Авторы

  • Dilafro‘z Saydamatova
    NamDU 2-boshqich tayanch doktoranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdit.105161

Ключевые слова:

Abdulrazzoq Gurnah ichki konflikt o’zlikni anglash inson ruhiyati post colonial “Paradise” “By the Sea”.

Аннотация

Mazkur maqolada Abdulrazzoq Gurnahning “Paradise” (Jannat), “By the Sea” (Dengiz bo‘yida) romanlari ustida  tahlil amalga oshirilgan  bo’lib, maqolada asosiy e’tibor Gurnahning o’z qahramonlari orqali inson qalbidagi iztirob, yo‘qotish, o‘zlikni izlash kabi psixologik holatlarning badiiy ifodasi va ularning tahliliga  qaratilgan. Gurnah romanlari nafaqat adabiy, balki psixologik tahlil uchun ham muhim deb hisoblanadi. Gurnah asarlarining chuqur psixologik mazmuni zamonaviy adabiy jarayonlar bilan uyg‘unlashibgina qolmay, yangi avlod o‘quvchilari uchun dolzarb ruhiy savollarni ko‘taradi va shaxsiy va ijtimoiy kontekstlarni chuqur tushunishga yordam beradi. Bu asarlar, nafaqat post-kolonial jamiyatlardagi shaxsiy izlanishlar, balki butun dunyo bo‘ylab ruhiy holatlarning umumiy tasviri ekanligi maqolada tahlil qilingan.         


background image

129

ABDULRAZZOQ GURNAHNING “PARADISE” VA “BY THE SEA”

ROMANLARIDA INSON RUHIYATIDA ICHKI KONFLIKT TAHLILI

Saydamatova Dilafro‘z Xamidullo qizi

NamDU 2-boshqich tayanch doktoranti

Email: dilafruzsaydamatova97@gmail.com

Tel:+998908501122

https://doi.org/10.5281/zenodo.15645430

Annotatsiya:

Mazkur maqolada Abdulrazzoq Gurnahning “Paradise” (Jannat), “By the

Sea” (Dengiz bo‘yida) romanlari ustida tahlil amalga oshirilgan bo’lib, maqolada asosiy e’tibor
Gurnahning o’z qahramonlari orqali inson qalbidagi iztirob, yo‘qotish, o‘zlikni izlash kabi
psixologik holatlarning badiiy ifodasi va ularning tahliliga qaratilgan. Gurnah romanlari
nafaqat adabiy, balki psixologik tahlil uchun ham muhim deb hisoblanadi. Gurnah asarlarining
chuqur psixologik mazmuni zamonaviy adabiy jarayonlar bilan uyg‘unlashibgina qolmay, yangi
avlod o‘quvchilari uchun dolzarb ruhiy savollarni ko‘taradi va shaxsiy va ijtimoiy kontekstlarni
chuqur tushunishga yordam beradi. Bu asarlar, nafaqat post-kolonial jamiyatlardagi shaxsiy
izlanishlar, balki butun dunyo bo‘ylab ruhiy holatlarning umumiy tasviri ekanligi maqolada
tahlil qilingan.

Key words:

Abdulrazzoq Gurnah, ichki konflikt, o’zlikni anglash, inson ruhiyati, post

colonial, “Paradise”, “By the Sea”.

ANALYSIS OF INTERNAL CONFLICT IN THE HUMAN PSYCHE IN

ABDULRAZZOQ GURNAH’S NOVELS "PARADISE" AND "BY THE SEA"

Saidamatova Dilafroz Khamidullo qizi

NamDU 2nd year doctoral student

Email: dilafruzsaydamatova97@gmail.com

Telephone:+998908501122

Abstract:

This article provides an analysis of Abdulrazzoq Gurnah’s novels Paradise and

By the Sea. The main focus of the article is on the artistic expression and analysis of
psychological states such as anguish, loss, and the search for identity through Gurnah’s
characters. Gurnah’s novels are considered important not only for literary but also for
psychological analysis. The profound psychological content of Gurnah’s works aligns with
contemporary literary processes and raises relevant psychological questions for a new
generation of readers, helping them to deeply understand both personal and social contexts.
These works are analyzed in the article not only as explorations of personal identity in post-
colonial societies but also as a universal depiction of psychological states worldwide.

