Том 4 № 12 (2025)

Том 4 № 12 (2025)
Опубликован: 21-05-2025

Статьи

4-6 83 88

YURIDIK TERMINLARNING KONTEKSTUAL TARJIMASI: O‘ZBEK VA INGLIZ TILI ASOSIDA

Hilola Xujaniyazova

Ushbu maqola ingliz va o‘zbek tillaridagi yuridik terminlarning kontekstual tarjimasi muammolarini yoritadi. Yuridik tilning o‘ziga xos xususiyatlari, xususan, qat’iylik, aniq terminologiya va kontekstdan kelib chiqadigan ma’no farqlari tahlil qilinadi. Tarjima jarayonida ekvivalentlik, dinamik muvofiqlik va madaniy tafovutlarning qanday rol o‘ynashi misollar orqali ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, maqolada yuridik matn tarjimasida kontekstning hal qiluvchi ahamiyatga ega ekani asoslab beriladi. Tarjimani shunchaki lingvistik faoliyat sifatida emas, balki huquqiy-madaniy muloqot shakli sifatida ko‘rishga chaqiriladi.

7-9 40 16

ZAMONAVIY TA’LIM JARAYONIDA DIZAYN LOYIHALASHNI OʻQITISH MASALALARI

Dilafruz Xudayeva

Mazkur maqolada zamonaviy ta’lim tizimida dizayn loyihalash fanining ahamiyati, uning boʻlajak dizaynerlar faoliyatida tutgan oʻrni, oʻqitish tizimidagi murakkab jarayon, amaliyotga tadbiq etishdagi muammoli holatlar tahlil qilib berilgan.

10-13 58 62 0

XXI ASR SHE'RIYATIDA OY OBRAZI(SHODMONQUL SALOM SHE'RLARI MISOLIDA)

Zebo Qobilova, Ismigul Sobirova

Mazkur maqolada XXI asr o‘zbek she’riyatida Oy obrazining badiiy talqini Shodmonqul Salom she’rlari misolida tahlil etiladi. Shoir ijodida Oy obrazi faqatgina tabiat manzarasini yaratish vositasi sifatida emas, balki ruhiy holatni ifodalash, voqealarning kechayotgan muhitini belgilash, yorni go‘zallik timsoli sifatida tasvirlash vositasi sifatida ham ishlatilgan. Maqolada ushbu obrazning mazmun va vazifalari misollar asosida yoritilgan.

14-17 68 52

RAQAMLI MEHNAT MUNOSABATLARIDA XODIMNING SHAXSIY MA’LUMOTLARINI HIMOYA QILISHNING HUQUQIY ASOSLARI

Jasur Sultonov

Ushbu maqolada raqamli texnologiyalar jadal rivojlanayotgan davrda mehnat munosabatlari ishtirokchilari, ayniqsa xodimlarning shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilish zarurati yoritilgan. Raqamli mehnat munosabatlari jarayonida ish beruvchining axborot xavfsizligiga oid majburiyatlari ochib berilib, amaliyotda uchrayotgan muammo va bo‘shliqlarga e’tibor qaratilgan.

18-21 59 17

TURK VA OʼZBEK MADANIYATIDA QARINDOSHLIK ATAMALARINING MUROJAAT SHAKLI SIFATIDA IFODALANISHI (TURK VA OʼZBEK MADANIYATI TAHLILIDA)

Zuxra Sabirova

Mazkur maqolada turk va o‘zbek madaniyatida qarindoshlik atamalarining nafaqat biologik qarindoshlikni bildiruvchi, balki ijtimoiy muloqotda murojaat shakli sifatida qo‘llanishi tahlil qilinadi. Xususan, “aka”, “opa”, “amaki”, “xola”, “ini”, “uka” kabi so‘zlarning kundalik hayotda hurmat, yaqinlik va samimiylikni ifodalash maqsadida qarindosh bo‘lmagan shaxslarga nisbatan ham ishlatilishi o‘rganiladi. Shuningdek, turk va o‘zbek xalqlari o‘rtasidagi madaniy o‘xshashliklar, til vositasida ifodalangan ijtimoiy munosabatlar, hamda ushbu atamalarning pragmatik vazifalari qiyosiy tahlil etiladi. Maqola yakunida qarindoshlik atamalarining ijtimoiy aloqa, milliy qadriyatlar va madaniy o‘ziga xoslikni shakllantirishdagi o‘rni yoritiladi.

