1
«Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar: nazariy va amaliy
izlanishlar» nomli 12-son ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya
YANGİ O‘ZBEKİSTON MA’RİFATLİ JAMİYATİNİ YARATİSHDA
YOSHLARNİNG O‘RNİ
Rayhonova Gulnoza Odil qizi
O‘zMU 3-bosqich talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.6023604
Annotatsiya.
Ushbu maqolada mustaqil va demokratik yurtimiz bo‘lmish O‘zbekiston
Respublikasida ma’rifatli jamiyatni tashkil etish va unda yoshlarga yaratilgan ko‘plab
imkoniyatlar xususida fikr yuritiladi. Shuningdek, bugungi ilm – fan, texnika taraqqiyoti hamda
farmon va qarorlarning zamonga hamnafas jarayonda yangilanishi va ularni keng jamoatchilik
e’tiboriga namoyish etilishi haqida fikrlar to‘liq bayon etiladi.
Kalit so‘zlar:
nafis, inja,pozitsiya,olimlik va fozillik, strategiya, davlat siyosati.
Vatan tuyg‘usi. Vatanga muhabbat. Bu mavzular haqida to‘lib-toshib gapiramiz, ammo
vatan deganda, kimning hayoliga nima keladi? Aslida, Vatan va unga bo‘lgan muhabbat
tuyg‘usi nima?
Vatan – tabarruk maskan, ajdodlardan avlodlarga buyuk merosdir. Vatan –shu zaminda
bo‘y ko‘rsatgan giyohdan tortib, uning daryo-yu soylari va tog‘-u toshlariga, oddiy va kamtar,
mehnatkash va fidoyi, mard va pahlavon odamlardan to eng mitti jonivorlargacha, o‘zimiz
tug‘ilib, unib-o‘sgan makon bilan bog‘liq bo‘lgan barcha narsalardir. Vatanimiz tuprog‘idagi
oddiy has ham, oddiy tosh ham bizga muqaddas bo‘lib tuyuladigan betakror tuyg‘udir.
Vatanga muhabbat onaga muhabbat kabi yuksakdir.
Vatanga muhabbat – inson qalbida gard yuqtirmay pokiza saqlanadigan eng nafis, eng
inja bir tuyg‘u. Uni so‘zlarda ifoda etish juda ham mushkuldir.
“Har bir davlat – betakror ijtimoiy hodisadir. U har qaysi xalq tarixiy va ma’naviy
taraqqiyotining hosilidir, uning o‘ziga xos, o‘ziga mos madaniyati rivojining natijasidir”.
1
Bejizga, so‘zimni O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov so‘zlari
bilan boshlamadim, chunki, haqiqatdan ham, har bir davlat takrorlanmasdir, xususan,
bizning yurtimiz O‘zbekiston Respublikasi ham. Yurtimizning ham boshqa davlatlarda
bo‘lgani kabi hozirgi boshqichga erushguniga qadar, juda katta qiyinchilik va mashaqqatlarga
bardosh berdi, qiyinchiliklarni yengib o‘tdi, va bugungi rivojlanayotgan davlatlar qatoridan
o‘rin oldi.
Bugungi kunda, O‘zbekiston har jabhada, o‘zining yuksak o‘rinlarini egallab kelmoqda. U
sport, iqtisodiy, ijtimoiy yoki siyosiy jarayonmi, mudofaami barcha barchasida o‘zining
sezilarli va kuchli pozitsiyasiga ega davlatlardan biriga aylanishga ulgurdi – deb aytsam,
mubolag‘a qilmagan bo‘laman. Hozirda, yurtimizda, mustaqil O‘zbekistonimizda barcha
sohalar kabi ma’rifatli, ilmli insonlar jamiyatini tuzish ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Zeroki, “Ilm olish har bir musulmon uchun farzdir” – deb bejiz aytilmagan hadis kitoblarda.
Ma’rifatli jamiyatni yuksaltirish, olimlarni ko‘paytirish jamiyat taraqqiyotida eng yuksak
qadamdir. Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev ham olim, ma’rifatli insonlar xususida bejizga
shunday fikr bildirib o‘tmaganlar:
1
. Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. 3-jild.
–
Toshkent: O‘zbekiston, 1996.
–
6-b.
