AYBGA IQRORLIK TO‘G‘RISIDA KELISHUVNI TUZISHDA PROKUROR VA HIMOYACHINING ISHTIROKI: NAZARIYA VA AMALIYOT

Abstract

Ushbu maqola aybga iqrorlik to‘g‘risidagi kelishuv, uning ahamiyati, bu institutni qo‘llashdagi protsessual qonunchilikda belgilangan tartiblar, shartlar, huquqni qo‘llash amaliyotida aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv institutini tuzishda prokuror va himoyachining ishtirokidagi ayrim jihatlar, muammolar, xorijiy davlatlar tajribasi asosida ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalarga bag‘ishlanadi.

Source type: Conferences
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
36-48
22

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Suyunov, S., & Ibragimov, X. . (2024). AYBGA IQRORLIK TO‘G‘RISIDA KELISHUVNI TUZISHDA PROKUROR VA HIMOYACHINING ISHTIROKI: NAZARIYA VA AMALIYOT. Social Sciences in the Modern World: Theoretical and Practical Research, 3(7), 36–48. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/45871
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushbu maqola aybga iqrorlik to‘g‘risidagi kelishuv, uning ahamiyati, bu institutni qo‘llashdagi protsessual qonunchilikda belgilangan tartiblar, shartlar, huquqni qo‘llash amaliyotida aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv institutini tuzishda prokuror va himoyachining ishtirokidagi ayrim jihatlar, muammolar, xorijiy davlatlar tajribasi asosida ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalarga bag‘ishlanadi.


background image

36

AYBGA IQRORLIK TO‘G‘RISIDA KELISHUVNI TUZISHDA PROKUROR VA

HIMOYACHINING ISHTIROKI: NAZARIYA VA AMALIYOT

Suyunov Shaxzod Shovkatovich

O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi

“Tergov faoliyati” kafedrasi o‘qituvchisi

Ibragimov Xojiakbar Bahodir o‘g‘li

O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi

3-bosqich kursanti

https://doi.org/10.5281/zenodo.11650735

Annotatsiya:

Ushbu maqola aybga iqrorlik to‘g‘risidagi kelishuv, uning ahamiyati, bu

institutni qo‘llashdagi protsessual qonunchilikda belgilangan tartiblar, shartlar, huquqni
qo‘llash amaliyotida aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv institutini tuzishda prokuror va
himoyachining ishtirokidagi ayrim jihatlar, muammolar, xorijiy davlatlar tajribasi asosida
ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalarga bag‘ishlanadi.

Kalit so‘zlar:

ayb, iqrorlik, kelishuv, prokuror, himoyachi, protsess ishtirokchilari,

surishtiruvchi, tergovchi, institut.
Yurtimizda olib borilayotgan sud-huquq sohasidagi islohotlar natijasida protsessual
qonunchiligimizda bir qator yangi institutlar vujudga keldi. Xususan, amaldagi JPKning 62

1

-

bobi shunday institutlardan biri hisoblanmish “Aybga iqrorlik to‘g‘risidagi kelishuv”ga
bag‘ishlangan.
Avvalo ushbu institut qachon va kimlarga nisbatan qo‘llaniladi?-degan savol kishini
o‘ylantiradi. Jinoyat-protsessual kodeksimizning 586

1

-moddasida “Aybga iqrorlik to‘g‘risidagi

kelishuv jinoyat ishini yuritishni o‘ziga nisbatan qo‘yilgan gumonga, ayblovga rozi bo‘lgan,
jinoyatning ochilishiga faol ko‘maklashgan va keltirilgan zararni bartaraf etgan gumon
qilinuvchining yoki ayblanuvchining iltimosnomasiga asosan nazorat qiluvchi prokuror bilan
ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan, uncha og‘ir bo‘lmagan va og‘ir jinoyatlar bo‘yicha tuziladigan
kelishuv” ekanligi belgilab berilgan.
Demak, bundan ko‘rinadiki shaxs ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan, uncha og‘ir bo‘lmagan, va
og‘ir turdagi jinoyatlarni sodir etgan taqdirda o‘z roziligi bilan jinoyatni ochishga faol
yordamlashgan taqdirda va keltirilgan zararni bartaraf etgan taqdirda iltimosnoma asosida
nazorat qiluvchi prokuror bilan birgalikda kelishuvga erishishi mumkin ekan.
Shu o‘rinda, ushbu institutni qo‘llashda prokurorning ishtiroki qanday bo‘lishi kerakligiga
to‘xtalib o‘tmoqchimiz.

Birinchidan,

nazorat qiluvchi prokuror aybga iqrorlik to‘g‘risidagi kelishuv tuzish jarayonini

boshqaruvchi va qonuniylikni ta’minlovchi markaziy ishtirokchidir;

Ikkinchidan,

prokuror gumon qilinuvchi, ayblanuvchi o‘z harakatlarining mohiyatini,

shuningdek o‘zi bergan iltimosnomaning oqibatini anglab yetganligini o‘rganishi kerakligi;

Uchinchidan,

iltimosnoma ixtiyoriy ravishda va ishda ishtirok etayotgan himoyachi bilan

maslahatlashuvlar o‘tkazilganidan keyin berilganligiga ishonch hosil qilish kerakligi;

To‘rtinchidan,

gumon qilinuvchi, ayblanuvchi surishtiruv yoki tergov organi tomonidan

qo‘yilgan gumonni yoxud ayblovni, ish bo‘yicha mavjud bo‘lgan dalillarni, shuningdek
yetkazilgan zararning xususiyati va miqdorini inkor etmaganligi hamda uni bartaraf
etganligini tekshiradi.

Agar aybga iqrorlik to‘g‘risidagi kelishuvni tuzish jarayonida quyidagi holatlar
aniqlansa, kelishuv tuzishga yo‘l qo‘yilmaydi:


background image

37

- ushbu Kodeksning 61-bobida belgilangan tartibda tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini
qo‘llash uchun asoslar mavjud bo‘lsa;
- shaxs tomonidan bir nechta jinoyat sodir etilgan bo‘lib, ulardan loaqal bittasi ushbu
moddada belgilangan talablarga to‘g‘ri kelmasa.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 586

3

-moddasiga ko‘ra: “Aybga

iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzish haqidagi iltimosnoma jinoyat ishini yuritayotgan
surishtiruvchiga, tergovchiga taqdim etiladi. Surishtiruvchi, tergovchi aybga iqrorlik
to‘g‘risida kelishuv tuzish to‘g‘risidagi iltimosnomani olgan paytdan e’tiboran yigirma to‘rt
soat ichida jinoyat ishi materiallarini kelishuv tuzish masalasini hal qilish uchun prokurorga
yuboradi. Prokuror kelishuv tuzish to‘g‘risidagi iltimosnomani u kelib tushgan paytdan
e’tiboran yetmish ikki soat ichida surishtiruvchi yoki tergovchi hamda gumon qilinuvchi,
ayblanuvchi, uning himoyachisi ishtirokida ko‘rib chiqadi va ushbu Kodeksning 586

