7
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA NUTQ O‘STIRISH METODIKASI
Jo‘rayeva Go‘zal Qodirovna
ISFT Filologiya va tillarni o‘qitish kafedrasi katta o‘qituvchisi
Annotatsiya
Maqolada nutq tushunchasi, nutq o‘stirish metodikasi, uning ahamiyati, o‘quvchilar
nutqini rivojlantirish yo‘llari, metodikasi, nutqni egallashning qator aspektlari, nutq o‘stirish
yo‘nalishlari, o‘quvchilar nutqini o‘stirishda aniq belgilangan talablar, ta’lim-tarbiya jarayonida
nutq o‘stirishga erishish orqali o‘quvchilarda shakllantirilishi lozim bo‘lgan hayotiy
ko‘nikmalar haqida so‘z boradi.
Kalit so‘zlar:
nutq, metodika, nutq aspektlari, hayotiy ko‘nikmalar, inson kamoloti, buyuk
allomalar, ma’naviy meros, sharqona ta’lim va tarbiya, adabiy til normalari, tafakkur va notiqlik
san’ati, ta’lim sifati.
АННОТАЦИЯ
В статье рассматриваются понятие речи, методика развития речи, ее значение,
пути развития речи учащихся, методика, ряд аспектов освоения речи, направления
развития речи, четко обозначенные требования к развитию речи учащихся, жизненные
навыки, которые должны быть сформированы у учащихся путем достижения развития
речи в образовательном процессе.
Ключевые слова:
речь, методика, аспекты речи, жизненные навыки, развитие
человека, великие ученые, духовное наследие, восточное образование и воспитание,
нормы литературного языка, мышления и ораторского искусства, качество
образования.
ANNOTATION
The article discusses the concept of speech, the methodology of speech development, its
importance, ways of developing students' speech, methodology, a number of aspects of speech
acquisition, directions of speech development, clearly defined requirements for developing
students' speech, and life skills that should be formed in students by achieving speech
development in the educational process.
Keywords:
speech, methodology, aspects of speech, life skills, human development, great
scholars, spiritual heritage, oriental education and upbringing, norms of literary language,
thinking and oratory, quality of education.
Nutq — kishi faoliyatining turi, til vositalari (so‘z, so‘z birikmasi, gap) asosida tafakkurni
ishga solishdir. Nutq o‘zaro aloqa va xabar, o‘z fikrini his-hayajon bilan ifodalash va boshqalarga
ta’sir etish vazifasini bajaradi. Yaxshi rivojlangan nutq jamiyatda kishi faoliyatining muhim
vositalaridan biri sifatida xizmat qiladi. O‘quvchi uchun esa nutq maktabda muvaffaqiyatli
ta’lim olish qurolidir. Nutq o‘stirish nima? Agar o‘quvchi va uning tildan bajargan ishlari ko‘zda
tutilsa, nutq o‘stirish deganda tilni har tomonlama (talaffuzi, lug‘ati, sintaktik qurilishini,
bog‘lanishli nutqni) faol amaliy o‘zlashtirish tushuniladi. Agar o‘qituvchi ko‘zda tutilsa, nutq
o‘stirish deganda, o‘quvchilaming tilning talaffuzi, lug‘ati, sintaktik qurilishi va bog‘lanishli
nutqni faol egallashlariga yordam beradigan metod va usullami qo‘llash tushuniladi. Shuning
uchun ham grammatika va imlo dasturi tovushlar va harflar, so‘z, gap, bog‘lanishli nutq kabi
qismlarni o‘z ichiga olgan. Ona tili dasturining bo‘limlari “Xat-savod o‘rgatish va nutq o‘stirish”,
8
“O‘qish va nutq o‘stirish”, “Grammatika, imlo va nutq o‘stirish” deb nomlangan. Nutq faoliyati
uchun, shuningdek o‘quvchilar nutqini o‘stirish uchun bir necha shartga rioya qilish zarur:
1. Kishi nutqining yuzaga chiqishi uchun talab bo‘lishi kerak. O‘quvchilar nutqini
o‘stirishning metodik talabi o‘quvchi o‘z fikrini, nimanidir og‘zaki yoki yozma bayon qilish
xohishini va zaruriyatini yuzaga keltiradigan vaziyat yaratish hisoblanadi.
