ZAMONAVIY JURNALISTIKA: RIVOJLANISH ORTIDAGI MUAMMOLAR

Abstract

Mazkur maqolada zamonaviy jurnalistika rivojlanishi bilan birga yuzaga kelayotgan muammolar chuqur tahlil qilinadi. Sifatli axborot tanqisligi, soxta yangiliklar, jurnalistlar erkinligining cheklanishi, kasbning qadrsizlanishi kabi dolzarb masalalar misollar asosida yoritiladi. Shuningdek, jurnalistika sohasini yanada mustahkamlashga doir tavsiyalar beriladi.

Source type: Conferences
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
14-15
7

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Musajonova, D. . (2025). ZAMONAVIY JURNALISTIKA: RIVOJLANISH ORTIDAGI MUAMMOLAR. Social Sciences in the Modern World: Theoretical and Practical Research, 4(14), 14–15. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/104075
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Mazkur maqolada zamonaviy jurnalistika rivojlanishi bilan birga yuzaga kelayotgan muammolar chuqur tahlil qilinadi. Sifatli axborot tanqisligi, soxta yangiliklar, jurnalistlar erkinligining cheklanishi, kasbning qadrsizlanishi kabi dolzarb masalalar misollar asosida yoritiladi. Shuningdek, jurnalistika sohasini yanada mustahkamlashga doir tavsiyalar beriladi.


background image

14

ZAMONAVIY JURNALISTIKA: RIVOJLANISH ORTIDAGI MUAMMOLAR

Durdonabonu Musajonova

Farg‘ona davlat universiteti 1-kurs magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15622475

Annotatsiya:

Mazkur maqolada zamonaviy jurnalistika rivojlanishi bilan birga yuzaga

kelayotgan muammolar chuqur tahlil qilinadi. Sifatli axborot tanqisligi, soxta yangiliklar,
jurnalistlar erkinligining cheklanishi, kasbning qadrsizlanishi kabi dolzarb masalalar misollar
asosida yoritiladi. Shuningdek, jurnalistika sohasini yanada mustahkamlashga doir tavsiyalar
beriladi.

Kalit so‘zlar:

Jurnalistika, axborot, feyk yangiliklar, senzura, mustaqillik, media

savodxonlik.


So‘nggi yillarda dunyo jurnalistikasi jadal o‘zgarishlar davrini boshdan kechirmoqda.

Raqamli inqilob, ijtimoiy tarmoqlarning keng tarqalishi, blog va vlog kabi yangi formatlarning
ommalashuvi an’anaviy jurnalistikaga qator muammolarni olib keldi. Bugun deyarli har bir
fuqaro axborot tarqatuvchiga aylangan bir paytda, jurnalistikaning asosiy vazifasi – aniqlik,
xolislik va dolzarblik – sinovdan o‘tmoqda. Bu holat O‘zbekiston jurnalistikasi oldiga ham yangi
mas'uliyatlar va sinovlar qo‘ymoqda

1. Tezlik va sifat o‘rtasidagi ziddiyat. Internetda yangilik berish poygasi jurnalistni tezroq

yozishga undaydi. Ammo bu holat ko‘pincha axborotning aniqligiga putur yetkazadi. Masalan,
ijtimoiy tarmoqda tarqalgan biror voqea haqida jurnalist manbani tekshirmay turib e’lon qilsa,
bu nafaqat xatolik, balki jamoatchilik fikrini chalg‘itishga ham olib keladi.

2. Feyk yangiliklar va axborot xavfsizligi. Soxta yangiliklar (feyklar) tarqalishi dunyo

bo‘ylab jiddiy muammoga aylandi. Feyk kontent siyosiy qarorlar, saylov natijalari, hatto
pandemiya chog‘ida sog‘liqni saqlash tizimiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatgan. “O‘zbekistonda ham
feyklarga qarshi kurashish maqsadida turli tashabbuslar yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa-da, bu
muammo hanuz dolzarb, bu masala yuzasidan insonlar orasida turli nizo va bahslar kelib
chiqmoqda, bu kichik bir salbiy jihati sifatida bo‘lsa-da, jamiyatga va ijtimoiy hayotga katta
zarar keltirmoqda”. [1] Buning oldini olish uchun ko‘plab choralar amalga oshirilishi zarur: OAV
xodimlari va keng jamoatchilik uchun media savodxonlikni oshirishga qaratilgan treninglar,
platformalar soni ko‘paytirilishi kerak, fuqarolarga feyk xabarlar jamiyatda qanday asoratlarga
olib kelishi mumkinligi haqida hamda har qanday feyk axborotlarga ishonch bildirmasliklari
uchun tushuntirish ishlari olib borilishi lozimdir.

