Авторы

  • Quvondiq Sherov
    Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdif.98101

Ключевые слова:

normativ-huquqiy hujjat loyiha muhokama ekspertiza taklif platforma.

Аннотация

Muallif ushbu maqolada Atrof-muhit bilan bogʻliq normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining jamoatchilik muhokamasini takomillashtirish boʻyicha amaldagi qonunchilikni tahlil qilishga harakat qilgan va ushbu yoʻnalishda muammolarni bartaraf etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqqan.


background image

107

ATROF-MUHIT BILAN BOGʻLIQ NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLAR

LOYIHALARINING JAMOATCHILIK MUHOKAMASINI TAKOMILLASHTIRISH

MASALALARI

Sherov Quvondiq Polvonnazarovich

Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi

E-mail: quvondiq1191@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15518974

Annotatsiya:

Muallif ushbu maqolada Atrof-muhit bilan bogʻliq normativ-huquqiy

hujjatlar loyihalarining jamoatchilik muhokamasini takomillashtirish boʻyicha amaldagi
qonunchilikni tahlil qilishga harakat qilgan va ushbu yoʻnalishda muammolarni bartaraf etish
bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqqan.

Kalit so‘zlar:

normativ-huquqiy hujjat, loyiha, muhokama, ekspertiza, taklif, platforma.


Soʻnggi yillarda ekologik muammolar kundan-kunga dolzarb bo‘lib, davlat tomonidan

atrof-muhitni muhofaza qilish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Atrof-muhitni
nazorat qilish tizimining asosiy elementlaridan biri jamoatchilik muhokamasi boʻlib, bu jarayon
atrof-muhitga ta’sir qilishi mumkin boʻlgan qarorlarni qabul qilishda jamoatchilik fikrini
hisobga olish imkonini beradi.

Jamoatchilik muhokamalari jarayonida loyihani ishlab chiquvchilar tomonidan

fuqarolarga atrof-muhitga ta’sir qilishi mumkin boʻlgan loyiha toʻgʻrisida ma’lumot beriladi va
muhokama davomida aholining xohish-istaklari inobatga olinadi.

Jamoatchilik muhokamalarning maqsadi fuqarolarning ekologik ahamiyatga molik

qarorlar qabul qilish jarayonida har tomonlama ishtirok etishini ta’minlash, ularga aholining
turli qatlamlari manfaatlarini ifoda etish imkoniyatini berish, mavjud ekologik vaziyatni
yaxshilash boʻyicha takliflar kiritishdan iborat. Bu esa loyihalarni amalga oshirishning tabiiy
muhit uchun yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlarini oʻz vaqtida aniqlash va ularning
oldini olish va zarur chora-tadbirlar sonini belgilash imkonini beradi. Hududlarning barqaror
rivojlanishini shakllantirish, aholining huquqiy madaniyati va atrof-muhit muammolaridan
xabardorligini oshirishda bunday muhokamalarning o‘rni muhim.

Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 49-moddasida Davlat

fuqarolarning ekologik huquqlarini ta’minlash va atrof-muhitga zararli ta’sir ko‘rsatilishiga yo‘l
qo‘ymaslik maqsadida shaharsozlik faoliyati sohasida jamoatchilik nazoratini amalga oshirish
uchun shart-sharoitlar yaratishi, shaharsozlik hujjatlarining loyihalari qonunda belgilangan
tartibda jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazilishi belgilab qoʻyildi [1].

Шу билан бирга, аholini atrof-muhit bilan bogʻliq normativ-huquqiy hujjatlar

loyihalariga jalb qilish maqsadida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida
2025-yil 5-may holatiga koʻra 300 ga yaqin hujjatlar loyihalari muhokamaga qoʻyilgan boʻlib,
bu loyihalar yuzasidan fuqarolar tomonidan 395 ta takliflar berilgan, xolos [2]. Bu
fuqarolarning ishlab chiqilayotgan qonunchilik hujjatlari loyihalaridan bexabarligi hamda
davlat organlari va tashkilotlari tomonidan yetarlicha targʻibot-tashviqot ishlari olib
borilmayotganligidan dalolat beradi [3; 4].

