167
MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATINI RAQAMLASHTIRISH ORQALI HUDUDIY
IJTIMOIY BOSHQARUV SAMARADORLIGINI OSHIRISH: ILMIY-AMALIY
TAHLILI
Muzaffarova Dilbar Mamalatif qizi
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Raqamli iqtisodiyot kafedrasi assistenti
E-mail: d.muzaffarova@tsue.uz
https://doi.org/10.5281/zenodo.15388644
Annotatsiya.
Ushbu maqolada mahalla boshqaruvida raqamli algoritmlarni joriy etish
orqali inson omiliga bog‘liq kechikish va noto‘g‘ri qarorlarni kamaytirish, xizmatlar sifatini
oshirish, aholini raqamli savodxonlikka yo‘naltirish va davlat bilan fuqarolar o‘rtasidagi
masofani qisqartirishga erishilishini ko‘rsatadi. Mazkur maqolada raqamli yondashuv asosida
“mahalladan davlatgacha” bo‘lgan ijtimoiy boshqaruv zanjirini yagona axborot maydonida
integratsiyalashning ilmiy-amaliy jihatlari tahlil qilindi.
Kalit so‘zlar:
mahalla boshqaruvi, raqamli transformatsiya, Digital Neighbourhood,
mahalla yettiligi, ijtimoiy xizmatlar, mobil ilova, sun’iy intellekt, ijtimoiy boshqaruv
Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy hayotdagi roli, avvalo, aholining ehtiyojlarini aniqlash va
ularga manzilli yordam ko‘rsatish bilan belgilanadi
Normurodov, Z. (2023)
. An’anaviy
sharoitda bu jarayonlar shaxsiy tanishuv, jamoa yig‘ilishlari va norasmiy aloqalar orqali amalga
oshirilgan. Bugungi kunda esa aholining soni oshgani, ehtiyojlar diversifikatsiyalangani va
shaxsiy maxfiylik talablari kuchaygani sababli, bu usullar yetarli bo‘lmay qoldi. Shu bois
raqamli texnologiyalar yordamida ijtimoiy-iqtisodiy monitoringni yo‘lga qo‘yish, ehtiyojlarni
tizimli va shaffof tarzda aniqlash dolzarb vazifaga aylangan.
Madaniy jihatdan qaraganda, mahalla tarixan ijtimoiy qadriyatlar — o‘zaro hurmat,
birdamlik, mehr-oqibat va ko‘mak kabi tushunchalarni rivojlantirishga xizmat qilgan
Turmanov, S.T. (2021)
. Shu bilan birga, raqamli asrning shiddatli rivoji natijasida yoshlar va
yangi avlodlar orasida madaniy uzilishlar yuzaga kelmoqda. Zamonaviy mahalla esa endilikda
yoshlarni ijtimoiy hayotga integratsiya qilish, ularni ma’naviy va madaniy qadriyatlar ruhida
tarbiyalashga faol yondashishi zarur. Bu jarayonda raqamli madaniyat elementlaridan
foydalanish — masalan, onlayn seminarlar, vebinarlarga asoslangan ma’naviy-ma’rifiy
dasturlarni ishlab chiqish va joriy etish muhim ahamiyatga ega.
An’anaviy mahalla modeli zamonaviy boshqaruv talablariga moslashar ekan, u o‘zining
tashkiliy tuzilmasini ham yangilashi lozim. “Mahalla yettiligi” instituti misolida aholining turli
ehtiyojlariga mos xizmat ko‘rsatish uchun funksional mutaxassislar tizimi shakllantirilgan.
Xususan, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori va
boshqa a’zolar orqali ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va madaniy muammolar bilan tizimli ishlash
imkoniyati yaratildi. Bu esa an’anaviy mahalla boshqaruvining markazlashmagan va qisman
tartibsiz shaklidan zamonaviy, natijador va aniq maqsadli boshqaruv modeliga o‘tishni
ta’minlamoqda.
