Том 1 № 11 (2022)

Том 1 № 11 (2022)
Опубликован: 17-03-2025

Статьи

1-6 83 30

GAZETA RUKNLARI HAQIDA

Sabohat Ramazonovna Bozorova

Ommaviy axborotning eng dolzarb, tezkor, hozirjavob va hammabop vositalaridan biri bo‘lgan gazeta nutqi g‘oyaviy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’naviy munosabatlarga xizmat qilar ekan, doimo zamon bilan, davr ruhi bilan hamnafas bo‘ladi. Barcha xalqlarni tinchlik uchun, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot uchun, xalqlar, mamlakatlar erkinligi, hamdo‘stligi, hamkorligi uchun mehnat qilishga da’vat etadi. Gazetaning bu ijtimoiy vazifasi, birinchi galda, rukn va sarlavhalar orqali amalga oshadi. Nutq vaziyatiga mos tushadigan qisqa shakldagi rukn (rubrika)lar, ixcham sarlavhalar, klishelar, shiorlar va chaqiriqlar, garchi, ular bir qolipdagi tayyor vositalardek tuyulsa-da, faktlarga, narsa-hodisalarga yuqori emotsionallik, tezkorlik, ta’sirchanlik,  yuqori publitsistik pafos bilan modal munosabat  bildiradi, ochiq ijtimoiy baho beradi. Voqelikka nisbatan ijtimoiy munosabatni aks ettiruvchi dastlabki ifoda vositasi rukn va sarlavhadir.

7-11 97 17

O‘ZBEK GAZETALARI TILI

Ibodat Ramazonovna Bozorova , Iroda Sa’dulla qizi Shodiyeva

O‘zbek gazetalari tilining har tomonlama rivojlanishi va imkoniyatlarining kengayishini davr taraqqiyoti bilan, xalqimiz saviyasining har tomonlama o‘sganligi bilan izohlash lozim.O‘tgan davr mobaynida ko‘plab yuqori saviyali jurnalistlar  yetishib chiqdi.Kundalik gazetalar  xalqning suhbatdoshi bo‘lib qoldi. Ana shu omillar tilimizning ichki imkoniyatlaridan unumli foydalanishga, ayni vaqtda, boshqa tillardan qabul qilingan leksik vositalarni yozma nutqqa singdirishga keng yo‘l ochdi.Endilikda adabiy tilimiz me’yorlari puxta ishlandi. Binobarin, hozirgi kun gazeta tili so‘z qo‘llashda ham, grammatik qo‘shimchalardan foydalanishda ham, gap tuzishda ham har tomonlama  taraqqiy etdi. Hozirgi gazetalarning mazmun va mavzu doirasi kengaydi, ifoda usuli yaxshilandi, texnik jihatdan takomillashdi, jozibasi ortdi. Ular mazmunan  serqirra, shaklan bejirim, til va uslub jihatidan aniq-ravon va ommabopdir.

12-15 56 21

БЛАГОУСТРОЕННАЯ И БЕЗОПАСНАЯ МАХАЛЛЯ – ВАЖНЫЙ ИНДИКАТОР ОБЩЕСТВЕННОЙ БЕЗОПАСНОСТИ И БЛАГОСОСТОЯНИЯ СТРАНЫ

Шухратжон Тахирович Шакиров

в данной статье рассматривается институт махалли в качестве основополагающей составляющей общества и в целом страны, актуальность вопроса его благосостояния и безопасности, реализованные в этом направлении важные меры в плане повышения их социально-экономического развития, духовно-нравственной атмосферы и общественного порядка, а также определенные приоритеты на перспективу.

16-20 62 36

O’ZBEKISTONNING TURKIY KENGASHDAGI FAOLIYATI VA ISHTIROKINING STARTEGIK ISTIQBOLLARI: TURKIY KENGASHNING BOSHQA MINTAQAVIY TASHKILOTLARDAN FARQLI JIHATLARI (QIYOSIY TAHLIL ASOSIDA)

Sardor Shuxratovich Jiyanov , Farrux Muzaffarovich Tashev

Muallif tomonidan ushbu maqolada O’zbekiston Respublikasining Turkiy Kengashdagi faoliyati istiqbollari, mamlakatning kengash a’zosi sifatida ishtiroki natijalari, shuningdek tashkilotning boshqa tashkilot va birlashmalardan farqli xususiyatlari yoritib beriladi.

1-3 57 51

YANGİ O‘ZBEKİSTON MA’RİFATLİ JAMİYATİNİ YARATİSHDA YOSHLARNİNG O‘RNİ

Gulnoza Odil qizi Rayhonova

Ushbu maqolada mustaqil va demokratik yurtimiz bo‘lmish O‘zbekiston Respublikasida ma’rifatli jamiyatni tashkil etish va unda yoshlarga yaratilgan ko‘plab imkoniyatlar xususida fikr yuritiladi. Shuningdek, bugungi ilm – fan, texnika taraqqiyoti hamda farmon va qarorlarning zamonga hamnafas jarayonda yangilanishi va ularni keng jamoatchilik e’tiboriga namoyish etilishi haqida fikrlar to‘liq bayon etiladi.