Mualliflar

  • Sevara Abdimannobova
    Yuristlar malakasini oshirish markazi mas’ul xodimi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdif.71207

Kalit so‘zlar:

Korrupsiya oliy ta’lim ma’naviyat ta’limdagi korrupsiya notenglik diskriminatsiya poraxo‘rlik iqtisodiy zarar.

Annotasiya

Ushbu maqolada korrupsiyaning oliy ta’lim tizimi va inson ma’naviyatiga salbiy ta’siri tahlil qilinadi. Korrupsiya nafaqat ta’lim sifatini pasaytiradi, balki jamiyatda adolatsizlik va ishonchsizlik muhitini yaratadi. Shuningdek, u yosh avlodning ma’naviy qadriyatlariga putur yetkazib, ularning kelajakdagi faoliyatiga ham zarar keltiradi. Maqolada korrupsiyaning oldini olish choralari va ta’lim tizimida shaffoflikni ta’minlash yo‘llari muhokama qilinadi.


background image

57

KORRUPSIYA — OLIY TA’LIM VA INSON MA’NAVIYATI UCHUN YASHIRIN

TAHDID

Abdimannobova Sevara Abdiqaxxor qizi

Yuristlar malakasini oshirish markazi mas’ul xodimi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15011599

Annotatsiya.

Ushbu maqolada korrupsiyaning oliy ta’lim tizimi va inson ma’naviyatiga

salbiy ta’siri tahlil qilinadi. Korrupsiya nafaqat ta’lim sifatini pasaytiradi, balki jamiyatda
adolatsizlik va ishonchsizlik muhitini yaratadi. Shuningdek, u yosh avlodning ma’naviy
qadriyatlariga putur yetkazib, ularning kelajakdagi faoliyatiga ham zarar keltiradi. Maqolada
korrupsiyaning oldini olish choralari va ta’lim tizimida shaffoflikni ta’minlash yo‘llari
muhokama qilinadi.

Kalit so‘zlar:

Korrupsiya, oliy ta’lim, ma’naviyat, ta’limdagi korrupsiya, notenglik,

diskriminatsiya, poraxo‘rlik, iqtisodiy zarar.


Korrupsiya bugungi kunda jahon miqyosida dolzarb muammolardan biri bo‘lib, nafaqat

O‘zbekistonda, balki dunyo bo‘ylab ko‘plab davlatlarda iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy
muammolarni keltirib chiqarishda davom etmoqda. Korrupsiya, asosan, davlat organlari va
xususiy sektorda noqonuniy faoliyat, resurslarni o‘g‘irlash, mansabdor shaxslarning o‘z
vakolatlarini suiiste’mol qilish kabi holatlarni o‘z ichiga oladi. Bu muammo jamiyatning barcha
sohalariga, jumladan, ta’lim tizimiga ham jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida muhim tashkiliy-

huquqiy islohotlar amalga oshirilmoqda. Aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirish,
jamiyatda korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan tizimli
islohotlar olib borilmoqda. Ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish, uning sifati va
samaradorligini oshirish kabi keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, oliy
o‘quv yurtlariga qabul jarayonlarining shaffofligini ta’minlash, ta’limdagi korrupsiya va
poraxo‘rlikning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar ham joriy etilmoqda.

Hukumat tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmlari takomillashtirildi,

xususan, oliy ta’lim tizimida korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslari
mustahkamlandi. Ishga qabul qilish va xizmat ko‘rsatish jarayonlarining shaffofligini
ta’minlash, xodimlar va talabalar uchun korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha o‘quv
dasturlarini ishlab chiqish va joriy etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bundan tashqari, oliy
ta’lim tizimida shaffoflik va javobgarlikni oshirish choralari ko‘rilmoqda.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan 2024-yilning I yarim yilligidagi

korrupsiyaga oid jinoyatchilik tahlil qilinib, tahlillarga ko‘ra, mazkur davrda 3837 nafar shaxs
korrupsiyaga oid jinoyat sodir etgani uchun sudlar tomonidan jinoiy javobgarlikka tortilgan

1

.

