14
RAQAMLI MEHNAT MUNOSABATLARIDA XODIMNING SHAXSIY
MA’LUMOTLARINI HIMOYA QILISHNING HUQUQIY ASOSLARI
Sultonov Jasur Rustam o‘g‘li
jasuryurist@gmail.com
Toshkent davlat yuridik universiteti
“Mehnat huquqi” yo‘nalishi magistranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.15486695
Annotatsiya.
Ushbu maqolada raqamli texnologiyalar jadal rivojlanayotgan davrda
mehnat munosabatlari ishtirokchilari, ayniqsa xodimlarning shaxsiy ma’lumotlarini himoya
qilish zarurati yoritilgan. Raqamli mehnat munosabatlari jarayonida ish beruvchining axborot
xavfsizligiga oid majburiyatlari ochib berilib, amaliyotda uchrayotgan muammo va
bo‘shliqlarga e’tibor qaratilgan.
Kalit so‘zlar:
raqamlashtirish, mehnat, ma’lumot, shaxga doir, himoya.
Аннотация:
В данной статье раскрыта необходимость защиты персональных
данных участников трудовых отношений, особенно работников, в условиях
стремительного развития цифровых технологий. Рассматриваются обязанности
работодателя в области информационной безопасности в процессе цифровых
трудовых отношений, а также акцентируется внимание на проблемах и пробелах,
возникающих на практике.
Ключевые слова:
цифровизация, труд, данные, персональные данные, защита.
Kirish
So‘nggi yillarda raqamli texnologiyalar inson faoliyatining deyarli barcha sohalariga,
jumladan mehnat munosabatlari sohasiga ham chuqur kirib bormoqda. Xususan, mehnat
shartnomalarini elektron shaklda tuzish, elektron mehnat daftarchalari yuritish, xodimlar
ma’lumotlarini boshqarish tizimlarini yuritish (HR), ishga qabul qilish va bo‘sh ish o‘rinlariga
tanlovlarni onlayn shaklda amalga oshirish ko‘p kuzatilmoqda. Bu holat mehnat
munosabatlarining samaradorligini oshirish bilan birga, xodimlarning shaxsiy ma’lumotlarini
to‘plash, saqlash va qayta ishlashda yangi huquqiy xavflarni yuzaga keltirmoqda.
Bugungi kunda ish beruvchilar tomonidan xodimlarga oid shaxsiy axborotlarning katta
hajmda raqamli shaklda yig‘ilishi va saqlanishi, ularning himoyasini ta’minlash masalasini
dolzarb muammoga aylantirgan. Shaxsiy hayot daxlsizligini ta’minlash, axborot xavfsizligini
kafolatlash va xodimlarning huquqlarini qonuniy himoya qilish nafaqat axloqiy, balki huquqiy
jihatdan ham zamonaviy mehnat qonunchiligining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi
desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Asosiy qism
I. Raqamli mehnat munosabatlarining shakllanishi va xususiyatlari
Texnologik taraqqiyot natijasida raqamli vositalar mehnat munosabatlari sohasida ham
tobora keng qo‘llanilmoqda.. Xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi aloqa shakli, hujjatlar
aylanishi, kadrlar harakati kabi jarayonlar bosqichma-bosqich elektron formatga o‘tmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, 31-oktabr 2019 yildagi PQ-4502-sonli qarori
1
bilan “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi (qisqacha
“YaMMT” IDAK) joriy etilgan. Ushbu platforma orqali mehnat shartnomalarini elektron tarzda
tuzish, xodimlar haqidagi ma’lumotlarni yagona elektron bazada saqlash va monitoring qilish
1
15
imkoniyatlari yaratilgan. Bu esa nafaqat samaradorlikni oshiradi, balki inson omiliga bog‘liq
xatoliklar va huquqbuzarliklarning oldini olishda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. Shu bilan
birga, raqamli texnologiyalar orqali ishga qabul qilish, ish vaqtini hisoblash, mehnat faoliyatini
baholash kabi funksiyalar ham avtomatlashtirilmoqda. Bu esa o‘z navbatida, ushbu
ma’lumotlarning huquqiy jihatdan ishonchli himoya qilinishini taqozo etadi.