1

-

moddasida ko‘rsatilgan talablarga rioya etilganligini tekshiradi. Zarur hollarda, prokuror
jabrlanuvchini yoki fuqaroviy da’vogarni ham kelishuv tuzish masalasini ko‘rib chiqish uchun
jalb qiladi”. Bundan tashqari, prokuror kelishuv tuzish haqidagi iltimosnomani ko‘rib
chiqayotganda:
- jinoyat ishi materiallarini va taqdim qilingan yoki talab qilib olingan qo‘shimcha
materiallarni o‘rganadi, kelishuv tuzishning asoslarini tekshiradi, shuningdek gumon
qilinuvchining, ayblanuvchining kelishuv predmeti bo‘lgan harakatlarni amalga oshirish
imkoniyatlarini baholaydi;
- gumon qilinuvchi, ayblanuvchi aybga iqrorlik to‘g‘risidagi kelishuvning barcha shartlari
bilan tanishgan-tanishmaganligini, iltimosnomani ixtiyoriy ravishda va o‘z xohishi bilan,
shuningdek himoyachi bilan muhokama qilganidan keyin bergan bermaganligini, unga
nisbatan biron-bir tazyiq yoki majburlov o‘tkazilgan-o‘tkazilmaganligini, tuzilayotgan
kelishuvning mohiyatini tushungan tushunmaganligini aniqlaydi. Shundan keyin prokuror,
agar kelishuvga asosan hukm chiqarilib, jazo tayinlanganidan keyin gumon qilinuvchining,
ayblanuvchining bila turib yolg‘on ko‘rsatuvlar berganligi yoki tergovdan biron-bir muhim va
ish uchun ahamiyatli bo‘lgan ma’lumotlarni qasddan yashirganligi, kelishuvda nazarda
tutilgan shartlar va majburiyatlarni bajarmaganligi aniqlansa, hukm qayta ko‘rib chiqilishi
mumkinligini aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzish haqida iltimosnoma bergan gumon
qilinuvchiga, ayblanuvchiga tushuntiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 586

4

-moddasiga ko‘ra: “Prokuror

aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzish haqidagi iltimosnomani ko‘rib chiqib, quyidagi
qarorlardan birini qabul qiladi:
- aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzish haqidagi iltimosnomani qanoatlantirish haqida;
- aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzish haqidagi iltimosnomani rad qilish to‘g‘risida.
Prokuror tomonidan aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzish haqidagi iltimosnomaning rad
qilinishi gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va uning himoyachisini ushbu masala yuzasidan
takroran iltimosnoma berish huquqidan mahrum etmaydi”. Endi esa e’tiborimizni O‘zbekiston
Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 586

5

-moddasida belgilangan kelishuvning

mazmuniga qaratamiz.

Aybga iqrorlik to‘g‘risidagi kelishuvda quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak:

1. Kelishuv tuzilgan sana va joy;
2. Kelishuv tuzayotgan prokuror to‘g‘risidagi ma’lumotlar;


background image

38

3. Kelishuv tuzayotgan gumon qilinuvchining, ayblanuvchining familiyasi, ismi va otasining
ismi, boshqa ma’lumotlari, himoyachi haqidagi ma’lumotlar;
4. Jinoyat sodir etilgan joy va vaqtning, shuningdek isbotlanishi lozim bo‘lgan boshqa
holatlarning tavsifi;
5. Jinoyat kodeksining mazkur jinoyat uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi moddasi, qismi,
bandi;
6. Gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan jazoni yengillashtiruvchi
holatlar, aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzilgan jinoyatlar bo‘yicha jazo tayinlash tartibi;
7. Sodir etilgan jinoyatni fosh etish, jinoyat ishi bo‘yicha dalillarni taqdim etish, jinoiy yo‘l
bilan orttirilgan mol-mulkni aniqlash bo‘yicha gumon qilinuvchi, ayblanuvchi kelishuv
imzolanganidan keyin bajarishni o‘z zimmasiga oladigan harakatlar;
8. Yetkazilgan zararning miqdori va uning o‘rni qoplanishi;
9. Ushbu Kodeks 586

3

-moddasining beshinchi qismida nazarda tutilgan shartlarni

bajarmaganlik oqibatlari.
Lekin shunisi e’tiborliki, agar ish bo‘yicha gumon qilinuvchi, ayblanuvchi sifatida bir necha
shaxs jalb etilgan bo‘lsa, aybga iqrorlik to‘g‘risidagi kelishuv har bir gumon qilinuvchi,
ayblanuvchi bilan alohida-alohida tuziladi. Kelishuv prokuror, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi,
uning himoyachisi tomonidan imzolanadi. Kelishuv imzolanganiga qadar gumon qilinuvchi,
ayblanuvchi kelishuv tuzish masalasini va uning oqibatlarini himoyachi bilan xoli qolib va
maxfiy holda muhokama qilish huquqiga ega.
Aybga

iqrorlik

to‘g‘risida

kelishuv

tuzishda

himoyachining

ishtiroki

JPK

51-moddasiga ko‘ra majburiy hisoblanadi. Himoyachi ishtirokining majburiyligi gumon
qilinuvchi va ayblanuvchining huquq va manfaatlarining qonun doirasida himoya
qilinishining kafolati hisoblanadi. Himoyachi aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzishda
gumon qilinuvchi va ayblanuvchi uchun ushbu kelishuvning tuzilishi uning uchun qanday
ijobiy va salbiy oqibatlar olib kelishi mumkinligi haqidagi maslahatlarni berib borishi
mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 586

6

-moddasiga ko‘ra: “Aybga

iqrorlik to‘g‘risida kelishuv imzolanganidan keyin ish bo‘yicha tergov va boshqa protsessual
harakatlar o‘tkazish zarurati mavjud bo‘lmagan taqdirda prokuror ayblov xulosasini yoki
ayblov dalolatnomasini tasdiqlab, ishni zudlik bilan sudga yuboradi. Aybga iqrorlik to‘g‘risida
kelishuv imzolanganidan keyin tergov va boshqa protsessual harakatlar o‘tkazish zarurati
mavjud bo‘lgan taqdirda, prokuror ishni surishtiruv yoki tergov organiga yuboradi.
Surishtiruvchi, tergovchi gumon qilinuvchining, ayblanuvchining aybini tasdiqlash uchun
yetarli hajmda dalillarni to‘playdi. Agar ishni sudga qadar yuritish jarayonida jinoyatning
aybga iqrorlik to‘g‘risidagi kelishuvda nazarda tutilmagan boshqa holatlari aniqlansa, kelishuv
o‘z kuchini yo‘qotadi. Bunda aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzishni istisno etadigan
holatlar aniqlangan taqdirda, jinoyat ishi bo‘yicha ish yuritish umumiy tartibda olib boriladi.
Agar aniqlangan holatlar aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzishni istisno etmasa, kelishuv
ushbu

Kodeksning

586

2

-586

4

-moddalarida nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda qayta ko‘rib chiqilishi

mumkin. Gumon qilinuvchining yoki ayblanuvchining aybini tasdiqlash uchun dalillar
to‘planganidan keyin surishtiruvchi, tergovchi ishni prokurorga taqdim etadi. Prokuror
jinoyat ishi materiallarini besh sutka ichida ko‘rib chiqib, ayblov xulosasini yoki ayblov


background image

39

dalolatnomasini tasdiqlab, ishni aybga iqrorlik to‘g‘risidagi kelishuv bilan birga sudga
yuboradi. Agar ish bo‘yicha gumon qilinuvchi, ayblanuvchi sifatida ishtirok etish uchun bir
necha shaxs jalb qilingan bo‘lsa va ularning barchasi bilan ham aybga iqrorlik to‘g‘risida
kelishuv tuzilmagan bo‘lsa, o‘zi bilan kelishuv tuzilmagan gumon qilinuvchilarga,
ayblanuvchilarga taalluqli materiallar ajratiladi va ular bo‘yicha ish yuritish umumiy
qoidalarga rioya etgan holda amalga oshiriladi, bu haqda kelishuvda ko‘rsatiladi”.
Xorij amaliyotiga nazar tashlasak, amerikalik yurist Donald Nyuman “aybga iqrorlik to‘g‘risida
kelishuv”ni prokuror va ayblanuvchi o‘rtasida o‘tkazilgan muzokaralardan keyingi
ayblanuvchining arizasi deb hisoblaydi. Ushbu muzokaralarda ayblanuvchi prokuror
tomonidan beriladigan kafolatlar, xususan, ayblovning hajmini kamaytirish, hukm chiqarishda
jazoni yengillashtirish evaziga sodir qilgan jinoyatiga iqror bo‘ladi, sud ham hukm chiqarishda
iloji boricha o‘z vakolatlaridan maksimal darajada foydalanib sudlanuvchiga yengilroq jazo
tayinlash yoki og‘ir jazoni boshqa yengilroq turdagi jazoga almashtiradi

1

.