Oʻzbekiston Respublikasi 2025-yil 11-martdagi OʻRQ-1045-son Qonun bilan Atrof-muhit

bilan bogʻliq boʻlgan masalalar boʻyicha qarorlar qabul qilish jarayonida jamoatchilikning
axborot olish imkoniyati, ishtiroki va odil sudlovga erishish imkoniyati toʻgʻrisidagi


background image

108

Konvensiyaga (Orxus, 1998-yil 25-iyun) qoʻshildi [5].

O‘zbekiston Respublikasining mazkur Konvensiyaga qo‘shilishi ekologiya va atrof-muhit

sohasida inson huquq va erkinliklarini munosib ta’minlashga, xorijiy hamkor davlatlar bilan
hamjihatlikda ekologik xavfsizlikka erishish bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlarni amalga
oshirishga, shuningdek, mamlakatimizning xalqaro maydondagi ijobiy imiji va nufuzini yanada
oshirishga xizmat qiladi.

Mazkur Konvensiya insonning sog‘lom atrof-muhitga bo‘lgan huquqlarini himoya qilishga

qaratilgan muhim xalqaro hujjat hisoblanib, u tegishli davlat organlari, fuqarolar va
jamoatchilik o‘rtasida ekologik axborotlarni olish va ulardan foydalanishni ta’minlashga
qaratilgan.

Shunga koʻra, atrof-muhit bilan bogʻliq qonunchilik hujjatlari loyihalarining jamoatchilik

muhokamasiga chiqarish tizimini takomillashtirish davr talabi hisoblanadi.

2019-yilda “Yuksalish” umummilliy harakati fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan taklif,

masala va muammolarga tezkorlik bilan munosabat bildirish va hal etish, shu orqali ularning
davlat organlari bilan samarali muloqot o‘rnatish mexanizmini yaratish maqsadida
“Jamoatchilik” onlayn-platformasini [6] ishga tushirdi.

Ushbu platforma orqali ijtimoiy ahamiyatga molik masalalarni hal etishda fuqarolarning

ishtirokini kengaytirish, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar, davlat dasturlari hamda
davlat organlarining boshqa qarorlarini ishlab chiqish va takomillashtirish bo‘yicha takliflari
qabul qilib borilishi belgilangan edi. Biroq, afsuski jamoatchilik bilan faol muloqot olib borilishi
koʻzda tutilgan “Jamoatchilik” onlayn-platformasi bugungi kunda ish faoliyatida emas.

Huquqshunos O.X. Narzullayevning fikricha, tabiatni muhofaza qilish va undan oqilona

foydalanish toʻgʻrisidagi qonun loyihalarini ishlab chiqish va muhokama qilishga keng
jamoatchilikni, nodavlat organlarini, siyosiy partiyalar, shuningdek boshqa manfaatdor
tashkilotlar, masalan, EKOSAN xalqaro tashkilotini jalb etish katta samara beradi. Soʻnggi
yillarda ekologiya sohasidagi qonunlardan “Ekologik ekspertiza toʻgʻrisida”, “Muhofaza
etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida”, “Chiqindilar toʻgʻrisida”gi Qonunlarning loyihalari
umumxalq muhokamasiga havola etildi. Mazkur xalq ekspertizasi tufayli loyihalar yuzasidan
minglab qimmatli taklif va mulohazalar bildirilgan. Ular qonunlarni mukammallashtirishda
oʻzining ijobiy samarasini bergan [7].

O.X. Narzullayevning fikrini qoʻllab-quvvatlagan holda aytish mumkinki, ekologiya va

atrof-muhit sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini muhokama qilish jarayonlariga
fuqarolarni keng jalb qilish sohadagi muammolarni bartaraf etishga xizmat qiladi.

Yuqoridagilarni inobatga olib, atrof-muhit bilan bogʻliq normativ-huquqiy hujjatlar

loyihalarining jamoatchilik muhokamasini takomillashtirish boʻyicha quyidagi takliflar
bildiriladi.