Biroq bu sohada hali ham ayrim muammolar mavjudligini ham ta’kidlab o‘tish lozim.
Masalan, ayrim tashkilotlar elektron shartnomalarning huquqiy kuchini to‘liq anglamaydi
yoki texnik infratuzilmaning yetishmasligi sababli raqamli tizimdan foydalana olmayapti.
Shuningdek, xodimlarning elektron hujjatlar bilan ishlash madaniyati va huquqiy
savodxonligini oshirish ham dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda. Albatta, sohadagi shu va boshqa
muammolar bu tizimning yangi ekanligi bilan izohlanadi.
II. Xodimning shaxsiy ma’lumotlari va ularni himoya qilishning huquqiy asoslar
Bilamizki, shaxsga doir ma’lumotlar muayyan jismoniy shaxsga taalluqli bo‘lgan yoki uni
identifikatsiya qilish imkonini beradigan axborot hisoblanadi. Bunday axborot elektron
tarzda, qog‘ozda yoki boshqa moddiy jismda qayd etilgan bo‘lishi mumkin. Mehnat
munosabatlarida xodimlarning shaxsga doir ma’lumotlari Mehnat kodeksining tegishli
moddalari va u bilan tartibga solinmagan munosabatlar “Shaxsga doir ma’lumotlar
to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni (O‘RQ-547-son) bilan tartibga solinadi.
Mehnat kodeksida xodimning shaxsga oid huquqlari kodeksning 175-180-moddalarida
belgilangan normalar asosida himoya qilinadi. Ya’ni, shu ikkisi asosiy normativ huquqiy-
hujjatlar hisoblanadi. Amaldagi mehnat kodeksiga ko‘ra, xodim tomonidan mehnat
munosabatlari doirasida ish beruvchiga taqdim etilgan, shuningdek, uning oila a’zolariga oid
hayotiy voqea va holatlar haqidagi ma’lumotlar xodimning shaxsga doir ma’lumotlar ekanligi
belgilangan
2
. Ya’ni, bunda ikki hodisa muhim rol o‘ynaydi: birinchisi shaxs ish beruvchi bilan
mehnat munosabatlariga kirishib “xodim” statusini olganligi hamda ikkinchisi o’zi va oila
a’zolari haqidagi axborotlarning ish beruvchiga taqdim etganligi. Shaxsga doir ma’lumotlar
jumlasiga xodimning familiyasi, ismi, otasining ismi, tug’ilgan sanasi va joyi, JSHSHIR raqami,
ma’lumoti, mehnat faoliyati, doimiy va vaqtincha turar joyi, shaxsiy telefon raqami, oila va
yaqin qarindoshlarining ismi, tug‘ilgan sanalari to‘g‘risidagi va boshqa ma’lumotlar kiradi.
Qonunchilikka ko‘ra, ushbu ma’lumotlar maxfiy axborot toifasiga kiradi va ular maxfiy
saqlanishi kerak. Biroq ushbu normalarning amaliy qo‘llanishida ayrim muammo va
bo‘shliqlar mavjud. Xususan, rozilik olishdagi shaffoflik, ish beruvchining texnik va tashkiliy
majburiyatlari, ma’lumotlar bazasi xavfsizligi va monitoring tizimlari yetarli darajada
ishlanmagan.
III. Ish beruvchining majburiyatlari va axborot xavfsizligi.
Raqamli mehnat munosabatlari sharoitida ish beruvchining zimmasiga nafaqat mehnat
shartnomasi shartlarini bajarish, balki xodimning shaxsiy ma’lumotlarini qonuniy va xavfsiz
tarzda qayta ishlash bo‘yicha ham bir qator majburiyatlar yuklanadi. O‘zbekiston
Respublikasining “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonuni va Mehnat kodeksiga
muvofiq, ish beruvchi xodimlarning shaxsga doir ma’lumotlarini himoya qilishga doir
talablarga rioya qilishi shart. Xodimning shaxsiy ma’lumotlarini yig‘ish va saqlash faqatgina
uning yozma roziligi asosida amalga oshirilishi kerak.
