ABDULLA ORIPOVNING IJODIY MEROSINI O'RGANISH

Annotasiya

Ushbu maqolada Abdulla Oripovning ijodiy merosini o'rganishning dolzarb masalalari va ularning tahlili, shuningdek Abdulla Oripovning ijodi va she'riyat olamida tutgan o'rni, she'rlaridagi chuqur ma'no va Abdulla Oripovning so'z qo’llash mahoratini qalamga oldik. Shuningdek shoir she'rlarining imotsionalligi va ta‘sirchanligini tahlil qilib o‘tdik. Shuningdek Abdulla Oripovning tarjima faoliyati va adabiy aloqalarga qo'shgan hissasini qalamga oldik.  

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
16-18
9

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
To’xtamurodova, N. . (2025). ABDULLA ORIPOVNING IJODIY MEROSINI O’RGANISH. Инновационные исследования в современном мире: теория и практика, 4(20), 16–18. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/zdit/article/view/103961
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqolada Abdulla Oripovning ijodiy merosini o'rganishning dolzarb masalalari va ularning tahlili, shuningdek Abdulla Oripovning ijodi va she'riyat olamida tutgan o'rni, she'rlaridagi chuqur ma'no va Abdulla Oripovning so'z qo’llash mahoratini qalamga oldik. Shuningdek shoir she'rlarining imotsionalligi va ta‘sirchanligini tahlil qilib o‘tdik. Shuningdek Abdulla Oripovning tarjima faoliyati va adabiy aloqalarga qo'shgan hissasini qalamga oldik.  


background image

16

ABDULLA ORIPOVNING IJODIY MEROSINI O'RGANISH

To'xtamurodova Nafisa Salim qizi

Qarshi Davlat Pedagogika universiteti Boshlang'ich ta'lim yo'nalishi talabasi

Annotatsiya:

Ushbu maqolada Abdulla Oripovning ijodiy merosini o'rganishning dolzarb

masalalari va ularning tahlili, shuningdek Abdulla Oripovning ijodi va she'riyat olamida tutgan
o'rni, she'rlaridagi chuqur ma'no va Abdulla Oripovning so'z qo’llash mahoratini qalamga oldik.
Shuningdek shoir she'rlarining imotsionalligi va ta‘sirchanligini tahlil qilib o‘tdik. Shuningdek
Abdulla Oripovning tarjima faoliyati va adabiy aloqalarga qo'shgan hissasini qalamga oldik.

Kalit so‘zlar:

Abdulla Oripov, ijodiy yo‘l, she'riyat, adabiy me'ros, badiiy mahurat,

tarjimalar

Аннотация:

В данной статье мы написали актуальные вопросы изучения

творческого наследия Абдуллы Орипова и их анализа, а также место Абдуллы Орипова
в мире поэзии и творчества, глубокий смысл его стихов и мастерство употребления
слова. Мы также проанализировали эмоциональность и воздействие стихов поэта. Мы
записали вклад в отношения.

Ключевые слова:

Абдулла Орипов, творческий путь, поэзия, литературное

наследие, художественное мастерство, переводы.

Abstract:

In this article we wrote about the current issues of studying the creative

heritage of Abdulla Oripov and their analysis, as well as the place of Abdulla Oripov in the world
of poetry and creativity, the deep meaning of his poems and the mastery of the use of words.
We also analyzed the emotionality and impact of the poet's poems. We recorded the
contribution to the relationship.

Key words:

Abdulla Oripov, creative path, poetry, literary heritage, artistic mastery,

translations.

O‘zbek she'riyatiga o‘zining qaynoq asarlari bilan kirib kelgan O‘zbekiston xalq shoiri,

O‘zbekiston Qahramoni Abdulla Oripov o'zining serqirra va teran ijodi bilan nafaqat o‘zbek
adabiyotida, balki millatning ma'naviy hayotida ham chuqur iz qoldirdi. Uning she'riyati,
dostonlari va publitsistik asarlari xalqning dard -u hasratlari, orzu umidlari, milliy g'ururi va
vatanparvarlik tuyg'ularining yorqin ifodasi bo‘lib kelgan. Abdulla Oripovning ijodiy merosini
o‘rganish bugungi kun adabiyotshunosligi uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

Ijodining asosiy yo'nalishlari va mavzulari: Abdulla Oripov ijodini bir nechta asosiy

yo‘nalish va mavzularga bo‘lish mumkin:

*Vatanparvarlik va milliy o'zlikni anglash:
Shoirning ko'plab she'rlarida Vatan tuyg'usi, ona yurtga muhabbat, milliy tarix va

madaniy merosga hurmat baland ovozda yangraydi. "O‘zbekiston", "Ona yurt", "Turkiston",
"Men nechun sevaman O‘zbekiatonni" ka‘bi she'rlari bunga yaqqol misol bo'la oladi. U o‘zbek
xalqining boy tarixi,uning mashhur siymolari bilan faxrlanadi va bu tuyg'ularni o‘quvchi qalbiga
singdirishga intiladi.Shoir va jamoat arbobi, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripovning «Tilla
baliqcha», «Men nechun sevaman O‘zbekistonni» singari dastlabki she'rlari talabalik yillarida
yozilgan va o‘zbek she'riyatiga yangi, iste'dodli, o‘ziga xos ovozga ega shoirning kirib
kelayotganidan darak bergan. Ko‘p o‘tmay, «Mitti yulduz» (1965) ilk she'rlar to‘plamining
nashr etilishi she'riyat muxlislarida paydo bo‘lgan shu dastlabki tasavvurning to‘g‘ri ekanligini
tasdiqlagan. Shundan keyin shoirning «Ko‘zlarim yo‘lingda» (1966), «Onajon» (1969),
«Ruhim», «O‘zbekiston» (1971), «Xotirot», «Yurtim shamoli» (1974), «Yuzma-yuz», «Hayrat»


background image

17

(1979), «Najot qal'asi» (1981), «Yillar armoni» (1983), «haj daftari», «Munojot» (1992),
«Saylanma» (1996), «Dunyo» (1999), «Shoir yuragi» (2003) singari she'riy kitoblari nashr
etilgan.

Men nechun sevaman O‘zbekistonni" she'ridan parcha tahlil qilamiz :
Xalqim, tarix hukmi seni agarda,
Mangu muzliklarga eltgan bo’lsaydi,
Qorliklarni makon etgan bo’lsayding,
Mehrim bermasmidim o’sha muzlarga?
Ushbu she'rda shoir avvalo o‘ziga savol beradi bu savol faqat ijodkorninggina emas har

bir o‘quvchining ,har bir yurt farzandining o‘ziga bergan savoli bo‘lishi kerak. Bunda shoirimiz
nechun vatanni tanho ataymiz, aslida dunyoda tanho narsa nima deydi:

Aslida dunyoda tanho nima bor?
Paxta o‘smaydimi o‘zga elda yo?
Yoki quyoshimi sevgimga sabab?
Axir quyoshli-ku, butun Osiyo
Yoki tuprog'i tanhomi deydi
Аbdullа Оripоv shе’rlаridаgi bеаdаd sаmimiyat, tuyg‘ulаr chinligi kishini bеiхtiyor o‘zigа

аsir qilаdi. Shоir shе’rlаri kаyfiyat vа hissiyotning yaхlit оbrаzlаridir. U insоn tuyg‘ulаrini,
hissiyotini shu qаdаr chuqur bilgаni vа ifоdа etа оlgаnidаn butun shе’r emаs, bаlki аyrim
misrаlаrning o‘ziyoq shе’rхоndа muаyyan kаyfiyat hоsil qilаdi”.[1]

Badiiy mahoratni o‘rganish:Abdulla Oripov o‘zbek she'riyatining an’anaviy shakllarini

zamonaviy ruh bilan uyg‘unlashtirish katta mahorat ko'rsatgan. Uning poetik uslubi, til boyligi
va obrazlilik san‘ati o‘rganishga arziydi.

Shoirimiz tarjimonlik sohasida ham o‘zini sinab ko‘rdi va ko'plab asarlar tarjima qilishga

erishdi desak xato bo‘lmaydi. Abdulla Oripov Dantening “Ilohiy komediya” asarini, Nekrasov,
Lesya Ukrainka, T. Shevchenko, K. Kuliyev kabi dunyoga mashhur yozuvchilarning asarlarini
oʻzbek tiliga mahorat bilan tarjima qilgan.

Shu o‘rinda shuni ham aytib ketishimiz joizki ,2015-yilda Oripov Italiya yulduzi ordeni

bilan taqdirlangan. Ordenni Oripovga Italiya prezidenti Serj Sotarelloning maxsus taklifiga
binoan topshirilgan.