Yuqoridagi tartib-tamoilning shakliy natijasi sudning buyrug‘i hisoblanadi. Sud buyrug‘ida
ayblanuvchi yoki sudlanuvchi tomonidan aybga iqrorlik bo‘yicha berilgan ariza ularning o‘z
xohishi bilan berilganligi, unga nisbatan qo‘yilgan barcha ayblov mohiyatiga to‘liq tushungan
va ularning qanday oqibatlar keltirib chiqarishi haqida vakolatli organlar tomonidan
ogohlantirilganligi sudning buyrug‘i bilan ushbu kelishuv kuchga kirishi haqidagi ma’lumotlar
bo‘ladi.
AQShda jabrlanuvchi, ayblanuvchi prokuror bilan aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzishida
juda katta ahamiyatga ega protsess ishtirokchisi hisoblanadi. AQSh jinoyat protsessida aybga
iqrorlik to‘g‘risida kelishuv avtomatik tarzda ayblov hukmi chiqarishiga asos bo‘ladi va
himoyachi tomonidan taqdim etilgan dalillar va sud ekspertizasi natijalari inobatga olinmaydi.
Bundan tashqari, keyinchalik sudlanuvchining aybiga iqror bo‘lishi uning hukm ustidan
shikoyat qilish va hatto jazoni belgilash huquqlarining doirasiga bevosita ta’sir qiladi.
Ayblanuvchi bilan aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuvni muhokama qilishdan oldin prokuror
jabrlanuvchi bilan bir qancha masalalarni aniqlashtirib oladi. O‘z amaliy tajribasidan kelib
chiqqan holda prokuror jabrlanuvchiga ayblovning kuchli va zaif tomonlarini tushuntirib
o‘tadi hamda protsessning davomiyligi haqida o‘z taxminiy fikrlarini ham aytib o‘tadi.
Jabrlanuvchi ayblanuvchi bilan aybiga iqrorligi yoki iqror emasligi to‘g‘risida yakuniy qarorni
qabul qilmasa ham, prokurorning qarori jabrlanuvchining xohish-istaklariga mos kelishi
amaliyotda yaxshi natijalarga olib keladi deb hisoblanadi

2

.

Dastlabki tergov organlari kelishuv predmetini yaratishga va natijada ayblanuvchini
ayblovning bir qismini rad etish bilan bog‘liq shartlarni qabul qilib, o‘z aybini tan olishga
ishontirishga harakat qiladi. O.V.Yevstegneyevaning fikricha: “AQSh huquqiy tizimi
ayblanuvchiga nisbatan haddan tashqari erkinlik beradi, bundan tashqari, aybga iqrorlik
to‘g‘risida kelishuv tuzishda ayblov doirasini o‘zgartirishga bo‘lgan mustaqillikni nazarda
tutadi

3

.

1

http://www.pravo.vuzlib.su/book_z652_page_18.html

2

Курдова А.В. Практика применения ускоренного порядка рассмотрения уголовных дел судом в УПК РА

(сравнительно-правовой анализ с законодательствами ряда европейских стран СНГ, США). Ереван (Армения).
2009. С 43.

3

Евстигнеева О. В. Сделка о признании вины» - международно-правовой институт в российском правовом поле

// Правовые проблемы научного прогресса : Материалы заседаний Международной школы молодых ученых-
юристов. Москва, 28-30 мая 2009 г. М. : Юриспруденция, 2010. С. 291-294.


background image

40

Amerika qonunchiligiga ko‘ra, “Prokuror va sudlanuvchining advokati yoki ayblanuvchi
mustaqil ravishda muzokara olib borishi va kelishuvga erishishi mumkin. Sud bu
muhokamada ishtirok etmasligi kerak. Agar ayblanuvchi to‘liq o‘z aybiga iqror bo‘lsa yoki
boshqa u tomonidan sodir etilgan deb taxmin qilinayotgan jinoyatlar yoki uncha og‘ir
bo‘lmagan jinoyatlar bo‘yicha aybiga iqror bo‘lsa, kelishuv bo‘yicha prokuror:

4

- xulosani yangi ayblov bilan to‘ldirmaydi va qo‘yilgan ayblovdan voz kechmaydi;
- sudga ayblanuvchining yoki sudlanuvchining unga nisbatan muayyan jazoni tayinlash yoki
jazoni muayyan miqdorda kamaytirish bo‘yicha bergan iltimosnomasini rad etmaslik hamda
unga nisbatan Federal qoidalarda belgilangan jazo shaklini qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar beradi.
Ko‘pgina aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuvlar ayblov xulosasi tuzilib, gumon qilinuvchi,
ayblanuvchi yoki sudlanuvchiga taqdim etilganidan keyin tuziladi. Biroq, gumon qilinuvchi
unga nisbatan ayblov e’lon qilinishidan oldin kelishuv bo‘yicha muzokaralarni boshlashi
mumkin. Agar prokuror gumon qilinuvchidan boshqa jinoyatchi yoki jinoiy guruh rahbarlari
haqidagi ma’lumotlarni aniqlash uchun foydalanmoqchi bo‘lsa, ayblov xulosasi e’lon
qilinishidan oldin aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzish maqsadga muvofiqdir. Buning
natijasida prokuror bilan hamkorlik qila boshlagan shaxs jinoiy javobgarlikdan butunlay ozod
etilishi mumkin. Bunday holatda hech qanday ayblov xulosasi tuzilmaydi.
AQShning soddalashtirilgan tartibda ish yurituvini tahlil qilar ekanmiz, quyidagi xulosalarga
kelishimiz mumkin. Og‘ir jinoyatlar bo‘yicha yakuniy qarorga kelishda prokuror asosiy va faol
rol o‘ynaydi. AQSh jinoiy protsessida ayblov, yuqorida aytib o‘tilganidek, ayblov xulosasi
orqali amalga oshiriladi. Lekin ayblov xulosasi Katta Hakamlar hay‘ati tomonidan keyinchalik
tasdiqlanishi kerak. Ayblov xulosasining boshqa shakli ham mavjud bo‘lib, u ayblov
to‘g‘risidagi ariza deb nomlanadi (information). Ayblov to‘g‘risidagi ariza prokuror tomonidan
bevosita sudga beriladi. Har qanday holatda ham prokuror sodir etilgan jinoyat to‘g‘risidagi
ma’lumotlar va faktlar asosida qanday ayblov qo‘yish joiz bo‘lishi haqida obdon o‘ylab chiqishi
kerak.

5

Prokurorlar tomonidan qo‘yiladigan jinoyatga nomutanosib bo‘lgan ayblovlar qo‘yish
natijasida yuzaga keladigan jazoning chegaradan oshib ketishi bilan bog‘liq muammolar tez-
tez takrorlanib turadi. AQSh Yuristlar Assotsiatsiyasi yetarli dalillar bazasi bo‘lmagan holatda
ayblovni qo‘llab-quvvatlamaslik kerakligi haqidagi va har qanday ayblov maqbul dalillar bilan
mustahkamlanishini kerakligi haqidagi qoidani kiritishni maslahat berishdi

6

.

Hozirda pretsedent huquqi asosida AQSh Oliy sudi ayblov e’lon qilish bo‘yicha standartlarni
ishlab chiqdi, unga ko‘ra: “Agar prokurorda ayblanuvchining haqiqatan ham jinoyat sodir
qilganligi haqidagi asoslari bo‘lsa, ishni Katta hay’at ko‘rib chiqishi uchun yuborishi kerak”

7

.

Nyu-York shtatidagi og‘ir jinoyatlar bo‘yicha chiqarilgan qarorlarni tahlil qilib, Odil sudlov
muammolarini o‘rganish instituti prokurorlarning ko‘p holatlarda eng yuqori ayblovni
qo‘yishadi, bu bilan ular Aybga iqrorlik to’g’risida kelishuv tuzishni ko‘zlashadi

8

.

