Авторы

  • Matluba Rayimjonova
    Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tayanch doktoranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdif.112953

Ключевые слова:

leksik-semantik tahlil lingvopoetik tahlil qidiruv tizimi kalit so‘z konkordans.

Аннотация

Ushbu maqolada she’riy matnlarni leksik-semantik jihatdan tahlil qilish usullari haqida to‘xtalib o‘tilgan. She’rlarning lingvopoetik tizimini avtomatik tarzda aniqlash va tasnif etish o‘rni haqida fikr yuritilgan.


background image

151

RAUF PARFI SHE’RIYATI LEKSIK-SEMANTIK XUSUSIYATLARINI TADQIQ

ETISHDA AVTOMATIK TAHLIL USULLARIDAN FOYDALANISH

Rayimjonova Matluba Maxamadkarimovna

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat

o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tayanch doktoranti

rayimjonova89@mail.ru

https://doi.org/10.5281/zenodo.15729981

Annotatsiya:

Ushbu maqolada she’riy matnlarni leksik-semantik jihatdan tahlil qilish

usullari haqida to‘xtalib o‘tilgan. She’rlarning lingvopoetik tizimini avtomatik tarzda aniqlash
va tasnif etish o‘rni haqida fikr yuritilgan.

Kalit so‘zlar:

leksik-semantik tahlil, lingvopoetik tahlil, qidiruv tizimi, kalit so‘z,

konkordans.

USING AUTOMATIC ANALYSIS METHODS IN RESEARCHING THE LEXICAL-

SEMANTIC FEATURES OF RAUF PARFI’S POETRY

Rayimjonova Matluba Makhamadkarimovna

PhD student Tashkent State University of Uzbek Language and

Literature named after Alisher Navoi

Annotation:

This article discusses the methods of lexical-semantic analysis of poetic

texts. It explores the role of automatically identifying and classifying the lingvo-poetic system
of poems.

Keywords:

lexical-semantic analysis, lingvo-poetic analysis, search system, keyword,

concordance.

ИСПОЛЬЗОВАНИЕ МЕТОДОВ АВТОМАТИЧЕСКОГО АНАЛИЗА В

ИССЛЕДОВАНИИ ЛЕКСИКО-СЕМАНТИЧЕСКИХ ОСОБЕННОСТЕЙ ПОЭЗИИ

РАУФ ПАРФИ

Райимжонова Матлюба Махамадкаримовна

Научный сотрудник Ташкентского государственного университета узбекского

языка и литературы имени Алишера Навои

Аннотация:

В данной статье рассматриваются методы лексико-семантического

анализа поэтических текстов. Обсуждается роль автоматического определения и
классификации лингвопоэтической системы стихотворений.

Ключевые слова:

лексико-семантический анализ, лингвопоэтический анализ,

поисковая система, ключевое слово, конкорданс.


O‘zbek tilshunosligida badiiy asarlar matni tahlili bilan bog‘liq muammolarni yoritishda

til imkoniyatlarining rivojlanish, shakllanish omillari, leksik-semantik, milliy-mental
xususiyatlarini ochib berishga yo‘naltirilgan tadqiqotlarga ehtiyoj ortib bormoqda. Badiiy
matnni lisoniy tahlil qilish jarayonida yozuvchining tildan foydalanish mahoratini namoyon
etadigan, emotsional-ekspressiv ifoda semalari qabariq holda reallashgan leksik birliklarni
aniqlash va ular adibning badiiy-estetik maqsadiga qay darajada xizmat qilgani haqida
mulohaza yuritish talab qilinadi. Buning uchun badiiy asar tilidagi ma’nodosh, shakldosh, zid
ma’noli, ko‘p ma’noli, tarixiy va arxaik so‘zlar, yangi yasalmalar, shevaga oid so‘zlar, chet va


background image

152

vulgar so‘zlar ajratib olinadi va asarga nima maqsad bilan olib kirilganligi izohlanadi

1

.

