27
HUQUQBUZARLIK SODIR ETISHGA MOYILLIKNI KELIB CHIQISHI VA ULAR
BILAN ISHLASHGA OID MUOMMO VA JARAYONLARNING TAHLILI
Aslanov Bobur Tuxtayivich
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
Akademiyasi mustaqil izlanuvchisi, mayor
Shodiyev Abbos Komilovich
Toshkent IIBB Yunusabod tumani IIO FMB
4-sonli IIB profilaktika katta inspektori, mayor
https://doi.org/10.5281/zenodo.14924192
Dunyoda jinoyatchilkka qarshi kurashish va uning oldini olish boʻyicha amalga
oshirilayotgan chora-tadbirlarga qaramasdan aholining muayyan bir qismida hayotda vujudga
kelayotgan obyektiv va subyektiv qiyinchiliklar ta’siri natijasida huquqbuzarlik sodir etishga
moyillik xislatlari kun sari ortib bormoqda.
Buning salbiy oqibatini 2023-yilda har 100 ming aholiga toʻgʻri keladigan jinoyatchilik
darajasi eng yuqori oʻntalikka kirgan Venesuela (83,76), Papua-Yangi Gvineyada (80,79),
Janubiy Afrikada (76,86), Afgʻoniston (76,31), Gonduras (74,54), Trinidad va Tobago (71,63),
Gayana (68,74), Salvador (67,79), Braziliya (67,49), Yamaykada (67,42) va Oʻzbekiston esa 136
ta davlatlar ichida jinoyatchilikning 33,42 darajasi bilan 99-oʻrinni egallagan
1
.
Masalan Oʻzbekistonda 2019-yilda 46,089 ta, 2021-yilda 111,082 ta, 2022-yilda 105,215
ta va 2023-yilda 104,096 ta jinoyat sodir etilgan boʻlib, oxirgi uch yilda jinoyatchilik ikki
barobardan ortiqqa oshganligini koʻrish mumkin
2
.
Mazkur raqamlar
birinchidan,
huquq-tartibot organlari tomonidan ularni kelib chiqish
sabablari va unga imkon berayotgan shart-sharoitlarni toʻliq oʻrganilmayotganligi,
ikkinchidan,
notinch oilalar, nosogʻlom turmush tarzini kechirayotgan, shuningdek jinoyat
sodir etishga moyil boʻlgan shaxslarni oʻz vaqtida aniqlanmayotganligi,
uchinchidan,
kuch – vositalarni unumli va maqsadli yoʻnaltirilmayotganligi sababli ushbu
toifalarning koʻpayishiga olib kelmoqda.
Bugungi kunda jinoyatchilikka qarshi kurashishning xalqaro va milliy mexanizmlarini
takomillashtirish, jinoyat sodir etishga moyil shaxslar bilan individual ishlash tizimini
rivojlantirishning obyektiv zarurati mavjud ekanligini koʻrsatadi.
Jahonda jinoyatchilikning oldini olish, shu jumladan, huquqbuzarlik sodir etishga moyil
shaxslarga nisbatan profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirishning holati davlatlarning
xalqaro maydondagi reytingini belgilaydigan, inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy
manfaatlarini ta’minlash, shuningdek ularning tahdid va tajovuzlardan himoyalanganlik
darajasini koʻrsatadigan asosiy mezonlardan biridir. Shu bois, huquqbuzarlik sodir etishga
moyil boʻlgan shaxslarni aniqlash, ularga nisbatan profilaktik chora-tadbirlarni amalga
oshirish, mazkur toifadagi shaxslar bilan ishlash sohasidagi muammolarni hamda ularning
yеchimlarini topishga qaratilgan ilmiy izlanishlar muhim ahamiyat kasb etmoqda.
1
[Murojaat vaqti: 15.01.2024]. //URL://https://worldpopulationreview.com/country- rankings/crime-rate-by-
country
2
[Murojaat vaqti: 15.05.2024]. //URL://https://stat.uz/uz/rasmiy-statistika/crime-and-justice-2.
28
Respublikamizda soʻngi yillarda huquqbuzarlik sodir etishga moyil shaxslarni aniqlash va
ular bilan barcha turdagi profilaktik chora-tadbirlar olib borish yuzasidan huquqbuzarliklar
profilaktikasiga doir bir qancha normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish nazarda tutilmoqda.
Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2022 – 2025-yillarda
Oʻzbekiston Respublikasida Jamoat xavfsizligini ta’minlash tizimini rivojlantirish strategiyasini
2023-yilda amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 121-sonli Qarorda
“Ma’muriy nazorat va profilaktik hisob institutlari negizida “profilaktik nazorat institutini” joriy
qilish nazarda tutilgan.
Unda:
a)
ma’muriy nazorat va profilaktik hisob institutlarini bekor qilish orqali
profilaktik nazorat institutini kiritish;
b)
profilaktik nazoratdagi shaxslarga belgilanadigan majburiyatlar va cheklovlar, ularni
qisman va toʻliq qoʻllash asoslarini belgilash nazarda tutiladi”
3
.
Ushbu institutni joriy etilishi hisobda boʻlgan shaxslarning huquqbuzarlikka moyilligi va
gʻayriijtimoiy xatti-harakatlarini umumiy tarzda qamrab olgan holda ular ustidan profilaktik
nazorat oʻrnatish va huquqbuzarliklarning oldini olishni nazarda tutilgan boʻlsa-da, bugungi
kunda sodir etilayotgan jinoyatlarning asosiy qismi huquqbuzarliklar sodir etishga moyil
shaxslar xissasiga toʻgʻri kelayotganligi bois ular bilan ishlashga oid masalalarni ilmiy-nazariy
va amaliy jihatdan kompleks va har tomonlama chuqur tadqiq etish zaruratini yuzaga
keltirmoqda.
Hulosa qilib aytadigan boʻlsak, bugugngi kunda huquqbuzarlik sodir etishga moyil
shaxslarning tushunchalari va toifalarini ishlab shiqish lozim boʻlib, ichki ishlar organlari
sohaviy xizmatlarining vakolarlari va vazifalarining mazmum-mohiyatidan kelib chiqib
profilaktika nazorati ostiga olinishi kutilayotgan shaxslar bilan tasirchan chora-tadbirlarni
belgilashni taqozo etmoqda.
3
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2022-2025-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat
xavfsizligini ta'minlash tizimini rivojlantirish strategiyasini 2023-yilda amalga oshirish boʻyicha «Yoʻl xaritasi»ni
tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 121-sonli Qarori. [Murojaat vaqti: 08.06.2024]. //URL://https://lex.uz/docs/6411327.
