43
QASDDAN ODAM OʻLDIRISH TUSHUNCHASI VA UNING IJTIMOIY XAVFLILIGI
Axmedova Zilola Xamidovna
Mustaqil tadqiqotchi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15354514
Annotatsiya:
Mazkur maqolada qasddan odam oʻldirish tushunchasi va uning ijtimoiy
xavfliligi bilan bogʻliq masalalar tahlil etilgan. Bundan tashqari, maqolada insonning hayoti va
sogʻligi bebaho neʻmat hisoblanadi va uning bu neʻmatlardan mahrum etilishi yoki ularga
shikast yetkazilishi jinoiy javobgarlikni keltirib chiqarishi ham taʼkidlab oʻtilgan.
Kalit soʻzlari:
Ayb, javobgarlik, jazo, jinoyat, jismoniy, odam oʻldirish, qasd, subyekt
yoshi, sodir etgan, shaxs.
ПОНЯТИЕ УМЫШЛЕННОГО УБИЙСТВА И ЕГО ОБЩЕСТВЕННАЯ
ОПАСНОСТЬ
Ахмедова Зилола Хамидовна
независимый исследователь
Аннотация:
В данной статье анализируются вопросы, связанные с понятием
умышленного убийства и его социальной опасностью. Кроме того, в статье
подчеркивается, что жизнь и здоровье человека являются бесценными благами, и
лишение или повреждение этих благ влечет за собой уголовную ответственность.
Ключевые слова:
Вина, ответственность, наказание, преступление, физическое,
убийство, умысел, возраст субъекта, совершивший, лицо.
THE CONCEPT OF PREMEDİTATED MURDER AND İTS SOCİAL DANGER
Akhmedova Zilola Khamidovna
independent researcher
Abstract:
This article analyzes issues related to the concept of premeditated murder
and its social danger. Furthermore, the article emphasizes that human life and health are
priceless blessings, and that deprivation or damage to these blessings leads to criminal
liability.
Keywords:
Guilt, responsibility, punishment, crime, physical, murder, intent, subject's
age, perpetrator, person.
Insonga berilgan ulug‘ ne’matlardan biri uning hayoti bo‘lib, uning daxlsizligi to‘g‘risida
g‘amxo‘rlik va muhofaza qilish davlatning barcha huquqiy institutlari, sud-tergov
organlarining diqqat markazidadir. Shu bilan bir qatorda, jinoyat qonunining vazifasi sifatida,
shaxsni, uning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish belgilangan. O‘zbekiston Respublikasi
Jinoyat kodeksidagi shaxsga qarshi jinoyatlar ichida hayotga qarshi jinoyatlar qatorida
qasddan odam o‘ldirish uchun javobgarlik masalasi alohida ahamiyat kasb etadi.
Darhaqiqat, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida 2017 — 2021 yillarda
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalish
1
ning ikkinchi
yo‘nalishida “jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi
faoliyatni muvofiqlashtirishning samaradorligini oshirish” masalalariga to‘xtalib o‘tilgan
44
bo‘lib, bu shaxsning hayotiga qilingan tajovuzlarni ham oldini olish va odam o‘ldirish jinoyati
uchun javobgarlik masalasini hal etishga ham qaratilgandir
1
.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi
“
2022–
2026 yillarga mo‘ljallangan
Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida
”
gi PF-60-
son Farmonidan kelib chiqib,
“
Yangi O‘zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan
taraqqiyot strategiyasining
16-maqsadi jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning
sodir etilishiga sabab bo‘lgan shart-sharoitlarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etishning
samarali tizimini yaratishdan”
2
iborat bo‘lib, bu ham o‘z navatida va qasddan odam
o‘ldirganlik uchun javobgarlik masalasining nazariy-huquqiy va amaliy jihatlarini o‘rganishni
taqozo etadi.
Darhaqiqat, davlatning eng muhim vazifalaridan biri inson haqida g‘amxo‘rlik qilishdir.
Binobarin O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida inson omili, uning shaxsiy huquq va
erkinliklari mustahkamlangan. Konstitutsiya normalarida har qanday holatdan qat’i nazar,
shaxsning qonuniy huquq va manfaatlari kafolatlangan va himoya qilingan.
Konstitutsiyaning “Shaxsiy huquq va erkinliklar”, "Inson hamda fuqaroning huquq va
erkinliklari kafolatlari”, deb nomlangan boblarida shaxsning huquq va erkinliklarini himoya
qilishning huquqiy bazasi o‘z aksini topgan. “Davlat, – deb ta’kidlanadi Konstitutsiyaning 54-
moddasida, “Insonning huquq va erkinliklarini ta’minlash davlatning oliy maqsadidir.
