Ushbu tezisda ishsiz yoshlar raqobatbardoshligini oshirish orqali kambag‘allikni qisqartirishning ijtimoiy va iqtisodiy ahamiyati tahlil qilingan. Mehnat bozori talablariga mos kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish, yoshlarda tadbirkorlik ruhini uyg‘otish va innovatsion salohiyatni rivojlantirish orqali ularni iqtisodiy faol qatlamga jalb etish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan.