REFLEKSIVLIKNI O‘SMIR SHAXSIDA RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI
O‘smirlik davri o‘zini o‘zi anglashning rivojlanishi uchun faol davrdir. Uning rivojlanish vositasi esa shaxsiy refleksiyadir. O‘smir o‘zini o‘zi anglashini yangi material bilan boyitish orqali o‘zini o‘rganishni chuqurlashtirib boradi. U o‘zining shaxs xususiyatlari, atrofdagilar bilan munosabati, imkoniyat va intilishlari, kuchli va kuchsiz tomonlarini o‘rganib boradi. Refleksiya kelajak va o‘tmishni bir-biri bilan bog‘laydi, bolalikdagi kattalik hayoti haqidagi kutishlarini taqqoslab ko‘radilar. Refleksiyaning mazmunli rejasi juda keng bo‘lib, o‘smir atrof-olamni, boshqa insonlarning o‘zini o‘zi va shaxsiy refleksiyasini tahlil qiladi. Refleksiyaning muhim xususiyati uning boy emotsionalligidir. Tez o‘zgarayotgan tashqi ko‘rinish, o‘zini boshqalar bilan idrok qilish, o‘quv faoliyatidagi muvaffaqiyat va qobiliyatlar doimo refleksiyaning fokusida bo‘ladi hamda kuchli kechinmalarni vujudga keltiradi, natijada ularning o‘zi ham refleksiyalanadi.