24
INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA OZIQ-OVQAT KONSEPTIGA OID
ATAMALARNING AHAMIYATI
Akramova Nilufar A’zamjon qizi
Farg‘ona davlat universiteti tayanch doktoranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.15846403
Annotatsiya:
Ushbu maqolada glutonik frazeologik birliklarning stilistik funksiyalari,
ularning til, madaniyatlar va xalqlar orasida tutgan o‘rni atroflicha misollar yordamida
yoritildi va ularning turli tillardagi o‘xshash va farqli jihatlari, tarixiy rivojlanishiga oid
misollar qisqacha bayon qilindi.
Аннотация:
В статье рассматриваются стилистические функции обжорных
фразеологизмов, их место среди языков, культур и народов на подробных примерах, а
также кратко описываются их сходства и различия в разных языках, а также
приводятся примеры их исторического развития.
Abstract:
This article discusses the stylistic functions of gluttonous phraseological units,
their place among languages, cultures, and peoples using detailed examples, and briefly
describes their similarities and differences in different languages, as well as examples of their
historical development.
Kalit so‘zlar:
idioma, konsept, oziq-ovqat, bo‘yoq, leksik lug‘at, ifoda, ma’no, tarjima.
Keywords:
idiom, concept, food, paint, lexical dictionary, expression, meaning,
translation.
Ключевые слова:
идиома, концепция, еда, краска, лексический словарь,
выражение, значение, перевод.
Idiomalar hayotimizning asosiy bo'yoq beruvchi omillaridan bir hisoblanadi. Oziq-ovqat
atamalari madaniyat va insonning kundalik turmush tarsi bilan bog‘liq bo‘lganligi sababli biz
ko‘pgina iste’mol mahsulotlarini madaniy –leksik lug‘at boyligimizga qo‘shamiz. Albatta, har
bir madaniyat turlicha bo‘lgani sababli biz bir tildagi mavjud idioma va frazalarni boshqa tilda
uchratishimiz qiyin. Yoki bu tushuncha har xil frazalar orqali ifodalanganligini guvohi
bo‘lishimiz mumkin. Nutqingizga shaxsiyatni kiritish, so'z boyligingizni kengaytirish va tilda
so'zlashuvchilarni tushunishimizni oshirish uchun foydali bo'lgan idiomalarni o'rganishimiz
shart.
Oziq-ovqat an'anaviy ravishda nafaqat bizni tirik va tanamizning to'g'ri ishlashini
ta'minlaydigan energiya manbai, balki bizning kayfiyatimizga ham katta ta'sir ko'rsatishi
mumkin bo‘lgan va umumiy darajada bu bizning nimani afzal ko‘rishimizni, sog'liq va
tabiatga bo'lgan munosabatimizni ko'rsatishi mumkin bo‘lgan omil hisoblanadi. Oziq-ovqat
mahsulotlari iste’moliga qarab insonning ijtimoiy mavqei va madaniyatini osongina aniqlashi
mumkin. Oziq-ovqat va ba'zi mahsulotlar bilan bog'liq an'analar din, sayohatlar, urf-odatlar
bilan chambarchas bog'liq va unga bo'lgan munosabatimiz bizni boshqa ko'plab
madaniyatlardan farq qiladi. Oziq-ovqat o'zining barcha elementlarida (mahsulotlar, odob-
axloq qoidalari, tayyorgarlik, urf-odatlar va boshqalar) har qanday yo'l bilan madaniy o'ziga
xoslikdir, chunki u insonlar tomonidan shakllanadi va atrof-muhit va madaniyatning barcha
elementlari asrlar davomida va qo'shni hududlar, aloqalar ta'sirida shakllangan. Ko'pgina
madaniyatlar biz oziq-ovqat deb ataydigan narsada ham umumiy, ham farqli jihatlarga ega.
Bugungi kunda biz ikkita parallel moyillikni kuzatishimiz mumkin: odamlar madaniy jihatdan
o'ziga xos oziq-ovqat urf-odatlarini saqlashga harakat qilishadi va bir vaqtning o'zida ularni
25
o'z urf-odatlariga moslashtiradilar, shunda oziq-ovqat urf-odatlari yanada xalqarolashgan
yoki aralashgan bo'ladi. Oziq-ovqat dunyosi haqiqatan ham ko'p madaniyatli bo'ladi.