Davlat inson hamda fuqaroning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan
huquqlari va erkinliklarini ta’minlaydi”, deb va 55-moddasida esa,
“Har kim o‘z huquq va
erkinliklarini qonunda taqiqlanmagan barcha usullar bilan himoya qilishga haqli.
Har kimga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlarining
hamda boshqa tashkilotlarning, ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof qarorlari,
harakatlari va harakatsizligi ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi.
Har kimga buzilgan huquq va erkinliklarini tiklash uchun uning ishi qonunda
belgilangan muddatlarda vakolatli, mustaqil hamda xolis sud tomonidan ko‘rib chiqilishi
huquqi kafolatlanadi.
Har kim O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga va xalqaro shartnomalariga
muvofiq, agar davlatning huquqiy himoyaga doir barcha ichki vositalaridan foydalanib
bo‘lingan bo‘lsa, insonning huquq va erkinliklarini himoya qiluvchi xalqaro organlarga
murojaat etishga haqli.
Har kim davlat organlarining yoxud ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof
qarorlari, harakatlari yoki harakatsizligi tufayli yetkazilgan zararning o‘rni davlat tomonidan
qoplanishi huquqiga ega”
3
, deb berilgan.
“Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi”ning 3, 4, 5-moddalarida, “Fuqarolik va
siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt”ning 6, 7, 9, 10, 11-moddalarida insonning yashash
huquqi, qadr-qimmati, ozodligi va xavfsizligi, sha’ni va obro‘yini himoya qilish kabi huquqlari
mustahkamlangan.
Bu
xalqaro
huquqiy
me’yorlar
O‘zbekiston
Respublikasi
Konstitutsiyasining ham asosini tashkil qiladi.
1
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7 февралдаги “
Ўзбекистон Республикасини янада
ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар стратегияси. Халқ сўзи. Т. 2017 йил 8 февраль №28 (6722).
2
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2022 йил 28 январдаги “
2022–2026 йилларга мўлжалланган Янги
Ўзбекистоннинг тараққиёт стратегияси тўғрисида”ги ПФ-60-сон Фармони.
https://lex.uz/
3
Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси. –Т. 2023. https://lex.uz/docs/6445145
45
Shuni ta’kidlash kerakki, shaxsning huquq va erkinliklari turli huquq sohalarining
normalari bilan himoya qilinadi, lekin jinoyat qonunida fuqarolarning huquq va erkinliklari
buzilganligi uchun jinoiy javobgarlik belgilangan bo‘lib, huquqning bu sohasi ana shu
javobgarlikni qo‘llash orqali fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qiladi.
Jinoyat kodeksining “Shaxsga qarshi jinoyatlar” bo‘limida hayotga; sog‘liqqa qarshi;
hayot yoki sog‘liq uchun xavfli; jinsiy erkinlikka; oilaga, yoshlarga va axloqqa; shaxsning
ozodligi, sha’ni, qadr-qimmatiga; fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga
qarshi qaratilgan jinoyatlar uchun javobgarlik belgilangan bo‘lib, bu jinoyatlar jamiyat uchun
jiddiy xavf tug‘diradi. Darhaqiqat, insonning hayoti va sog‘ligi bebaho ne’mat hisoblanadi va
uning bu ne’matlardan mahrum etilishi yoki ularga shikast yetkazilishi jinoiy javobgarlikni
keltirib chiqaradi.
Inson yashar ekan, hayotdan, uning ne’matlaridan bahramand bo‘lib yashashga intiladi,
hayotdan mahrum qilingan shaxsning o‘rnini hech narsa bilan to‘ldirib bo‘lmaydi. Insonning
sog‘lig‘iga zarar yetkazilishi unga jismoniy, axloqiy, ruhiy azoblar berib, uning hayotiy
faoliyatini cheklab qo‘yadi. Jinoyatchi tomonidan insonning boshqa huquq va erkinliklari
buzilishining shaxs uchun ijtimoiy xavfi hayotdan mahrum etishdan kam bo‘lmagan xavfni
tug‘diradi.
Shaxsga qarshi jinoyatlarning xavflilik darajasi yuqori ekanligi sababli, Jinoyat
kodeksining Maxsus qismi birinchi bo‘limi “Shaxsga qarshi jinoyatlar” deb nomlanadi. Shaxsga
faqat yuqorida aytilgan jinoyatlar sodir etilganida emas, balki boshqa obektlarga tajovuz
qilinganida, masalan, bosqinchilik, talonchilik va boshqa jinoyatlar sodir etilgan hollarda ham
zarar yetkazadi.