4

Там же. С 295

5

Лазарева В. Новый УПК: особый порядок принятия судебного решения при согласии обвиняемого с

предъявленным ему обвинением // Уголовное право. 2002. № 2. С. 67-69

6

Там же. С 69

7

Халиков А. Вопросы, возникающие при особом порядке судебного разбирательства // Российская юстиция.

2003. № 1. С. 63-65;

8

Трубникова Т.В. Упрощенные судебные производства в УПК РФ // Материалы международной

научнопрактической конференции, посвященной принятию нового УПК РФ. М., 2002. С. 191-192.


background image

41

Prokuror ayblov e’lon qilgandan keyin ayblanuvchiga aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv
tuzishni taklif qilish va kelishuvning shartlari qanday bo‘lishi haqidagi masalasini ham hal
qilib olishi kerak. “Jinoyat protsessi Federal qoidalari”ning 11-qoidasiga ko‘ra: aybga iqrorlik
to‘g‘risida kelishuv odatda yozma tarzda tuziladi. Amaliyotda kelishuvning yozma shaklda
tuzilishi haqidagi qoidaga har doim ham amal qilinavermaydi. Prokuror kelishuvni yozma
ravishda tuzishning o‘rniga qisqacha memorandum tuzishi mumkin yoki himoyachiga xat
yozib yuborishi mumkin. Bundan tashqari prokuror himoyachiga aybga iqrorlik to‘g‘risida
kelishuv tuzish taklifini og‘zaki ravishda ham yetkazishi mumkin yoki buni ochiq sud
majlisida bayonnomada aks ettirishi mumkin. Aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzish taklifi
sudyaning ishtirokisiz yoki sudya va himoyachi ishtirokida ham berilishi mumkin.
Prokuror kelishuv tuzish bo‘yicha birlamchi taklifni bergandan so‘ng ayblanuvchi va
himoyachi o‘z imkoniyatlarini aniqlashtirib olishlari kerak. Himoyachi prokurorga o‘zining
kontrtaklifini bildirishi mumkin bu bilan u suddan jazo tayinlashdagi kafolatga erishishni
maqsad qiladi.
Kelishuv tuzishdagi prokurorning rolini Rossiya Federatsiyasi qonunchiligi bo‘yicha tahlil
qilar ekanmiz, e’tiborimizni RFning JPK 314-moddasiga qaratamiz. Unga ko‘ra: “Ayblanuvchi
davlat ayblovchisi yoki xususiy ayblovchining va jabrlanuvchining roziligi bilan sudga o‘z
aybiga iqrorligi va hukmni sud muhokamasisiz chiqarish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi
mumkin. Agar davlat ayblovchisi, xususiy ayblovchi yoki jabrlanuvchi ayblanuvchining
iltimosnomasiga qarshi bo‘lsa, jinoyat ishi sudda umumiy tartibda ko‘rib chiqiladi. Shundan
so‘ng sudya maxsus tartibda ish yuritishni tugatish bo‘yicha va ishni umumiy tartibda ko‘rib
chiqish to‘g‘risida qaror chiqaradi”.
RF JPK 317

1

-moddasiga ko‘ra: “Gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi prokuror nomiga kelishuv

tuzish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi mumkin”. Kelishuv tuzish bo‘yicha kiritilgan
iltimosnoma himoyachi tomonidan tergovchi orqali prokurorga beriladi. Prokuror kelishuv
tuzish to‘g‘risidagi iltimosnomani va tergovchining iltimosnomani qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi
qarorini kelib tushgan kundan boshlab 3 sutka ichida ko‘rib chiqadi. Prokuror iltimosnomani
qabul qilish to‘g‘risida qaror qabul qilgandan so‘ng tergovchi, ayblanuvchi yoki gumon
qilinuvchini va ularning himoyachisini chaqiradi. Ularning ishtirokida prokuror kelishuvni
tuzadi.
Dastlabki tergov tugaganidan so‘ng jinoyat ishi prokurorga ayblov xulosasini tasdiqlash va
kelishuv shartlarining gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi tomonidan bajarilishini ta’minlash
to‘g‘risida qaror chiqariladi.
“Aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv”ni tuzishda himoyachining roli va ahamiyatiga to‘xtalib
o‘tishdan oldin milliy qonunchiligimizdagi himoyachi haqida berilgan ta’rifga to‘xtalib
o‘tishimiz zarur. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyatprotsesual kodeksi 49-moddasiga ko‘ra:
“Himoyachi gumon qilinuvchilarning, ayblanuvchilarning, sudlanuvchilarning huquqlari va
qonuniy manfaatlarini qonunda belgilangan tartibda himoya qilishni amalga oshirish hamda
ularga zarur yuridik yordam ko‘rsatish vakolatiga ega bo‘lgan shaxsdir. Ishda himoyachilar
sifatida advokatlar ishtirok etishlari mumkin. Advokatning ishda ishtirok etishiga u advokat
guvohnomasini ko‘rsatganidan va muayyan ishni yuritishga vakolatli ekanligini tasdiqlovchi
orderni taqdim etganidan keyin yo‘l qo‘yiladi. Gumon qilinuvchining, ayblanuvchining,
sudlanuvchining yaqin qarindoshlari yoki qonuniy vakillaridan birining advokat bilan bir
qatorda himoyachi sifatida ishtirok etishiga gumon qilinuvchining, ayblanuvchining,


background image

42

sudlanuvchining iltimosnomasi bo‘yicha surishtiruvchining, tergovchining qarori yoki sud
ajrimiga binoan yo‘l qo‘yilishi mumkin. Himoyachining ishda ishtirok etishiga jinoyat
protsessining har qanday bosqichida, shaxs ushlanganida esa uning harakatlanish erkinligiga
bo‘lgan huquqi amalda cheklangan paytdan boshlab ruxsat etiladi”. Jinoyat-protsessual
kodeksining 50-moddasiga ko‘ra esa, “Himoyachi gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi,
ularning qonuniy vakillari, shuningdek gumon qilinuvchining, ayblanuvchining,
sudlanuvchining iltimosi yoki roziligi bilan boshqa shaxslar tomonidan taklif etiladi. Gumon
qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining iltimosiga ko‘ra surishtiruvchi, tergovchi,
prokuror yoki sud ishda himoyachining ishtirok etishini ta’minlaydi. Tanlangan
himoyachining yigirma to‘rt soat ichida ishda ishtirok etishga kirishishga imkoniyati
bo‘lmagan hollarda, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud gumon qilinuvchiga,
ayblanuvchiga, sudlanuvchiga yoxud ularning qarindoshlariga boshqa himoyachini taklif
etishni yoki himoyachi tayinlashni so‘rab O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining
hududiy boshqarmasi tomonidan belgilanadigan advokatlik tuzilmalariga murojaat qilishni
tavsiya etadi. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi tanlagan himoyachi istalgan vaqtda
ishda ishtirok etishga kirishishga haqlidir. Ishni yuritayotgan surishtiruvchi, tergovchi,
prokuror yoki sud gumon qilinuvchini, ayblanuvchini, sudlanuvchini yuridik yordam uchun
to‘lovdan batamom yoki qisman ozod etishga haqlidir. Bunday hollarda advokat mehnatiga
haq to‘lash xarajatlari Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan tartibda davlat hisobidan bo‘ladi”.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 53-moddasida himoyachining
huquq va majburiyatlari sanab o‘tilgan bo‘lib, ular quyidagilar:
Himoyachi: manfaatlarini himoya qilayotgan shaxsning nimada gumon qilinayotganligi yoki
ayblanayotganligini bilish; advokatlik guvohnomasini ko‘rsatganidan va muayyan ishni
yuritishga vakolatli ekanligini tasdiqlovchi orderni taqdim etganidan so‘ng ishda ishtirok
etish; gumon qilinuvchi so‘roq qilinayotganda ishtirok etish, shaxsga ayblov e’lon
qilinayotganda hozir bo‘lish hamda ayblanuvchi so‘roq qilinayotganda, shuningdek ularning
ishtirokida o‘tkaziladigan boshqa tergov harakatlarida ishtirok etish va gumon
qilinuvchilarga, ayblanuvchilarga, guvohlarga, ekspertlarga, mutaxassislarga savollar berish;
boshqa tergov harakatlari yurgizilayotganda surishtiruvchi yoki tergovchining ruxsati bilan
ishtirok etish; o‘zi ishtirok etgan tergov harakatining yuritilishi xususida yozma mulohazalar
berish; iltimosnoma berish va rad etish; ushbu Kodeks 87-moddasining ikkinchi qismiga
muvofiq dalillarni to‘plash va taqdim etish; gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi ishtirokida
o‘tkazilgan protsessual harakatlarga oid hujjatlar bilan, surishtiruv yoki dastlabki tergov
tamom bo‘lganidan keyin esa jinoyat ishining barcha materiallari bilan tanishish hamda
undan zarur ma’lumotlarni yozib olish, materiallar va hujjatlardan texnika vositalari
yordamida o‘z hisobidan ko‘chirma nusxalar olish yoki ularda ko‘rsatilgan ma’lumotlarni
o‘zga shaklda qayd etish; agar himoyani amalga oshirish uchun zarur bo‘lsa, davlat sirlari,
tijorat siri yoki boshqa sirni o‘z ichiga olgan axborot bilan qonunchilikda nazarda tutilgan
tartibda tanishish; sud tomonidan ish bo‘yicha dastlabki eshituv o‘tkazilayotganda va sud
muhokamasida taraf sifatida ishtirok etish; surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning
va sudning harakatlari hamda qarorlari ustidan shikoyatlar keltirish; sud majlisining
bayonnomasi bilan tanishish va bu haqda o‘z mulohazalarini bildirish; ish bo‘yicha keltirilgan
shikoyatlar, protestlar to‘g‘risida bilish hamda ularga nisbatan e’tirozlar bildirish;
apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi majlislarida ishtirok etish huquqiga ega.


