93
DAVLAT BOSHQARUVIDA KORRUPSIYAVIY XAVFLARNI ANIQLASH,
BAHOLASH VA BOSHQARISHNING HUQUQIY ASOSLARI
Zokirov Shoxruxbek Zohidjon o‘g‘li
Toshkent davlat yuridik universiteti Magistratura va sirtqi ta’lim fakulteti
Davlat boshhqaruvi huquqi yo‘nalishi magistranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.15646143
Annotatsiya:
Tezisda O‘zbekiston Respublikasida davlat boshqaruvida korrupsiyaviy
xavflarni aniqlash, baholash va boshqarishning mavjud huquqiy asoslari chuqur tahlil qilinadi.
Qonunlar, Prezident farmonlari va yillik dasturlar asosida korrupsiyaga qarshi kurashishning
institutsional va huquqiy mexanizmlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, davlat boshqaruvida
korrupsiyaviy xavflarni tizimli boshqarish imkonini yaratishi tahlil etiladi.
Kalit so‘zlar:
Korrupsiya, korrupsiyaviy xavf, davlat boshqaruvi, huquqiy asos, xalqaro
ichki nazorat, qonun, Prezident farmoni, davlat dasturi.
Kirish.
Mavjud qonunchilikda korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy tamoyillari va
mexanizmlari belgilangan bo‘lsa-da, huquqiy normalarni real hayotda amalda qo‘llash
imkoniyatlari hali ham yetarli emas. Shu sababli, qonunchilikdagi bo‘shliqlarni bartaraf etish,
bir-birini takrorlovchi yoki qarama-qarshi normalarni muvofiqlashtirish orqali normativ-
huquqiy bazani yanada izchil va amaliy holatga keltirish zarur.
Bugungi kunga kelib mamlakatizmida korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha 20 ta
normativ huquqiy-hujjatlar qabul qilindi
1
. Lekin so‘ngi yillardagi statistikaga yuzlansak
korrupsiya yana ham jadal suratlarda tomir otganini guvohi bo‘lishimiz mumkin. Ya’ni, so‘ngi
yillarda O‘zbekistonda korrupsiyaga oid jinoyatlar oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga
yеtkazilgan moddiy zarar miqdori oshib bordi (Qarang 1-ilova). Asosan zarar davlat xaridlari
sohasida keltirilgani ham ahamiyatli (Qarang 2-ilova). Shuningdek, korrupsiyaga oid jinoyatlar
sodir etgan shaxslar dinamikasi ham hali ortga qaytganicha yo‘q (Qarang 3-ilova). To‘g‘ri buni
bugungi kunda korrupsiyaga oid jinoyatlarni fosh etishda qator yutuqlarga errishayotganimiz
bilan izohlashimiz ham mumkin. Lekin, bu statistikani pasaytirish bizning vazifa va maqsadizmi
hisoblanadi. Yuqoridagi 20 ta normativ-huquqiy-hujjatdan ayrimlari aynan davlat
boshqaruvida korrupsiyaviy xavflarni aniqlash, baholash va ularni baholash kabi masalalarni
tartibga solishi bilan ham ahamiyatli.
1
94
Asosiy qism.
Hozirgi kunda davlat boshqaruvida korrupsiyani aniqlash, bartaraf etish va
baholash bo‘yicha 2017-yil 3-yanvarda qabul qilingan “Korrupsiyaga qarshi kurashish
to‘g‘risida”gi O‘RQ-419-son qonuni
2
muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Biroq, bu
qonun boshqa qonun hujjatlari
bilan tizimli uyg‘unlashgan
bo‘lishi
va
aniq
ijro
mexanizmlarini o‘z ichiga olishi
lozim. Shu bilan birga, sohadagi
yangi
xavflar
va
tendensiyalarni inobatga olgan
holda,
normativ-huquqiy
bazaning
doimiy
ravishda
yangilanib borishi muhim.
Bundan
tashqari,
O‘zbekiston Respublikasining
“Davlat
fuqarolik
xizmati
to‘g‘risida”gi
O‘RQ-788-son
qonunida
3
ham
Davlat
fuqarolik xizmati sohasida
korrupsiyaga qarshi kurashish
bo‘yicha
qator
vazifalalr
belgilangan. Ya’ni unga ko‘ra
davlat fuqarolik xizmatchilari
tomonidan korrupsiyaga oid
huquqbuzarliklarga
yo‘l
qo‘yilmasligi, davlat fuqarolik
xizmatchilarining odob-axloq
qoidalariga
rioya
etilishini
ta’minlash, davlat fuqarolik
xizmatchisining
manfaatlar
to‘qnashuvini oldini olish va hal
qilishning
tashkiliy-huquqiy
asoslarini yaratish, ularga rioya
etilishi ustidan monitoring va
nazorat o‘tkazilishini ta’minlash, davlat fuqarolik xizmatchisining daromadlari va mol-mulkini
deklaratsiyalash tizimini joriy etish, davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan sovg‘alar olish va
berish tartibini belgilash, davlat fuqarolik xizmatchisining ijtimoiy jihatdan himoya qilinishini
yoki moddiy ta’minot olishini va rag‘batlantirilishini ta’minlash kabilardan iborat.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaviy xavf-
xatarlarni bartaraf etish mexanizmlarini takomillashtirish va ushbu sohada jamoatchilik
2
O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonuni.