Shaxsga qarshi jinoyatlar tahlil qilinganida bu qilmishni sodir etgan aybdorning
harakatlari aynan shaxsga zarar yetkazishga qaratilganligiga e’tibor beriladi. Qasddan odam
o‘ldirish bilan sodir etilgan jinoyat jamiyatimizda fuqarolarimizni deviant xulq-atvorini
o‘zlarida shakillanish jarayonini tezlashtirib va doimiy xulq-atvorga aylantirib olishida
namoyon bo‘lmoqda.
Qasddan odam o‘ldirish jinoyati tushunchasini yoritishdan avval, odam o‘ldirish
jinoyatiga to‘xtalib o‘tish maqsadga muvofiq, bo‘lar edi.
“Qotil” so‘zi arab tilidan “odam o‘ldiruvchi “ yoki “o‘ldirgan kishi”, “qotillik “ esa,
“odamni o‘ldirish” ma’osini anglatadi. Shu bilan birga, bir qator olimlar tomonidan “qotilik”
tushunchasiga faqatgina qasddan sodir etilgan odam o‘ldirish jinoyatlarini kiritish lozim.
Ayrim olimlar ehtiyotsizlik natijasida o‘lim kelib chiqishini, qotillik natijasida sodir
etiladigan jinoyatlar toifasidan olib tashlash lozim, degan fikr bildirgan.
Ushbu holat yuzasidan o‘zbek olimlari ham o‘z nuqtai nazarga ega bo‘lib, unga ko‘ra
“qotilik jinoyati” tushunchasini tahlil qilishda ehtiyotsizlik natijasida odamni hayotidan
mahrum qilish tushunchasini nazariyaga kiritmaslik lozim, bundan tashqari “qotillik” bilan
“o‘zini-o‘zi o‘ldirish” tushunchasini qatiy chegaralash kerak, sababi “qotillik”-bu boshqa
shaxsni hayotidan mahrum qilishdir
4
, deb berishadi.
Ma’lumki, jinoyat huquqi nazariyasida biron bir qilmishda jinoyat belgilari, ya’ni
qilmishning ijtimoiy xavfliligi, aybning mavjudligi, qilmishning huquqqa xilofligi va jazoga
4
Гиясов Ш.К. Ҳаётга қарши жиноятларни очиш фаолиятида “қотиллик” атамасидан фойдаланиш ва уни
тавсифлаш масаласига доир фикр-мулоҳазалар // Ўзбекистон Республикаси ИИВ Академиясининг
ахборотномаси. – 2015. – № 2. – Б.48.
46
sazovorligi
5
, mavjud bo‘lsa u jinoyat deb topiladi. Xuddi shu singari odam o‘ldirishga
ko‘pchilik olimlar jinoyat sifatida ta’rif berar ekanlar jinoyat huquqida belgilab berilgan,
barcha jinoyatlar uchun xos bo‘lgan, belgilardan foydalanadilar.
M.D.Shargorodskiyning fikricha, “Odam o‘ldirish - bu boshqa odamning hayotidan
noqonuniy mahrum qilishdir”
6
. S.V.Borodin esa, “Odam o‘ldirish – bu boshqa odamning
hayotiga tajovuz qiluvchi va uning o‘limini keltirib chiqaruvchi Jinoyat Kodeksining maxsus
qismi moddalarida ko‘zda to‘tilgan, aybli harakatlar tushuniladi”, deb ta’kidlaydi
7
.
M.H.Rustamboev “Odam o‘ldirish – bu qasddan, huquqqa xilof ravishda boshqa
odamning hayotidan mahrum qilish yoki ehtiyotsizlikdan uning o‘limini keltirib
chiqarishdir”
8
, degan fikrni bildiradi. Shuningdek, huquqiy adabiyotlarda “Odam o‘ldirish – bu
jinoiy javobgarlik uchun asos bo‘luvchi, g‘ayriqonuniy (g‘ayrihuquqiy) qasddan yoki
ehtiyotsizlikdan boshqa odamning hayotidan mahrum qilishdir”
9
, degan fikrlar ham mavjud.
Yuqoridagi olimlar odam o‘ldirishga o‘z nuqtai nazarlaridan ta’rif bergan bo‘lsalar-da,
ularning yondashuvlarini umumlashtirib odam o‘ldirish masalasida muayyan bir xulosaga
kelishimiz mumkin.
Demak, odam o‘ldirish – bu jinoiy javobgarlik uchun asos bo‘luvchi, boshqa odamning
hayotidan, huquqqa xilof ravishda (Jinoyat Kodeksi maxsus qismi moddalari bilan taqiqlab
qo‘yilgan harakatlar bilan), aybli (qasddan yoki ehtiyotsizlikdan) mahrum etishdir.
