Авторы

  • Xushnoza Tilavoldiyeva
    FarDU jismoniy madaniyat yo‘nalishi talaba

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdif.112952

Ключевые слова:

Yosh sportchilar voleybol taktika tayyorgarlik qaror qabul qilish jamoaviy harakat o‘quv jarayoni.

Аннотация

Ushbu maqolada yosh voleybolchilarni sportga tayyorlash jarayonida taktik tayyorgarlikning ahamiyati, mazmuni va o‘ziga xos xususiyatlari yoritilgan. Sportchilarning o‘yindagi vaziyatni tez va to‘g‘ri tahlil qilish, to‘g‘ri qarorlar qabul qilish, jamoaviy harakatlarni muvofiqlashtirish kabi ko‘nikmalarini shakllantirishda taktik mashg‘ulotlarning roli muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, maqolada yosh sportchilarning jismoniy va psixologik rivojlanish bosqichlari hisobga olingan holda, samarali taktika asoslarini o‘rgatish metodikalari tahlil qilinadi. Bu orqali o‘quv-mashg‘ulot jarayonining sifatini oshirishga, sportchilarning o‘yinga bo‘lgan yondashuvi va musobaqalardagi natijalarini yaxshilashga erishish mumkinligi asoslab beriladi.


background image

155

YOSH VOLEYBOLCHILARNI TARBIYALASHDA TAKTIK TAYYORGARLIKNING

MOHIYATI, MAZMUNI VA XUSUSIYATLARI

Tilavoldiyeva Xushnoza G‘anijon qizi

FarDU jismoniy madaniyat yo‘nalishi talaba
https://doi.org/10.5281/zenodo.15730466

Annotatsiya

Ushbu maqolada yosh voleybolchilarni sportga tayyorlash jarayonida taktik

tayyorgarlikning ahamiyati, mazmuni va o‘ziga xos xususiyatlari yoritilgan. Sportchilarning
o‘yindagi vaziyatni tez va to‘g‘ri tahlil qilish, to‘g‘ri qarorlar qabul qilish, jamoaviy harakatlarni
muvofiqlashtirish kabi ko‘nikmalarini shakllantirishda taktik mashg‘ulotlarning roli muhim
ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, maqolada yosh sportchilarning jismoniy va psixologik
rivojlanish bosqichlari hisobga olingan holda, samarali taktika asoslarini o‘rgatish metodikalari
tahlil qilinadi. Bu orqali o‘quv-mashg‘ulot jarayonining sifatini oshirishga, sportchilarning
o‘yinga bo‘lgan yondashuvi va musobaqalardagi natijalarini yaxshilashga erishish mumkinligi
asoslab beriladi.

Аннотация

В данной статье раскрывается значение, содержание и особенности тактической

подготовки в процессе воспитания юных волейболистов. Отмечается важная роль
тактических тренировок в формировании у спортсменов навыков быстрого и
правильного анализа игровых ситуаций, принятия решений и координации командных
действий. Также рассматриваются методики обучения тактическим основам с учётом
возрастных и психологических особенностей молодых спортсменов. Обосновано, что
внедрение эффективных тактических подходов способствует повышению качества
тренировочного процесса, улучшению игрового мышления и достижению высоких
спортивных результатов.

Annotation

This article explores the significance, content, and specific features of tactical preparation

in the training of young volleyball players. It emphasizes the crucial role of tactical exercises in
developing athletes' skills to analyze game situations quickly and accurately, make effective
decisions, and coordinate team actions. The article also examines methods of teaching tactical
principles based on the physical and psychological development stages of young athletes. It is
substantiated that the application of effective tactical approaches enhances the quality of the
training process, improves players' strategic thinking, and leads to better competitive
performance.

Kalit so‘zlar:

Yosh sportchilar, voleybol, taktika, tayyorgarlik, qaror qabul qilish,

jamoaviy harakat, o‘quv jarayoni.

Ключевые слова:

Юные спортсмены, волейбол, тактика, подготовка, принятие

решений, командные действия, учебный процесс.

Keywords:

Young athletes, volleyball, tactics, preparation, decision-making, team

coordination, training process.

