XALQARO TAJRIBAIAR ASOSIDA UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA INKLYUZIV TAʼLIMNI MUHITINI SHAKLLANTIRISH MEZONLARI
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida inklyuziv ta’lim muhitini shakllantirish mezonlari xalqaro tajribalar asosida yoritilgan. Xususan, Italiya, Finlyandiya, Yaponiya, AQSh kabi mamlakatlar ta’lim tizimida inklyuziv yondashuvni amalga oshirishda qo‘llanilayotgan usullar, tizimli yondashuvlar, pedagogik qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari tahlil qilinadi. Maqolada inklyuziv ta’lim muhitini baholash mezonlari – jismoniy qulaylik, psixologik-ijtimoiy moslik, individual o‘quv dasturlarining mavjudligi, o‘qituvchilar malakasi va ota-onalar bilan hamkorlik darajalari asosiy mezon sifatida ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, O‘zbekiston sharoitida ushbu tajribalarni amaliyotga tatbiq etish yo‘llari bo‘yicha takliflar ham berilgan. Maqola ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar, tadqiqotchilar hamda pedagoglar uchun foydali bo‘lishi mumkin.