22-24 60 168

MAKTABDA ONA TILI DARSLARIDA MA’NODOSH SO‘ZLARNI O‘QITISHDA METODOLOGIK YANGILIKLAR

Nazokat Qanoatova , Kamola Hasanova

ushbu maqolada ma’nodosh so‘zlar (sinonimlar) talaffuzi, yozilishi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘z pedagogik tajribamda ishlatgan pedagogik texnologiyalar haqida yozmoqchiman. Sinonimlar bir-biridan qo‘shimcha ma’no qirrasi, emotsional bo‘yog‘i, qo‘llanilishi jihatidan o‘zaro farqlanadi.

25-28 34 17

BO‘LАJАK TАRBIYАCHILАRNING INTELLEKTUАL QOBILIYАTLАRINI SHАKLLАNTIRISHDА TRIZ TEXNOLOGIYАSI

Mаdinаbonu Kodirovа

Ushbu mаqolа bo`lаjаk tаrbiyаchilаrning intellektuаl qobiliyаtlаrini rivojlаntirishdа TRIZ texnologiyаsining o`rni vа аhаmiyаti borаsidа fikrlаr bаyon etilgаn. TRIZ texnologiyаsi yа’ni, ixtirochi muаmmolаrni hаl qilish nаzаriyаsini pedаgogikа sohаlаrigа integrаtsiyа qilish orqаli oliy tа’limdа tаxsil oluvchi tаlаbаlаr, xususаn, bo`lаjаk tаrbiyаchilаrning intellektuаl qobiliyаtlаrini rivojlаntirishdа texnologiyаning sаmаrаli vositа ekаnligi izohlаb berilgаn.

29-38 46 14

ХХ АСР БОШИДА МАРКАЗИЙ ОСИЁ МУСУЛМОН МАМЛАКАТЛАРИНИНГ ИЖТИМОИЙ-МАДАНИЙ ҲАЁТИНИНГ РИВОЖЛАНИШ ЖАРАЁНЛАРИ

Лутфулло Абдулкадиров

Ушбу мақолада ХХ аср бошида Марказий Осиёдаги мусулмон мамлакатлар ижтимоий-маданий ҳаётида юз берган ўзаро таъсир ва тараққиёт жараёнлари ҳар томонлама таҳлил қилинади. Муаллиф мусулмон Шарқида пайдо бўлган маданий уйғониш – Ренессанс жараёнлари, жумладан, жадидчилик ҳаракатининг келиб чиқиши, унинг миллий ўзликни тиклашдаги ўрни ва Шарқ-Ғарб муносабатларидаги таъсирини кенг қамровда ёритади.

39-43 38 11

TAʼLIM MENEJMENTI VA UNING OLIY TAʼLIM MUASSASALARI RAHBARLARI FAOLIYATIGA TAʼSIRI

Sitora Xamdamova

Zamonaviy dunyoda oliy taʼlim muassasalari nafaqat bilim tarqatuvchi markazlar, balki jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida muhim rol oʻynaydigan strategik institutlar sifatida qaralmoqda. Taʼlim menejmenti ushbu muassasalarning samarali faoliyat yuritishi, global raqobatbardoshlikni taʼminlashi va innovatsion yondashuvlarni joriy etishida asosiy omil hisoblanadi. Oliy taʼlim muassasalari rahbarlari esa ushbu jarayonlarda markaziy figuralar boʻlib, ularning boshqaruv koʻnikmalari, strategik qarorlari va zamonaviy taʼlim talablariga moslashuvi taʼlim sifati va muassasa obroʻsiga bevosita taʼsir koʻrsatadi. Hozirgi kunda taʼlim sohasida global raqobatning kuchayishi, raqamli transformatsiya, talabalar ehtiyojlarining diversifikatsiyasi va iqtisodiy cheklovlar oliy taʼlim muassasalari rahbarlari oldida yangi chaqiriqlar qoʻymoqda. Koʻplab mamlakatlarda, shu jumladan Oʻzbekistonda, taʼlim tizimini isloh qilish va xalqaro standartlarga moslashtirish jarayonlari taʼlim menejmentining samaradorligiga bogʻliq.

44-48 184 164

O‘ZBEKISTONDA AHOLINI IJTIMOIY HIMOYALASH TIZIMI VA DAVLATNING IJTIMOIY SIYOSATI

Olimjon Sharipov

Ushbu maqola O‘zbekiston Respublikasidagi ijtimoiy himoyalash tizimi va davlatning ijtimoiy siyosatining tuzilishi, samaradorligi va kelajakdagi istiqbollarini tahlil qilishga bag‘ishlanadi. Mustaqillik yillaridan boshlab, ayniqsa 2017-yildan keyin amalga oshirilgan islohotlar, jumladan, raqamlashtirish, mahalla tizimining rivojlanishi va xalqaro hamkorlik tizimning samaradorligini oshirishda muhim rol o‘ynadi. Maqolada statistik tahlil, qonunchilik hujjatlari va xalqaro tashkilotlar hisobotlari asosida tizimning yutuqlari va muammolari yoritiladi. Qashshoqlikni kamaytirish, ijtimoiy xizmatlarni kengaytirish va nogironlar hamda kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash siyosatning asosiy maqsadlari sifatida aniqlandi.

49-52 35 26

OILA TARBIYASIGA OID KONSEPTLARNING LINGVOKULTUROLOGIK TAHLILI INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARI MISOLIDA

Sarvinoz Rashidova

Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek tillaridagi oila tarbiyasiga oid konseptlar – xususan, “parenting”, “discipline”, “nurture” va ularning o‘zbek tilidagi muqobillari “tarbiya”, “odob”, “parvarish” – lingvokulturologik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Tadqiqotda ushbu atamalarning semantik, madaniy va pragmatik xususiyatlari, ularning tarixiy ildizlari va jamiyatdagi funksional roli o‘rganildi. Qiyosiy tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, bu konseptlar har ikkala til va madaniyatda o‘ziga xos madaniy yuklama va ijtimoiy qadriyatlarni ifodalaydi. Tadqiqot natijalari madaniyatlararo muloqotda til va madaniyat uyg‘unligini ta’minlashda lingvokulturologik tahlilning ahamiyatini ochib beradi.

53-55 70 64

FUQAROLIK HUQUQIDA SHARTNOMA ERKINLIGI PRINSIPI VA UNING AMALIY QO‘LLANILISHI

Orzubek Saidabdullayev

Ushbu ilmiy maqolada fuqarolik huquqining fundamental tamoyillaridan biri — shartnoma erkinligi prinsipi chuqur tahlil qilinadi. Muallif tomonidan ushbu prinsipning tarixiy shakllanishi, huquqiy asoslari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi normalarida qanday tartibga solingani va amaliy hayotda qanday ko‘rinishlarda namoyon bo‘lishi keng ko‘lamda yoritib berilgan. Ayniqsa, shartnoma erkinligining iqtisodiy faoliyatga ko‘rsatadigan ta’siri, shuningdek, bu prinsipning cheklanishiga olib keladigan omillar va sud amaliyotidagi interpretatsiyasi misollar orqali chuqur tahlil etilgan.

56-58 47 10

ПОЛИСЕМИЯ КАК КОГНИТИВНЫЙ И КУЛЬТУРНЫЙ ФЕНОМЕН В АНГЛИЙСКОМ И РУССКОМ ЯЗЫКАХ

З.А. Кенжаева

Исследование посвящено полисемии как когнитивному и культурному феномену в английском и русском языках, с акцентом на ее роль в формировании семантических связей и восприятии значений. Полисемия, как способность слова иметь множество связанных значений, отражает когнитивные процессы, такие как метафорические и метонимические переносы, зависящие от языковых структур и культурных контекстов. В статье анализируется, как полисемия создает новые смыслы через когнитивную категоризацию и культурные ассоциации, на примерах слов head (английский) и голова (русский). Также рассматривается практическое значение полисемии для межкультурной коммуникации и перевода, подчеркивается важность учета контекста для избежания ошибок в интерпретации.  