Voleybolda o‘yin taktikasi deb muayyan jamoaning ikkinchi bir jamoa ustidan yakka,

guruh va jamoa harakatlari yordamida g‘alabaga erishish san’atiga aytiladi. Dastlabki o`rgatish
bosqichida taktik tayyorgarlikni maqsadga muvofiq tashkil qilish o`ta muhim ahamiyat kasb


background image

156

etadi. Taktik tayyorgarlik ko`rsatgichlarining samarali shakllanishi tayyorlov, yondoshtiruv,
maxsus va o`yin mashqlaridan qanchalik to`g’ri foydalanishga bog’liq. Voleybolda taktik
tayyorgarlik o`yin davomida amalga oshiriladigan hujum va himoya taktikasiga oid harakat
malakalariga o`rgatish hamda sekin-asta shu malakalarni shakllantira borish jarayonlarini o`z
ichiga oladi. Hujum va himoya taktikasiga o`rgatishda dastavval voleybolchiga xos holatlar va
maydon bo`ylab harakat qilish, so`ng to`p uzatish – qabul qilish, to`p kiritish – uni qabul qilish,
zarba berish va to`siq qo`yish malakalariga ahamiyat qaratiladi. Holat va harakatlanishlar
quyidagilardan iborat: to`pni uzatishdagi holat: oyoqlar, tizza, gavda, yelka-qo`llar –
barmoqlarning joylashishi. To`p kiritish, zarba berish, to`siq qo`yishdagi holatlar. Maydon
bo`ylab harakatlanishlar ham turlicha bo`lib, har xil yo`nalishlarda ijro etiladi. Masalan, o`nga,
chapga, oldinga, orqaga yurish, yugurish, siljish, hatlash, sakrash, sirg’anish va hokozo. Ushbu
harakat malakalari avval alohida o`rganiladi, so`ng o`yin malakalariga qo`shib ijro etiladi.

Hozirgi kunga kelib yosh voleybolchilarni tayyorlashda taktik tayyorgarlik jarayonining

mohiyati, mazmuni va xususiyatlari talaygina ilmiy - uslubiy adabiyotlardao`z ifodasini topgan
va atroflicha yoritilgan [15, 22, 24].

Yosh voleybolchilarning dastlabki tayyorgarlik jarayonini tashkil qilish va dastlabki

o`rgatish bosqichida taktik mahoratini shakllantirish masalalari tanlov tadbirlari hamda,
guruhlarni tuzish va mashg’ulotlar tartib-me`yorlarini aniqlab olishni taqazo etadi.

Turli yoshdagi voleybolchilarning dastlabki tayyorgarlik guruhlarini tuzish, ushbu

guruhlarni to`ldirish me`yoriy mashg’ulotlar hajmi, soni va soatlarning taqsimlanishi shu
sohaning yetakchi mutaxassi slari tomonidan ancha yil avval ishlab chiqilgan bo`lib, deyarli
katta o`zgarishlarga duchor bo`lmagan [24]. Ana shu masalalar haqidagi ma`lumotlar quyidagi
1 va 2 jadvallarda aks ettirilgan.

1 jadval.

BSMdagi dastlabki tayyorgarlik guruhlari

O`quv

yili

Yoshi

Guruhlar

soni

Bolalar

soni

Haftalik

soatlar

soni

Yillik

soatlar

soni

Me`yoriy talablar

1 yil

10-12

4

15

8

416

Dastur bo`yicha

2 yil

11-13

4

15

8

416

Dastur bo`yicha


Dastlabki tayyorgarlik guruhida o`tkaziladigan o`quv-trenirovka mashg’ulotlarining

asosiy yo`nalishi ularni universallik (har tomonlama) prinsipi asosida tashkil qilishdan
iboratdir. Bu mashg’ulotlarda quyidagi vazifalar hal etilishi lozim:

-

salomatlikni mustahkamlash;

-

bolani jismoniy jihatdan to`g’ri taraqqiy ettirish (vazni, tana va tana qismlarini

o`lchamlari, o`pkaning tiriklik sig’imi va hokazo);

-

hayotiy zarur harakat malakalarini (yurish, chopish, sakrash, to`xtash, tortilish va hokazo)

shakllantirish;

-

jismoniy sifatlarni (kuch, tezkorlik, chaqqonlik, chidamkorlik, egiluvchanlik)

rivojlantirish;


background image

157

-

maxsus jismoniy sifatlarni o`stirish (sakrovchanlik, maxsus tezkorlik va kuch, maxsus

chidamkorlik);

-

voleybolchi holatlari, harakatlinishi, to`p uzatish, qabul qilish, zarba berish, to`p kiritish,

to`siq qo`yish malakalariga o`rgatish.

Dastlabki tayyorgarlik guruhlarida o`tkaziladigan har bir mashg’ulotning davom etish

muddati 2 akademik soatdan oshmasligi lozim.

2 jadval.

VOLEYBOL BO`YICHA DASTLABKI TAYYORGARLIK GURUHIGA MO`LJALLANGAN

O`QUV REJASI

T/

r

Mashg’ulotlar yo`nalishi

O`quv yili va yoshi

1

10-12

2

11-13

1.

Nazariy tayyorgarlik

8

18

2.

Umumiy jismoniy tayyorgarlik

131

126

3.

Maxsus jismoniy tayyorgarlik

76

65

4.

Taktik tayyorgarlik

107

100

5.

Taktik tayyorgarlik

38

53

6.

O`yin tayyorgarligi

38

34

7.