2
16
Ish beruvchi to‘plagan shaxsiy ma’lumotlarni faqat belgilangan mehnat vazifalarini
bajarish, shu jumladan, ishga qabul qilish, ish haqi hisoblash, ijtimoiy kafolatlarni ta’minlash
kabi qonuniy maqsadlarda ishlatishi lozim. Shuningdek, ish beruvchi ushbu ma’lumotlarni
faqat mehnat munosabatlari maqsadida va qonuniy asosda ishlatishi mumkinligi belgilab
qo‘yilgan. Bunday yondashuv xodimlarning sha’ni, qadr-qimmati va huquqlarini himoya
qilishning muhim omilidir
Xodimlarining shaxsga doir ma’lumotlarini oshkor etgan, tarqatgan yoxud boshqacha
shaklda mehnat munosabatlaridan chetga chiqqan holda foydalangan ish beruvchilarga
ma’muriy javobgarlikka tortilishiga asos bo‘ladi. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi
kodeksning 46²-moddasi aynan shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish
to‘g‘risidadir.
IV. Xalqaro tajriba va qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar
Raqamli mehnat munosabatlari sharoitida xodimlarning shaxsiy ma’lumotlarini himoya
qilish masalasi xalqaro darajada ham dolzarb va ustuvor ahamiyatga ega bo‘lganligi sababli
turli huquqiy hujjatlar qabul qilinmoqda. Xususan, Yevropa Ittifoqi davlatlarida 2018-yildan
beri amalda bo‘lgan
General Data Protection Regulation
(qisqacha
GDPR
, “Umumiy
ma’lumotlarni himoya qilish reglamenti”) ushbu sohadagi eng muhim me’yoriy hujjatlardan
biri sanaladi. U fuqarolarning shaxsga doir ma’lumotlarini raqamli davrda himoya qilishga
qaratilgan.
Mazkur reglamentga ko‘ra, barcha tashkilotlar, jumladan ish beruvchilar, xodimlarning
shaxsiy ma’lumotlarini qonuniy, shaffof va maqsadga muvofiq tarzda yig‘ishi, saqlashi va
qayta ishlashi shart. GDPRning asosiy prinsiplari — ma’lumotlarni minimal darajada yig‘ish,
ularni faqat aniq belgilangan maqsadlar uchun ishlatish, xavfsizlikni ta’minlash va
foydalanuvchining roziligiga asoslanishdir.
Xodimlar GDPR doirasida quyidagi huquqlarga egadir:
Ma’lumotga kirish huquqi (Right of access)
– xodim o‘ziga oid qanday ma’lumotlar
saqlanayotganini bilishga haqli;
Tuzatish kiritish huquqi (Right to rectification)
– noto‘g‘ri yoki eskirgan ma’lumotlar
tuzatilishini talab qilish huquqi;
O‘chirish huquqi (right to be forgotten)
– muayyan shartlar asosida ma’lumotlarni
o‘chirib tashlashni so‘rash huquqi;
Qayta ishlashga qarshi chiqish huquqi (Right to object)
– agar xodim shaxsiy
ma’lumotlarining ishlatilishiga qarshi bo‘lsa;
Ma’lumotlarni ko‘chirish huquqi (Right to data portability)
– o‘z ma’lumotlarini boshqa
tizimga o‘tkazishni talab qilish imkoniyati
3
.
Shuningdek, ish beruvchilar ma’lumotlarni maxfiylik siyosatiga muvofiq tarzda
boshqarishi, ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha texnik va tashkiliy choralarni
ko‘rishi shart.