Key words:

Abdulrazaq Gurnah, internal conflict, self-awareness, human psyche, post

colonial, "Paradise", "By the Sea".

АНАЛИЗ ВНУТРЕННЕГО КОНФЛИКТА В ЧЕЛОВЕЧЕСКОЙ ПСИХИКЕ В

РОМАНАХ АБДУЛРАЗЗОКА ГУРНА "ПАРАДАЙС" И "У МОРЯ"

Саидаматова Дилафроз Хамидулло кызы

Докторант 2 курса НамДУ

Электронная почта: dilafruzsaydamatova97@gmail.com

Телефон: +998908501122


background image

130

Аннотация:

В данной статье проводится анализ романов Абдулраззока Гурна

«Парадайс» и «У моря». Основное внимание уделяется художественному выражению и
анализу психологических состояний, таких как страдание, потеря и поиск идентичности
через персонажей Гурна. Романы Гурна считаются важными не только для
литературного, но и для психологического анализа. Глубокое психологическое
содержание произведений Гурна гармонично сочетается с современными
литературными процессами и поднимает актуальные психологические вопросы для
нового поколения читателей, помогая им глубже понять личный и социальный
контексты. В статье рассматривается, что эти произведения являются не только
исследованиями личной идентичности в постколониальных обществах, но и
универсальным изображением психологических состояний по всему миру.

Ключевые слова:

Абдулраззок Гурнах, идентичность, человеческая психика,

постколониальный, «Рай», «У моря».

KIRISH.

Hayotning ilk bosqichidan boshlab ziddiyatlar inson bilan hamnafas qadam

tashlaydi. Yaxshilik va yomonlik, ezgulik va qabohat, oq va qora doimo bir-biri bilan doimo
kurashda. Bu kurashlarnining inikosi esa badiiy adabiyotda jilolanadi. Badiiy adabiyot ham
qadimdan insonlarning azaliy orzulari bilan bir qatorda azaliy muammolarni ham talqin qilib
keladi. Ana shu azaliy muammolar badiiy asarda konflikt (qarama-qarshilik) sifatida namoyon
bo‘ladi.

Adabiyotda murakkab va ko‘p qirrali tizim sifatida ko‘riluvchi omil- inson ruhiyati deb

hisoblanadi. Inson ruhiyati ichida yuzaga keladigan ichki konfliktlar — shaxsning o‘z ichki
ehtiyojlari, qadriyatlari va tashqi muhit talablariga javobi orasidagi nizolar — badiiy asarlarda
keng o‘rganiladigan mavzulardan biridir

KONFLIKT (lot. conflictus – to‘qnashuv) - personajlarning asar sujetida badiiy ifodasini

topadigan o‘zaro to‘qnashuv va kurashlari, qahramon bilan muhit orasida yoki uning ruhiyatida
kechuvchi ziddiyatlar, qarama-qarshiliklar. Konflikt termini anʼanaviy tarzda ko‘proq epik va
dramatik asarlarga nisbatan qo‘llanadi.

1

Ziddiyatlar badiiy asarda markaziy o'rinni egallaydi, bu voqealarni rivojlantiradigan

keskinlik va dramtizmni ta'minlaydi. Adabiyotda, filmda yoki hayotiy vaziyatlarda yuzaga
kelishi mumkin bo'lgan konfliktlarning bir nechta turlari mavjud. Abdulrazzoq Gurnahning
“Paradise” va “By the Sea” romanlarida ham shunday ichki konfliktlar muhim o‘rin tutadi.

METODOLOGIYA.