Qabul, ko`chiruv va bitiruv me`yoriy test sinovlari

18

20

Jami:

416

416


Ushbu jadvalda mashg’ulotlar yo`nalishi bo`yicha soatlar hajmi berilgan bo`lsada, dastur

matnida shu mashg’ulotlarga ajratilgan vositalar (mashqlar) turlariga (jismoniy, taktik va o`yin
mashqlari) soatlari taqsimlanmagan. Taktik tayyorgarlikni shakllantiruvchi mashqlar esa,
asosan ixtisoslashtirilgan mashqlardan iborat. Fikrimizcha, taktik malakalarni shakllantirishda
voleybolga mos keladigan harakatli o`yinlardan foydalanish samarali natija beradi. Ayniqsa,
shu harakatli o`yinlarni o`yin malakalari xususiyatiga moslashtirib qo`llash taktik tayyorgarlik
ko`rsatkichlarini yanada tezroq shakllantirilishiga olib keladi. Chunki, voleybol bilan endigina
shug’ullanishni boshlagan bolalar maxsus taktik mashqlarni tez o`zlashtirishi anchagina qiyin
kechadi. Aynan, moslashtirilgan harakatli o`yinlar bu borada juda qo`l keladi. Qator ilmiy
adabiyotlarda ushbu fikrni tasdiqlovchi fikrlar bildirilgan [10, 32, 37, 38]. Shu bilan bir qatorda
Y.N.Kleshev, A.G.Furmanovlarning «Yuniy voleybolist» [27] deb nomlangan kitobida taktik
tayyorgarlik vositalari tarkibida taktik mahoratni shakllantirishga mo`ljallangan harakatli
o`yinlardan foydalanish lozimligi haqida hech narsa deyilmagan. Mualliflar faqat maxsus taktik
mashqlar, yondoshtiruvchi va tayyorlov mashqlari to`g’risida so`z yuritadilar. Ta`kidlash
zarurki, harakatli o`yinlarni tanlash va qo`llashdan avval o`yin taktikasi va unga o`rgatish
bosqichlari mazmuni haqida yetakchi mutaxassislarning umumlashtirilgan yagona fikrlarini
yoritish lozim.

O`yin taktikasi – bu bir vaqtning o`zida ketma-ket va muayyan maqsadli tartibda ijro

etiladigan ixtisoslashgan harakat yoki harakatlarning majmuasidir.

O`yin taktikasi – harakat aniq, tez, engil, vaziyatga muvofiq, kam kuch sarflab yuqori

samarada bajarishga mo`ljallangan bo`lishi lozim.

«Taktika» atamasi yunoncha (tennis) so`zi bo`lib, juda keng ma`noda foydalaniladi va


background image

158

o`zbek tilida “sa`nat” tushunchasini anglatadi.

Zamonoviy voleybol turli o`yin malakalari va taktik kombinatsiyalarga nihoyatda boy

bo`lib, o`ta katta shiddat va tezlikda o`tadi. Binobarin, voleybolning yuqorida zikr etilgan o`ziga
xos xususiyatlari o`yinchilardan mukammal takomillashgan taktik mahorat talab qiladi.

Musobaqa o`yinlarida taktik mahorat qanchalik keng va tashqi ta`sirlarga nisbatan

mukammal shakllangan bo`lsa, shunchalik g`alabani qo`lga kirtish imkoni ko`p bo`ladi.

Taktikaga oid barcha vositalar borki (samolyot, avtomobil, raketa, televizor va hokozo)

ularning taktik pasportlari mavjud bo`lib, mazkur vositasining taktik ko`rsatgichlari va
o`lchamlari berilgan bo`ladi. Sportda ham muayyan harakat malakasining o`ziga xos taktik
ko`rsatgichlari, va o`lchamlari va uni ijro etishda shakllangan taktik tartibi mavjuddir.

Voleybol o`yini taktikasi o`ziga xos tasnifga ega bo`lib, u bir necha turkumdan tarkib

topadi. O`yin taktikasining tasnifi «Hujum taktikasi» va «Himoya taktikasi» kabi turkumlarga
bo`linadi. Ular esa o`z navbatida yuqoridan pastga qarab bir-biriga bo`ysundirilgan kichik
turkumlardan tashkil topadi.

«Hujum» - taktikasiga holat va harakatlanish, to`pni o`yinga kiritish va zarba taktikasi

kiradi.

«Himoya» - taktikasi esa o`z navbatida holat va harakatlanish, to`pni qabul qilish va to`siq

taktikasidan iborat.

Uzatish taktikasini. To`p uzatish voleybolda asosiy o`yin malakalaridan biri bo`lib, shu

o`yin bilan bog’liq bo`lgan barcha taktik faoliyatning yagona vositasidir.