2. Har qanday nutqning mazmuni, materiali bo‘lishi lozim. Bu material qanchalik to‘liq,
boy, qimmatli bo‘lsa, uning bayoni shunchalik mazmunli bo‘ladi. Shunday ekan, o‘quvchilar
nutqini o‘stirishning ikkinchi sharti nutqqa oid mashqlarning materiali haqida bo‘lib, o‘quvchi
nutqi mazmunli bo‘lishi uchun g‘amxo‘rlik qilish hisoblanadi.
3. Fikr tinglovchi tushunadigan so‘z, so‘z birikmalari, gap, nutq birliklari yordamida
ifodalansagina tushunarli bo‘ladi. Shuning uchun nutqni muvaffaqiyatli o‘stirishning uchinchi
sharti — nutqni til vositalari bilan qurollantirish hisoblanadi. O‘quvchilarga til namunalarini
berish, ular uchun yaxshi nutqiy sharoit yaratish zarur. Nutqni eshitish va undan o‘z tajribasida
foydalanish natijasida bolalarda ta'lim metodikasi asoslanadigan ongli ravishda “tilni sezish”
shakllanadi. Nutq o‘stirishning metodik sharti nutqiy faoliyatning keng tizimini yaratish, ya’ni,
birinchidan, yaxshi nutq namunasini idrok etish, ikkinchidan, o‘rgangan til vositalaridan
foydalanib, o‘z fikrini bayon etish uchun sharoit yaratish hisoblanadi. Bola tilni nutqiy faoliyat
jarayonida o‘zlashtiradi. Buning o‘zi yetarli emas, chunki u nutqni yuzaki o‘zlashtiradi. Nutqni
egallashning qator aspektlari mavjud. Bular:
1. Adabiy til me’yorlarini o‘zlashtirish. Maktab o‘quvchilarini adabiy tilni sodda so‘zlashuv
tilidan, sheva va jargondan farqlashga o‘rgatadi, adabiy tilning badiiy, ilmiy, so‘zlashuv
variantlari bilan tanishtiradi.
2. Jamiyatimizning har bir a’zosi uchun zarur bo‘lgan muhim nutq malakalarini, ya’ni
o‘qish va yozish malakalarini o‘zlashtirish. Bu bilan o‘quvchilar yozma nutqning xususiyatlarini,
uning og‘zaki so‘zlashuv nutqidan farqini bilib oladi.
3. O‘quvchilaming nutq madaniyatini takomillashtirish. Til jamiyatdagi eng muhim aloqa
vositasidir. Tilning mana shu ijtimoiy ahamiyatidan kelib chiqib, maktabda o‘quvchilaming
nutq madaniyatiga alohida e’tibor beriladi. Bu vazifalarni bajarish uchun o‘qituvchi o‘quvchilar
bilan rejali ish olib borishi lozim. Buning uchun esa o‘quvchilar nutqini o‘stirish ustida ishlash
tushunchasiga nimalar kirishini bilib olish muhimdir.
Nutq o‘stirishda uch yo‘nalish aniq ajratiladi: 1) so‘z ustida ishlash; 2) so‘z birikmasi va
gap ustida ishlash; 3) bog‘lanishli nutq ustida ishlash. So‘z, so‘z birikmasi va gap ustida ishlash
uchun lingvistik baza bo‘lib leksikologiya (frazeologiya va stilistika bilan birgalikda),
morfologiya, sintaksis xizmat qiladi; bog‘lanishli nutq esa mantiqqa, adabiyotshunoslik va
murakkab sintaktik butunlik lingvistikasiga asoslanadi. Ko‘rsatilgan uch yo‘nalish parallel olib
boriladi: lug‘at ishi gap uchun material beradi; so‘z, so‘z birikmasi va gap ustida ishlash
bog‘lanishli nutqqa tayyorlaydi. O‘z navbatida, bog‘lanishli hikoya va insho lug‘atni boyitish
vositasi bo‘lib xizmat qiladi. O‘quvchilar nutqini o‘stirish o‘z metodik vositalariga ega, o‘zining
mashq turlari bor. Bulardan eng muhimlari bog‘lanishli nutq mashqlari hisoblanadi. Nutq
o‘stirishda izchillik to‘rt shartni, ya’ni mashqlarning izchilligi, istiqboli, xilma-xilligi, xilma-xil
mashq turlarini umumiy maqsadga bo‘ysundirish ko‘nikmasini amalga oshirish bilan
ta’minlanadi. Har bir yangi mashq oldingisi bilan bog‘lanadi va keyingisiga o‘quvchilarni
tayyorlaydi, umumiy maqsadga bo‘ysungan holda yana qandaydir yangilik qo‘shadi. Maktabda
o‘quvchilar nutqini o‘stirishga ona tili o‘qitishning asosiy vazifasi deb qaraladi. Nutq o‘stirish
9
faqat ona tili va o‘qish darslarininggina emas, balki o‘quv rejasidagi barcha fanlar
(tabiatshunoslik, matematika, mehnat, tasviriy san’at, ashula darslari)ning, shuningdek,
sinfdan tashqari o‘tkaziladngan tadbirlarning ham vazifasidir.