She’riyat adabiyotda juda o‘ziga xos janrdir, chunki unga xos bo‘lgan xususiyat she’riy

asarning tilidir. She’rlar, odatda, hikoya va boshqa adabiy janrlarga qaraganda qisqaroq bo‘ladi,
lekin ular qo‘llanilgan so‘zlar sonidan ko‘proq narsani aytib beradi

2

. She’rlarning mazmuni

ulardagi tayanch so‘zlarning ma’nosini ochish va kengaytirishdan kelib chiqadi. She’riy
matnlarni leksik-semantik jihatdan tahlil qilish bo‘yicha jahon va o‘zbek tilshunosligida bir
qancha tadqiqotlar amalga oshirilgan. Jahon adabiy-lingvistik tadqiqotlarida she’rlarning
leksik-semantik tahlili ikki asosiy yo‘nalishda rivoj topgan:

1. Nazariy-kognitiv yondashuv

— R. Jakobson, M. Riffaterre, G. Leech, M.A.K. Halliday

kabi olimlar tomonidan ishlab chiqilgan bu yondashuvda she’riy matndagi so‘zlarning

ichki

semantik tuzilishi, metafora va obrazlar tizimi, poetik uslub, stilistik deviatsiyalar

singari hodisalar asosiy tahlil obyekti bo‘ladi. Bu yondashuvda tilga

fikr va his-tuyg‘ularni

ifodalovchi kognitiv vosita

, she’rga esa

ma’no yaratish modeli

sifatida qaraladi

3

.

2. Raqamli-korpus yondashuvi

— bu yo‘nalish zamonaviy texnologiyalar, sun’iy

intellekt va statistik lingvistika yutuqlariga tayangan holda shakllandi. Z. Goodarzi, Fang & Lo,
M.Jacobs, P.S.Baranovskiy kabi tadqiqotchilar poetik matnlarni

millionlab so‘zli korpuslar

asosida

semantik tarmoqlar, konnotatsiyalar, emotsional yuklama, tasviriy qatlamlar

bo‘yicha avtomatik tahlil qilish usullarini ishlab chiqdilar

4

. Bunda NLP (Natural Language

Processing), LSA (Latent Semantic Analysis), sentiment analysis kabi ilg‘or metodlar
qo‘llanilmoqda.

She’riy matnni leksik-semantik tahliliga oid nazariy va kognitiv yondashuv asosida

olib borilgan tadqiqotlar talaygina.

Oʻtgan asrning oxiri va asrimiz boshlarida lingvopoetika

muammolari tadqiqiga bagʻishlangan qator dissertatsiyalar yoqlandi, monografiyalar e’lon
qilindi. I.Mirzayevning «She’riy matnni lingvopoetik talqin qilish muammolari» nomli doktorlik
dissertatsiyalari, G.Muhammadjonovaning “80-yillar oxiri 90-yillar boshlari oʻzbek
she’riyatining

lingvopoetik

tadqiqi”,

S.Maqsumovaning

“E.Vohidov

asarlarida

konnotativlikning ifodalanishi”, A.Shofqorovning “Mirtemir she’riyatida takrorning ma’noviy-
uslubiy xususiyatlari”, D.Shodiyevaning «Muhammad Yusuf she’riyati lingvopoetikasi» nomli
nomzodlik dissertatsiyalari, M.Muhiddinov va S.Karimovlarning “G‘afur G‘ulomning poetik
mahorati”, B.Choriyevning “G‘afur G‘ulom poeziyasining leksik-semantik xususiyatlari” kabi
monografiyalari shular jumlasidandir

5

.

1

Yo‘ldoshev M, Isaqov

Z, Haydarov Sh. Badiiy matnning lisoniy tahlili.

-

Toshkent: Alisher Navoiy nomidagi

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti

,

2010. B.-30

2

V. Shklovsky, Russian Formalist Criticism: Four Essays, -Linclon: Nebraska University Press, 1995.

3

Jakobson R. “Linguistics and Poetics.” In

Style in Language,

MIT Press, 1960 // Riffaterre M.

Semiotics of Poetry

.

Indiana University Press, 1978 // Leech G.

A Linguistic Guide to English Poetry

. Longman, 1969//

Halliday M.A.K.

An Introduction to Functional Grammar

. Edward Arnold, 1985.

4

Goodarzi Z. Semantic Ordering of Lexical Choices in Poetry: Implications for Literary Translation. PALA

Proceedings. 2010// Fang A.C, Lo F, Chinn C.K. Adapting NLP and Corpus Analysis Techniques to Structured Imagery
Analysis in Classical Chinese Poetry. ACL Workshop. 2009// Jacobs A.M. The Gutenberg English Poetry Corpus:
Exemplary Quantitative Narrative Analyses.