background image

43

Agar gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi qamoqda saqlanayotgan yoki uy
qamog‘ida bo‘lsa, himoyachi u bilan jinoyat ishini yuritishga mas’ul bo‘lgan davlat organlari va
mansabdor shaxslarning ruxsatisiz, uchrashuvlarning soni va davom etish vaqti
cheklanmagan holda xoli uchrashishga haqli. Himoyachi o‘z vazifasini amalga oshirishi
munosabati bilan bilgan ma’lumotlarni oshkor qilishga haqli emas. Himoyachi: gumonni yoki
ayblovni rad etadigan yoxud javobgarlikni yengillashtiradigan holatlarni aniqlash uchun
qonunda nazarda tutilgan barcha vosita va usullarni qo‘llashi hamda gumon qilinuvchiga,
ayblanuvchiga yoki sudlanuvchiga zarur yuridik yordam ko‘rsatishi; haqiqatni aniqlashga
dalillarni yo‘q qilish, soxtalashtirish, guvohlarni ko‘ndirishga urinish va qonunga xilof boshqa
harakatlar bilan to‘sqinlik qilmasligi; ishning tergovi va sud majlisi vaqtida tartibga rioya
etishi shart. Ishda ishtirok etish haqida bitim tuzilgan yoki tayinlangan vaqtidan boshlab
advokat himoyachi vazifasini bajarishni rad etishga haqli emas.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 52-moddasida himoyachidan voz
kechish tartibi keltirib o‘tilgan bo‘lib, ushbu tartib quyidagicha: “Gumon qilinuvchi,
ayblanuvchi yoki sudlanuvchi ish yuritishning istalgan paytida himoyachidan voz kechishga
haqlidir. Bunday voz kechishga faqat gumon qilinuvchining, ayblanuvchining yoki
sudlanuvchining tashabbusi bilan va himoyachining ishda ishtirok etishiga surishtiruvchi,
tergovchi yoki sud tomonidan advokat taklif etish orqali ta’minlanadigan real imkoniyat
mavjud bo‘lgandagina yo‘l qo‘yiladi, bunda advokat o‘z himoyasi ostidagi shaxs bilan xoli
uchrashganidan keyin himoyadan voz kechilganligini tasdiqlaydi. Himoyachidan voz kechish
jarayoni videoyozuv orqali qayd etilishi shart.
Himoyachidan voz kechganlik haqida gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi,
shuningdek advokat, surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan imzolanadigan bayonnoma
tuziladi yoxud sud majlisi bayonnomasiga yozib qo‘yiladi. Videoyozuv materiallari
bayonnomaga ilova qilinadi. Bunda himoyachining himoya ostidagi shaxs bilan xoli
uchrashishi videoyozuv orqali qayd etilmaydi. Himoyachidan voz kechish gumon qilinuvchini,
ayblanuvchini yoki sudlanuvchini keyinchalik ishda himoyachi ishtirok etishiga ruxsat berish
haqida iltimos qilish huquqidan mahrum qilmaydi. Bunday iltimos barcha hollarda
qanoatlantirilishi kerak. Sud tergovi davomida himoyachining ishtirok etishi haqida berilgan
iltimosnoma ishning holatlarini hisobga olib va sudlanuvchiga himoya huquqini ta’minlash
manfaatlarini ko‘zlab sud tomonidan hal etiladi. Himoyachining sud majlisi davomida ishga
kirishishi sud tergovini qayta boshlash uchun asos bo‘lmaydi”.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2003-yil 19-dekabrdagi 17-sonli “Gumon
qilinuvchi va ayblanuvchini himoya huquqi bilan ta’minlashga oid qonunlarni qo‘llash
bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 14-,15- bandlariga ko‘ra: “Jinoyat ishi bo‘yicha
himoyachi yordamidan foydalanish gumon qilinuvchining, ayblanuvchining huquqi
hisoblanadi. Shu tufayli ham u ish yurituvning istalgan paytida himoyachidan voz kechishi
mumkin. Himoyachidan voz kechganlik to‘g‘risida sabablari ko‘rsatilgan holda yozma
murojaat taqdim etiladi. Himoyachidan voz kechishga faqat gumon qilinuvchining,
ayblanuvchining tashabbusi bilan va ushbu masala muhokama etilayotganda himoyachining
real ishtiroki ta’minlangan holdagina yo‘l qo‘yiladi. Bunda ish materiallariga himoyachining
ishda ishtirok etishga vakolati borligini tasdiqlovchi hujjat (advokatning orderi, qonuniy vakil
vakolatini tasdiqlovchi hujjat va h.k.) qo‘shib qo‘yiladi.
Gumon qilinuvchining, ayblanuvchining himoyachidan voz kechishiga quyidagi hollarda yo‘l