Jumladan, tijorat banklarida 146 (186), sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida 145 (177), huquqni
muhofaza qiluvchi organlarda 122 (128),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimida

52 (64)

,

bandlik va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tizimida 30 (40), qishloq xo‘jaligi

vazirligi tizimidagi 30 (33) xodimlar tomonidan korrupsion jinoyatlar sodir etilgan.

Ta’limdagi korrupsiya

– ta’lim sohasi mansabdor shaxslari yoki xodimlarining o‘qishga

kirish, sinovlarni ijobiy baholash, ballarni noqonuniy oshirish va ta’lim muassasasini

1

O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi // URL:

https://anticorruption.uz/oz/article/2024-

yilning-i-yarim-yilligidagi-korrupsiyaga-oid-jinoyatchilik-tahlil-qilindi


background image

58

sertifikatlash kabi ishlar uchun pul olishi yoki boshqacha tarzdagi manfaatdorligiga oid
huquqbuzarlik

2

.

Oliy ta’limdagi korrupsiya nafaqat ta’lim tizimiga, balki jamiyatning iqtisodiy va ijtimoiy

rivojlanishiga ham jiddiy zarar yetkazadi. Korrupsiyaga qarshi kurashishda faqat iqtisodiy va
siyosiy chora-tadbirlar emas, balki ma’naviy va axloqiy yondashuvlar ham zarur. Korrupsiya
inson ma’naviyatiga jiddiy tahdid soladi. U odamlarda halollik, ishonch va adolat tuyg‘usini
yo‘qotadi. Korrupsiyaga moyil bo‘lgan jamiyatda adolatsizlik, zo‘ravonlik va ijtimoiy tartibsizlik
kuchayadi. Bu esa, o‘z navbatida, insoniyatning rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi va jamiyatni
qorong‘u va adolatsiz hayotga boshlaydi. Korrupsiya uzluksiz ravishda “odatiy” bo‘lib boradi va
bu holat jamiyatda axloqiy qadriyatlarning yomonlashishiga olib keladi.

Korrupsiya keng tarqalgan jamiyatlarda, insonlarning bir-birlariga ishonchi pasayadi.

Agar insonlar o‘zlarini doimiy ravishda poraxo‘rlik va aldovlar bilan o‘rab turgan jamiyatda
yashasa, ular o‘zaro ishonchni va hamkorlikni yanada qiyinlashtiradi. Bu esa jamiyatning
umumiy ruhiy va ma’naviy ahvolini yomonlashtiradi. Korrupsiya eng avvalo adolatsizlikni
kuchaytiradi, chunki bu holatga tushganlar faqat o‘zlariga yoki tanishlariga foyda keltirganlar
bo‘ladi, boshqa odamlar esa imkoniyatlardan mahrum bo‘ladilar. Bunday holatlarning uzluksiz
takrorlanishi jamiyatda ijtimoiy tafovutlarni kuchaytiradi va adolatga bo‘lgan ishonchni
yo‘qotadi. Insonlar o‘z hayotlarini o‘zgartirish uchun hamkorlik qilish o‘rniga, faqat o‘z
manfaatlarini ko‘zlashga yo‘naltiradilar.

Korrupsiya, ayniqsa oliy ta’lim va ilm-fan sohalarida chuqur ta’sir ko‘rsatadi. Agar ta’lim

tizimi korrupsiya bilan buzilgan bo‘lsa, yangi avlodlar noto‘g‘ri qadriyatlar bilan tarbiyalanadi,
bu esa butun jamiyatning ma’naviy darajasini pasaytiradi. Oliy ta’limda korrupsiya
talabalarning bilim olishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu ularni halol mehnatga ishonchsiz qiladi,
bilim olish uchun pora berishga majbur qiladi va o‘z imkoniyatlarini to‘liqroq ro‘yobga
chiqarishga to‘sqinlik qiladi. Natijada, talabalarning raqobatbardoshligi pasayadi va jamiyatda
adolatsizlik kuchayadi.