Frontiers

in Digital Humanities

. 2018.// Брановский С.П.

Лексикографическое описание поэтической системы Бориса Рыжего: квантитативный аспект. Канд. филол.
наук (PhD) дисс. автореф. – Калининград,

2024

5

Mirzayev I. She’riy matnni lingvopoetik talqin qilish muammolari. Filol. fan. d-ri (DSc)...diss.- Toshkent,

2010// Muhammadjonova G. 80-yillar oxiri – 90-yillar boshlaridagi o‘zbek she’riyatining lingvopoetik
tadqiqi. Filol. fan. nomz. (PhD) diss. –Toshkent, 2004 // Maqsumova S. E.Vohidov asarlarida
konnotativlikning ifodalanishi. Filol. fan. nomz. (PhD) diss.-Toshkent, 2012 // Shofqorov A. Mirtemir


background image

153

Zamonaviy o‘zbek she’riyatining rivojiga munosib hissa qo‘shgan shoir Rauf Parfi o‘zbek

xalqining bugungi kunda unutilib borayotgan qadriyatlarini, urf-odatlarini, anʼanalarini yuksak
insoniy tuygʻularini milliy-maʼnaviy, madaniy kelib chiqishini, xarakterini ravon usulda o‘z
she’rlarida aks ettirgan. O‘zbek tilining imkoniyatlari, ma’no taraqqiyoti, o‘z ma’nosidan
tashqari yondosh ma’nolari uning she’rlarida fikr, tuygʻu, munosabat va kayfiyat, verbal
vositalar orqali ifodalanadi. Rauf Parfi ijodi, she’rlari adabiyotshunoslik yo‘nalishida, shu bilan
birga tilshunoslik yo‘nalishida ham bir qator izlanishlar obyekti bo‘lib kelmoqda. Shoir ijodi
tilshunoslikning badiiy matn tahlili, lingvopoetika nuqtayi nazaridan turli aspektlarda o‘rganib
chiqilgan. Jumladan,

M.Dedaxonova

ning

“Modern she’riyatda ma’no ko‘chishining

lingvokognitiv aspekti (Rauf Parfi ijodi misolida)”

nomzodlik dissertatsiyasi,

S.Muminov va

X.Gopirova

hammuallifligidagi

“Rauf Parfi she’riyatining lingvopoetikasi”,

R.Saidova hamda

G‘.Murodovlar hammuallifligidagi “Badiiy matnda belgi munosabati” monografiyasi shular
jumlasidandir

6

.

Olib borilayotgan tadqiqot ishida leksik-semantik tahlilning yangi bosqichi korpus

lingvistikasi, hisoblash modellari orqali o‘rganish maqsad qilib olingan. Bu yondashuv orqali

poetik tilning strukturasi

modellashtiriladi va

muallif uslubi

raqamli mezonlar orqali

tavsiflanadi.

1-rasm. Rauf Parfi asarlari konkordansi


Bunda shoirning faqat oʻzigagina xos bo‘lgan til va uslub xususiyatlari, lug‘aviy tarkib

boyligi, shakl va mazmun muvofiqligi aniqlashtiriladi.


she’riyatida takrorning ma’noviy-uslubiy xususiyatlari. Filol. fan. nomz. (PhD) diss. avtoref. -Toshkent, 2012
// Shodiyeva D. Muhammad Yusuf she’riyati lingvopoetikasi. Filol. fan. nomz. (PhD) diss.-Toshkent.2007 //
Muhiddinov M., Karimov S. G‘afur G‘ulomning poetik mahorati. -Toshkent: 2012// Choriyev B. G‘afur
G‘ulom poeziyasining leksik-semantik xususiyatlari. -Toshkent: Voris nashriyoti. 2007

6

Dedaxonova M. Modern she’riyatda ma’no ko‘chishining lingvokognitiv aspekti (Rauf Parfi ijodi misolida).