3
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonuni.
95
ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-240-sonli qarorida
4
Korrupsiyaga
moyil bo‘lgan munosabatlarni bartaraf etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar belgilab
berilgan.
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining
“Korrupsiyaga
qarshi kurashish tizimini yanada
takomillashtirish hamda davlat
organlari va tashkilotlari faoliyati
ustidan jamoatchilik nazorati
tizimi samaradorligini oshirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-
200-sonli
farmonida
5
esa
Korrupsiyaga qarshi kurashish
bo‘yicha
2023-2024-yillarga
mo‘ljallangan
davlat
dasturi
belgilangani ushbu sohadagi
yangi bosqichlardan biri bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga
qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PF-
6013-son farmonida
6
davlat xizmatiga halollik standarti (“halollik vaksinasi”) va manfaatlar
to‘qnashuvini hal etish standartlarini joriy etishda ko‘maklashish bo‘yicha ta’sirchan choralarni
ko‘rish, shuningdek, ularga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish, davlat organlari va
tashkilotlari faoliyati ustidan ommaviy axborot vositalari orqali samarali jamoatchilik
nazoratini o‘rnatish bo‘yicha choralarning ishlab chiqilishi va joriy etilishiga ko‘maklashish va
shunga o‘xshash qator chora-tadbirlar belgilnagan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 — 2026-yillarga
mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son
farmoniga
7
asosan davlat boshqaruvida korrupsiyani aniqlash, baholash va uni bartaraf etish
bo‘yicha qator vazifalar belgilangan. Ya’ni ushbu farmonga ko‘ra: Davlat xizmatida halollik
standartlarini joriy etish. Davlat xizmatchilarining daromad va mol-mulklarini deklaratsiya
qilish tizimini bosqichma-bosqich joriy etish. Davlat xizmatida manfaatlar to‘qnashuvining
oldini olish bo‘yicha samarali mexanizmlarni yaratish, korrupsiyaga qarshi kurashish
borasidagi faoliyatda ochiqlikni ta’minlash va jamoatchilik ishtirokini kengaytirish.
Korrupsiyaga moyil soha va tarmoqlarni aniqlash, korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish
tizimining samaradorligini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni
4
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish
mexanizmlarini takomillashtirish va ushbu sohada jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
qarori.
https://lex.uz/uz/docs/-6000285
5
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish hamda
davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi PF-200-sonli farmoni.
6
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini
takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” farmonida.
https://lex.uz/uz/docs/-4875784
7
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot
strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni.
https://lex.uz/mact/-5841063#-5843875
96
shakllantirish.
Davlat xizmatida manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish bo‘yicha samarali
mexanizmlarni yaratish, korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi faoliyatda ochiqlikni
ta’minlash va jamoatchilik ishtirokini kengaytirish. Davlat xizmatida manfaatlar to‘qnashuvi
haqida xabar berish va uni hal etish tizimini joriy etish.
Davlat fuqarolik xizmati tizimiga kiruvchi davlat organlari va tashkilotlarida
xodimlarni ishga qabul qilishda ochiq mustaqil tanlov orqali saralab olishning yagona
qoidalarini ishlab chiqish.
Davlat xizmatiga kirish va uni o‘tash, kadrlar zaxirasini shakllantirish, xodimlarni
baholash bilan bog‘liq jarayonlarni raqamlashtirishni nazarda tut?vchi “Raqamli davlat
xizmati” loyihasini amalga oshirish.
Davlat xizmatida sohalar kesimida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan korrupsiyaviy
omillarni aniqlash va ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish.
Davlat xizmatchilari va davlat organlari faoliyatini eng muhim samaradorlik
ko‘rsatkichlari (KPI) asosida baholash bo‘yicha reyting tizimini joriy etish.
Davlat xizmatida manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish bo‘yicha samarali
mexanizmlarni yaratish, korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi faoliyatda ochiqlikni
ta’minlash va jamoatchilik ishtirokini kengaytirish.
Davlat xizmatida manfaatlar to‘qnashuvi haqida xabar berish va uni hal etish tizimini joriy
etish.
Korrupsiyaga moyil soha va tarmoqlarni aniqlash, korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish
tizimining samaradorligini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni
shakllantirish. Korrupsiyaga qarshi kurashishga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy
etish. “E-antikorrupsiya” loyihasini amalga oshirish.