Oliy ta’lim tizimidagi korrupsiyaning turli ko‘rinishlari mavjud bo‘lib, ular

quyidagilardan iborat:

Poraxo‘rlik

: Talabalar va o‘qituvchilar o‘rtasidagi pora olish va berish holatlari. Masalan,

o‘qishga kirish uchun, imtihonlarni topshirish yoki kurs ishlari, diplom ishlarini tayyorlashda
pora talab qilish.

Qonunbuzarliklar va noqonuniy amallar

: O‘qituvchilar tomonidan talabalar yoki

boshqa xodimlarga qarshi qonunbuzarliklar, masalan, noto‘g‘ri imtihon baholari, talabalarni
o‘qitishda natijaga erishish uchun shaxsiy manfaatlar ko‘zlash.

Kadrlar tayinlashda korrupsiya

: Oliy ta’lim muassasalarida rahbarlar yoki boshqaruv

organlari tomonidan ishlarga nomzodlarni tanlashda yomon niyatli qarorlar qabul qilish,
tanish-bilishlik va tug‘ma imkoniyatlar asosida lavozimlarga tayinlash.

Ta’limda notenglik va diskriminatsiya

: Oliy ta’lim muassasalarida kadrlar tanlashda,

ilmiy ishlarda yoki imtihonlarda tengsizlik va diskriminatsiya holatlari. Ba’zi talabalar ko‘proq
imtiyozga ega bo‘lsa, boshqalari o‘z imkoniyatlarini amalga oshirishda qiyinchiliklarga duch

2

Б.И.Исроилов, Э.Ф.Гадоев. Коррупция тушунчаси ва унга қарши курашишга оид атамалар изоҳли луғати

[Матн] /И.Б. Ибрагимович, Э.Ф. Гадоев Тошкент: “Tafakkur” нашриёти, 2019. – 168 б. 14

https://uzmarkaz.uz/uploads/2022/10/korrupcia-va-unga-karsi-kurasisga-oid-atamalar-amda-iboralar-izoli-lugati.pdf


background image

59

keladi.

Imtihonlarda pul to‘lash:

ba’zi talabalar imtihonlarni topshirishda o‘qituvchilarga pul

yoki boshqa foyda taklif qilishadi, bu esa imtihon natijalari va bilimning haqiqiyligini so‘ndiradi.

Diplomlar sotish:

bir nechta oliy o‘quv yurtlarida talabalar o‘z diplomlarini olish uchun

yomon baholarni yuqori baholarga aylantirish yoki tugatmagan ishlarini to‘ldirish uchun pul
to‘laydilar.

Ilmiy ishlarni sotish:

o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida ilmiy ishlarni sotib olish yoki

sotish orqali plagiarizm keng tarqalgan.

Oliy ta’limda korrupsiyaning oqibatlari:
1. Ta’lim sifatining pasayishi:

Korrupsiya natijasida imtihonlar va baholarni adolatli va

sifatli baholash o‘rniga, pullik to‘lovlar yoki boshqa moddiy manfaatlar asosida baholash
amalga oshiriladi. Bu esa talabalar va o‘qituvchilarning bilim darajasining pasayishiga olib
keladi.

2. Talabalar orasida adolatsizlik:

Korrupsiya tizimida faqat pullik imkoniyatlarga ega

bo‘lgan talabalar yuqori natijalarga erishadi. Bu holat ijtimoiy tengsizlikni kuchaytiradi va
ko‘plab talabalarning o‘qishga bo‘lgan ishonchini yo‘qotishiga olib keladi.