59-61 206 101

BADIIY MATNGA PRAGMATIK YONDASHUV

Feruza Xaydarova

Bugungi  kunda  tilshunosligimizda  pragmalingvistika  alohida  soha sifatida  shakllanib  ulgurdi.  Bu  jarayonda  professor  Sh.Safarovning izlanishlari, ayniqsa, diqqatga sazovor. Olim “Pragmalingvistika” nomli  monografiyasida  mazkur  sohaning  shakllanishi,  taraqqiyoti  va  istiqboli haqida  fikr  yuritadi,  lisoniy  faoliyatning  pragmatik  xususiyatlari,  bu xususiyatlarni  yuzaga  keltiruvchi  omillarni  o‘rganish  tilning  ijtimoiy mohiyatini  aniqlash  uchun  muhim  ekanligini  ta’kidlaydi. Mazkur  o‘quv qo‘llanmada  kommunikativ-pragmatik  yo‘nalishning  shakllanishi, pragmatikaning lisoniy-semiotik tizimdagi ustuvorligi, pragmalingvistikaning  predmeti,  nutqiy  akt  nazariyasi,  semantika  va pragmatika  munosabati,  pragmatik  mazmunni  shakllantiruvchi hodisalar, samarali muloqot tamoyil va qoidalari, deyksis va nutqiy muloqot matni, diskursning  tuzilishi  va  uning  tahlili  masalalari  jahon pragmalingvistikasiga  oid qator  manbalarni  qiyoslagan holda  nazariy jihatdan  asoslab  beriladi.  Pragmatik  tahlil  tamoyillarini  belgilovchi asosiy metodologik g‘oya bu faoliyat nazariyasi ekanligi ko‘rsatib o‘tiladi.

62-64 39 54

INNOVATSION TA’LIM RIVOJLANISHI DAVRIDA O‘QITUVCHI KASBIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR

Mohinoso Fozilova

Talimda raqamlashtirish, interaktiv texnologiyalar, ijodiy yondashuv va zamonaviy pedagogik metodlardan foydalanish oqituvchining kasbiy salohiyatiga bolgan ehtiyojni oshirmoqda. Shu munosabat bilan mazkur maqolada innovatsion talim tizimining rivojlanishi sharoitida oqituvchilik kasbiga qoyilayotgan zamonaviy talablar tahlil qilinadi. Shuningdek, maqolada oqituvchining shaxsiy va kasbiy kompetensiyalarini shakllantirish, uzluksiz organish va moslashuvchanlik kabi jihatlar muhim omil sifatida yoritilgan. Innovatsion yondashuvlar asosida pedagogik faoliyat samaradorligini oshirish boyicha tavsiyalar beriladi.

65-73 205 30

MIGRATSIYA JARAYONLARINI O‘RGANISH NAZARIYASI VA METODOLOGIYASI

OLIM PARDAYEV , SHIRIN MIRZAYEVA, SEVINCH RAYIMKULOVA

Maqolada migratsiya jarayonlarini o‘rganishga doir turli nazariy va metodologik yondashuvlar tizimli tahlil qilinadi. Bugungi globallashgan va raqamli iqtisodiyot sharoitida migratsiya faqat aholi harakati emas, balki u mamlakatlarning mehnat bozori, iqtisodiy rivojlanishi, demografik tarkibi va ijtimoiy muvozanatiga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu tadqiqotda migratsiyaning asosiy sabablariga: iqtisodiy farqlar, ijtimoiy beqarorlik, ekologik xavflar va siyosiy ziddiyatlar misolida yondashiladi. Klassik nazariyalar (A. Smit, R. Равенштейн), Kейнсiy yondashuvlar, push-pull modeli, tarmoqlar va transmilliy yondashuvlar asosida migratsiya sabablari tahlil qilinadi. Maqolada, shuningdek, zamonaviy ilmiy-tadqiqot metodologiyalari: empirik kuzatuv, statistik modellashtirish, GIS-texnologiyalar asosida tahlil qilish, migratsion profiling tuzish kabilar muhokama qilinadi. Migratsiya oqibatlarini — mehnat resurslarining oqimi, “miyaning oqishi”, oilaviy struktura buzilishi, ijtimoiy inqirozlar — ilmiy asosda baholash zarurligi asoslanadi.

74-75 85 29

SHEʼRIY ASARLAR ORQALI BOLALARGA ONA TILINI OʻRGATISH

Nazokat Qanoatova, Xojiniso Temirova

Ushbu maqolada boshlangʻich sinf o‘quvchilariga ona tilini oʻrgatishda sheʼriy asarlardan foydalanishning ahamiyati va pedagogik qiymati haqida fikr yuritiladi. Sheʼrlar orqali bolalarning til boyligini kengaytirish, nutqini rivojlantirish, badiiy tafakkurini shakllantirish va milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini singdirish yoʻllari yoritiladi. Maqolada dars jarayonlarida sheʼriy materiallardan foydalanish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar ham keltiriladi.