Korrupsiyaga qarshi kurashishda fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikni yo‘lga
qo‘yish, jamoatchilik nazoratini olib borishni qo‘llab-quvvatlash.
Korrupsiyaga moyil sohalarning ochiqligi va shaffofligini ta’minlash va bunga keng
jamoatchilikni jalb etish. Korrupsiyaga qarshi kurashish amaliyotiga tizimli preventiv
choralarni kuchaytirish.
Korrupsiyaning nafaqat oqibatlarini, balki sabablarini oldindan bartaraf etish bo‘yicha
ta’sirchan amaliy choralarni ishlab chiqish va amalga oshirish. Aholi va davlat xizmatchilarining
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini uzluksiz oshirish tizimini joriy qilish.
“Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiya”ni joriy etish orqali sohaga doir
huquqiy bilim va ongni yuksaltirish bo‘yicha keng qamrovli tizimini joriy qilish. Davlat
xizmatchilarini korrupsiyaga qarshi milliy sertifikatsiyalash tartibini tatbiq etish kabi qator
chora-tadbirlar belgilab berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi to‘g‘risidagi
PF-158-son farmonida
8
esa Korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish tizimining samaradorligini
oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish ishlarini jadal
davom ettirish.
“Transparency International” xalqaro tashkiloti tomonidan e’lon qilinadigan
8
O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi to‘g‘risidagi farmoni.
97
Korrupsiyani qabul qilish indeksida kamida 50 pog‘onaga ko‘tarilishga erishish.
Davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablarini buzish holatlarini 2
barobarga kamaytirishga erishish.
Davlat xaridlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzish orqali amalga oshirishda
mablag‘larni talon-toroj qilish holatlari, tovar va xizmatlarning narxi bozor qiymatidan oshib
ketishining oldini olish bo‘yicha jamoatchilik nazoratini to‘laqonli joriy qilish. 100 foiz
normativ-huquqiy hujjatlarning “korrupsiyadan xoli qonunchilik” tamoyili asosida ishlab
chiqilishini ta’minlash kabi vazifalar belgilab berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda O‘zbekiston
Respublikasi Adliya vazirligining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shu jumladan
ularning hududiy bo‘linmalari, davlat muassasalari, davlat ulushi 50 foizdan yuqori tashkilotlar
faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash uslubiyotini tasdiqlash
to‘g‘risida”gi buyrug‘iga
9
ko‘ra davlat tashkiloti tomonidan korrupsiyaviy xavf-xatarlar har yili
1-martgacha baholanadi.
Shuningdek, ushbu buyruqga asosan Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash
maxsus boʻlinma yoki ishchi guruh tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat tashkiloti faoliyatidagi (vazifa va funksiyalardagi) korrupsiyaviy xavf-xatarlar
ichki va tashqi axborot manbalari asosida aniqlanadi.
Korrupsiyaviy xavf-xatarlarning darajasi past, oʻrta, yuqori oʻlchovlarda baholanadi.
Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash natijalari asosida davlat
tashkilotining umumlashtirilgan korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritasi ishlab chiqiladi va “E-
anticor.uz” elektron platformasiga har yili 1-fevralga qadar kiritiladi.
Yuqoridagi normative-huquqiy hujjatlar albatta izchil qabul qilingan. Ushbu hujjatlarga
qo‘shimcha ravishda xalqaro tajribaga asosan esa biz quyidagilarni tahlil qilishimiz mumkin.
Xalqaro tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, korrupsiyaga qarshi kurashishda xalqaro standart
va tamoyillarni joriy qilish muhim ahamiyatga ega. O‘zbekiston Respublikasi 2008-yilda
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi konvensiyasini ratifikatsiya qilgan.
Ushbu konvensiya korrupsiyani oldini olish, jinoyatlarni aniqlash va jazolash, aktivlarni
qaytarish hamda xalqaro hamkorlik kabi yo‘nalishlarda qat’iy choralarni nazarda tutadi.
Mazkur konvensiyada nazarda tutilgan qoidalarni milliy qonunchilikka to‘laqonli va
amaliy tarzda singdirish O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashning xalqaro darajadagi
samaradorligini ta’minlaydi. Shu bilan birga, Yevropa Kengashining GRECO tashkiloti
tajribalari, OECD tavsiyalari va Transparency International me’zonlari ham milliy
qonunchilikda aks ettirilishi mumkin bo‘lgan xalqaro manbalar sifatida qaraladi.
Shuninhdek, korrupsiyaviy huquqbuzarliklar uchun javobgarlik choralarini kuchaytirish,
ayniqsa, yuqori lavozimdagi amaldorlar tomonidan sodir etilgan holatlar uchun qat’iy
javobgarlik mexanizmlarini joriy etish, huquqiy tenglik prinsipini mustahkamlashga xizmat
qiladi.