Kishilar tildan fikr bayon qilish quroli sifatida foydalanadilar. Ular o‘z fikrlarini ovoz bilan
eshittirib bayon qilishdan oldin u haqda o‘ylab oladilar. Bu ichki nutq hisoblanadi. Ichki nutq
eshittirilmagan va yozilmagan, “o‘ylangan” (fikrlangan) nutqdir, bu nutq fikrlovchi kishining
o‘ziga qaratiladi. Tashqi nutq tovushlar yordamida eshittirilib yoki grafik belgilar bilan yozilib,
boshqalarga qaratilgan nutqdir. Ichki va tashqi nutqning fiziologik tabiati bir xil; farqi — tashqi
nutqda nutq a’zolarining harakati natijasida tovush chiqariladi yoki yozib bayon etiladi; ichki
nutqda nutq a’zolarining harakati tovushsiz yuzaga keladi. Ichki nutq materialni tushunish va
yodda saqlashga yordam beradi, tashqi nutqni o‘stirishda birdan-bir zaruriy vosita hisoblanadi.
O‘ylash, fikr yuritish ichki nutq asosida bo‘ladi. Ichki nutq o‘quvchini tashqi nutqqa,
javobgarlikni his qilib gapirishga o‘rgatadi. Ichki nutq jarayonida o‘ylash o‘quvchining nutqi va
tafakkurining o‘sishida muhim vositadir. Maktabda o‘quvchilaming tashqi nutqigina emas,
balki ichki nutqi ham o‘stiriladi. Bolalar ichda o‘qishga o‘rganadilar va ichki nutqda materialni
o‘zlashtiradilar, turli vazifalarni o‘zlari hal qiladilar, asosiysi — o‘zlarining og‘zaki va yozma
fikrlarini tayyorlab oladilar. Fikrni ifodalash usuliga ko‘ra nutq og‘zaki va yozma bo‘ladi. Og‘zaki
nutq yozma nutqdan quyidagicha farqlanadi: og‘zaki nutq tovush nutqi, yozma nutq esa grafik
nutqdir. Og‘zaki nutqda eshitish sezgisi, yozma nutqda esa ko‘rish va harakat (qo‘1 harakati)
sezgisi asosiy o‘rin tutadi. Og‘zaki nutq ham, yozma nutq ham kishilarning o‘zaro aloqa quroli
sifatida xizmat qiladi, ammo og‘zaki nutq aniq hayotiy sharoitda. bevosita aloqa jarayonida
yuzaga keladi; yozma nutqdan bevosita, aniq sharoitdan ajratilgan holda ham, kishi ishtirokisiz
ham foydalaniladi. Og‘zaki nutq ko‘pincha dialog tarzida, yozma nutq esa monolog tarzida
bo‘ladi. Yozma nutq logik izchillikka rioya qilgan holda, ayrim til shakllarini tushirib qoldirmay.
ortiqcha takrorga yo‘l qo‘ymay bayon qilishni talab etadi. Shuning uchun yozma nutq ancha
murakkab va mavhum hisoblanadi. O‘quvchilar nutqiga qo‘yiladigan talablar O‘quvchilar
nutqini o‘stirishda aniq belgilangan bir qator talablarga rioya qilinadi:
1. O‘quvchilar nutqi mazmundor bo‘lsin. Hikoya yoki insho o‘quvchilar uchun yaxshi
ma’lum bo‘lgan dalillar, ularning kuzatishlari, hayotiy tajribalari, kitoblardan, rasmlardan,
radioeshittirish va teleko‘rsatuvdan olgan ma’lumotlari asosida tuzilsagina mazmunli bo‘ladi.