Tadqiqotda Abdulrazzoq Gurnahning “Paradise” (1994)

2

va “By the

Sea” (2001) romanlari asosiy manba sifatida olingan. Tahlil uchun sifatli (qualitative) metod
qo‘llanib, matnning ichki psixologik tuzilishi, qahramonlarning ruhiy holatlari, ularning
qarama-qarshi ichki kuchlari o‘rganilgan. Asarlar o‘qilishi davomida asosiy diqqat
qahramonlarning ichki dunyosi, ularning ichki nizolari, qaror qabul qilish jarayonlari va bu
jarayonlarda yuzaga keladigan ruhiy zo‘riqishlarga qaratilgan. Shuningdek, maqola yozilishida
ruhiyatshunoslik va adabiyotshunoslik nazariyasi, psixologik tahlil metodlari, ichki konflikt
tushunchasi asos qilib olindi.

1

. Дилмурод КУРОНОВ Адабиётшунослик лугати [Book]. - Тошкент : Akademnashr, 2013.

2

Gurnah, Abdulrazak.

Paradise

. Bloomsbury Publishing, 1994.


background image

131

NATIJALAR.

Ushbu maqolada Gurnahning badiiy asarlaridan na’munalar keltirib, uning

o‘z asarlarida ruhiyatni tasvirlashdagi o‘ziga xos uslubi va asarlaridagi diqqatni tortuvchi
psixologik elementlar chuqur o‘rganilib, matnli tahlil usuli qo‘llanildi. Shu bilan birgalikda,
psixologik va post-kolonial adabiyotshunoslik nazariyalariga asoslangan holda asarlarning
kontekstual tahlili amalga oshiriladi. Qo‘llanilgan metodologiyalar inson ruhiyatining
psixologik, ijtimoiy va madaniy kontekstda qanday tasvirlanishini tushunishga yordam berdi.

Biz tadqiqotimizda Gurnah asarlari matnining asosiy strukturasi, qahramonlarning ichki

dunyosini tushunish, asarda foydalanilgan til va uslubning tahlili, simvol va motivlar tahliliga
e’tibor qaratdik.

Ishimizda psixoanalitik yondoshuv asosida

Sigmund Freud va Carl Jungning psixoanalitik

nazariyalaridan foydalanilib, asarlardagi qahramonlarning ruhiy holatlari va o'zlik izlanishlari
o'rganildi. Masalan, Freudning “id, ego, va supergo kontseptsiyalari”

3

yordamida ichki

konfliktlar va shaxsiy muammolar tahlil qilindi. “

Paradise”

4

romanida Yusufning ichki

konfliktini misol tariqasida oladigan bo‘lsak:

Id (istak va instinktlar):

Yusuf bolaligidan otasining unga bo‘lgan sovuqligi va uni

savdogar Azizga qarz evaziga “sotib yuborishi” natijasida chuqur ruhiy jarohat oladi. Yusufning
ichki istaklari (id) ozodlik, sevgiga intilish, oilasiga sodiq qolishdir.

Ego (real hayotdagi moslashuv):

Yusufning real hayotda Aziz bilan bo‘lishga majburligi

va savdogarlikni o‘rganishi, yangi hayotga moslashishga urinishi sahnalari.

Superego (axloqiy qadriyatlar, ichki hukm):

Yusuf

ota-onasini tark etgani, o‘z qarzini

to‘layotgani, mustamlakachilik davrida yangi normalarga moslashgani sababli o‘zini aybdor his
qiladi. Uning axloqiy qadriyatlari (superego) va hayotiy sharoit (ego) o‘rtasida kuchli konflikt
yuzaga keladi.

Yusuf o‘zini doimo ikki olam orasida his qilishi – bir tarafdan o‘z ildizlarini unutmaslikka

harakat qilishi va yana ikkinchi tomondan, yangi hayot tarziga ko‘nikishga majburligi sababli
asardagi qahramonning egosi va superegosi o‘rtasidagi to‘qnashuvlarga duch kelamiz.

Gurnahning badiiy uslubi va dunyoqarashini yoritish uchun uning asarlarida ruhiyatni

shakllantiruvchi asosiy omillar – tarixiy jarayonlar, migratsiya, kimlikni izlash va o‘zlikni
anglash kabi unsurlarni ochib berish lozimligi aniqlandi.