Bundan tashqari, Fransiyada ish beruvchi ishga qabul qilish jarayonida va mehnat
munosabatlari davomida faqat lavozim bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan zarur ma’lumotlargina
yig‘ishi mumkin. Fransiya Ma’lumotlarni Himoya qilish Milliy Komissiyasi (
Commission
Nationale de l’Informatique et des Libertés
, qisqacha
CNIL
) ayrim shaxsiy ma’lumotlarni, agar
3
17
ular ish bilan bog‘liq bo‘lmasa, yig‘ishni taqiqlaydi. Masalan, nomzodning avvalgi fuqaroligi,
yashash manzili, oilaviy holati, bank ma’lumotlari, sog‘lig‘i yoki e’tiqodlari kabi ma’lumotlarni
yig‘ish taqiqlangan. Fransiya Ma’lumotlarni himoya qilish milliy komissiyasi (
CNIL
) ayrim
ma’lumotlarni faqatgina ish bilan bog‘liq zarur asos bo‘lsa, yig‘ishga ruxsat beradi. Masalan,
CNIL
ning fikricha, ishga qabul qilish jarayonida quyidagi ma’lumotlarni yig‘ish maqsadga
muvofiq emas: fuqarolik kelib chiqishi, siyosiy, diniy yoki falsafiy e’tiqodlar, kasaba
uyushmalariga a’zolik, sog‘liq yoki jinsiy hayotga oid ma’lumotlar — agar qonunda boshqacha
belgilangan bo‘lmasa, bu ma’lumotlarni shaxsiy rozilik asosida yig‘ish ham ruxsat etilmaydi.
Ishga qabul qilish kontekstida
CNIL
nomzodning roziligi bunday ma’lumotlarni yig‘ishni
tavsiya bermaydi.
Amaldagi qonunchilik shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish masalasini umumiy tartibda
belgilab bergan bo‘lsa-da, mehnat munosabatlarining o‘ziga xos xususiyatlarini to‘liq qamrab
olmaydi. Masalan, xodim ishga kirishda ko‘plab shaxsiy ma’lumotlarni taqdim etishga majbur
bo‘ladi, biroq ushbu ma’lumotlarning qay darajada himoyalanishi nazorat qilinmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga ishga qabul qilishda so‘raladigan shaxsga doir
ma’lumotlar aks etadigan hujjatlarni kamaytirish taklif etiladi.
Qonunchiligimizda elektron hujjatlar bilan ishlashda ma’lumotlar buzilishi, noto‘g‘ri
ishlatish yoki uchinchi shaxslarga o‘tkazish holatlari uchun javobgarlik mexanizmlari
yetarlicha aniqlashtirilmagan. Qonunchilikda ushbu jarayonlarga oid standartlar va
tartiblarning yo‘qligi, amaliyotda ziddiyatli holatlarning yuzaga kelishiga sabab bo‘layotgani
hech kimga sir emas. Qonunchilikda javobgarlik choralarini aniq belgilab qo‘yilishi va mazkur
normalar ijrosi nazorat qilishi tufayli ish beruvchilar xodimlarning shaxsga doir
ma’lumotlarini himoya qilish va ularni ochiqlamaslik choralarini ko‘rishga zamin yaratadi.
Bundan tashqari, har bir tashkilotda ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlovchi ichki lokal
hujjatlar – maxfiylik siyosati, shaxsiy ma’lumotlarni muhofaza qilish tartibi kabi reglamentlar
ishlab chiqilishi va amaliyotda qo‘llanilishi zarur (amaliyotda ichki lokal hujjatlar deb
nomlanadi). Ish beruvchi, ayniqsa raqamli muhitda, shaxsga doir ma’lumotlar saqlanadigan
platformalarning texnik xavfsizlik choralarini ko‘rishi, ma’lumotlar bazasini himoya qilishi
kerak.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi
2.
O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi
3.
O‘zbekiston Respublikasining “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida"gi Qonuni.
16.04.2019 y
4.
“Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksini joriy qilish
chora-tadbirlari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4502 sonli qarori
5.
General Data Protection Regulation Act https://gdpr-info.eu/