SHAYBONIYLAR SULOLASI DAVRIDA BUXORO XONLIGIDA TARIX FANI

Annotasiya

Ushbu maqolada XVI asr Buxoro xonligining shayboniylar sulolasi davrida nafaqat tarix balki ilm fan taraqqiyoti haqida qisqacha toʻxtalib oʻtiladi. Shayboniyxon  va uning avlodlari ham oʻzlari boshliq ilm sohasiga oʻz hissalarini qoʻshdilar. Shayboniylar sulolasi hukmronligi davrida Movarounnahrda fan va madaniyat rivoj topdi. Ma’rifatparvar xonlar saroyida toʻplangan olimlar shoir va yozuvchilar ilm fanining turli yoʻnalishlari boʻyicha ijod qiladilar va yozgan asarlari bilan jahon tarixi va madaniyati xazinasiga munosib hissa qoʻshdilar. XV asr oxiri va XVI asrlar davomida tarix ilmi bobida juda kata monumental asarlar yaratiladi.

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
135-137
17

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Sobirov , J., & Sotvoldiyev , S. (2024). SHAYBONIYLAR SULOLASI DAVRIDA BUXORO XONLIGIDA TARIX FANI. Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования, 3(14), 135–137. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/62922
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqolada XVI asr Buxoro xonligining shayboniylar sulolasi davrida nafaqat tarix balki ilm fan taraqqiyoti haqida qisqacha toʻxtalib oʻtiladi. Shayboniyxon  va uning avlodlari ham oʻzlari boshliq ilm sohasiga oʻz hissalarini qoʻshdilar. Shayboniylar sulolasi hukmronligi davrida Movarounnahrda fan va madaniyat rivoj topdi. Ma’rifatparvar xonlar saroyida toʻplangan olimlar shoir va yozuvchilar ilm fanining turli yoʻnalishlari boʻyicha ijod qiladilar va yozgan asarlari bilan jahon tarixi va madaniyati xazinasiga munosib hissa qoʻshdilar. XV asr oxiri va XVI asrlar davomida tarix ilmi bobida juda kata monumental asarlar yaratiladi.


background image

135

SHAYBONIYLAR SULOLASI DAVRIDA BUXORO XONLIGIDA TARIX FANI

Sobirov Jamshidbek

Andijon davlat universiteti Tarix yoʻnalishi 2-kurs magistranti

Sotvoldiyev Sayfiddin

Andijon davlat universiteti Tarix yoʻnalishi 2-kurs talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14553868

Annotatsiya:

Ushbu maqolada XVI asr Buxoro xonligining shayboniylar sulolasi davrida

nafaqat tarix balki ilm fan taraqqiyoti haqida qisqacha toʻxtalib oʻtiladi. Shayboniyxon va
uning avlodlari ham oʻzlari boshliq ilm sohasiga oʻz hissalarini qoʻshdilar. Shayboniylar
sulolasi hukmronligi davrida Movarounnahrda fan va madaniyat rivoj topdi. Ma’rifatparvar
xonlar saroyida toʻplangan olimlar shoir va yozuvchilar ilm fanining turli yoʻnalishlari
boʻyicha ijod qiladilar va yozgan asarlari bilan jahon tarixi va madaniyati xazinasiga munosib
hissa qoʻshdilar. XV asr oxiri va XVI asrlar davomida tarix ilmi bobida juda kata monumental
asarlar yaratiladi.

Kalit soʻzlar:

«Shayboniynoma», Qosim kotib, Arminiy Vamberi, E. Shodiev, «Tavorixi

guzidayi nusratnoma», «Zafarnomai Abdullaxon», «Muzakkir ul ashob».

Asosiy qism:

Shayboniylar davrida fan va madaniyatning rivojlanishida mazkur sulola

namoyandalarning tutgan oʻrni katta boʻlgan desak mubolagʻa boʻlmaydi. Sababi, ularning
oʻzlari ham nihoyatda oʻqimishli shaxslar edilar. Chunonchi, Muhammad Shayboniyxon,
Koʻchkunchixon, Ubaydulloxon, Abdulazizxon kabi Shayboniylar turkiy va forsiyda sheʼrlar
bitganlar. Shunga ham alohida taʼkidlash lozimki, ular diniy va dunyoviy ilmlarda yetarli
salohiyatga ega boʻlganlar. Muhammad Shayboniyxon yoshligida ta’limni Buxoro madrasasida
olgan. Ubaydulloxonning musiqa ilmiga katta ragʻbati boʻlgani, musiqiy asboblar chalgani,
nozik xusnixat egasi boʻlgani ma’lum. Shayboniylar davrida ham tarix ilmi juda rivoj topgan.