Gurnah asarlarida inson ruhiyatining tasviri ko‘p hollarda ichki monologlar, yodgorliklar

va o‘zlikni yo‘qotish yoki qayta tiklash orqali ifodalanadi. Gurnah o‘z asarlarida ichki kurashlar
va kimlikni izlash, qochish va uyga qaytish , travma va o‘tgan hotiralar, kuchli realizm kabi
usullardan inson ruhiyatini chuqurroq yoritish maqsadida mohirona foydalangan. "Paradise"
va "By the Sea" kabi romanlarida, qahramonlarning ruhiy holatlari o‘zgaruvchan va dinamikdir.
Masalan, "Paradise"da yozuvchi voqea yuz bergan malakatdagi iqtisodiy va siyosiy inqirozlar,
kolonialistik va ijtimoiy tizimlar o‘z ta’sirini o‘tkazgan qahramonlarning ruhiy holatini
tasvirlaydi. Asarda Yusufning Azizga "qarz evaziga" topshirilishi epizodi asnosida

x

ususiy mulk

tizimi va iqtisodiy nohaqlik

sharoitida bolalar qanday qilib "bozor qiymatiga" aylantirilganini

ko‘rsatsa, Yusufning

tushunarsiz qo‘rquvi, xafa bo‘lishi, ajralish ruhiy zarbasi

kabi holatlari

— mustamlakachilikning shaxsiy hayotga qay darajada salbiy tas’sir qilganini aks ettiradi.

3

Gurnah, Abdulrazak.

By the Sea

. London: Bloomsbury Publishing, 2001.



background image

132

Navbatdagi asardan keltirilgan parchada esa, romanning 2 - bobida yuz beradigan

epizodni tahlil qilamiz. Voqealar rivoji Yusuf Aziz bilan uzoq savdo safariga otlanishidan kelib
chiqadi. Yusufning Aziz bilan safarga chiqishi uning bolalikdan kattalikka o‘tishini ifodalaydi.
Ular safar davomida notanish insonlar, dushmanona qishloqlar va yangi odat va qoidalarga
duch kelishadi. Bu esa Yusufning begona muhitda o‘z o‘rnini topishga urinishini, ichki xavotiri
va yangi hayotga moslashishga bo‘lgan ruhiy zo‘riqishini aks ettiradi.

“…They left behind the coast and made for the inland, through lands where the language

was foreign, and the people looked at them with suspicion. Yusuf followed, his eyes always
searching, his feet unsure but determined (ular sohilni ortda qoldirib, ichki hududlarga yo‘l oldilar,
bu yerlar tili notanish, odamlari esa ularga shubha bilan qarardi. Yusuf orqalaridan ergashdi,
ko‘zlari har doim nimanidir izlardi, oyoqlari ishonchsiz, biroq qat’iy edi.)...” ( 1, 2-bob “The
Mountain Town”)

Bu ta’sirlar esa asarning badiiy qiymatini sezilarli darajada oshirib berdi. Asarda o‘zlik,

kimlik, oilaviy aloqalar, sevgi, xiyonat va insonning o‘z ruhiy holatini anglashiga asosiy e’tibor
qaratilgan. Qahramonlar o‘zlarini va atrofdagi dunyoni anglashga intilishlari kabi jarayonlar
esa ularning ruhiyatini shakllantiruvchi omil sifatida xizmat qiladi. Shu bilan birgalikda
“Paradise“ romani ustida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti ilmiy xodimi Muborak
Qosimova tomonidan ham izlanishlar amalga oshirilgan bo‘lib Gurnahning romanida
kolonializmning ta'siri, identitet va joylashuv mavzularini chuqur o‘rganadi.U roman orqali
Gurnahning murakkab tarixiy va madaniy kontekstlarni qanday ifodalashini tahlil qiladi.

