Muhammad Alixon shaxsiyati yoritilgan manbalar tavsifi
Qo‘qon xoni Muhammad Alixonning shaxsiyati masalasi asrlar davomida bahsli masalalardan biri bo‘lib keladi. Mazkur tezisda XIX asrda Movarounnahrning siyosiy, madaniy va ijtimoiy hayotida muhim rol o‘ynagan Muhammad Alixon shaxsiyati va faoliyati tarixiy manbalar asosida keng yoritiladi. Tadqiqotda asosan “Tarixi Shohruhiy”, “Ansob as-salotin va tavorix al-xavoqin”, “Muntaxab ut-tavorix” kabi zamonasining muhim yozma manbalariga tayangan holda Muhammad Alixonning siyosiy qarashlari, ma’naviy-ma’rifiy faoliyati, shaxsiy fazilatlari, hamda u boshchilik qilgan davrdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat tahlil qilinadi. Muhammad Alixon Qo‘qon xonligi tarixida o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘lgan shaxs bo‘lib, uning hukmronligi davrida xonlikda ichki islohotlar, harbiy tuzumdagi o‘zgarishlar va tashqi siyosiy munosabatlar muhim bosqichga kirgan. Shu bilan birga, uning shaxsiyatiga oid tasvirlar nafaqat rasmiy tarixiy manbalarda, balki adabiy-tazkiraviy asarlarda ham o‘z aksini topgan. U haqidagi rivoyatlar va tasvirlar orqali o‘sha davr odob-axloq me’yorlari, shaxsiy tarbiya, boshqaruv kabi jihatlar ham o‘rganiladi. Tadqiqot jarayonida manbalarning tarixiy va shaxsiy jihatlari qiyosiy-tahliliy usulda o‘rganilib, Muhammad Alixon shaxsining tarixiy obrazini yaratishga xizmat qiluvchi asosiy manbalar aniqlanadi. Ushbu tadqiqot Muhammad Alixon shxasiyatini shaxsiyatini chuqur anglash, uning faoliyatiga turlicha yondashuvni shakllantirish va tarixiy manbalarning tanqidiy tahlil asosida qayta baholash imkonini beradi. Shuningdek, bu ish XIX asr o‘rtalarida Qo‘qon xonligida yuz bergan siyosiy jarayonlarni shaxs omili bilan bog‘liq holda tushunishga xizmat qiladi.