76-82 42 20

ЎЗБЕКИСТОНДА ХОТИН-ҚИЗЛАР БАНДЛИГИ: ЗАМОНАВИЙ ҲОЛАТИ ВА МУАММОЛАРИ

Рохила Усмонова

Мақолада хотин-қизлар бандлигининг ижтимоий-иқтисодий аҳамияти, замонавий ҳолати ва ривожланиш тенденциялари таҳлил қилинган. Ўзбекистонда хотин-қизларнинг меҳнат бозоридаги иштироки, гендер тенглик масалалари ва ижтимоий ҳимоя тизимига оид муаммолар кўриб чиқилган. Шунингдек, норасмий  сектордаги меҳнат, касбий тайёргарлик ва давлат сиёсатидаги қўллаб-қувватлаш чоралари таҳлил қилинган. Мақола хотин-қизлар бандлигини ошириш ва ижтимоий барқарорликни таъминлашдаги истиқболлар ва тавсияларни тақдим этади.

83-86 66 35

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR UCHUN JISMONIY RIVOJLANISH DASTURLARINI TUZISH

Avazbek Raxmatov

Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun jismoniy rivojlanish dasturlarini tuzish, bolalarning jismoniy sog‘lig‘ini ta'minlashda, shuningdek, ularning ruhiy va psixologik holatiga ham katta ahamiyat beradi. Mazkur dasturlar, bolalar organizmining tabiiy rivojlanishiga moslashgan holda, har bir yosh guruhining o‘ziga xos xususiyatlari inobatga olinib ishlab chiqiladi.

87-90 75 41

MILLIY SPORT O‘YINLARINING YOSHLARDA VATANPARVARLIK TUYG‘USINI SHAKLLANTIRISHDAGI ROLI

Avazbek Raxmatov

Milliy sport o‘yinlari o‘zbek xalqining boy madaniy merosini asrash va uni yosh avlodga yetkazishda muhim vosita hisoblanadi. Ushbu o‘yinlar yoshlarning jismoniy va ruhiy sog‘lig‘ini mustahkamlash bilan birga, ularning Vatanga bo‘lgan sadoqatini, g‘ururini va milliy o‘zlikni anglash tuyg‘usini shakllantirishda muhim o‘rin tutadi.

91-96 114 38

HUQUQ NORMALARINI SHARHLASH USULLARI

Raxat Ismaylov

Ushbu tezisda muallif tomonidan huquq normalarini sharxlash usullari bilan bog‘liq bo‘lgan ilmiy qarashlar muhokama qilingan. Shu bilan birga muallif o‘zining ushbu mavzuga oid fikr-mulohazalarini ham bayon qilish orqali o‘z taklif va xulosalarini asoslashga harakat qilgan.

97-101 29 10

ЖАМИЯТДАН АЖРАТИШ БИЛАН БОҒЛИҚ БЎЛМАГАН ЖИНОИЙ ЖАЗОЛАРНИ ҚЎЛЛАШ САМАРАДОРЛИГИГА ТАЪСИР КЎРСАТУВЧИ ОМИЛЛАР

Санжарбек Маъмуров

Ушбу мақолада олимларнинг жамиятдан ажратиш билан боғлиқ бўлмаган жиноий жазолар борасидаги илмий қарашлари муҳокама қилинган ва бу борадади айрим муаммолар таҳлил етилган.

102-106 30 10

ҚОНУНЧИЛИК ТАШАББУСИНИ АМАЛГА ОШИРИШНИНГ АСОСИЙ ШАКЛЛАРИ

Ғайрат Баймуротов

Ушбу тезис қонунчилик ташаббуси институтининг моҳияти ва аҳамиятини очиб беради. Қонунчилик ташаббуси ҳуқуқи қонун ижодкорлиги жараёнининг муҳим босқичи бўлиб, қонун лойиҳаларини ишлаб чиқиш ва қонунчилик органига киритиш имкониятини яратади.

107-109 33 6

ATROF-MUHIT BILAN BOGʻLIQ NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLAR LOYIHALARINING JAMOATCHILIK MUHOKAMASINI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI

Quvondiq Sherov

Muallif ushbu maqolada Atrof-muhit bilan bogʻliq normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining jamoatchilik muhokamasini takomillashtirish boʻyicha amaldagi qonunchilikni tahlil qilishga harakat qilgan va ushbu yoʻnalishda muammolarni bartaraf etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqqan.

