OILADAGI TAZIYQ VA ZOʻRAVONLIKNING JINOIY-HUQUQIY TAVSIFI
Mazkur maqolada oiladagi tazyiq va zoʻravonlikning jinoiy-huquqiy tavsifiga doir msalalar tahlil etilgan. Shuningdek, mazkur maqolada oiladagi zoʻravonlik va zoʻrlikning turlicha tushunchalarini kriminologik tavsifi, sababi, shart-sharoitlari, tabiati, ijtimoiyligi va belgilari haqida jinoyat-huquqiy va kriminologik adabiyotlar tahlil etilib, muallif bu borada oʻzining fikrlarini bayon etgan. Ushbu maqolada oiladagi jinoiy zoʻravonlikning jismoniy va ruhiy, jinsiy va iqtisodiy turlariga ham toʻxtalib, ularning bir biridan farqli jihatlari ochib berilgan.