background image

44

qo‘yilmasligi mumkin, agar u:
1. voyaga yetmagan bo‘lsa;
2. jismoniy nuqsoni (kar, soqov, ko‘r va h.k.) yoki ruhiy kasalligi tufayli o‘zini o‘zi himoya
qilishga qiynalsa;
3. sudlov ishi yuritilayotgan tilni bilmasa;
4. umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin bo‘lgan jinoyatni sodir
etishda gumon qilinayotgan yoki ayblanayotgan bo‘lsa.
Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi ishlarda, apellyatsiya, kassatsiya
va nazorat instansiyasi sudida ko‘rilayotgan ishlarda, shuningdek himoyachidan voz kechish
to‘g‘risida noilojlikdan (himoyachining mehnatiga haq to‘lash imkoniyatining yo‘qligi, ish
bo‘yicha himoyachining hozir bo‘lmasligi va h.k.) arz qilingan hollarda ham himoyachidan voz
kechish qabul qilinmasligi mumkin.
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi himoyachidan uning mehnatiga haq to‘lash imkoniyati yo‘qligi
sababli voz kechmoqchi bo‘lgan taqdirda, jinoyat ishini yuritishga mas’ul davlat organlarining
mansabdor shaxslari JPK 50- moddasining to‘rtinchi qismi qoidalariga binoan gumon
qilinuvchini, ayblanuvchini bunday xarajatlardan to‘liq yoki qisman ozod etish chorasini
ko‘rishlari kerak. Surishtiruvchi, tergovchi, sud (sudya), ishning murakkabligi va boshqa
holatlari gumon qilinuvchining, ayblanuvchining himoya huquqini o‘zi amalga oshirishiga
qiyinchilik tug‘dirishi mumkin degan xulosaga kelsa, himoyachidan voz kechish to‘g‘risidagi
arizani rad etishi mumkin.
Biron bir sababga ko‘ra muayyan himoyachidan voz kechish hollari umuman himoyachi
xizmatidan voz kechish deb qaralmasligi kerak. Himoyachidan voz kechish to‘g‘risidagi
arizaning qanoatlantirilganligi yoki rad etilganligi haqida belgilangan namunada bayonnoma
tuziladi hamda u gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, himoyachi va surishtiruvchi yoki tergovchi
tomonidan imzolanadi. Sud majlisida bu haqda majlis bayonnomasiga tegishli yozuv kiritiladi.
Himoyachidan voz kechish gumon qilinuvchini, ayblanuvchini keyinchalik ishda himoyachi
ishtirok etishini talab qilish huquqidan mahrum etmaydi. Bunday talab barcha hollarda
qanoatlantirilishi lozim.
Himoyachining ishga yangidan kirishishi o‘sha paytga qadar amalga oshirilgan protsessual
harakatlar takrorlanishini taqozo etmaydi. Sud majlisi davomida himoyachining ishga
kirishishi sud tergovini qayta boshlash uchun asos bo‘lmaydi. Biroq, bu holda sud unga ish
materiallari bilan tanishib chiqish va himoyasida bo‘lgan shaxs huquq va manfaatlari
himoyasiga kirishishga tayyorgarlik ko‘rish uchun imkoniyat berishi kerak. Himoyachining u
protsessga kirgunga qadar sud tomonidan so‘roq qilingan shaxslarni chaqirish haqidagi
iltimosnomasi JPK 448- moddasida belgilangan tartibda hal etiladi. Ishda ishtirok etish haqida
bitim tuzilgan yoki tayinlangan vaqtdan boshlab, advokat o‘z vazifalarini bajarishni rad
etishga haqli emas, JPK 79-moddasida belgilangan hollar bundan mustasno”.

Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi JPKning 79-moddasida himoyachining ishda
ishtirok etishiga monelik qiladigan holatlar belgilangan bo‘lib, ular quyidagilardir:

Himoyachi, shuningdek jabrlanuvchining, fuqaroviy da’vogarning yoki fuqaroviy javobgarning
vakili quyidagi hollarda jinoyat ishini yuritishda ishtirok etishga haqli emas, basharti u:
1) ilgari shu ish bo‘yicha sudya, xalq maslahatchisi, prokuror, tergovchi, surishtiruvchi
tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, sud majlisining
kotibi, guvoh, ekspert, mutaxassis, tarjimon yoki xolis sifatida ishtirok etgan bo‘lsa;


background image

45

2) ushbu ishning tergovida yoki sudda ko‘rilishida ishtirok etgan yoxud ishtirok etayotgan
sudya, prokuror, tergovchi, surishtiruvchi yoki sud majlisining kotibi bilan qarindoshlik
munosabatida bo‘lsa yoxud yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida u bilan bitim tuzgan protsess
ishtirokchisining manfaatlariga manfaati qarama-qarshi bo‘lgan shaxs bilan qarindoshlik
munosabatida bo‘lsa;
3) sudya, prokuror, tergovchi, surishtiruvchi lavozimida bo‘lsa, quyidagi hollar bundan
mustasno: basharti u muomalaga layoqatsiz shaxslarning vakili bo‘lsa yoki o‘zi ishlaydigan va
fuqaroviy da’vogar deb e’tirof etilgan yoki fuqaroviy javobgar tariqasida ishga jalb qilingan
muassasaning vakili sifatida qatnashsa;
4) o‘z himoyasidagi gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining yoki o‘zi vakillik
qilayotgan jabrlanuvchining, fuqaroviy da’vogarning, fuqaroviy javobgarning manfaatlariga
manfaati qarama-qarshi bo‘lgan shaxsga yuridik yordam ko‘rsatayotgan yoki muqaddam
shunday yordam ko‘rsatgan bo‘lsa.
Aybga iqrorlik to‘g‘risidagi kelishuvni tuzishda himoyachining ishtirok etishi shart bo‘lgan
holat sanaladi ushbu qoida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 51-
moddasida o‘z aksini topgan. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 586

2

-

moddasiga ko‘ra, “Kelishuv tuzish haqidagi iltimosnoma gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, uning
himoyachisi va, agar ishda qatnashayotgan bo‘lsa, qonuniy vakili tomonidan imzolangan
bo‘lishi lozim”.Ushbu normadan kelib chiqib shuni aytishimi mumkinki, himoyachi gumon
qilinuvchi va ayblanuvchi tomonidan tomonidan berilayotgan iltimosnomaning o‘z mijozi
uchun qay darajada samarali va qonuniy tuzilayotganligini tekshiruvchi hamda uni
ayblovning ustun va kamchiliklari haqidagi ma’lumotlar bilan xabardor etuvchi shaxs
hisoblanadi.
Himoyachi imzosining shartligi esa JPKning 51-moddasidagi himoyachi ishtirok etishi
majburiyligi haqidagi normaga borib taqaladi. Aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzish
haqidagi iltimosnomani ko‘rib chiqishda ham prokuror ushbu iltimosnoma gumon qilinuvchi
va ayblanuvchi tomonidan himoyachi bilan ish holatlarini muhokama qilgandan so‘ng
berilgan yoki berilmaganligini tekshirishi ham himoyachining ushbu jarayonda qanchalik
muhim ahamiyatga ega protsess ishtirokchisi ekanligidan dalolat beradi.
Endi esa e’tiborimizni xorijiy davlatlar qonunchiligida himoyachining aybga iqrorlik
to‘g‘risida kelishuv tuzishdagi ahamiyati va roliga qaratamiz.
AQShda aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzishda advokatning qatnashishi ushbu
kelishuvning ayblanuvchi yoki gumon qilinuvchi tomonidan o‘z xohishiga ko‘ra
tuzilayotganligining kafolatidir. Himoyachining asosiy vazifasi gumon qilinuvchi yoki
ayblanuvchiga aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzilgandan keyingi kelib chiqadigan
oqibatlar haqida va unga beriladigan kafolatlar haqida tushuntirishlar berishdir. Shunday
bo‘lsa ham kelishuv tuzish bo‘yicha ayblanuvchi yoki gumon qilinuvchining o‘zi yakuniy
qarorga keladi

9

.

Himoyachi kelishuv tuzishda ushbu kelishuvning o‘z mijozi uchun qanchalik foydali ekanligini
baholash bilan birga, qo‘yilayotgan ayblovni baholaydi va mijozining jinoiy o‘tmishi haqidagi
ma’lumotlarni aniqlashtiradi. Ayblanuvchining oldingi sudlanganlik holatlari ham

9

Курдова. А.В. Практика применения ускоренного порядка рассмотрения уголовных дел судом в УПК РА

(сравнительно-правовой анализ с законодательствами ряда европейских стран СНГ, США)» Ереван (Армения).
2009


background image

46

himoyachining aybga iqrorlik bo‘yicha kelishuv tuzishni maslahat berishda e’tiborga olinadi.
Amaliyotda ko‘pchilik himoyachilar ayblanuvchiga ta’sir o‘tkazmaslikka, asosan, ularning o‘z
xohishi bilan kelishuvni tuzishlarining tarafdori. Ba’zi himoyachilar esa ayblanuvchiga
maslahat berishda aktiv harakat qiladilar va kelishuv tuzishga ko‘ndirishadi

10

.