3. Ilmiy ishlarga salbiy ta’sir:

Korrupsiya ilmiy ishlarning sifatiga ta’sir qiladi. Plagiat va

soxta ilmiy ishlar ko‘payishi, ilm-fanning rivojlanishini to‘xtatadi va sohaning xalqaro miqyosda
raqobatbardoshligini kamaytiradi.

4. Iqtisodiy zarar:

Korrupsiya iqtisodiyotning samarali rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi,

chunki oliy ta’lim tizimi salohiyatli mutaxassislarni tayyorlash o‘rniga, moddiy manfaatlarni
ko‘zlab ishlaydi. Bu esa iqtisodiy o‘sishni sekinlashtiradi.

5. Ijtimoiy barqarorlikka tahdid:

Ta’lim tizimida korrupsiya ijtimoiy barqarorlikni

buzadi. O‘qish uchun haq to‘lash imkoniyatiga ega bo‘lmagan odamlar jamiyatda norozi bo‘lishi
mumkin. Bu esa ijtimoiy notenglikka olib keladi va jamiyatni keskinlashishga olib keladi.

6. Davlatning rivojlanishiga salbiy ta’sir

: Yomon ta’lim sifati davlatning ilmiy,

texnologik va iqtisodiy rivojlanishini sekinlashtiradi, chunki har qanday jamiyatning kelajagi
uning ta'lim tizimiga bog‘liq.

Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev o‘zining “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi” asarida

“Ma’lumki, har qanday jamiyat alohida insonlardan tashkil topadi. Adolatli va yetuk, mukammal
jamiyatni faqatgina komil insonlarni tarbiyalash orqali qurish mumkin”

3

deb bejiz

ta’kidlamagan. Negaki, avvalo insonlarda korrupsiyaga qarshi immunitet shakllansa, ular
korrupsion holatlarga qarshi tura oladi. Oliy ta’limdagi korrupsiyaga qarshi kurashish uchun
birgalikda harakat qilish kerak. Bu borada:

Talabalar o‘z huquqlarini himoya qilishlari va pora berishdan bosh tortishlari;

O‘qituvchilar axloqiy qadriyatlarga ega bo‘lishlari va talabalardan pora olmaganliklari;

Rasmiylar korrupsiyaga qarshi qat’iy kurash olib borishlari va poraxo‘rlikni yo‘q qilish

uchun samarali choralar ko‘rishlari;

Jamoatchilik ham korrupsiyaga qarshi kurashda faol ishtirok etishi va korrupsiya

hodisalarini oshkor qilishi kerak.

Dunyo mamlakatlarida korrupsiyaga qarshi kurashish holati

3

Mirziyoyev, Shavkat. Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi. To‘Ldirilgan ikkinchi nashri. -Toshkent:

“O‘zbekiston” nashriyoti, 2022. - 327-bet


background image

60

Finlandiya

oliy ta’lim tizimida ham ba’zan korrupsiyaviy holatlar uchrab turadi. Lekin

jamiyat korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashadi va jinoyatchilarga jazo muqarrar bo‘ladi.
Finlandiyada korrupsiyaga qarshi kurashadigan alohida organ yoki qo‘mita mavjud emas.
Bunday funksiyalarni mamlakatda Adliya vazirligi bajaradi.

Buyuk Britaniya

universitetlarida

korrupsiya birmuncha kam va unchalik ko‘zga tashlanmaydi. Buni abituriyentlarning o‘qishga
kirish imkoniyati yaxshiligi bilan izohlash mumkin. Qabul soni ko‘p bo‘lsa, o‘qishga kirish uchun
korrupsiyadan foydalanish ehtimoli ham ancha kamayadi.

AQSHdagi Auburn va Denver

universitetlarining akademik halollik kodekslari

mavjud bo‘lib, kodeksda professor-

o‘qituvchi va talabalarning akademik insofsizligi yuzasidan xabar berish bilan bog‘liq bo‘lim
kiritilgan. Unda bakalavriat bosqichi talabalari bakalavriat professoriga, magistratura va undan
yuqori bosqich talaba va nomzodlar prorektorga elektron pochta orqali murojaat qilishlari
mumkin.