110-114 33 37

АДВОКАТУРА ИНСТИТУТИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ ВА АДВОКАТЛАРНИНГ МУСТАҚИЛЛИГИНИ КЕНГАЙТИРИШ МАСАЛАЛАРИ

Шухрат Кобилов

Мазкур мақолада Ўзбекистон Республикасида адвокатура институтини ислоҳ қилиш ва уни замон талаблари даражасига олиб чиқиш бўйича долзарб муаммолар таҳлил қилинган. Муаллиф жамиятда “Инсон қадри учун” тамойилига асосланган ёндашувни илгари суриб, адвокатларнинг мустақиллиги, уларнинг процессуал тенглигини таъминлаш ва суд-ҳуқуқ соҳасидаги ислоҳотларга интеграциялашуви зарурлигини асослаб беради. Мақолада тергов судьяси институти, айблов ва ҳимоя тарафлари ўртасидаги тортишув тамойилининг амалиётда таъминланмаслиги, адвокатларнинг далиллар тўплашдаги чекловлари ва ижтимоий ҳимоясининг етишмаслиги танқидий ёндашув асосида кўрсатиб берилган. Хусусан, давлат томонидан бепул адвокат тайинлашда электрон тизимлар жорий этилган бўлса-да, шартнома асосида жалб этилган адвокатларнинг четлатилиши ҳимоя ҳуқуқининг бузилиши сифатида тан олинган. Муаллиф шунингдек, адвокатлик бюроларининг ташкил этилиши учун тажриба талаби, адвокатларнинг соғлиғи ва ҳаёти давлат ҳимоясида бўлиши каби муҳим норматив ўзгаришларни илгари суради. Мақола якунида жамиятдаги ўзгаришлар фонида адвокатуранинг ривожланиш концепциясини ишлаб чиқиш зарурлиги таъкидланади. Тавсия этилаётган таклифлар адвокатура фаолиятининг сифатли, эркин ва тизимли шаклланишига асос бўлиб хизмат қилади.

115-116 35 9

XAYRIDDIN SULTONOV ASARLARIDA KONTSEKTUAL SINONIM VA METAFORIK BIRLIKLARNING SEMANTIK TAHLILI

Yulduz Abdullayeva

Ushbu maqolada Xayriddin Sultonov asarlaridagi kontekstual sinonim va metaforik birliklarning leksik-semantik natijalar tahlili. Muallifning uslub uslubi, ayniqsa, so'z dizayndagi aniqlik, qatlamlarning kontekst asosidagi ma'no tafovutlarini ifodalash, metaforalar orqali semantik boylikdagi mahorati yoritiladi.

117-119 35 14

XAYRIDDIN SULTONOV TILIDA USLUBIY QATLAMLARNING UYG'UNLIGI

Yulduz Abdullayeva

Ushbu maqolada Xayriddin Sultonov asarlarida til va uslubiy qatlam uyg'unligi tahlillarning tuzilishi. Yozuvchining asarlaridagi uslubiy qatlamlar bir-birini mukammal tarzda to'ldirib, uning badiiy asarlarini jozibador va ko'p qatlamli qiladi. Sultonov badiiy, ilmiy, jurnalistik, dialektik uslublarni, uyg'unlashtirib turli qatlamlar orqali asarlarning mazmunini chuqurlashtirish va o'quvchiga yangi tasvirlarni taqdim etadi.

120-122 22 14

ҚАРАҚАЛПАҚСТАН КӘСИПЛИК АЎҚАМЛАР ТАРИЙХЫНАН

Өтебай Кеӊесбаев

Урыстан соӊғы жыллары Қарақалпақстан халық хожалығын қайта тиклеў иси пүткил аўқам республикаларындағыдай хүкимет тәрепинен қолға алынып. бул исти әмелге асырыўға жәмийеттиӊ барлық күшлерин жәмлестирди. Соныӊ ишинде бул процесске жәмийетлик шөлкемлерде белсене қатнасып, пуқаралардыӊ искерлигин арттырыў, соныӊ менен қатар дем алыў ҳәм мәдений ўақыт өткериў мәселесине де итибар қаратты. Усы мәселелерди әмелге асырыў биринши гезекте кәсиплик аўқамлар, атап айтқанда  Қарақалпақстан кәсиплик аўқамлар областьлық Кеӊеси (Облсовпроф) шешиўши роль атқарды.