Iste’mol qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlari va ularning tayyorlanishi bizning o‘ziga
xosligimizni, madaniy birlgimizni ifoda etuvchi omillardan biridir.
Glutonimlarni turli retseptlar, menyular, gastronomik xatti-harakatlar qoidalari,
marosimlar va tabularda aniqlash va o'rganish mumkin. Madaniy oshxona uning muhim
tarkibiy qismi bo'lgan aniq madaniyatni ifodalaganligi sababli, gluttonik nutqini "madaniy
piktogrammalar, milliy o'zini o'zi identifikatsiya qilish, shaxsiy identifikatsiya qilish va
subyektiv munosabat (did), tender xususiyatlari va ijtimoiy (sinfiy) xususiyatlar to'plangan
belgilar tizimi sifatida aniqlash mumkin"
Quyidagi iboralarning taqqoalsiy tahlilini ko‘rib chiqaylik. “Top banana” (most
important person in a group/organization)-guruh yoki tashkilotdagi eng muhim inson, o‘zbek
tilida esa shef, kata, boshliq kabi adekvat variantlari mavjud.
“Bad egg” (bad/dishonest/unreliable person)-yomon tuxum, ishonib bo‘lmas, vijdonsiz
inson, o‘zbek tilida esa tahliliy tarjimasini ko‘ramiz. Unga mos oziq-ovqatga oid atama mavjud
emas.
“Tough cookie” (determined person)-qattiq pishiriq, qat’iyatli inson, o‘zbek tilida qaysar,
qat’iyatli inson.
“smart cookie” (intelligent person)-aqlli pishiriq, aqlli, ziyoli inson,
“a big cheese”(very important person)-katta pishloq, juda muhim inson, o‘zbek tilida
kattalar, boshliqlar va shef konseptlari bilan ifodalashimiz mumkin.
“a piece of bread’ (very kind person)-bir bo‘lak non, juda mehribon inson, o‘zbek tilida
samimiy, juda mehribon, hammaga ilinib turadi, og‘zidagi yeyayotgan nonini ham beradi kabi
konseptlar adekvat tajimasi bo‘lishi mumkin.
Oziq-ovqat xattoki ijtimoiy mavqeni yoki pul bilan bog‘liq statusni ham ifodalashi
mumkin. Masalan, “peanuts”(a very small amount of money)-loviya, juda kam pul.
Yoki ingliz tilida inson xarakteriga moslangan idiomalarni ham uchratishimiz mumkin.
“lemon” (silly person)-limon, ahmoq inson, “peach”(lovely person)-shaftoli, yoqimli inson.
“an attractive woman” is said to be a chocolate-go‘zal ayol shokoladga o‘xshatilishi , “an
unintelligent person” is said to be a crust of bread or a cabbage-aqlsiz inson esa nonning
qattiq bo‘lagiga yoki karamga o‘xhsatilishi ba’zilar uchun juda ajablanarli. Bu ma’nolar mana
shu metaforalarning ma’lum bir xususiyatlari inson shaxsining ma’lum bir xislatlariga
o‘xshashligiga asos qilib olinadi. Ya’ni achchiqlik va yoqimsizlik, kam ahamiyatga egalik bu
aqlsizlik, ya’ni limonga, yoqimli va go‘zal bo‘lish shaftoliga, shokoladga qiyoslanishi orqali
ifodalanadi.
Kimningdir ko‘zining oqu qorasi-biror insonning nihoyatda ardoqlagan yaqin insoniga
nisbatan ishlatiladigan ibora ingliz tilida ko‘zining olmasi, qorasi olmaga o‘xshatiladi.
A piece of cake-bir bo‘lak tort-juda oson.
Something that is a piece of cake is very easy and simple.
The homework was a piece of cake! Perhaps I need to challenge myself and move into
the more advanced group. Uyga vazifa juda oson ekan. Balki men o‘zimni ustimda ishlashim va
qiyinroq darajadgi guruhga o‘tishim kerakdir.
Wayne was a very talented footballer, so for him the practice was a piece of cake.
Wayne juda iqtidorli futbolchi. Shuning uchun mashg‘ulot u uchun juda osondir.