Avvalo,

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari,

shuningdek mahalliy kengashlar deputatlari tomonidan hududlarda atrof-muhit bilan bogʻliq
hujjatlar loyihalarini muhokama qilish amaliyotini yoʻlga qoʻyish lozim;

Ikkinchidan,

fuqarolarga davlat organlari tomonidan atrof-muhitni muhofaza qilish

sohasidagi ichki hujjatlari va normativ-huquqiy hujjatlari toʻgʻrisidagi axborotdan
foydalanishlari uchun sharoit yaratib berish lozim. Bu orqali ekologik faoliyatning shaffofligi
darajasi oshiriladi;

Uchinchidan,

axborot oqimini kengaytirish, ekologiya va atrof-muhit holati toʻgʻrisidagi


background image

109

axborot manbalarini koʻpaytirish zarur;

Toʻrtinchidan,

“Jamoatchilik” onlayn-platformasining faoliyatini qayta tiklab, xalq bilan

muloqot amaliyotini davom ettirish zarur.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi.

https://lex.uz/uz/docs/-6445145

2.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali.

https://regulation.gov.uz/oz

3.

Yo‘ldoshev A.E. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining jamiyat va davlat ishlarini

boshqarishda ishtirok etish istiqbollari: monografiya. – Toshkent: TDYU nashriyoti, 2022. –
161 bet.
4.

Йўлдошев А.Э. Ўзбекистонда жамоатчилик муҳокамаларини ҳуқуқий тартибга

солишнинг долзарб масалалари // Юриспруденция ҳуқуқий илмий-амалий журнали,
2021/4. – Б. 12-24.
5.

Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 11-martdagi “Atrof-muhit bilan bogʻliq boʻlgan

masalalar boʻyicha qarorlar qabul qilish jarayonida jamoatchilikning axborot olish imkoniyati,
ishtiroki va odil sudlovga erishish imkoniyati toʻgʻrisidagi Konvensiyaga (Orxus, 1998-yil 25-
iyun) Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi haqida”gi OʻRQ-1045-son Qonuni.

https://lex.uz/uz/pdfs/7424688

6.

https://daryo.uz/2019/08/06/ozbekistonda-jamoatchilik-onlayn-platformasini-ishga-

tushirildi

7.

Нарзуллаев О.Х. Экология соҳасидаги қонунчиликнинг устуворлигини таъминлаш

хусусида // “Экологик қонунчиликни қўллаш меxанизмини такомиллаштириш
муаммолари” мавзусидаги илмий-амалий конференция материаллари. – Тошкент:
ТДЮИ, 2007. – Б.135-136.

Библиографические ссылки

Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. https://lex.uz/uz/docs/-6445145

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali. https://regulation.gov.uz/oz

Yo‘ldoshev A.E. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda ishtirok etish istiqbollari: monografiya. – Toshkent: TDYU nashriyoti, 2022. – 161 bet.

Йўлдошев А.Э. Ўзбекистонда жамоатчилик муҳокамаларини ҳуқуқий тартибга солишнинг долзарб масалалари // Юриспруденция ҳуқуқий илмий-амалий журнали, 2021/4. – Б. 12-24.

Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 11-martdagi “Atrof-muhit bilan bogʻliq boʻlgan masalalar boʻyicha qarorlar qabul qilish jarayonida jamoatchilikning axborot olish imkoniyati, ishtiroki va odil sudlovga erishish imkoniyati toʻgʻrisidagi Konvensiyaga (Orxus, 1998-yil 25-iyun) Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi haqida”gi OʻRQ-1045-son Qonuni. https://lex.uz/uz/pdfs/7424688

Нарзуллаев О.Х. Экология соҳасидаги қонунчиликнинг устуворлигини таъминлаш хусусида // “Экологик қонунчиликни қўллаш меxанизмини такомиллаштириш муаммолари” мавзусидаги илмий-амалий конференция материаллари. – Тошкент: ТДЮИ, 2007. – Б.135-136.