123-125 48 19

BARQAROR RIVOJLANISHNING MEDIATIZATSIYASI: KUN TARTIBI QANDAY QILIB XULQ-ATVORNI SHAKLLANTIRADI

Taxmina Mamadaliyeva

Barqaror rivojlanish, 2030 Kun Tartibi va Barqaror Rivojlanish Maqsadlarida (BRM) mustahkamlangan holda, global siyosiy, iqtisodiy va ilmiy diskursning markaziy mavzusiga aylangan. Biroq barqarorlik tamoyillarini amalga oshirish faqat siyosiy iroda va institutsional mexanizmlarga emas, balki bu g‘oyalarning jamiyat tomonidan qanday qabul qilinishiga ham bog‘liq. Ana shu kontekstda alohida ahamiyat kasb etadigan jarayon — bu mediatizatsiya, ya’ni ommaviy axborot vositalari va raqamli platformalar nafaqat axborotni uzatadigan, balki jamoaviy normalarni, xulq-atvor modellari va barqaror kelajak haqidagi tasavvurlarni faol shakllantiradigan jarayondir.

126-127 33 15

BARQAROR RIVOJLANISH VA SIYOSIY ONG: IJTIMOIY INTEGRATSIYADA MANIPULYATSIYANING ROLI

Taxmina Mamadaliyeva

Barqaror rivojlanish zamonaviy jamiyatning strategik yo‘nalishi sifatida nafaqat iqtisodiy va ekologik barqarorlikni, balki ijtimoiy integratsiyaning yuqori darajasi, siyosiy barqarorlik va fuqarolarning ijtimoiy jarayonlarda ongli ishtirokini ham nazarda tutadi. Biroq, axborot ortiqligi kuchayib borayotgan, jamoatchilik fikri tobora bo‘linayotgan va hokimiyat institutlariga nisbatan ishonchsizlik ortayotgan bir sharoitda siyosiy ongni shakllantirish va o‘zgartirish jarayonida siyosiy manipulyatsiyaning rolini tahlil qilish, ayniqsa jamiyatdagi barqarorlik va totuvlik nuqtai nazaridan, alohida ahamiyat kasb etadi.

128-132 64 208

QASDAN BADANGA O‘RTACHA OG‘IR SHIKAST YETKAZISH JINOYATI BO‘YICHA TERGOVGA QADAR TEKSHIRUV O‘TKAZISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Shaxzodbek Suyunov , Shoxbozbek Abdullayev

Muallif ushbu maqola orqali “Qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish” jinoyati yuzasidan tergovga qadar tekshiruvni o‘tkazish tartibi, asoslari, o‘tkazishning o‘ziga xos xususiyatlari, tergovga qadar tekshiruv o‘tkazishi mumkin bo’lgan davlat organlari, tergovga qadar tekshiruv davrida o’tkazilishi mumkin bo’lgan tergov harakatlari, ushbu bosqich yakuniga ko’ra chiqariladigan qarorlar to’g’risida so’z yuritadi.

133-138 266 25

XODISA SODIR BULGAN JOYNI KO'ZDAN KECHIRISHNI TAKOMILLASHTIRISH

Axrorjon Ashirboyev , Muhammadali Aliqulov

Muallif ushbu maqolada tergov harakatining bir turi boʻlgan, xodisa sodir bulgan joyni koʻzdan kechirish tergov xarakati tushunchasi, oʻtkazish asoslari, prosessual tartibi, kriminalistik-taktik usullari va alohida turdagi jinoyatlar sodir etilganda oʻtkazish tartibi  haqida soʻz yuritilishini koʻrishingiz mumkin.

139-143 86 12

JINOIY JAVOBGARLIKDAN OZOD QILISH INSTITUTI TUSHUNCHASI, UNING MAZMUNI VA MOHIYATI

Shukrullo Agoyev , Jamshidbek Bekturdiyev

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi jinoyat qonunchiligida jinoiy javobgarlikdan ozod qilish instituti, uning mazmun va mohiyati, amalga oshirish shakllari ilmiy tahlil qilingan.

144-148 80 46

YARASHUV INSTITUTINING JORIY ETILISHI VA AFZALLIK TOMONLARI

Axrorjon Ashirboyev , Boyto’ra Boybo’tayev

Ushbu maqolada fuqarolarning huquq va erkinliklarini oliy qadriyatligidan, xalqimizning urf-odatlaridan kelib yarashuv institutining jinoyat va jinoyat protsessual huquq tizimiga kiritilishi, uning rivojlanish bochqichlari, xorijiy davlatlar va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligining qiyosiy tahlili va ushbu institutning afzallik tomonlari atroflicha bayon qilingan.