Yuqorida qayd etilgan muammolarning yechimi sifatida ishlab chiqilgan “Digital
Neighbourhood” mobil ilovasi mahalla tizimini kompleks raqamli transformatsiyalashga
qaratilgan amaliy innovatsion yechimdir. Mazkur tizim asosida mahalla yettiligi faoliyati – ya’ni
profilaktika inspektori, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, tadbirkorlik bo‘yicha mas’ul,
ijtimoiy nafaqa mas’uli, diniy-ma’naviy tarbiya vakili va hokim yordamchisining har biri uchun
168
alohida raqamli interfeys va xizmatlar zanjiri ishlab chiqilgan. Ilova foydalanuvchilariga
ularning faoliyat yo‘nalishiga mos axborot kiritish, tahlil qilish, avtomatik hisoblash va holatni
baholash imkonini beradi. Shuningdek, real vaqt rejimida ish samaradorligini o‘lchash uchun
KPI indikatorlar tizimi ham joriy etilgan bo‘lib, bu indikatorlar mahalla faoliyatini sifat jihatdan
baholashga xizmat qiladi.
Raqamli texnologiyalar asosida ishlab chiqilgan boshqaruv algoritmlari fuqarolar
murojaatlarini tezkor ko‘rib chiqish, yordam muhtojlarini aniqlash, profilaktika reytingini
baholash, ishsizlik indeksini kuzatish kabi ko‘rsatkichlarni avtomatlashtirilgan tarzda
monitoring qilish imkonini beradi. Misol uchun, mahalladagi nogironlar soni, pensiya va nafaqa
oluvchilar ulushi, yoshlar bandligi darajasi kabi ko‘rsatkichlar sun’iy intellektga ulangan real
vaqtli axborotlar tahlili orqali aniqlanadi. Bunday raqamli mexanizm orqali hokim yordamchisi
yoki boshqa yettilik a’zolari aniq statistik tavsiyalar asosida o‘z faoliyat strategiyasini
shakllantirishi mumkin bo‘ladi.
Shuningdek, ushbu tizimda “Mahalla kartasi” konsepsiyasi asosida hududdagi barcha
ijtimoiy-iqtisodiy muammolar joylashuvi, ularni hal qilish bo‘yicha harakatlar xaritasi raqamli
geoplatformada aks ettiriladi. Bu esa resurslarni manzilli taqsimlash va mahallani rivojlantirish
dasturlarini aniq rejalashtirish imkonini beradi. Bundan tashqari, “Digital Neighbourhood”
ilovasi orqali hududiy boshqaruv organlari hamda tegishli vazirliklar va xizmatlar bilan axborot
almashinuvi soddalashtirilib, yagona axborot maydoni yaratiladi.
Ilmiy-amaliy jihatdan olib qaralganda, mahalla yettiligi faoliyatini raqamlashtirish, bir
tomondan, inson omiliga bog‘liq bo‘lgan kechikish va sub’ektiv qarorlar sonini kamaytiradi,
ikkinchi tomondan esa, boshqaruvdagi shaffoflikni va ishonchlilikni oshiradi. Shuningdek, bu
jarayon mahalla darajasida ijtimoiy inklyuziya, aholining raqamli savodxonligi va davlat
xizmatlariga bo‘lgan ishonchni kuchaytirishga xizmat qiladi.
Xulosa
Yuqoridagi jihatlar asosida aytish mumkinki, “Digital Neighbourhood” ilovasining joriy
etilishi O‘zbekistonda mahalla boshqaruvining raqamli transformatsiyasi uchun fundamental
yechim hisoblanadi. Bu tizim nafaqat ijtimoiy xizmatlar sifatini oshiradi, balki “mahalladan
davlatgacha” bo‘lgan raqamli integratsiya modelini yaratadi. Kelgusida ushbu platformani
mamlakat bo‘yicha bosqichma-bosqich kengaytirish orqali ijtimoiy barqarorlik, xavfsizlik va
fuqarolarning hayot sifatini oshirishga katta hissa qo‘shiladi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Normurodov, Z. (2023).
Improving the digital competencies of mahalla employees
.
Academic Research in Educational Sciences, 4(2), Uzbekistan.
2.
Turmanov, S.T. (2021).
O‘zbekistonda mahalliy institutlar rivojlanishining milliy
xususiyatlari
. Oriental Renaissance: Innovative, Educational, Natural and Social Sciences, 1(6),
97–107. [
3.
Muzaffarova D. Tashkilotning funksional operatsiyalarini raqamli transformatsiya qilish
yo ‘llari //Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari. – 2023. – Т. 3. – №. 3. – С. 275-284.
4.
Muzaffarova D. Raqamli transformatsiyani joriy qilish metodologiyasi //Raqamli
iqtisodiyot va axborot texnologiyalari. – 2024. – Т. 4. – №. 2. – С. 48-56.