Misrda

akademik insofsizlikning oldini olish maqsadida imtihon savollarini mum

bilan muhrlangan qutilarga solib, qo‘riqlash uchun politsiyaga yuboradi. Hattoki imtihon
savollarini oldindan noqonuniy oshkor qilganlarga jinoiy javobgarlik mavjud

4

.

Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi har bir davlatda milliy va xalqaro ko‘lamda

rivojlanib, jiddiy qonuniy, ijtimoiy va siyosiy choralarning kompleksini o‘z ichiga oladi.
Korrupsiyani kamaytirish uchun har bir insonning o‘ziga xos mas’uliyati bor va bu jarayon
global miqyosda hamkorlikni talab etadi. O‘zbekistonning taraqqiyoti va jamiyatning kelajagi
uchun oliy ta’lim tizimining pokligi va adolatliligi juda muhimdir.

Korrupsiya global miqyosda jiddiy muammolarni keltirib chiqaradigan, iqtisodiy va

ijtimoiy rivojlanishni sekinlashtiradigan murakkab hodisadir. O‘zbekiston hukumati va xalqaro
tashkilotlar birgalikda olib borgan sa’y-harakatlari, shuningdek korrupsiyaga qarshi
kurashishdagi qat’iy pozitsiyasi bu muammoni bartaraf etishda muhim rol o‘ynashi mumkin.
Biroq, bu jarayonni to‘liq amalga oshirish uchun uzoq muddatli islohotlar va jamiyatning har
bir a’zosining faol ishtiroki zarur. Faqatgina hukumat va fuqarolarning birgalikdagi harakatlari,
shu bilan birga, shaffoflik, mas’uliyat va huquqiy tizimning mustahkamligi orqali korrupsiyaga
qarshi kurashda samarali natijalarga erishish mumkin.

Oliy ta’lim sohasida korrupsiya jiddiy muammo bo‘lib, unga qarshi samarali kurashish

faqat hukumat va ta’lim muassasalari o‘rtasidagi yaqin hamkorlik, shaffoflikni oshirish,
korrupsiya holatlarini oshkor qilish va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish orqali amalga
oshirilishi mumkin. Korrupsiya nafaqat iqtisodiy zarar yetkazadi, balki inson ma’naviyatiga
ham yashirin tahdid soladi, chunki u axloqiy qadriyatlarni, haqiqatni va adolatni o‘zgartiradi.
Shu sababli, korrupsiyaga qarshi kurashish nafaqat iqtisodiy manfaatlar uchun, balki
jamiyatning ma’naviy va axloqiy yuksalishi uchun ham juda muhimdir.

O‘zbekistonda korrupsiyaviy holatlarning oldini olish uchun keng qamrovli va tizimli

chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu chora-tadbirlar orasida huquqiy islohotlar, ochiqlikni
ta’minlash, davlat xizmatlarini raqamlashtirish, xodimlarni axloqiy tarbiyalash, xalqaro
hamkorlikni kuchaytirish va jamoat nazoratini ta’minlash kabi masalalar mavjud. Biroq,
korrupsiyani to‘liq oldini olish uchun bu jarayonlarning uzluksiz va samarali amalga oshirilishi,
shuningdek, jamiyatda korrupsiya va adolatsizlikka nisbatan to‘liq salbiy munosabatni

4

Коррупция: олий таълим учун яширин таҳдид [Матн]: методик қўлланма / Ш.Муродуллаев, Т.Маматалиев,

Д.Алиқулов. – Т.: “Yetakchi nashriyoti”, 2024 й. – 32 б. 15

https://devedu.uz/wp-content/uploads/2024/01/11.-

Korrupsiya-oliy-ta%CA%BClim-uchun-yashirin-tahdid.pdf


background image

61

shakllantirish zarur.