2
«Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar: nazariy va amaliy
izlanishlar» nomli 12-son ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya
“Men doimo ziyoli, olim ijodkor insonlar bilan suhbatlashishga intilaman va bunday
muloqotlarni hamisha sog‘inaman. Nega desangiz, olimlik Olloh nurini solgan ulug‘ bir
martaba. Bu martabadan jamiyatning butun vujudiga nur, ziyo taraladi”.
2
Haqiqatdan ham, olimlik va fozillik yuksak martabadir. Bugungi kunda, mana shunday
yuksak va mas’uliyatli martabalarni yoshlarga ishonib topshirilishi esa eng yuksak bir ishonch
va shuningdek g‘urur tuyg‘usini tuyilishiga ham sabab bo‘lmoqda. Bugungi kunda ko‘plab
yaratilayotgan imkoniyatlar va cheksiz ishonch, xususan, Prezidentimizning “Yangi
O‘zbekistonni yoshlar bilan quramiz” – degan fikrlari, yoshlarni o‘z ustiga ko‘proq ishlashga va
mehnat qilishga da’vat etmoqda.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 41-moddasida bepul umumiy
ta’lim olish huquqining yoshlar uchun kafolatlangani ham e’tiborga molikdir. Xususan
moddada shunday deyiladi: “Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta’lim olish
davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir”. Bu asosiy qonunimiz
asosida qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da
ham mustahkamlab qo‘yilgan. Yoshlar o‘zining iqtidor va iste’dodlarini to‘liq namoyon etishga
haqlidirlar.
Bundan tashqari, asosiy qonunimizning 42-moddasida esa har kimga ilmiy va texnikaviy
ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi, davlat jamiyatining madaniy, ilmiy
va texnikaviy rivojlanishiga g‘amxo‘rlik qilishi ham belgilab o‘tilgan. Bunga qo‘shimcha tarzda,
hozirda davom ettiralayotgan president maktablari, Temurbeklar maktabi, ijod va
ixtisoslashtirilgan maktablarda yoshlarga berilayotgan zamonaviy ta’lim-tarbiya Yangi
O‘zbekiston rivojining mustahkam poydevori bo‘lsa, oily ta’lim sohasidagi islohotlar va
imkoniyatlar ustunidir.
Shu sababli ham, bu borada qator me’yoriy-huquqiy hujjatlar ishlab chiqildiki, ular
yoshlar intilish va iqtidorini qo‘llab-quvvatlash, rag‘batlantirishga oid, rahbar kadrlarning
boshqaruv salohiyatini yuksaltirish, yangi qadam va yangi tizimni shakllantirdi.Shuningdek,
zamon talablari va ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar sharoitida bugungi yoshlar talab va
ehtiyojlarini o‘rganilib, yangidan yangi imtiyoz va imkoniyatlar eshigi ochib berilmoqda.
Yangi yoshlar siyosatini qurishda yurtboshimizning shaxsan o‘zlari bosh-qosh
bo‘layotganlarini aytib o‘tish o‘rinlidir.
Davlatimiz rahbari tomonidan yosh avlodni shakllantirishning dastlabki pallasida tarbiya
masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Masalan, yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev deyarli
barcha
islohotlarning
bardavomligini,
yoshlarni
qo‘llab-quvvatlash
siyosatida
ko‘rilayotganining yaqqol tasdig‘i sifatida boshlang‘ich, o‘rta va oily ta’lim islohotidir. Bu
islohotlarning yutug‘i esa bu sohadagi korrupsiyaga qarshi kurashni hamda yoshlarning
davlat va qonunlarga ishonchining ortib borishi ham tabiiy jarayondir.
Xorijiy ta’lim muassasalaridan o‘zimizdagi oily ta’lim, o‘quv yurtlariga o‘qishini ko‘chirish,
test jarayonlari, bir vaqtning o‘zida 5 ta OTMda bilimini sinab ko‘rish masalalari buning
yorqin misolidir.
Bundan tashqari, bugungu kunda kadrlar huquqiy madaniyatini oshirish yo‘lida ko‘p
yillik mehnat stajiga ega bo‘lib, rahbar lavozimlarida ishlab kelayotgan yoshlar imtiyozli
2
. Mirziyoyev Sh. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz.
–
Toshkent:
O’zbekiston, 2017.