Statiskaga ko‘ra, retsidevistlar birinchi marta jinoyat sodir etganlariga qaraganda aybga
iqrorlik to‘g‘risida kelishuvni iloji boricha tezroq tuzishga harakat qiladilar. Retsidevitslar
kelishuv tuzishga ko‘proq moyil bo‘lishiga qaramasdan ularga beriladigan kafolatlar nisbatan
kamroq. AQShning ba’zi shtatlarida “ochiq ishlar siyosati” deb ataluvchi amaliyot mavjud.
Unga ko‘ra, himoyachi prokurorning ishtirokida jinoyat ishi materiallari bilan to‘liq tanishib
chiqishi mumkin. Bu amaliyot ayblov va himoya tarafi o‘rtasidagi ishonchni mustahkamlaydi
va kelishuv tuzishni osonlashtiradi.
Ish bilan tanishib chiqib himoyachi ayblovning kuchli va zaif tomonlarini o‘rganib chiqib,
ayblanuvchiga tegishli maslahatlar beradi. Kelishuvni tuzishda eng zaruriy ahamiyatga ega
omillar quyidagilardan iborat: ayblanuvchining jinoiy o‘tmishi, sodir etilgan jinoyatning
og‘irlik darajasi, dalillar bazasining asosliligidir. Himoyachi kelishuv tuzilayotgan paytda
ayblanuvchiga tayinlanadigan jazoni yengillashtiruvchi dalillarni to‘plab etadi

11

.

Himoyachilar jazoni yengillashtiruvchi omillardan, o‘z bilim va ko‘nikmalaridan kelib chiqib
har xil foydalanadi. Lekin ko‘p holatlarda ushbu omillardan himoyachi ish materiallari bilan
shaxsan tanishib chiqqandan so‘ng foydalanish startegiyalarini yaratadi. Bu bilan himoyachi
kelishuvning shartlarining o‘z mijozi uchun foydali va maqbul bo‘lishiga intiladi. Ayblanuvchi
kelishuv bo‘yicha yakuniy qarorga kelgandan so‘ng kelishuv shartlarini qabul qiladi yoki ishi
sud muhokamasida ko‘rib chiqiladi. Maxsus tartibda ish yuritishning asosiy sharti bu
himoyachining ayblanuvchi tomonidan o‘z xohishiga ko‘ra kelishuv tuzishga bergan roziligi
asosidagi prokurorga kiritgan iltimosnomasi va davlat ayblovchisi, jabrlanuvchining ham
bunga norozi emasligidir.
RFda voyaga yetmagan ayblanuvchilar bilan aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzishning bir
qancha shartlari mavjud: birinchidan, voyaga yetmagan ayblanuvchiga himoyachi shart;
ikkinchidan, so‘roq qilish psixolog yoki pedagog ishtirokida amalga oshiriladi. Armaniston
Respublikasi va RF JPKsida ayblanuvchi, uning himoyachisi va davlat ayblovchisi o‘rtasidagi
muzokaralar masalasi hali hamon ochiq qolmoqda. Qozog‘iston Respublikasida hamkorlik
to‘g‘risida kelishuv tuzish bo‘yicha gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, mahkum
tomonidan iltimosnoma kiritish orqali amalga oshiriladi. Iltimosnoma yozma ravishda tuzilib
himoyachining imzosi bilan mustahkamlanadi. Bu holatda iltimosnoma kiritishda
himoyachining ishtiroki majburiy.
RF qonunchiliga ko‘ra, aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv prokuror, gumon qilinuvchi,
ayblanuvchi va himoyachining ishtirokida uncha katta bo‘lmagan kafolatlar evaziga tuziladi.
RF JPKsining 63-bobi bir qancha kafolatlarni ko‘zda tutadi. Misol uchun, RF JPKsi 619-
moddasida aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzish bo‘yicha berilgan iltimosnoma himoyachi
tomonidan imzolanishi zarur. RF JPKsi 616-moddasining 2-qismiga ko‘ra: “Protsessual
kelishuv tuzishdan oldin ayblanuvchi, gumon qilinuvchi yakkama-yakka alohida himoyachi
bilan kelishuv tuzish masalasini muhokama qilish huquqiga ega”. RF JPKsining 13-bo‘limi

10

Махов В., Пешков М. Сделка о признании вины // Российская юстиция. 1998. № 7. С. 17-19;

11

Фойницкий И.Я. Курс уголовного судопроизводства. Т. II. СПб.: Издательство «Альфа», 1996. С. 175-176


background image

47

aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuvni tuzish bilan bog‘liq barcha protsessual harakatlarda
himoyachining ishtiroki kafolatlanadi.
Gumon qilinuvchi va ayblanuvchiga unga davlat tomonidan taqdim etilgan yoki o‘zi tanlagan
himoyachi ishtirokida sud qilinishga bo‘lgan huquqlari tushuntiriladi. RF JPKning 67-moddasi
1-qismiga ko‘ra, protsessual kelishuv tuzish va kelishuv tuzish uchun iltimosnoma berish
bosqichida himoyaning ishtiroki shart hisoblanadi. Bundan tashqari, RF JPKning 619-moddasi
2-qismiga ko‘ra: “Agar himoyachi gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi tomonida
ishga jalb qilinmagan bo‘lsa, tergov yoki jazoni ijro etish organi yoki boshqa vakolatli organ
tomonidan ishda himoyachining ishtirok etishi ta’minlanadi”. Aybga iqrorlik to‘g‘risida
kelishuv yozma shaklda tuzilishi zarur, ushbu kelishuvning shakli standart takomillashgan
bo‘lishi zarur.
Og‘zaki shaklda tuzilgan aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv iltimosnoma bilan
mustahkamlanishi zarur. Shuni ta’kidlash lozimki, ayblanuvchi kelishuv tuzishdan oldin
himoyachi bilan dastlabki maslahatlashuvlar qilish imkoniyati yaratilishi zarur. Bundan
tashqari, ayblanuvchiga jinoyat ishi sudda muhokama qilinguncha bepul, malakali yuridik
yordamdan foydalanish huquqi kafolatlangan. Ayblanuvchini himoya huquqi bilan
ta’minlamaslik kelishuvning nomaqbul ekanligi va ayblovning asosiz ekanligidan dalolat
beradi. Agar aybga iqrorlik to‘g‘risidagi kelishuv aldash, majburlash, asossiz yolg‘on kafolatlar
berish orqali tuzilgan bo‘lsa, bundan kelishuv rad qilinadi

12

.

AQSh amaliyotida himoyachi himoyasi ostidagi shaxsga uning manfaatlariga zid kelsa ham
kelishuv tuzishga undashi mumkin. Sudya esa kelishuvning qonun doirasida tuzilganligini va
ayblanuvchining barcha huquqlari ta’minlanganligini tekshiradi.

Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki

, aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv institutini AQSh,

Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston, Armaniston va boshqa davlatlar tajribasi misolida
o‘rganish davomida bu davlatlar qonunchiligida ayblanuvchi, gumon qilinuvchi,
sudlanuvchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni himoya huquqi bilan
ta’minlash, aybga iqrorlik evaziga tayinlanishi kerak bo‘lgan jazoni yengillashtirish holatlari
va soddalashtirilgan tartibda ish yuritish orqali barcha sarflanadigan chiqimlar va vaqtni
tejash masalalariga alohida e’tibor berilgan.

References:

1.

Federalnыmi pravilami Ugolovnogo protsessa SShA.

http://lib.sale/ugolovnyiy-

protsess-uchebnik/ugolovnyiy-protsess ssha.html

2.