Uzatish – hujum taktikasiga mansub bo`lib, uni ma`lum vaziyatda taktik mahorat bilan

to`g’ridan to`g’ri ijro etish ochko olish imkonini berishi mumkin.

To`p uzatish – nemis mutaxassisi M.Fidlerni izohiga binoan – bir vaqtni o`ziga

bajariladigan ikki harakat malakasidan iborat bo`ladi. Birinchi «Jangovor» holatdan gavdani
og`irlik markazini bir oz pastga tushirish, ya`ni oyoqlarni tizza qismidan salgina egilishidan to
to`pni qabul qilishigacha bo`lgan malaka. Bu malaka himoya taktikasiga kiradi. Ikkinchisi – agar
to`p maqsadli o`yinchiga aniq yetkazib berilsa bu uzatish deb yuritiladi va hujum taktikasiga
kiradi.

Uzatish bir necha turlardan iborat bo`ladi:

1.

Tayanch holatda ikki kullab yukoridan uzatish;

2.

Ikki kullab pastdan uzatish

3.

Bir kul bilan pastdan uzatish;

4.

Sakragan holatda (tayanchisiz) ikki kul yoki bir kul bilan pastdan uzatish.
Uzatish vertikal, gorizontal yoki diagonal ravishda baland, past uzok yoki yakin

yunalishlarda ijro etilishi mumkin. To`p uzatishni bu turlaridan ikki kullab yukoridan uzatish
texikasini olsak, bunda «Jangovor» holat – bir oyoq ikkinchisiga nisbatan oldinga, ikkala oyoq
xam tizza qismidan egilgan bo`ladi;

Kelayotgan to`pni yunalishga, baland pastligiga va tezligiga karab holat yoki harakatlanish

– joy tanlash munosib mazmunga ega bulish lozim; to`p yakinlashganda to`pga nisbatan karshi
harakat oyoqlarni tizza qismidan yozilishi bilan boshlanadi.

Kullarni kursatish va katta barmoqlar uchburchak shaklda bo`lib, uni orasidan to`pni

yakinlashishi kuzatiladi;

Bilaklar salgina orkaga egilgan bo`lib, barmoq, panja, kaftar chumich shaklda bo`ladi;
To`p bilan qo`llarni «Uchrashuvi» arafasida oyoqlarni tizza qismidan yozilishi, qo`llar


background image

159

bilan da`vom etib, uzatishda to`pni yo`nalishini maqsadga muvofiq ta`minlanishi lozim. Uzatish
vaqtida barmoqlar amortizatsiya va yo`naltirish, ko`rsatkich va o`rta barmoqlar esa bilaklarni
to`pga qarshi harakati bilan birgalikda uzatishni ta`minlovchi kuch vazifalarini bajaradi.
Nomsiz va kichik barmoqlar to`pni yon tomondan uni aniq yo`naltirishga yordam beradi.
Tayanchsiz holatda (sakragan holatda) ikki qo`llab yuqoridan uzatish taktikasi – aksariyat
qisqa balandlikda faqat sakragan holatda amalga oshiriladi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

O‘zbekiston Republikasi Prezidentining 2017 yil 3 iyundagi «Jismoniy tarbiya va ommaviy

sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3031-sonli qarori. Xalq so‘zi
gazetasi, 4 iyun. 2-3 b.

2.

Абдуллаев А., Хонкелдиев Ш.Х. Жисмоний тарбия назарияси ва усулияти.

Т.ЎзДЖТИ наш. 2007й.- 231с.

3.

Волейболнинг расмий қоидалари. Л.Р.Айрапетьянцнинг ум. таҳ. ост. Тошкент –

2002 й. -53 с

4.

Ковалев В.Д. и др. Спортивные игры. М. “Просвещение”.1988г. -302 с.

5.

Айрапетянс Л.Р., Пулатов А.А. Волейбол назарияси ва услубияти. - Т.: Фан ва

технология, 2012.

6.

Дукальская А.В. Современное представление о развитии физических качеств

волейболистов. - Росгов-на-Дону, 1995.- 24 с.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Republikasi Prezidentining 2017 yil 3 iyundagi «Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3031-sonli qarori. Xalq so‘zi gazetasi, 4 iyun. 2-3 b.

Абдуллаев А., Хонкелдиев Ш.Х. Жисмоний тарбия назарияси ва усулияти.

Т.ЎзДЖТИ наш. 2007й.- 231с.

Волейболнинг расмий қоидалари. Л.Р.Айрапетьянцнинг ум. таҳ. ост. Тошкент –

й. -53 с

Ковалев В.Д. и др. Спортивные игры. М. “Просвещение”.1988г. -302 с.

Айрапетянс Л.Р., Пулатов А.А. Волейбол назарияси ва услубияти. - Т.: Фан ва

технология, 2012.

Дукальская А.В. Современное представление о развитии физических качеств

волейболистов. - Росгов-на-Дону, 1995.- 24 с.