5

Uning 2024-yilda chop etilgan maqolasi “Abdurrazzoq Gurnah asarlarida roman janrining
o‘ziga xos xususiyatlari” nomi bilan e'lon qilingan va bu maqolada Gurnahning murakkab badiiy
tuzilmalari, tarixiy kontekstlari va postkolonial mavzularni qanday yoritgani tahlil qilingan.

"By the Sea" romaniga to‘xtaladigan bo‘lsak, ushbu asar migratsiya va insonlarning yangi

madaniyatlarga duch kelishi va tanishish jarayonidagi ichki iztiroblari va ruhiy kechinmalari
ifodalangan .

“…I speak to maps. And sometimes they say something back to me. This is not as strange as

it sounds, nor is it an unheard of thing. Before maps the world was limitless. It was maps that gave
it shape and made it seem like territory, like something that could be possessed, not just laid waste
and plundered…” [2 ]

Mazkur iqtibosda xaritalar orqali o‘zligini anglashga urinayotgan

migrantlarning ichki kechinmalari, yangi muhitdagi adaptatsiya va kimlikni qayta
shakllantirish jarayonlari tasvirlab berilgan. Umuman olganda , Gurnahning mazkur asari,
insonlarning ichki izlanishlari, aloqalari va ruhiy izlanishlari haqida chuqur fikrlar beradi.

Gurnahning asarlarida migratsiya va yashash joylarining o‘zgarishi, odamlarning

kimligini yo‘qotish yoki qayta tiklash haqidagi ichki izlanishlari asosiy mavzulardan biridir.
Ruhiyat va identitetni izlash jarayonidagi qahramonlarning psixologik kechinmalari, jamiyat va
madaniyat ta’sirida o‘zgaradi. Shu bilan birga, Gurnah ruhiyatni tasvirlashda tarixi, madaniyat
va individual tajribalarning kesishgan nuqtalarini ochib beradi, bu esa o‘quvchiga chuqur
psixologik tafakkur imkonini yaratadi. Har ikkala bebaho asar ham o’z zamirida inson
ruhiyatini, o‘zlikni anglashni va o‘tmishning ta’sirini chuqur yoritadi.

5

UNIQUE FEATURES OF THE NOVEL GENRE IN THE WORK OF ABULRAZAK GURNAH.2024.


background image

133

MUHOKAMA.

Tadqiqotimizning maqsadi Gurnahning asarlarida inson ruhiyatini tahlil

qilish ekan avvalo, asarlarni ijtimoiy, tarixiy va madaniy kontekstlarda ko‘rib chiqish lozim
deb hisoblaymiz. Abdulrazzoq Gurnah asarlarida inson ruhiyatining talqini post-kolonial
jamiyatlarda yashayotgan shaxslarning ichki iztiroblari va o‘zlikni izlash jarayonlariga
qaratilgan. Gurnah, badiiy asarlarida individual va kollektiv xotira, tarixiy travmalar, shaxsiy
kimlik va madaniy o‘zgarishlarni chuqur tahlil qiladi. Bu jarayonlar, nafaqat qahramonlarning
shaxsiy hissiyotlariga, balki ularning yashash sharoitlari, ijtimoiy tizimlar va madaniyatlar bilan
munosabatlariga ham ta’sir qiladi. Gurnah asarlarida ruhiyatning shakllanishi va o‘zgarishi,
xarakterlarning o‘ziga xos psixologik portretlari orqali ifodalanadi.

Abdulrazzoq Gurnah asarlarida inson ruhiyatini tahlil qilish jarayoni, uning yaratgan

badiiy dunyosida ko‘plab murakkab va nozik jihatlar mavjud. Inson ruhiyatining shakllanishida
ijtimoiy, tarixiy va madaniy kontekstning ta’sirini o‘rganish Gurnah asarlarini o‘rganishda
asosiy ro‘l uning romanlari — postmustamlakachilik va muhojirlik kontekstida shakllangan
shaxsiyatlar dramatik ichki kechinmalari orqali zamonaviy insonning ruhiy holatini o‘rganish
uchun muhim manbadir.