Bolalar bilmagan narsa, ko‘rmagan voqea-hodisalar haqida yetarli tayyorgarliksiz so‘zlashga
yo‘l qo‘yilsa, nutq mazmunsiz chiqadi. Nutq o‘stirish metodikasi hikoya, insho uchun materialni
puxta tayyorlashni, ya’ni material yig‘ish, uni muhokama qilish, to‘ldirish, asosiy mazmunni
ajratish, zaruriy izchillikda joylashtirishni talab qiladi. Albatta, bunda o‘quvchilaming yosh
xususiyatlari va qiziqishlari ham hisobga olinadi.
2. Nutqda mantiqiylik bo‘lsin. O‘quvchilar nutqi mantiqan to‘g‘ri bo‘lishi, fikr izchil, asosli
bayon etilishi, asosiy o‘rinlar tushirib qoldirilmasligi va o‘rinsiz takrorga, mavzuga taalluqli
bo‘lmagan ortiqchalikka yo‘l qo‘yilmasligi talab etiladi. Nutqning mantiqiyligi narsa, voqea-
hodisalarni yaxshi bilish bilan belgilanadi, mantiqiy xato esa material mazmunini aniq
bilmaslik, mavzuni o‘ylamasdan noqulay tanlash natijasida kelib chiqadi. Bu ikki talab nutqning
mazmuni va qurilishiga taalluqlidir. Nutqni til jihatidan shakllantirishga oid talablar ham
mavjud.
10
3. Nutq aniq bo‘lsin. O‘quvchi dalillar, kuzatishlar, taassurotlarini haqiqatga mos ravishda
oddiy bayon etibgina qolmay, shu maqsadning eng yaxshi til vositalaridan (so‘z, so‘z birikmasi,
gaplardan) foydalangan holda, maxsus tasvirlar bilan ifodalashga o‘rgansin.
4. Nutq til vositalariga boy bo‘lsin. Mazmunni aniq ifodalash uchun o‘quvchi nutqi til
vositalariga boy bo‘lishi, u har qanday vaziyatda ham kerakli sinonimlardan, xilma-xil tuzilgan
gaplardan mazmunga eng mosini tanlab foydalana olish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi zarur.
Albatta, boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga til boyligi yuzasidan yuqori talab qo‘yib bo‘lmaydi,
ammo o‘qituvchi o‘quv ishlarida ularning so‘z boyligini oshirib borishni har vaqt ko‘zda tutishi
kerak.
5. Nutq tushunarli bo‘lsin. Og‘zaki nutq eshituvchiga, yozma nutq esa uni o‘quvchiga
tushunarli bo‘lishi zarur. So‘zlovchi yoki yozuvchi nutqini eshituvchining yoki o‘quvchining
imkoniyatini, qiziqishini hisobga olgan holda tuzsa, uni hamma birdek, hech qiyinchiliksiz
tushunadi.
6. Nutq ifodali bo‘lsin. Agar nutq ifodali, ya’ni jonli, ishontiradigan bo‘lsa, eshituvchiga
yoki o‘quvchiga ta’sir etadi. Og‘zaki nutq eshituvchiga intonatsiya orqali ta’sir etsa, og‘zaki nutq
ham, yozma nutq ham tinglovchi va o‘quvchiga hikoyaning umumiy ruhi, dalillar, tanlangan
so‘zlar, ularning emotsionalligi, tuzilgan jumla, iboralar yordamida ta’sir etadi. Nutqning
tushunarli va ifodali bo‘lishi har qanday shevaga xos va ortiqcha so‘zlardan xoli bo‘lishini
taqozo etadi.