Odam o‘ldirish jinoyati tushunchasi haqidagi qarashlar turli xilligiga qaramasdan
mazmun jihatidan ularning fikrlari yakdillikka ega ekanligini ko‘rishimiz mumkin.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, qasddan odam o‘ldirish jinoyati tushunchasiga to‘xtalib
o‘tamiz.
Nemis olimi F.Engels shunday yozgan edi: “Agar bir odam boshqasiga jismoniy zarar
yetkazsa va bunday zarar jabrlanuvchining o‘limini keltirib chiqarsa, biz buni odam o‘ldirish
deb ataymiz; agar qotil mazkur zarar odamni o‘ldiradiganligini oldindan bilgan bo‘lsa, biz
uning harakatlarini qasddan odam o‘ldirish deb ataymiz”
10
.
Nemis olimining mazkur fikridan ko‘rinib turibdiki, qasddan odam o‘ldirish, odam
o‘ldirish jinoyatining sub’ektiv tomonining ayb shakliga ko‘ra bir ko‘rinishidir. Ya’ni, qasddan
odam o‘ldirishda jinoyat sub’ekti o‘zining sodir etgan ijtimoiy xavfli qilmishiga va uninig
oqibatlariga qasd ko‘rinishidagi ruhiy munosabatda bo‘ladi. Shunday ekan, qasddan odam
o‘ldirish jinoyatiga berilgan ushbu ta’rifga qo‘shilib bo‘lmaydi.
Qasddan odam o‘ldirish – bu qonunga xilof ravishda, qasddan boshqa kishining
hayotidan mahrum qilishdir
11
.
Agar, aybdor o‘z harakatlarining natijasi jabrlanuvchining o‘limi bo‘lishini oldindan ko‘ra
5
Жиноят ҳуқуқи умумий қисм. – Тошкент. “Адолат”, 1998 йил. – Б. 43.
6
Шаргородский М.Д. Ответственность за преступления против личности. Ленинград. 1953. – С. 14.
7
Бородин С.В. Преступления против жизни. Санкт-Петербург. “Юридический центр Пресс”. 2003. – С. 21.
8
Рустамбаев М.Х.. Преступления против личности. Ташкент. 1998.– С. 12.; Rustambayev M.X. Oʻzbekiston
Respublikasi jinoyat huquqi kursi. Tom 3. Maxsus qism. Shaxsga qarshi jinoyatlar.Tinchlik va xavfsizligiga qarshi
jinoyatlar. Darslik. 2-nashr, toʻldirilgan va qayta ishlangan – T.: Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-
texnik instituti, 2018. – 412-bet. – 30-b/
9
Авхиа Ж. Борьба с преступлениями против жизни. – Москва. “Юридическая литература” 1997. – С.16.,
Загородников Н.И. Преступления против жизни по советскому уголовному праву. М., Госюриздат.1991. – С. 22.
10
Бородин С.В. Преступления против жизни. – СПб.: Изд-во «Юр.центр Пресс», 2003. – 467 с. // Ф.Энгельс.
Положение рабочего класса в Англии. К.Маркс и Ф.Энгельс. Соч., т. III, 388-с.
11
Ўзбекистон Республикаси Жиноят Кодексига шарҳлар. – Тошкент. “Адолат” 1997. 129-бет.
47
bilsa va uning o‘limini kelib chiqishini istagan bo‘lsa (to‘g‘ri qasd) yoki o‘limini kelib
chiqishiga yo‘l qo‘ysa (egri qasd), bunday odam o‘ldirish qasddan sodir etilgan bo‘ladi.
O‘zbekiston yuridik ensiklopediyasida ham qasddan odam o‘ldirishga yuqoridagi
ta’riflarga o‘xshash ta’riflar beriladi, ya’ni qasddan odam o‘ldirish – qonunga xilof ravishda
boshqa kishini qasddan hayotdan mahrum qilish. Qasddan odam o‘ldirishda aybdor o‘z
harakati oqibatida jabrlanuvchining hayotidan mahrum bo‘lishiga ko‘zi yetadi va uning
o‘lishini istaydi yoki jabrlanuvchining o‘lishiga ongli ravishda yo‘l qo‘yadi
12
.
Demak, qasddan odam o‘ldirish to‘g‘ri qasddan yoki egri qasddan sodir etilishi mumkin.