–
166-b.
3
«Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar: nazariy va amaliy
izlanishlar» nomli 12-son ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya
magistratura bosqichida o‘qishga tavsiya etish borasidagi hukumat qarorlari ham diqqatga
sazovordir.
Bugungi kunda, mamlakatimizdagi eng katta e’tibor mustaqil fikrlaydigan, tashabbuskor,
shijoatli yoshlarni tarbiyalashga qaratilgan bo‘lib, bu vazifa O‘zbekiston Respublikasining
“Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha “Harakatlar
strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-son, 2017-yil 5-iyuldagi “ Yoshlarga oid davlat siyosati
samaradorligini oshirish va O’zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash
to‘g‘risida”gi PF-5106-son, 2018-yil 25-yanvardagi “Umumiy o‘rta, o‘rta maxus va kasb-
hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5313-son
farmonlari, shuningdek, ko‘plab qaror va yoshlarga oid boshqa qonun hujjatlarida belgilab
berilgan.
Ayniqsa, “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida” gi qonun amalda O‘zbekistonda
yoshlar huquq-manfaatlarining huquqiy kafolatlari yana-da kuchayayotganligini anglatish
barobarida ertangi kunda mamlakatimiz yoshlarining yangi-yangi marralarni zabt etishga,
ularning yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishiga zamin yaratmoqda.
Bundan keyin “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida” gi Qonun mamlakatimizda
yoshlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini mustahkamlashga, yoshlarga oid davlat
siyosatini ro‘yobga chiqarishda davlat organlari hamda boshqa tashkilotlar mas’uliyatini
kuchaytirishga, ushbu sohada sog‘lom, barkamol avlodni tarbiyalashga qaratilgan chora-
tadbirlar samaradorligini yana-da oshirishga xizmat qiladi.
“Har bir ota-ona, har bir xonadon, har bir mahalla, bugungi kunda farzandlarimiz ta’lim-
tarbiyasini eng asosiy vazifa sifatida bilib,yoshlarni xalqimizga yot va yangi avlod ongi uchun
zararli bo‘lgan salbiy ta’sirlardan himoya qilish, millat va davlat taraqqiyotini dunyo
hamjamiyatiga ko‘rsatishga qodir bo‘lgan yosh avlodni tarbiyalashi ham qarz, ham farzdir.
Zero, inson hayoti odob-axloq, ta’lim-tarbiya bilan bevosita bog‘liq”.
3
Xo‘sh, unda biz
vatanimiz taraqqiyotiga qanday hissa qo‘shdik? Shuncha imkoniyatlarga, shart-sharoitlarga
munosib javob qaytara oldikmikan? Biz yurtimiz kelajagi, uning yanada gullab-yashnashi
uchun nima qila olamiz? Har bir yosh avlod bu haqida o‘ylab ko‘rishi lozim.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsam, yurtimizda biz yoshlarga berilayotgan imkoniyatlardan
to‘g‘ri foydalangan holda kuchli, bilimli kadrlar bo‘lib yetishishimiz kerak. Bobolarimiz
aytganlaridek “Ilm qayda bo‘lsa, buyuklik ham o‘sha yerda bo‘lur”. Shuning uchun, bu
yurtning ravnaqi uchun, uning buyuk kelajagi uchun biz barchamiz mas’ulmiz. Biz yangi
O‘zbekistonning kelajagi va istiqbolining poydevorimiz, shu sababli, keling, ey asrdosh
birodar, qo‘lni qo‘lga beraylikda, yurt ravnaqi uchun birgalikda harakat qilaylik.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –Toshkent: O‘zbekiston, 2017.
2. Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. 3-jild. –Toshkent: O‘zbekiston, 1996, – 6-b.
3.Mirziyoyev Sh. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga
ko‘taramiz. 3-jild. – Toshkent: O‘zbekiston, 2017, –166-b.
4.Muhiddinova F. Yangi O‘zbekiston yoshlariga yaratilayotgan yangi imkoniyatlar
maqolasidan. –Toshkent, 2020.
5.
3
.Muhiddinova F. TDYUU professori, yuridik fanlar nomzodi, Yangi O‘zbekiston yoshlariga yaratilayotgan yangi
imkoiyatlar maqolasidan
.