7. Nutq to‘g‘ri bo‘lsin. Maktab o‘quvchilari uchun nutqning adabiy til me’yorlariga mos va
to‘g‘ri bo‘lishi alohida ahamiyatga ega. Yozma nutq grammatika, imlo va punktuatsiya jihatidan,
og‘zaki nutq esa orfoepik jihatdan to‘g‘ri tuzilishi talab etiladi. Nutqning to‘g‘ri bo‘lishi uchun
so‘z tanlash va nutq logikasi katta ahamiyatga ega.
Yuqorida sanab o‘tilgan talablar o‘zaro bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, ta’lim tizimida
kompleks ravishda amalga oshiriladi. Nutq fikrni bayon etish vositasi bo‘libgina qolmay, uni
shakllantirish quroli hamdir. Fikr nutqning psixologik asosi vazifasini bajaradi, uni o‘stirish
sharti esa fikrni boyitish hisoblanadi. Aqliy faoliyat tizimini egallash asosidagina nutqni
muvaffaqiyatli o‘stirish mumkin. Shuning uchun o‘quvchilar nutqini o‘stirishda materialni
tayyorlash, takomillashtirish, mavzuga tegishlisini tanlash, joylashtirish va mantiqiy fikrlashga
yo‘naltiradigan ish turlariga katta ahamiyat beriladi. Tafakkur til materiali yordamida nutqiy
shakllantirilsa va buyon etilsagina, muvaffaqiyatli o‘sadi. Tushuncha so‘zlar yoki so‘z
birikmalari bilan ifodalanadi, shunday ekan, u til vositasi b o‘lgan so ‘zda muhim aloqa
materialiga aylanadi. Kishi tushuncha ifodalaydigan so ‘z (so‘z birikmasi)ni bilsagina, shu
tushunchaga asoslangan holda tashqi nutqda fikrlash irrhkoniga ega bo‘ladi. Nutqda fikr
shakllanrtritadi, shu bilan birga, fikr nutqni yaratadi.
O‘qish darsi va u bilan bog‘liq holda olib boriladigan kuzatish, ekskursiya o‘quvchilarga
tabiat hodisalari, kishilar hayoti va m ehnati haqida, axloq qoidalari, boshqa kishilar bilan
muomala qilish haqida bilim beradi. Bu darslarda bolalar nutqiga, uni shakllantirish va
o‘stirishga keng imkoniyat mavjud. Badiiy asarlarni o‘qish, o‘qilganlarni qayta hikoyalash,
ekskursiyada, predmet va tabiat hodisalarini kuzatish vaqtida ko‘rganlarini hikoya qilish
o‘quvchilar og‘zaki nutqini o‘stirish vositasidir. Ona tili darslarida esa yozm a nutqni o‘stirish
uchun keng imkoniyatlar mavjud. Grammatikani o‘rganish va o‘qish darslarida o‘quvchilar
bajaradigan so‘z birikmasi, gap tuzish, bayon, inshoga doir turli xil mashqlar nutqiy malakalarni
egallashda yordam beradi. Grammatika va to‘g‘ri yozuv darslarida tilni maxsus o‘rganish bilan
11
bolalar alohida tovush, bo‘g‘in, so‘z va gaplarni eshitishga va talaffuz qilishishga o‘rganadilar.