149-152 225 30

AXBOROT XAVFSIZLIGI SOHASIDAGI JINOYATLAR, ASOSIY TUSHUNCHALAR VA TURLARI

Najmiddin Usmonaliyev , Akromjon G’ulomov

Ushbu maqolada axborot xavfsizligi sohasida sodir etilayotgan jinoyatlar, ularning turlari, zamonaviy texnologiyalar ta’sirida qanday shakllarda yuzaga kelayotgani va bu jinoyatlarga qarshi kurashish choralari yoritilgan. Raqamli dunyoning kengayishi bilan axborotga bo‘lgan ehtiyoj ortmoqda, shu bilan birga axborotni himoya qilish masalasi ham dolzarb bo‘lib bormoqda. Mazkur maqola axborot jinoyatlarining tahlili, statistikasi va ularni oldini olish yo‘llarini ko‘rib chiqadi.

153-157 45 13

ODAM SAVDOSI JINOYATLARINI TERGOV QILISHNING XUSUSIYATLARI

Najmiddin Usmonaliyev , Avazjon Imyaminov

Maqolada odam savdosi jinoyatlarining kelib chiqish omillari, uni oldini olishda davlat organlarining hamkorligi, odam savdosi jinoyatlariga qarshi kurashish mezonlari, odam savdosi jinoyatlari bo‘yicha zudlik bilan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan harakatlar, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirish mehanizmlari, tergov qilishda uchraydigan muammolar va ularga yechim sifatida ko‘tarilgan tavsiyalar, xalqaro hamkorlik, konvensiya, shartnoma va kelishuvlarning O’zbekiston qonunchiligidagi o’rni va samarali yechimlar yoritilgan. Yuqoridagilarni yoritish maqsadida turli statistikalardan foydalanildi.

158-162 45 11

ЖАМОАТ ТАРТИБИГА ҚАРШИ ЖИНОЯТЛАРНИ ТЕРГОВ ҚИЛИШНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ ВА УНИНГ АҲАМИЯТИ

Ахроржон Аширбоев , Музаффар Норхўжаев

Мақолада жамоат тартибига қарши жиноятларни тергов қилишни такомиллаштиришга оид тавсиялар илгари сурилган.

163-168 26 17

TINTUV VA OLIB QOʻYISHNI OʻTKAZISHNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Shukurullo Agoyev , Nazokat Tirkasheva

Ushbu maqola tintuv va olib qoʻyish tergov harakatlarining oʻziga xosligi, tintuv va olib qoʻyishni oʻtkazishning protsessual tartibini tadqiq etishga bagʻishlangan. Mazkur tergov harakatlarining oʻzaro nisbati tahlil qilinadi. Muallif tintuv va olib qoʻyishni amalga oshirishning belgilangan protsessual tartibiga rioya qilish zaruratini taʼkidlaydi.

169-173 25 12

УШЛАБ ТУРИШ ПРЦЕССУАЛ МАЖБУРЛОВ ЧОРАСИНИ ҚЎЛЛАШДА ШАХСЛАРНИНГ ҲУҚУҚ ВА ЭРКИНЛИКЛАРИНИ ТАЪМИНЛАШ

Шахзодбек Суюнов , Оғабек Тураев

Ушбу мақолада ушлаб туриш прцессуал мажбурлов чорасини қўллашда шахсларнинг ҳуқуқ ва эркинликларини, уларни таъминлаш, Ушлаб туриш прцессуал мажбурлов чорасини қўллашда шахсларнинг ҳуқуқ ва эркинликларинининг халқаро ва миллий қонунчиликдаги асослари келтирилган.

174-180 41 15

СУДГА ҚАДАР ИШ ЮРИТИШ ДАВОМИДА ТЕРГОВГА ҚАДАР ТЕКШИРУВ ИНСТИТУТИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ

Шахзодбек Суюнов , Баходир Турғуналиев

Бугунги кунда суд ва ҳуқуқни муҳофаза қилувчи органлар соҳасига оид илмий тадқиқот ишлари самарали амалга оширилмоқда. Шундан келиб чиқиб, ушбу мақолада терговга қадар текширувни амалга ошириш соҳасидаги мамлакатимизда амалга оширлаётлаган кенг кўламли исолоҳтлар ҳамда терговга қадар текшириш интитутининг моҳияти ва ўзига хос хусусияти таҳлил қилинган.