*Badiiy mahoratni o‘rganish:Abdulla Oripov o‘zbek she'riyatining an’anaviy shakllarini

zamonaviy ruh bilan uyg‘unlashtirish katta mahorat ko'rsatgan. Uning poetik uslubi,til boyligi
va obrazlilik san‘ati o‘rganishga arziydi.“Abdulla Oripov she’riyatidagi xalq qalbiga yaqinlik,
xalq dilidagi quvonch va shodlik, armon va dardlarni topib soʻylash, insonning rangin
tuygʻularini rassomona koʻz bilan ilgʻab, musiqiy misralarda ifodalash, uning she’riyatidagi
badiiy haqqoniyat uygʻunligi-shoir she’rlarining takrorlanmas, oʻziga xos xususiyatlaridandir”.
[2]

Xulosa:

Abdulla Oripovning ijodiy merosi o‘zbek xalqining bebaho ma'naviy xazinasi

hisoblanadi .Shoirning betakror so‘zi hamisha qalbimizdan joy olib,uni ezgulikka,
vatanparvarlikka va yuksak ma'naviyatga chorlab turaveradi.Abdulla Oripovning boy va
serqirra ijodiy merosi o‘zbek adabiyoti va madaniyatining bebaho qismidir. Uning she’riyati,
dostonlari va publitsistikasi orqali millatning o‘tmishi, buguni va kelajagi o‘zining yorqin
ifodasini topgan. Shoirning vatanparvarlik, insonparvarlik, muhabbat va sadoqat kabi oliyjanob


background image

18

tuyg‘ularni teran ifoda etishi, ijtimoiy muammolarga befarq bo‘lmasligi uning ijodini hamisha
dolzarb va qadrlidir.

Abdulla Oripovning poetik mahorati, tilining boyligi va obrazliligining yuksakligi uning

asarlariga alohida joziba bag‘ishlaydi. U o‘zbek she’riyatining an’anaviy shakllarini zamonaviy
ruh bilan uyg‘unlashtirish orqali o‘ziga xos uslub yaratdi.

Bugungi kunda Abdulla Oripovning ijodiy merosini o‘rganish nafaqat adabiyotshunoslar

uchun, balki keng jamoatchilik, ayniqsa yosh avlod uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Uning asarlari yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda, ularning ma’naviy olamini
boyitishda va estetik didini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi.

Shunday ekan, Abdulla Oripovning betakror ijodiy merosini chuqur o‘rganish, uni kelgusi

avlodlarga yetkazish va uning g‘oyalarini hayotga tatbiq etish – barchamizning muhim
vazifamizdir. Shoirning so‘zlari hamisha xalqimiz qalbidan joy olib, uni yuksak maqsadlar sari
yetaklashda davom etaveradi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Yoʻldoshev Qozoqboy, Qodirov Valijon, Yoʻldoshbekov Jalolbek Adabiyot. 9-sinf uchun

darslik. Abdulla Oripov sheʼriyati. Toshkent:. “Oʻzbekiston” NMIU -2019
2.

Raupova Orasta Ikrom qizi “Shoir sheʼrlarining oʻziga xos xususiyatlari” maqola. Science

and innovation international scientific journal - 2022
3.

Sharafiddinov O. Sheʼriyat – qalb yolqini. „Hayot bilan hamnafas“ kitobida. Toshkent.

Adabiyot va sanʼat nashriyoti. 1984.
4.

Karimov N. va boshqalar. XX asr oʻzbek adabiyoti tarixi. -T.: „Oʻqituvchi“, 1999.

5.

Qoʻshjonov M., Suvon M.. Abdulla Oripov. Toshkent: „Maʼnaviyat“, 2000

6.

O'z. Resp. Prezidenti Sh. M. Mirziyoyev Odamlar yaxshi yashashi uchun zarur sharoit

yaratish - barcha rahbarlarning asosiy vazifasidir. "Xalq so'zi" gazetasi, 2017-yil 28-fevral.
7.

To'xta Boboyev. "Adabiyotshunoslikka kirish asoslari", 41-bet

Bibliografik manbalar

Yoʻldoshev Qozoqboy, Qodirov Valijon, Yoʻldoshbekov Jalolbek Adabiyot. 9-sinf uchun darslik. Abdulla Oripov sheʼriyati. Toshkent:. “Oʻzbekiston” NMIU -2019

Raupova Orasta Ikrom qizi “Shoir sheʼrlarining oʻziga xos xususiyatlari” maqola. Science

and innovation international scientific journal - 2022

Sharafiddinov O. Sheʼriyat – qalb yolqini. „Hayot bilan hamnafas“ kitobida. Toshkent. Adabiyot va sanʼat nashriyoti. 1984.

Karimov N. va boshqalar. XX asr oʻzbek adabiyoti tarixi. -T.: „Oʻqituvchi“, 1999.

Qoʻshjonov M., Suvon M.. Abdulla Oripov. Toshkent: „Maʼnaviyat“, 2000

O'z. Resp. Prezidenti Sh. M. Mirziyoyev Odamlar yaxshi yashashi uchun zarur sharoit yaratish - barcha rahbarlarning asosiy vazifasidir. "Xalq so'zi" gazetasi, 2017-yil 28-fevral.

To'xta Boboyev. "Adabiyotshunoslikka kirish asoslari", 41-bet