Yevstigneeva O. V. Sdelka o priznanii vinы» - mejdunarodno-pravovoy institut v

rossiyskom pravovom pole // Pravovыe problemы nauchnogo progressa: Materialы
zasedaniy Mejdunarodnoy shkolы molodыx uchenыx-yuristov. Moskva, 28-30 maya 2009 g.
M. : Yurisprudensiya, 2010.
3.

Kurdova. A.V. Praktika primeneniya uskorennogo poryadka rassmotreniya ugolovnыx

del sudom v UPK RA (sravnitelno-pravovoy analiz s zakonodatelstvami ryada yevropeyskix
stran SNG, SShA)» Yerevan (Armeniya). 2009
4.

Maxov V., Peshkov M. Sdelka o priznanii vinы // Rossiyskaya yustitsiya. 1998. № 7. S.

17-19;

12

Фридман Л. Введение в американское право. — М., 1993. С 43.


background image

48

5.

Foyniskiy I.Ya. Kurs ugolovnogo sudoproizvodstva. T. II. SPb.: Izdatelstvo «Alfa», 1996. S.

175-176
6.

Xalikov A. Voprosы, voznikayuщie pri osobom poryadke sudebnogo razbiratelstva //

Rossiyskaya yustitsiya. 2003. № 1. S. 63-65;
7.

Trubnikova T.V. Uproщennыe sudebnыe proizvodstva v UPK RF // Materialы

mejdunarodnoy nauchnoprakticheskoy konferensii, posvyaщennoy prinyatiyu novogo UPK
RF. M., 2002. S. 191-192.
8.

Murodov B., Qulbekov O. Nomusga tegish jinoyatlarini tergov qilishda isbotlanishi lozim

bo‘lgan holatlar //Obщestvennыe nauki v sovremennom mire: teoreticheskie i prakticheskie
issledovaniya. – 2024. – T. 3. – №. 1. – S. 98-104.
9.

Murodov B.B. Osnovaniya prekraщeniya ugolovnogo dela v svyazi s istecheniem sroka

davnosti privlecheniya k otvetstvennosti (opыt Uzbekistana) //Vestnik ekonomicheskoy
bezopasnosti. – 2016. – №. 1. – S. 177-182.
10.

Murodov B.B Sovershenstvovanie osnovaniya prekraщeniya ugolovnogo dela v svyazi s

istecheniem sroka davnosti privlecheniya k otvetstvennosti //Obzor zakonodatelstva
Uzbekistana. – 2016. – №. 3. – S. 47-50.
11.

Murodov B. Sovershenstvovanie osnovaniya prekraщeniya ugolovnogo dela v svyazi s

istecheniem sroka davnosti privlecheniya k otvetstvennosti //Obzor zakonodatelstva
Uzbekistana. – 2017. – №. 1. – S. 69-72.
12.

Murodov B., Botaev M. Analiz osnov reabilitatsii nevinovnыx lis v ugolovnom protsesse

//Obщestvo i innovatsii. – 2020. – T. 1. – №. 1. – S. 166-176.
13.

Suyunov Sh., Xusinov Sh. Residiv jinoyatchilik tushunchasi va uning ahamiyati

//Obщestvennыe nauki v sovremennom mire: teoreticheskie i prakticheskie issledovaniya. –
2024. – T. 3. – №. 4. – S. 150-156.
14.

Suyunov Sh., Ismaylova Sh. Bir guruh shaxslar tomonidan sodir etiladigan jinoyatlarni

tergov qilishda yuzlashtirish tergov harakatining o‘ziga xos xususiyatlari //Obщestvennыe
nauki v sovremennom mire: teoreticheskie i prakticheskie issledovaniya. – 2024. – T. 3. – №.
4. – S. 140-144.
15.

Suyunov Sh., Azamatov A. Surishtiruv institutining rivojlanish istiqbollari

//Akademicheskie

issledovaniya

v

sovremennoy

nauke.

2023.

T. 2. – №. 13. – S. 9-14.

References

Federalnыmi pravilami Ugolovnogo protsessa SShA. http://lib.sale/ugolovnyiy-protsess-uchebnik/ugolovnyiy-protsess ssha.html

Yevstigneeva O. V. Sdelka o priznanii vinы» - mejdunarodno-pravovoy institut v rossiyskom pravovom pole // Pravovыe problemы nauchnogo progressa: Materialы zasedaniy Mejdunarodnoy shkolы molodыx uchenыx-yuristov. Moskva, 28-30 maya 2009 g. M. : Yurisprudensiya, 2010.

Kurdova. A.V. Praktika primeneniya uskorennogo poryadka rassmotreniya ugolovnыx del sudom v UPK RA (sravnitelno-pravovoy analiz s zakonodatelstvami ryada yevropeyskix stran SNG, SShA)» Yerevan (Armeniya). 2009

Maxov V., Peshkov M. Sdelka o priznanii vinы // Rossiyskaya yustitsiya. 1998. № 7. S. 17-19;

Foyniskiy I.Ya. Kurs ugolovnogo sudoproizvodstva. T. II. SPb.: Izdatelstvo «Alfa», 1996. S. 175-176

Xalikov A. Voprosы, voznikayuщie pri osobom poryadke sudebnogo razbiratelstva // Rossiyskaya yustitsiya. 2003. № 1. S. 63-65;

Trubnikova T.V. Uproщennыe sudebnыe proizvodstva v UPK RF // Materialы mejdunarodnoy nauchnoprakticheskoy konferensii, posvyaщennoy prinyatiyu novogo UPK RF. M., 2002. S. 191-192.

Murodov B., Qulbekov O. Nomusga tegish jinoyatlarini tergov qilishda isbotlanishi lozim bo‘lgan holatlar //Obщestvennыe nauki v sovremennom mire: teoreticheskie i prakticheskie issledovaniya. – 2024. – T. 3. – №. 1. – S. 98-104.

Murodov B.B. Osnovaniya prekraщeniya ugolovnogo dela v svyazi s istecheniem sroka davnosti privlecheniya k otvetstvennosti (opыt Uzbekistana) //Vestnik ekonomicheskoy bezopasnosti. – 2016. – №. 1. – S. 177-182.

Murodov B.B Sovershenstvovanie osnovaniya prekraщeniya ugolovnogo dela v svyazi s istecheniem sroka davnosti privlecheniya k otvetstvennosti //Obzor zakonodatelstva Uzbekistana. – 2016. – №. 3. – S. 47-50.

Murodov B. Sovershenstvovanie osnovaniya prekraщeniya ugolovnogo dela v svyazi s istecheniem sroka davnosti privlecheniya k otvetstvennosti //Obzor zakonodatelstva Uzbekistana. – 2017. – №. 1. – S. 69-72.

Murodov B., Botaev M. Analiz osnov reabilitatsii nevinovnыx lis v ugolovnom protsesse //Obщestvo i innovatsii. – 2020. – T. 1. – №. 1. – S. 166-176.

Suyunov Sh., Xusinov Sh. Residiv jinoyatchilik tushunchasi va uning ahamiyati //Obщestvennыe nauki v sovremennom mire: teoreticheskie i prakticheskie issledovaniya. – 2024. – T. 3. – №. 4. – S. 150-156.

Suyunov Sh., Ismaylova Sh. Bir guruh shaxslar tomonidan sodir etiladigan jinoyatlarni tergov qilishda yuzlashtirish tergov harakatining o‘ziga xos xususiyatlari //Obщestvennыe nauki v sovremennom mire: teoreticheskie i prakticheskie issledovaniya. – 2024. – T. 3. – №. 4. – S. 140-144.

Suyunov Sh., Azamatov A. Surishtiruv institutining rivojlanish istiqbollari //Akademicheskie issledovaniya v sovremennoy nauke. – 2023.

T. 2. – №. 13. – S. 9-14.