JESSI STYUART IJODIDA MAKONGA MANSUBLIK HISSI YORITILISHI

Аннотация

Mazkur maqolada XX asr AQSH regional romannavisi Jessi Styuartning “Daughter of the Legend” romanida qahramonlarning makonga mansubligi badiiy tasviri nazariyotchilar fikrlari misolida tahlilga tortiladi.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
35-36
15

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Ganiyeva, O. (2024). JESSI STYUART IJODIDA MAKONGA MANSUBLIK HISSI YORITILISHI. Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования, 3(14), 35–36. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/52600
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Mazkur maqolada XX asr AQSH regional romannavisi Jessi Styuartning “Daughter of the Legend” romanida qahramonlarning makonga mansubligi badiiy tasviri nazariyotchilar fikrlari misolida tahlilga tortiladi.


background image

35

JESSI STYUART IJODIDA MAKONGA MANSUBLIK HISSI YORITILISHI

O.X.Ganiyeva

F.f.f.d., dotsent

Buxoro davlat universiteti

E-mail: o.x.ganieva@buxdu.uz

https://doi.org/10.5281/zenodo.14355626

Annotasiya:

Mazkur maqolada XX asr AQSH regional romannavisi Jessi Styuartning

“Daughter of the Legend” romanida qahramonlarning makonga mansubligi badiiy tasviri
nazariyotchilar fikrlari misolida tahlilga tortiladi.

Kalit so‘zlar:

J. Styuart, “Daughter of the Legend”, roman, makonga mansublik, epik

bayon, nasr, xarakter, obraz, rivoya, AQSH adabiyoti, muallif, romannavis.

XX asr AQSH realistik romanchiligi mislsiz evrilishlarni boshdan kechirib, J. Styuartning

mazkur janr rivojida hissasini alohida ta’kidlash lozim. “Trees of Heaven”, “Taps for Private
Tussie”, “Daughter of the Legend”, “Foretaste of Glory”, “Mr. Gallion’s School”, “Mongrel
Mettle” singari o‘nlab romanlari adibning hayotligidayoq XX asr birinchi yarmida yuqori
tanqidiy e’tirofga sazovor bo‘lgan yozuvchilardan biri sifatida tanilishiga turtki bo‘ldi [4].
Muallif ijod mahsullarida real qiyofalarni chizib, har birining badiiy hayotida xavfli hamda
tizginsiz kurashlar kechadigan taqdirlarga ro‘para qildi. Qahramonlarning ko‘rgan-
kechirganlari, kurashlari dialektik mohiyat kasb etib, garchi ijtimoiy jihatdan teskari
pozisiyada bo‘lishlariga qaramasdan yakunda yengilganliklarini anglab yetadilar. J.
Styuartning har bir personaji insonlik sha’nini pok saqlashga, yashash falsafida xato
qilmaslikka, hayotiy prinsiplarida sobit turishga intilib, qat’iyatli, mard va jasur xarakterga
ega insonlar jamiyatdagi illatlarga qarshi kurashadilar.

S. L. Bevard J. Styuart romanlarida xarakter, konflikt va badiiy ifoda individualligini

tadqiq qilib, muallifning har qanday vaziyatda umid bilan yashaydigan qahramonlar
yaratganini, ulardagi yoshlik, serg‘ayratlik va hayotga muhabbat fazilatlari tahsinga loyiq
ekanini ta’kidlaydi [1]. J. H. Sparlokning “A Sociocultural and Rhetorical Analysis of Jesse
Stuart’s Fiction” mavzusidagi dissertasiyasida yozuvchining asarlari hikoyanavislik va
romannavislik rakurslaridan tahlilga tortilib, kichik nasriy namunalarida sodda va beg‘ubor
roviyning namoyon bo‘lishi, muloyim kulgi orqali rivoyasiga lingvo-estetik badiiyat beradigan
kinoyali muallif va hikoyada ramziy transformasiyalarning ahamiyati ochib beriladi.
Dissertant J. Styuartning hikoyalari bilan bir qatorda “Daughter of the Legend”, “Taps for
Private Tussie”, “Beyond Dark Hills” va “Mongrel Mettle” romanlarini ham ijtimoiy-madaniy,
ritorik jihatdan o‘rganib, ijtimoiy muammolarni tasvirlashda adib mahoratini asoslab beradi
[3; 183]. “Beyond Dark Hills”, “Mongrel Mettle”, “Daughter of the Legend” hamda “Taps for
Private Tussie” romanlari fenomenologik va etnometodologik tahlil qilinib, asarlardagi
qahramonlar, ilgari surilgan ekzistensial g‘oyalar, hayot mazmunini anglash, roviy olamining
o‘ziga xosliklari romanchilik nazariyalariga asoslanib individualliklari ochib beriladi.