Oliy ta’lim tizimida korrupsiyani bartaraf etish uchun quyidagi choralarni ko‘rish

kerak:

Ochiqlik va shaffoflikni kuchaytirish;

Qonunlarni takomillashtirish va korrupsiyaga qarshi kurashni kuchaytirish lozim.

Talabalar va o‘qituvchilarning huquqlarini himoya qilish va ularning ishonchini oshirish

kerak.

Talabalarning bilimlarini baholash tizimini takomillashtirish va shaffoflikni kuchaytirish

kerak.

Jamiyatda korrupsiyaga qarshi kurash madaniyatini shakllantirish va korrupsiya

hodisalarini oshkor qilishni rag‘batlantirish kerak.

Jamoatchilik nazoratini kuchaytirish lozim.
Shuningdek, kadrlarni tanlash va baholashda shaffoflikni yo‘lga qo‘yish, Oliy ta’lim

muassasalarida rahbarlik va o‘qituvchilarni tanlashda shaffoflikni oshirish, tenglikni ta’minlash
va ob’ektiv mezonlar asosida qarorlar qabul qilish lozim. Ta’lim jarayonini raqamlashtirish,
imtihonlar, baholar va boshqa ta’lim jarayonlarini elektron tizimlar orqali amalga oshirish, bu
esa korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslikka yordam beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi // URL: https://lex.uz/uz/docs/-6445145;

2.

O‘zbekiston Respublikasining 03.01.2017 yildagi “O‘zbekiston Respublikasi

Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘RQ-419-son Qonuni // URL:
https://lex.uz/docs/-3088008;
3.

Shavkat Mirziyoyev. Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi. To‘ldirilgan ikkinchi

nashri. -Toshkent: “O‘zbekiston” nashriyoti, 2022. - 327-bet
4.

Б.И.Исроилов, Э.Ф.Гадоев. Коррупция тушунчаси ва унга қарши курашишга оид

атамалар изоҳли луғати [Матн] /И.Б. Ибрагимович, Э.Ф. Гадоев Тошкент: “Tafakkur”
нашриёти, 2019. – 14 бет.
5.

Коррупция: олий таълим учун яширин таҳдид [Матн]: методик қўлланма /

Ш.Муродуллаев, Т.Маматалиев, Д.Алиқулов. – Т.: “Yetakchi nashriyoti”, 2024 й. – 15 бет.
6.

O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi // URL:

https://anticorruption.uz/oz/article/2024-yilning-i-yarim-yilligidagi-korrupsiyaga-oid-
jinoyatchilik-tahlil-qilindi.

Bibliografik manbalar

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi // URL: https://lex.uz/uz/docs/-6445145;

O‘zbekiston Respublikasining 03.01.2017 yildagi “O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘RQ-419-son Qonuni // URL: https://lex.uz/docs/-3088008;

Shavkat Mirziyoyev. Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi. To‘ldirilgan ikkinchi nashri. -Toshkent: “O‘zbekiston” nashriyoti, 2022. - 327-bet

Б.И.Исроилов, Э.Ф.Гадоев. Коррупция тушунчаси ва унга қарши курашишга оид атамалар изоҳли луғати [Матн] /И.Б. Ибрагимович, Э.Ф. Гадоев Тошкент: “Tafakkur” нашриёти, 2019. – 14 бет.

Коррупция: олий таълим учун яширин таҳдид [Матн]: методик қўлланма / Ш.Муродуллаев, Т.Маматалиев, Д.Алиқулов. – Т.: “Yetakchi nashriyoti”, 2024 й. – 15 бет.

O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi // URL: https://anticorruption.uz/oz/article/2024-yilning-i-yarim-yilligidagi-korrupsiyaga-oid-jinoyatchilik-tahlil-qilindi.