“XVI asr tarixini yoritib beruvchi «Tavorixi guzidai nusratnoma», Mulla Shodiyning

«Fathnoma», Binoiyning «Shayboniynoma», Muhammad Solihning «Shayboniynoma»,
Abdulloh Nasrullohning «Zubdat al-asror», Fazlulloh Roʻzbexonning «Mehmonnomai Buxoro»,
Zayniddin Vosifiyning «Badoi ul vaqoye», Hofiz Tanish Buxoriyning «Abdullanoma» kabi
tarixiy asarlari fikrimiz dalilidir. Bu asarlarning ahamiyatli tomoni shundaki ular oʻzlari
yashagan davrni bevosita kuzatib guvoxi boʻlib yozganligi uchun original hisoblanadi. Bu
asarlar orqali oʻsha davrdagi ijtimoiy siyosiy vaziyat ham yaqqol namoyon boʻladi. Ushbu
asarlarda birmuncha kamchiliklar mavjud boʻlishi mumkun, lekin biz uchun qimmatli
ma’lumotlarga ega ekanligi uchun eʼtiborlidir. Shu asarlardan ba’zilari haqida gapirib
oʻtmoqchimiz.

Kamoliddin Binoiyning «Shayboniynoma» asari Shayboniyxonga bagʻishlangan boʻlib,

Shayboniynoma — tarixiy asar. Shayboniylar tarixiga oid dastlabki manbalar jumlasiga kiradi.
Fors tilida yozilgan. Asar Kamoliddin Binoiy tomonidan Muhammad Shayboniy davrida, uning
xizmatida boʻlgan paytida, 1505—1507-yillarda xon hamda uning oʻgʻli nazorati ostida
bitilgan. Asar «Tavorixi guzidayi nusratnoma» negizida fors tilining fasohat ilmi, uning nozik
iboralaridan keng foydalangan holda yozilgan. Shayboniynomaning qoʻlyozma nusxalari koʻp,
bulardan biri xorazmlik tarixchi va tarjimon Muhammad Yusuf Bayoniy tomonidan 1914—
1915-yillari oʻzbek tiliga tarjima qilingan nusxadir. Asarda Muhammad Shayboniyning
tavallud kunidan boshlab to 1505-yilgacha, yaʼni uning Movarounnahr va Xorazmni


background image

136

boʻysundirishga qadar boʻlib oʻtgan voqealar hikoya qilinadi. Bu qoʻlyozmaning qimmatli
nusxasi Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanib kelmoqda.

Bu davrda eng maqbul til turk tili edi. Bular orasida shahzoda Muhammad Solih ajralib

turadi, uning otasi Xorazm hukmdori boʻlib, temuriylar tufayli oʻz taxtidan ayrilgan edi. U
Shayboniy xizmatiga erta kirgan edi. U nihoyatda mahorat bilan yozilgan «Shayboniynoma»
dostonining muallifi boʻlib, Arminiy Vamberi oʻz asarida Muhammad Solihni Navoiydan ham
yuksak qoʻygan. Muhammad Solihning «Shayboniynoma» asarini asl nusxasi topilgan emas,
ammo shoirning hayotligida, Qosim kotib tomonidan 1510 yilda koʻchirilgan nodir nusxasi
Venada saqlanadi. Arminiy Vamberi 1885 yili Venada ushbu nusxa asosida asarni nemischa
tarjimasi bilan birga nashr ettirgan. Sharqshunos olim P. M. Melioranskiy 1908 yili Sank-
Peterburgda asarni ikkinchi marta nashr ettirdi. Ushbu nashrni P.M.Melioranskiy Vamberi
nashri asosida tayyorladi. Oʻzbek adabiyotida «Shayboniynoma» asarini E. Shodiev 1989 yili P.
M. Melioranskiy nashri asosida nashr ettirdi. Asar Shayboniy va temuriylar oʻrtasidagi kurash
tarixiga bagʻishlangan boʻlib, 1499 -1506 yillar orasidagi voqealarni oʻz ichiga oladi.
«Shayboniynoma» 76 bobni tashkil etgan 4456 baytdan iborat.

Muhammad Solih 1501 yildan to umrining oxirigacha Shaybo- niylarga xizmat qildi va

1535 yilda Buxoroda vafot etdi. Muhammad Solihning she’riy solnomasi chamasi 1505
yillarda yozilgan boʻlib, Kamoliddin Binoiy asariga mos keladi. B.Axmedovning yozishicha,
Binoiyning «Shayboniynoma»siga nisbatan Muhammad Solih asaridagi yangi oʻrinlar
quyidagicha:
1.

XX-XXIII boblar Qorakoʻl, Qarshi, Gʻuzordagi Shayboniyxonga qarshi qoʻzgʻolonlarga

bagʻishlangan.
2.

Shayboniylarning Shoxruxiya, Oʻratepa, Fargʻona, Buxoro, Termiz va boshqa joylarga

yurishlari aks ettirilgan.
3.

Shayboniylarning Xorazmga qarshi 1503-1505 yillardagi yurishlariga bagʻishlangan .
Yana bu asardan koʻchmanchi oʻzbek feodallari, ular lashkarlarining Oʻrta Osiyoda qilgan

beboshliklari va Shayboniylar bosib olgan hududlardagi aholining ogʻir ahvoli haqida muhim
ma’lumot oʻrin olgan.

