohalarda ko‘p bo‘lishi, gematogistiogen to‘siqni xam funksional majruh holatga kelganligi aniqlandi.