Gurnah asarlarida inson ruhiyatining shakllanishida kolonializmning ta’siri muhim

ahamiyatga ega. Kolonializmni, Gurnah ko‘pincha ijtimoiy tizimlarning, etnik guruhlar
o‘rtasidagi qarama-qarshiliklarning va yurtlardan majburiy ravishda ko‘chirilgan odamlarning
ruhiyatidagi izlar sifatida ko‘rsatadi. Buning yorqin dalili sifatida yozuvchi "Paradise" va "By
the Sea" kabi asarlarda, Gurnah o‘zining qahramonlari — Yusuf va Salim orqali, kolonializmning
insonlar va jamiyatlarga bo‘lgan ta’sirini, bu jarayonning ruhiy darajada qanday izlar
qoldirganini tasvirlaganini ko‘ramiz. Masalan,

“…He would feel no remorse about his parents... They had abandoned him years ago to win

their own freedom, and now he would abandon them...”

[1] Asardan keltirilgan ushbu parchada

Yusufning hayotiga Kolonializmning ta’siri, ota onasi o‘z erkinligi uchun uni yillar avval tashlab
ketishgani va buning natijasida Yusufning ichki ziddiyati yuzaga kelishini tasvirlangan.

“…The garden was divided into quarters, with a pool in the center and water channels

running off it in the four direction. The quadrants were planted with trees and bushes, some of
them in flower: lavender, henna, rosemary and aloe … clovers and grass, and scattered clumps of
lilies and irises…” [1]

Mazkur epizodda Azizning bog‘i tasvirlangan sahna keltirilgan va bu bog‘ jannatga

qiyoslangan . bu esa u yerda tinchlik, barqarorlik va madaniyatni ifodalaydi. Bog‘ning to‘rt
qismga bo‘linishi esa asardagi qahramonlarning ichki dunyosi muvozanatini ifodalaydi. Bog‘
tasviri Azizning ichki dunyosi, uning ideal holatini ifodalasada, roman davomida Azizning
shaxsiy hayoti va oilaviy munosabatlari bu jannat bog‘i go‘zalligiga zid keladi. Bog‘ tashqarisida
esa siyosiy ziddiyat, iqtisodiy bosim, ichki konfliktlar mavjud. Shuning sababli bog‘ ramziy
nuqtai nazardan jannat, real hayotda esa Aziz va uning atrofidagi insonlarning hayoti
murakkab va ziddiyatli ekanini ko‘rsatib beradi.

Gurnah asarlarida duch kelinadigan ko‘zga ko‘ringan mavzulardan biri — bu identitet

inqirozidir. "By the Sea" romanida bosh qahramon Salim o‘zining kim ekani , milliy va madaniy
ildizlarini anglashda iztiroblar girdobida qoladi. Salim o‘zini “begona” his qilgan muhitda
yashashga majbur bo‘ladi, lekin shu bilan birga o‘zining kelib chiqishini butunlay inkor
etolmaydi. Bu psixologik holat — Frants Fanonning “qora tanli insonning oq jamiyatdagi
o‘zligini yo‘qotish” g‘oyasini eslatadi. Gurnah shaxsiyatning buzilishi, ijtimoiy maskalash va


background image

134

ruhiy yakkalanish kabi jarayonlarni ochib berishda qahramon Salimning ichki
kechinmalaridan foydalandi. Bu jarayonlar Loimeier, Romanning “Muslim Societies in
Postcolonial Africa” asarida chuqur tahlil qilingan.

6

Frants Fanonning “Qora tanli insonning oq jamiyatdagi o‘zligini yo‘qotishi” masalasi,

ya'ni irqchilik va kolonializm sharoitida qora tanlilarning o‘zligini yo‘qotishi mavzusi ko‘plab
postkolonial adabiyotshunoslar va faylasuflar tomonidan tahlil qilingan. Bu borada ayniqsa
Frants Fanonning o‘zi muhim nazariy manba hisoblanadi, uning "Qora terining pedagogikasi"

7

va "Jismoniy va ruhiy qullik"

8

kabi asarlari bunga misol.