Bu haqida qasddan odam o‘ldirish jinoyatining sub’ektiv tomonini tahlil qilganimizda batafsil
to‘xtalamiz.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining Maxsus qismi 97-moddasining 1-qismida
“oddiy” odam o‘ldirganlik uchun, 2-qismida esa, og‘irlashtiruvchi holatlarda qasddan odam
o‘ldirganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan. Albatta odam o‘ldirish “oddiy” bo‘lmaydi.
“Oddiy” so‘zi bu yerda shartli ishlatiladi, albatta.
Agar, jinoyat sub’ekti tomonidan odam o‘ldirish uchun sodir etilgan ijtimoiy xavfli
qilmishda, odam o‘ldirganlik uchun javobgarlikni og‘irlashtiruvchi yoki yengillashtiruvchi
holatlari mavjud bulmasa, u “oddiy” odam o‘ldirish jinoyatini sodir etgan hisoblanadi va
amaldagi Jinoyat Kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoiy javobgarlikka tortiladi.
Jinoyat Kodeksining 97-moddasi 1-qismiga oid kvalifikatsiya qilinadigan qasddan odam
o‘ldirishga, o‘ch olish maqsadida, rashk tufayli, tuzalmaydigan kasalni azobdan qutqarish
maqsadidida jabrlanuvchining iltimosiga ko‘ra, mushtlashish vaqtida o‘ldirish, bezorilik
belgilari bo‘lmasa, hasad, qo‘rqoqlik va boshqa uzaro kelishmovchiliklar holatlarida yuz
bergan odam o‘ldirishlarni taalluqli deb topish zarur
13
.
Xar qanday holatda ham, odam o‘ldirish bo‘lganmi yo‘qmi degan savolga javob berish
uchun, ushbu jinoyatning belgilarini aniqlash zarur. Shuning uchun ham odam o‘ldirishni
tavsiflaydigan belgilarni tahlili jinoiy javobgarlik uchun qanday ahamiyatga ega bo‘lsa ushbu
jinoyatning kvalifikatsiyasi uchun ham shunday ahamiyatga ega
14
.
“Shaxsning hayotiga qarshi jinoyatlar qayta tiklab bo‘lmaydigan qoplanmaydigan
oqibatlarni vujudga keltiradi, chunki shaxsning hayotini qaytarib bo‘lmaydi”
15
.
Shunday qilib odam o‘ldirishga quyidagicha ta’rif bermoq lozim.
Qasddan odam o‘ldirish
–
Bu ijtimoiy xavfli, huquqqa hilof harakat bo‘lib, o‘zga shaxs hayotidan qasddan mahrum
qilishdir. Bizning fikrimizcha, qonun uchun bunday tushunchani berish yetarli bo‘lar edi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. (2023 yil) //www.lex.uz//
2.
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi // [Elektron manba]. URL:
12
Ўзбекистон юридик энциклопедияси. Масъул муҳаррир Н.Тойчиев. – Т.: “Адолат”, 2010. – Б. 606.
13
Рустамбаев М.Ҳ. Ўзбекистон Республикаси жиноят ҳуқуқи курси. 3 –том. Махсус қисм. ОТМ учун дарслик.
«ILM ZIYO» нашриёт уйи. –Тошкент. 2011. – Б.33.
14
Бородин С.В. Преступления против жизни. – СПб.: Изд-во «Юр.центр Пресс», 2003. – С.467.
15
Уголовное право России. Части общая и особенная. Учебник. Под. Редакцией д.ю.н., проф. А.И.Рарога
«Проспект», – Москва, 2003. – С. 297.
48
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004 yil 24 sentabrdagi «Qasddan odam
o‘ldirishga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida»gi 13-sonli qarori.
4.
Abdurasulova Q.R. Jinoyatning maxsus sub’ekti. O‘quv qo‘llanma. -Toshkent: TDYuI,
2005.
5.
Авхиа Ж. Борба с преступлениями против жизни. – Москва. “Юридическая
литература” 1997. – С. 16., Загородников Н.И. Преступления против жизни по
советскому уголовному праву. М., Госюриздат.1991. - С. 22.
6.
Абзалова Х.М. Умышленное убийство при отягчающих обстоятелствах по
признакам объективной стороны (Монографи) – Ташкент.: ТГЮИ, 2012. 119–с.
7.
М.К.Аниянц. Ответственност за преступления против жизни. Москва. Изд.
“Юридическая литература”. 1994. – С. 15.
8.
Лысак Н.В. Ответственностза убийство матерю новорожденного ребенка //
История государства и права России, 2005, №1, - с.21-24.
9.
Уголовное право России. Общая част. / Под ред. Н.Ф.Кузнецовой и И.М.Тяжковой. –
М.: Зерцало, – 2005. – С. 159.