Ular narsa, harakat, belgi bildirgan ko‘pgina so‘zlarni, shuningdek, tovush, harf, bo‘g‘in, so‘z,
o‘zak, qo‘shim cha, so‘z turkumi, ot, sifat, fe’l, son, olm osh, bog‘lovchi, gap, gap bo‘lagi, darak
gap, so‘roq gap, undov gap singari juda ko‘p yangi atamalarni bilib oladilar. Boshlang‘ich
sinflardagi boshqa darslarda ham o‘quvchilar nutqi xilma-xil so‘zlar bilan boyitiladi. Kuzatish
va turli ko‘rgazmali qurolIar bu darslarda ham bilim olish, tushunchalarni shakllantirish
vositasi hisoblanadi. Matematika darslarida bolalar yangi tasawur va tushunchalar, juda ko‘p
so‘z va atamalar bilan o‘z nutqlarini boyitadilar, sodda va qo‘shma gap tuzishga o‘rganadilar: 5
soni 3 sonidan katta (5 > 3) yoki uch soni besh sonidan kichik (3 < 5); bitta o‘nlikka ikkita o‘nlik
va 5 ta birlikni qo‘shsak, uchta o‘nlik va 5 ta birlik hosil bo‘ladi (10 + 25 = 35) va hokazo. Masala
yechish jarayonida esa ular shu vaqtgacha o‘z nutqlarida ishlatib kelgan bo‘ladi, qoladi, hosil
bo‘ladi, teng kabi so‘zlam ing yangi m a’nosini bilib oladilar; ...bizga ma’lum, masalada
so‘ralyapti kabi so‘z birikmalarini ishlatishga o‘rganadilar. Matematika darslari o‘quvchilarning
bog‘lanishli nutqini o‘stirishda muhim ahamiyatga ega. Ular masalani yechishda savolga to‘liq
javob berishga, atamalarni to‘g‘ri ishlatib, qoidalarni o‘z saviyalariga mos ravishda aniq
shakllantirishga o‘rgatiladi. Bular, o‘z navbatida, o‘quvchilar nutqini boyitish va faollashtirish
vositasi hisoblanadi. Bog‘lanishli nutq ko‘nikmalarini egallashga masala echish bilan bog‘liq
holda olib boriladigan ishlar, ayniqsa, masala tuzishga o‘rgatish mashqlari samarali ta’sir
ko‘rsatadi.
O‘quvchilar nutqini o‘stirishda o‘qituvchining nutq madaniyati katta ahamiyatga ega.
O‘qituvchi barcha darslarda, sinfdan va maktabdan tashqari mashg‘ulotlarda faqat orfoepik
talaffuz va adabiy til me’yorlariga rioya qilgan holda ifodali, ta’sirli so‘zlashi, shuningdek, har
doim o‘quvchi daftariga, barcha hujjatlarga husnixat va imlo qoidalariga rioya qilgan holda
yozishi zarur. Bu bilan u bolalarni ifodali so‘zlashga, xatosiz, chiroyli yozishga o‘rgatadi, tilga
sezgirlikni uyg‘otadi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Abdullaeva N.A., Toʻraev B.N., Nurmatova N., “Kashfiyotlar olami” asosiy umumtaʼlim
dasturini ishlab chiqishda bolalar tomonidan rejalashtirilgan natijalarga erishish monitoring
tizimi. -T.: Ilm-fan, 2019.
2.
Lvov, M. R., Ramzaeva, T. G. Boshlang‘ich sinflarda ona tilini o‘qitish metodikasi.
Pedagogika institutlari talabalari uchun maxsus darslik. “Boshlang‘ich ta'lim pedagogikasi va
metodikasi”. - Nukus: Ta’lim, 2020.
3.
Rasulova N.N. Bola gapirishni o‘rganadi//Vestnik nauki i obrozovaniya, 2022. №5.
4.
Jabborov S.S. Fikrlash va nutqning psixologik asoslari. – M-T.: Labirint-Ilm-fan, 2019.
5.
Murodov F. K. Bolaning ijtimoiy rivojlanishi diagnostikasi: O‘quv-uslubiy qo‘llanma.
Navoiy-Qozon: LUCH, 2019.
6.
Султонмуродова M. Теория и методика ознакомления начальной школы с
проблемой грамотной речью//Вестник МГУ, 2022. № 1.
7.
Темурова Н.Т. Новые подходы к психодиагностике интеллекта // Вестник Моск. ун-
та. Сер. 14. Психология. – 2021. № 2.
8.
S.Matchonov, H.Bakiyeva, X. G‘ulomova, Sh.Yo‘ldosheva, G.Xolboyeva. Boshlang‘ich
12
sinflarda ona tili o‘qitish metodikasi. Toshkent. – 2021-yil.
9.
D.R. Babayeva. Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi. (Darslik). – T.: «Barkamol fayz
media», 2018, – 432 b.
10.
Azimova I. Ona tili ta’limida lisoniy malakani rivojlantirishning psixolingvistik asosi.
Global ta’lim va milliy metodika taraqqiyoti. Respublika III ilmiy-anjuman materiallari. –
Toshkent, 2019. 215-224 b.