XULOSA

. Abdulrazzoq Gurnaning “Paradise” va “By the Sea” romanlarida inson

ruhiyatidagi ichki konfliktlar murakkab psixologik jarayonlar sifatida tasvirlangan. Ushbu
konfliktlar qahramonlarning o‘zlikni anglash, shaxs va jamiyat o‘rtasidagi muvozanatni topish
jarayonlarida muhim rol o‘ynaydi. Romandagi ichki konflikt tahlili Gurnaning badiiy uslubining
chuqurligini va zamonaviy inson ruhiyati muammolarini yoritishdagi mahoratini ochib beradi.
Gurnah asarlarining chuqur psixologik mazmuni zamonaviy adabiy jarayonlar bilan
uyg‘unlashibgina qolmay, yangi avlod o‘quvchilari uchun dolzarb ruhiy savolla rni ko‘taradi va
shaxsiy-ijtimoiy kontekstlarni chuqur tushunishga yordam beradi. Bu asarlar, nafaqat post-
kolonial jamiyatlardagi shaxsiy izlanishlar, balki butun dunyo bo‘ylab ruhiy holatlarning
umumiy tasviridir.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Дилмурод КУРОНОВ Адабиётшунослик лугати [Book]. - Тошкент : Akademnashr,

2013.
2.

Gurnah, Abdulrazak.

Paradise

. Bloomsbury Publishing, 1994.

3.

Gurnah, Abdulrazak.

By the Sea

. London: Bloomsbury Publishing, 2001.

4.

Freud, Sigmund.

The Ego and the Id

. Translated by Joan Riviere. London: The Hogarth

Press, 1923.
5.

Erikson, Erik H.

Identity: Youth and Crisis

. Norton & Company, 1968.

6.

Muborak Qosimova , UNIQUE FEATURES OF THE NOVEL GENRE IN THE WORK OF

ABULRAZAK GURNAH.2024.
7.

Loimeier, Roman. “Muslim Societies in Postcolonial Africa.” Indiana University Press,

2013
8.

Xamdamova, O. M., Xatamova, Z. N., Ibragimov, N., & Tishabaeva, I. (2023). O ‘zbekiston

ta’limida uzviy bog ‘liqlik va rivojlantirish usullari.

Science and innovation ideas in modern

education

,

1

(7).

9.

Fanon, Frantz.

Pedagogy of the Oppressed

. New York: Continuum, 1970.

6

Loimeier, Roman. “Muslim Societies in Postcolonial Africa.” Indiana University Press, 2013.

7

Fanon, Frantz.

Pedagogy of the Oppressed

. New York: Continuum, 1970.

8

Fanon, Frantz.

The Wretched of the Earth

. New York: Grove Press, 1963.

Библиографические ссылки

Дилмурод КУРОНОВ Адабиётшунослик лугати [Book]. - Тошкент : Akademnashr, 2013.

Gurnah, Abdulrazak. Paradise. Bloomsbury Publishing, 1994.

Gurnah, Abdulrazak. By the Sea. London: Bloomsbury Publishing, 2001.

Freud, Sigmund. The Ego and the Id. Translated by Joan Riviere. London: The Hogarth Press, 1923.

Erikson, Erik H. Identity: Youth and Crisis. Norton & Company, 1968.

Muborak Qosimova , UNIQUE FEATURES OF THE NOVEL GENRE IN THE WORK OF ABULRAZAK GURNAH.2024.

Loimeier, Roman. “Muslim Societies in Postcolonial Africa.” Indiana University Press, 2013

Xamdamova, O. M., Xatamova, Z. N., Ibragimov, N., & Tishabaeva, I. (2023). O ‘zbekiston ta’limida uzviy bog ‘liqlik va rivojlantirish usullari. Science and innovation ideas in modern education, 1(7).

Fanon, Frantz. Pedagogy of the Oppressed. New York: Continuum, 1970.