Filol. fan. nomz. (PhD) diss. –Toshkent, 2021// Muminov S, Gopirova X. Rauf Parfi she’riyatining
lingvopoetikasi. –Farg‘ona, 2022// Saidova R, Murodov G‘.Badiiy matnda belgi munosabati. -Toshkent, 2019


background image

154

Tadqiqot uchun yaratilayotgan web sahifa orqali qidiruv tizimi tashkil etilgan. Bunda

ijodkor asarlari boʻyicha umumiy natija va har bir janr boʻyicha alohida natija koʻrsatiladi.
“Izlash” tugmasi oldidan

oʻrganilayotgan soʻz maydonga kiritilib, natijani koʻrish tugmasi

bosilgan vaqtda tahlil maydonida ikkita statistik natija paydo boʻladi:

- qidiruv natijasi sifatida topilgan, oʻrganilayotgan soʻz ishtirok etgan abzaslar soni;
- oʻrganilayotgan soʻz, ma’lumotlar bazasida mavjud boʻlgan matnlarda ishtirok etgan

miqdori (1-rasmga qarang).

Bunda so‘rov umumiy ko‘rinishda ham, xususiy ya’ni har bir janr tarkibi ko‘rinishida ham

natija beradi.

Shuni ta’kidlash kerakki, bunday konkordans lug‘atlar ishonchli dalil yaratadi va

leksikografiyaning an’anaviy yondashuvlariga qaraganda koʻproq ma’lumotni saqlashga imkon
beradi. Konkordans materiallari matndagi paradigmatik aloqalarni kuzatib borish, muallif
ijodining turli qismlari soʻzlashuv vaqtlarini koʻrish va miqdoriy baholash imkonini yaratadi.
Konkordans-lug‘at lingvistik va adabiy tadqiqotlar uchun zamonaviy va samarali vosita boʻlib
xizmat qiladi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Jahnese D.A, Lino M.L. Lexical Patterns and Cohesiveness of Selected Poems: Bases for

Deriving Themes // International Journal of Languages, Literature and Linguistics. 2017. Vol.3.
№ 3. P.198–202.
2.

Yeibo E. Patterns of Lexical Choices and Stylistic Function in J.P. Clark-Bekederemo’s

Poetry // International Journal of English and Literature. 2011. Vol.1. № 1. P.1–8.
3.

Брановский С.П. Лексикографическое описание поэтической системы Бориса

Рыжего: квантитативный аспект. Канд. филол. наук (PhD) дисс. автореф.

Калининград,

2024
4.

Yo‘ldoshev M, Isaqov Z, Haydarov Sh. Badiiy matnning lisoniy tahlili. -Toshkent: Alisher

Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2010.
5.

Asadov T.N. Matn tilshunosligi. -Buxoro: Durdona, 2023

6.

Muhammadjonova G. 80-yillar oxiri – 90-yillar boshlaridagi o‘zbek she’riyatining

lingvopoetik tadqiqi. Filol. fan. nomz. (PhD) diss–Toshkent, 2004
7.

Muminov S, Gopirova X. Rauf Parfi she’riyatining lingvopoetikasi. –Farg‘ona, 2022

Библиографические ссылки

Jahnese D.A, Lino M.L. Lexical Patterns and Cohesiveness of Selected Poems: Bases for Deriving Themes // International Journal of Languages, Literature and Linguistics. 2017. Vol.3. № 3. P.198–202.

Yeibo E. Patterns of Lexical Choices and Stylistic Function in J.P. Clark-Bekederemo’s Poetry // International Journal of English and Literature. 2011. Vol.1. № 1. P.1–8.

Брановский С.П. Лексикографическое описание поэтической системы Бориса Рыжего: квантитативный аспект. Канд. филол. наук (PhD) дисс. автореф. – Калининград, 2024

Yo‘ldoshev M, Isaqov Z, Haydarov Sh. Badiiy matnning lisoniy tahlili. -Toshkent: Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2010.

Asadov T.N. Matn tilshunosligi. -Buxoro: Durdona, 2023

Muhammadjonova G. 80-yillar oxiri – 90-yillar boshlaridagi o‘zbek she’riyatining lingvopoetik tadqiqi. Filol. fan. nomz. (PhD) diss–Toshkent, 2004

Muminov S, Gopirova X. Rauf Parfi she’riyatining lingvopoetikasi. –Farg‘ona, 2022