Xulosa.
Amaliyotda ayrim yuqori mansabdor shaxslarning jazosiz qolishi, davlat
xizmatining ochiqligiga va odillik tamoyiliga putur yetkazadi. Shu bois, yuqori lavozimdagi
9
O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya
vazirligining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shu jumladan ularning hududiy bo‘linmalari, davlat
muassasalari, davlat ulushi 50 foizdan yuqori tashkilotlar faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash
uslubiyotini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i.
98
shaxslar uchun alohida axloqiy va huquqiy javobgarlik standartlari belgilanib, ularning faoliyati
ustidan real va samarali nazorat tizimi yo‘lga qo‘yilishi lozim.
Shuningdek, manfaatlar to‘qnashuvi, moliyaviy manfaatdorlikni yashirish, noqonuniy
boylik orttirish kabi korrupsiyaviy holatlarni aniqlovchi aniq va qat’iy me’yorlarni belgilash
bugungi kun talabi hisoblanadi.
Nazariy jihatdan yaxshi ishlab chiqilgan huquqiy normalar ularning amalda to‘laqonli
qo‘llanilishisiz o‘z samarasini bermaydi. Shu sababli:
Har bir davlat organi va mansabdor shaxslar faoliyati uchun axloqiy kodekslar ishlab
chiqilishi va ularning amaliyotda bajarilishi ustidan doimiy nazorat o‘rnatilishi lozim.
Davlat xaridlari, tenderlar va subsidiyalar berish jarayonlarini tartibga soluvchi huquqiy
mexanizmlar shaffoflik va ochiqlik tamoyillariga asoslangan bo‘lishi kerak.
Elektron hujjat almashinuvi, raqamli monitoring tizimlari va sun’iy intellekt asosidagi
tahlil vositalari yordamida korrupsion xavflarni aniqlovchi huquqiy asoslar yaratish bugungi
global standartlarga javob beradi.
Binobarin, korrupsiyani yoqotish va unga qarshi kurashish hujjatlar bilan qanchalik
tartibga solinmasin inson omiliga borib taqalishi tabiiy. Bu esa, jamoatchilikdan, har birimizdan
korrupsiya deya atalmish illatni vaqtida payqash, o‘zi va yaqinlarini undan himoya qilish,
ayniqsa, boshqa shaxslarning huquqlari buzilishiga yol qoymaslik kabi insoniylik burchlari ado
etilishini talab etadi
10
.
Korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi huquqiy asoslarni takomillashtirish – davlat
boshqaruvi islohotlarining poydevori hisoblanadi. Bu jarayonda xalqaro tamoyillarni
singdirgan holda, milliy qonunchilikni real hayotga moslashtirish, javobgarlikni kuchaytirish va
amaliy mexanizmlarni joriy etish orqali korrupsiyaning ildiziga zarba berish mumkin. Bu esa
davlatning barqaror rivojlanishini, fuqarolarning davlatga bo‘lgan ishonchini va xalqaro
maydondagi obro‘sini mustahkamlashda hal qiluvchi rol o‘ynaydi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonuni.
https://lex.uz/mact/-3088008
2.
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonuni.
https://www.lex.uz/uz/docs/-6145972
3.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaviy xavf-
xatarlarni bartaraf etish mexanizmlarini takomillashtirish va ushbu sohada jamoatchilik
ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori. https://lex.uz/uz/docs/-
6000285
4.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada
takomillashtirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati
tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-200-sonli farmoni.
https://lex.uz/docs/-6676585
10
Nurmatova, N. U. (2024). KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH XALQARO STANDARTLARI VA
O‘ZBEKISTON QONUNCHILIGI.
MODERN PROBLEMS IN EDUCATION AND THEIR SCIENTIFIC
SOLUTIONS
,
1
(2), 322-329.
99
5.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga
qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”
farmonida. https://lex.uz/uz/docs/-4875784
6.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi
O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni. https://lex.uz/mact/-
5841063#-5843875
7.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi to‘g‘risidagi
farmoni. https://lex.uz/ru/docs/-6600413
8.
O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda O‘zbekiston
Respublikasi Adliya vazirligining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shu jumladan
ularning hududiy bo‘linmalari, davlat muassasalari, davlat ulushi 50 foizdan yuqori tashkilotlar
faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash uslubiyotini tasdiqlash
to‘g‘risida”gi buyrug‘i. https://www.lex.uz/uz/docs/-6178891
9.
Nurmatova, N. U. (2024). KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH XALQARO
STANDARTLARI VA O‘ZBEKISTON QONUNCHILIGI. MODERN PROBLEMS IN EDUCATION AND
THEIR SCIENTIFIC SOLUTIONS, 1(2), 322-329.
10.
https://gov.uz/oz/uzbmb/pages/corr-doc