1965-yilda chop etilgan “Daughter of the Legend” romani XX asrda juda dolzarb

hisoblangan irqlararo tolerantlik mavzusiga bag‘ishlanib, J. Styuart jamiyatdagi irqiy
kamsitilish, bir mamlakatda yashab diskriminatsiyaga uchragan aholi dardu-anduhlarini
yorqin aks ettradi. Garchi J. Styuartning barcha ijod namunalarida bo‘lganidek makon sifatida
Appalachia tog‘lari tanlansa ham, avvalgi romanlaridan farqli o‘laroq, bu romanda makonni


background image

36

o‘zining tug‘ilgan joyi — Kentukki shtatidagi Grinap okrugidagi tog‘lardan Tennessi shtatidagi
balandliklarga ko‘chiradi. Appalachia tog‘lari eng katta tog‘ tizmalaridan biri bo‘lib, butun
mamlakat bo‘ylab yastanib yotadi, romanda Tennessi shtatida joylashgan qismi tanlanib, tog‘li
xalqga xos e’tiqod, an’ana va qadriyatlar, nabotot va hayvonot olami keng yoritiladi. Yozuvchi
faqat mamlakatning shu qismida hukmron irqiy kamsitilish mavzusini badiiy voqelantirar
ekan, bu nafaqat AQSH uchun, balki butun dunyo uchun og‘riqli mavzulardan biri ekanini
ochib beradi.

J. Styuart romanlarini tadqiq qilib, sotsiologik olimlar nazariyasiga tayanib, o‘z

mulohazalarini bayon qilgan J. H. Sparlok jamiyatni shaxsdan, shaxsni jamiyatdan ayro
tasavvur etib bo‘lmaydi, degan fikrni ilgari suradi [3; 183]. S. Reznichenko ham
interdistsiplinar tadqiqotlarida makon hissini asosan uch jihatga qaratilganligini ta’kidlab,

sotsiomadaniy

(masalan, jamiyatga bo‘lgan bog‘liqlik, ijtimoiy kapitalning joyga bo‘lgan

bog‘lanishni shakllantirishga qo‘shgan hissasi);

biofizik

(joyga bo‘lgan bog‘liqlikka tabiiy,

hududiy, iqlimiy omillar va muhitning moddiy-xususiy jihatlarining ta’siri);

sotsiomadaniy va

biofizik jihatlarning integratsiyasi

(joyga bo‘lgan bog‘lanishni o‘rganishda ushbu ikki jihatni

birlashtirish) aspektlarini alohida qayd etadi [2; 19]. Adabiyotshunos hamda sotsiologni
fikrlariga tayanib aytish mumkinki, J. Styuart ham “Daughter of the Legend” romanida
qahramonlarning makonlariga nisbatan ijobiy va salbiy hislarning aralashuvidan aziyat
chekishadi. Birgina Deyvning shu negativ illatga qarshi kurashda yengilishi orqali muallif bu
yolg‘iz kurash emasligini, bu butun bir insoniyatning muammosi ekani, faqat o‘z oshyonida
halovat his qilgan kimsagina haqiqiy baxt hissini tuyishi mumkinligini mohirona va
mukammal badiiy voqelantiradi.

Xulosa qilib aytganda, J. Styuart “Daughter of the Legend” romanida qahramonlarning

makonga mansublik hissi orqali davr ruhiyatini, muammolarini, irqiy kamsitilish, shaxs
hamda shaxsiyat masalalarini tahlil qilib, turli poetik yondashuvlar, bilvosita muallif, ishonchli
roviy hamda personajlar mushtarakligida o‘z konseptual maqsadiga erisha oldi.

References:

1.

Bevard. Samuel Lee. Character, Conflict, and Statement in Three Jesse Stuart novels: The

Movement toward Hope and Salvation. // A Thesis presented to the Faculty of the Graduate
School Morehead State University, 1976. // P. 121.
2.

Reznichenko, S. Place Attachment and Sense of Place: Models and Phenomena. // Social

psychology and society, № 3, 2014. // P. 15-27.
3.

Spurlock, J. H. A Sociocultural and Rhetorical Analysis of Jesse Stuart’s Fiction. // A

Dissertation Submitted to the Faculty of the Graduate School of the University of Louisville,
1985. // P. 201.
4.

https://books.google.co.uz/books?id=6wVSbw3FbXUC&q=Jesse+Stuart+foretaste&redir

_esc=y#v=snippet&q=Jesse%20Stuart%20foretaste&f=false

Библиографические ссылки

Bevard. Samuel Lee. Character, Conflict, and Statement in Three Jesse Stuart novels: The Movement toward Hope and Salvation. // A Thesis presented to the Faculty of the Graduate School Morehead State University, 1976. // P. 121.

Reznichenko, S. Place Attachment and Sense of Place: Models and Phenomena. // Social psychology and society, № 3, 2014. // P. 15-27.

Spurlock, J. H. A Sociocultural and Rhetorical Analysis of Jesse Stuart’s Fiction. // A Dissertation Submitted to the Faculty of the Graduate School of the University of Louisville, 1985. // P. 201.

https://books.google.co.uz/books?id=6wVSbw3FbXUC&q=Jesse+Stuart+foretaste&redir_esc=y#v=snippet&q=Jesse%20Stuart%20foretaste&f=false