3. Senzura, bosim va jurnalist mustaqilligi. Ko‘plab mamlakatlarda, jumladan, ba’zida

bizda ham jurnalistlar to‘liq erkin ishlay olmaydi. Tanqidiy maqolalar sababli bosimga uchrash
holatlari uchrab turadi. Mustaqillikning cheklanishi esa jamiyatni muammolarni ko‘rmaslikka
olib keladi. Jurnalistning erkin ijod qila olmasligi uning kasbiy rivojlanishining pasayishi,
kasbga bo‘lgan muhabbatning yo‘qolishi va bir qancha muammolarga olib keladi.

4. Clickbait va auditoriya uchun kurash. Bugungi OAV aksariyat hollarda klik uchun

kurashmoqda. Diqqatni tortuvchi, lekin asossiz sarlavhalar o‘quvchini jalb qilishi mumkin,
ammo bu ishonchni yemiradi.

Misol: “Siz bunga ishonmaysiz!” kabi sarlavhalar, aslida, oddiy hodisani haddan tashqari

shov-shuvli ko‘rsatadi.

5. “Jurnalist kasbining qadrsizlanishi va yosh kadrlar muammosi. Axborotga oson kirish


background image

15

imkoniyati ko‘pchilikni jurnalistikani “har kim qiladigan ish” deb o‘ylashga undamoqda”.[2]
Buning natijasida malakasiz, savodsiz kontent ko‘paymoqda. Telekanallar ko‘plab
ko‘rsatuvlarda boshlovchi sifatida turli “Madaniyat xodimlari”(aktyor, aktrisa,bloger,qiziqchi)
larning boshlovchi sifatida faoliyat ko‘rsatishi orqali faqatgina ko‘ngilochar ko‘rsatuvlar hamda
yengil,saviyasiz tele-shoularning soni ortib bormoqda. Bundan ko‘zlangan maqsad, faqatgina
audiotiyani jalb qilishdan iborat bo‘lib qolmoqda.Ularning ekran orqali muomula madaniyatiga
rioya qilmasligi, adabiy til unsurlarini chetlab o‘tgan holda ko‘rsatuv olib borishlari ommaga
qanchalik salbiy ta’sir ko‘rsatishi, yosh avlodning tarbiyasida nechog‘lik rol o‘ynashi haqida
kim o‘ylab ko‘rmoqda.? Va hozir auditoriyaga manfaatli va foydali ma’lumotlar yetkazish
keyingi darajaga o‘tib qolmoqda.

Yangi jurnalistlar tayyorlash, ularni amaliyotda o‘qitish tizimi hali yetarlicha mukammal

emas. Jurnalistika ta’limida zamonaviy texnologiyalar, media etikasi, ma’lumotni tekshirish
(fact-checking) bo‘yicha maxsus kurslar joriy etilishi zarur.

Zamonaviy jurnalistika kuchli raqobat, texnologik bosim va ijtimoiy omillar ostida

ishlayotgan bo‘lsa-da, uning asl vazifasi – jamiyatga haqiqatni yetkazishdan iboratdir.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Habermas, J. The Structural Transformation of the Public Sphere. MIT Press, 1989.

2.

Kovach B., Rosenstiel T. The Elements of Journalism. Three Rivers Press, 2007.

3.

O‘zbekiston Respublikasi OAV faoliyati to‘g‘risidagi qonunlar to‘plami.

4.

"Media va axborot savodxonligi", UNESCO, 2022.

5.

“Axborot xavfsizligi va jurnalistika: O‘zbekiston misolida”. OAV Akademiyasi, Toshkent,

2024.

References

Habermas, J. The Structural Transformation of the Public Sphere. MIT Press, 1989.

Kovach B., Rosenstiel T. The Elements of Journalism. Three Rivers Press, 2007.

O‘zbekiston Respublikasi OAV faoliyati to‘g‘risidagi qonunlar to‘plami.

"Media va axborot savodxonligi", UNESCO, 2022.

“Axborot xavfsizligi va jurnalistika: O‘zbekiston misolida”. OAV Akademiyasi, Toshkent, 2024.