26
O‘zbek tilida esa xamirdan qil sug‘urgandek oson iborasi mos keluvchi variant
hisoblanadi.
Bu ish Alijon uchun xamirdan qil sug‘urgandek oson kechdi.
Cup of tea-bir payola choy-didiga mos kelmoq.
If something is your cup of tea it is to your tastes. You enjoy it.
There is a modern art exhibition coming to town next month. Do you want to go and see
it? It sounds like your cup of tea.
Keying oy shahrda zamonaviy rasm ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Ko‘rgani borasizmi. U sizga
to‘g‘ri kelsa kerak.
I don’t understand the appeal of rap music. It’s just not my cup of tea.
Men rep musiqani tushumayman. U menga to‘g‘ri kelmaydi.
O‘zbek tilida ko‘proq mos kelmoq, to‘g‘ri kelmoq ma’nolarini ifodalaydi.
No use crying over spilt milk-o‘tgan ishga salovot. To‘kilgan sut ustida yig‘lashning
foydasi yo‘q.
So you didn’t get the grades you needed. There’s no use crying over spilt milk. You’re
just going to have to retake the exam.
O‘zingiz istagan baholarni olomadingiz. O‘tgan ishga salovot. Siz imtixonni qayta
topshiring.
Butter someone up-kimgadir xushomad qilmoq-paxta qo‘ymoq.
1. A bad apple. Ma'nosi: "muammolar yaratuvchi yoki muammo tug'diruvchi" yoki "xulq-
atvori guruhning qolgan qismiga salbiy ta'sir ko'rsatadigan" yoki uning aksi "xulq-atvori
butun guruh vakili sifatida qabul qilinmasligi kerak". Birinchi ta'rif an'anaviy ta'rif bo'lib, 14-
asrga borib taqaladi, u yerda "chirigan olma tezda qo'shnisiga yuqtiradi" degan iborani
Benjamin Franklin 1736-yilda "Poor Richard’s Almanac" asarida "chirigan olma o'z sherigini
buzadi" deb ta'kidlagan. Bu ma'nolarning mumkin bo'lgan ilmiy asosi shundaki, muzlatishdan
oldin bir yerga qo‘yilgan va terilgan olma yonidagi olmaga salbiy ta’sir qiladi, chirigan
mevadan boshqasiga cherish tarqalishi mumkin edi.
Olma so‘zi har xil ma’nolarda idiomalarda qo‘llanilishini ko‘rib chiqdik, bunda
kontekstga qarab ma’nosida farqlanishlar kuzatiladi. Lekin, albatta har bir xalqni o‘z
tushunchasi, dunyoqarashi va madaniyati idiomalar va frazalarning shakllanishida alohida
ahamiyatga ega hisoblanadi. Bunda turli millatlarning bu borada o‘xshash va farqli
tomonlarini kuzatishimiz mumkin.
Xulosa
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, o‘zbek va ingliz tillarida oziq-ovqatga oid idiomalarning
tahlili til va muloqotni shakllantiruvchi madaniy, tarixiy va lingvistik omillar haqida qimmatli
ma’lumotlarni beradi. Ushbu omillarni tushunish orqali biz madaniyatlar o'rtasida samarali
muloqot qilish qobiliyatimizni oshirishimiz va insoniy ifodalarning boy xilma-xilligini
qadrlashimiz mumkin. Ushbu fraza va birliklar bizning tilimizni, nutqimizni badiiy, estetik
jihatdan go‘zallashtiradi. Biroq har ikki tilda ham bunday frazeologik birliklarning
etimologiyasi bo‘yicha qo‘shimcha tadqiqotlar olib borishga ehtiyoj bor.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
27
1.
Ayto, John. The Glutton’s Glossary, a Dictionary of Food and Drink Terms. Routledge,
New York, NY, 1990.
2.
Giora, Rachel. On Our Mind. Salience, Context, and Figurative Language. Oxford
University Press, New York, NY, 2003.
3.
Knowles, Elizabeth, editor. The Oxford Dictionary of Phrase and Fable. Second Edition.
Oxford University Press, New York, NY, 2005, 2006.
4.
Pinnavaia, Laura. Sugar and Spice … Exploring Food and Drink Idioms in English.
Polimetrica, Corso Milano, Italy, 2010.