Muallifi nomaʼlum boʻlgan «Tavorixi guzidayi nusratnoma» («G‘alabalar kitobidan

tanlangan tarixlar») asari esa Chingizxon va Movarounnahrdagi o‘zbek davlatchiligi asoschisi
Shayboniyxonga (1451 yilda tug‘ilgan, 1500—1510 yillar hukmronlik qilgan) qadar bo‘lgan
vorislariga bag‘ishlangan bu asar taxminan 1505 yilda noma’lum muallif tomonidan buyurtma
asosida tuzilgan. Asar eski o‘zbek tilida yozilgan. Asarning Britaniya muzeyi qo‘lyozmasi
1550—1560 yillar deb davrlashtirilgan. Hozirgi kunda bu asarning toʻliq nusxasi mavjud
emas. Ammo toʻliq boʻlmagan oʻnga yaqin nusxalari borligi maʼlum. Misol uchun O‘zR. FA
Sharqshunoslik instituti xazinasida „Tavorixi guzidayi nusratnoma“ning to‘rtta qisqa
tahrirdagi nusxalari bor. Bundan tashqari nisbatan to‘la ikki nusxadan biri Britaniya muzeyida
(№ Or.3222) va ikkinchisi — Rossiya FA Osiyo xalqlari institutining Sankt-Peterburg bo‘limi
kutubxonasida (№V-745) saqlanadi.

«Abdullanoma», «Sharafnomai shohiy» – Movarounnahrning XVI asrdagi tarixiga

bag‘ishlangan tarixiy asar. Hofiz Tanish Buxoriy tomonidan 1584-1590-yillar oralig‘ida fors
tilida yozilgan. Asar Buxoro hukmdori Abdullaxon II ga bag‘ishlanib, «Sharafnomai shohiy» va
qisqartirilgan ayrim nusxalari «Zafarnomai Abdullaxon» nomlari bilan ham ataladi. Hofiz
Tanish Abdullaxon saroyida tarixnavislik bilan shug‘ullandi. «Abdullanoma» uning asosiy


background image

137

asari bo‘lgan. Unda faqatgina hukmdor, uning ota-bobolari hayotiga to‘xtalib qolinmay,
Markaziy Osiyoda yashab kelgan turk-mo‘g‘ul qabilalari, Chingizxon va uning avlodi haqida,
shuningdek, Movarounnahrda barpo etilgan me’moriy obidalar, o‘zga davlatlar bilan
Abdullaxonning aloqalari to‘g‘risida so‘z yuritiladi. Jumladan, 1583-yili Abdullaxon tomonidan
Moskvaga yuborilgan elchilar tuyalarga juda ko‘p o‘q-dori, ov qushlari va boshqa matolar olib
kelganligi haqida ham to‘xtalib o‘tilgan. «Abdullanoma», «Sharafnomai shohiy» asarida Hofiz
Tanish asosan Abdullaxon davridagi voqealarni qalamga olgan. Afsuski, muallif o‘z asarini
tugallashga ulgurmagan va xotima qismi yozilmay qolgan. Bunga sabab, maleho
Samarqandiyning «Muzakkir ul ashob» asarida yozilishicha, oilaviy nizolar natijasida Hofiz
Tanish 1589-yili o‘z xotini tomonidan zaharlab o‘ldirilgan.

Xulosa:

Tarixiy va boshqa turdagi manbalarda mujassamlashgan ma’lumotlarga koʻra,

XVI asrda mamlakatning turli markazlarida yuzlab olimlar, shoirlar, tarixchilar, rassomlar,
husnixat egalari faoliyat koʻrsatganlar. Birgina Buxoroning oʻzida bir vaqtda oʻnlab ilm va
madaniyat namoyandalari ijod qilganlar. Ular orasida qomusiy ilm egalari ham kam
boʻlmagan.

References:

1.

Zamonov A.. Buxoro xonligi tarixi: metodik qoʻllanma. Toshkent: Bayoz, 2021 — 264-

bet.
2.

S.A.Toshtemirova, D.B.Ahmadjonov. Markaziy Osiyo xonliklari tarixshunosligi. Toshkent-

2022. 9-10-bet.
3.

A. Erqoʻziyev. Buxoro xonligi tarixi: oʻquv qoʻllanma. Namangan -2018. 6-7-bet.

4.

A. Ziyo. Oʻzbek davlatchiligi tarixi. Toshkent-2000. 250-251-bet.

5.

A. Vamberi. Buxoro yoxud Movarounnahr tarixi, 2-jild. Toshkent-2019. 104-105-bet.

Bibliografik manbalar

Zamonov A.. Buxoro xonligi tarixi: metodik qoʻllanma. Toshkent: Bayoz, 2021 — 264-bet.

S.A.Toshtemirova, D.B.Ahmadjonov. Markaziy Osiyo xonliklari tarixshunosligi. Toshkent-2022. 9-10-bet.

A. Erqoʻziyev. Buxoro xonligi tarixi: oʻquv qoʻllanma. Namangan -2018. 6-7-bet.

A. Ziyo. Oʻzbek davlatchiligi tarixi. Toshkent-2000. 250-251-bet.

A. Vamberi. Buxoro yoxud Movarounnahr tarixi, 2-jild. Toshkent-2019. 104-105-bet.