32
O‘ZBEK VA INGLIZ TILLARIDA NON KONSEPTI TAHLILI
Akramova Nilufar A’zamjon qizi
Farg‘ona davlat universiteti
10.00.06-qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik
ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktoranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.15662704
O‘zbek tilida azal-azaldan non tushunchasi eng aziz ne’mat, rizq-ro‘z manbai,
xonadonning ko‘rki, to‘kin-sochinligi, barakasi ramzi sifatida ulug‘lanib talqin qilib kelinadi.
Buni milliyligimizning, o‘ziga xos an’ana va urf-odatlarimizning ma’lum bir bo‘lagi deb
atashimiz mumkin. Avlodlarga milliy madaniy urf-odat, an’analar, albatta, oila davrasida, oila
vositasida yetkaziladi. Mehmon kelganda dasturxon yozilganda, eng avvalo non qo‘yilishida
ham o‘ziga xos ramziy ma’no bor.
1.Beli og‘rimaganning non yeyishini ko‘r.
2.Bir bo‘lak nonsiz hashamatli uy ham g'am-g‘ussa makoni,
3.Non bo‘lsa, daraxt osti ham jannat makoni.
4.Bir to‘yib non yeganim, yarim boy bo‘lganim.
5.Birovning yog‘li nonidan, o'zingning zog‘orang yaxshi.
6. Birovning noni qorning og‘ritar.
7.Bolali ona nonga to‘ymas, bolali g‘oz — donga.
8.Bor, bor — ishga bor, ishlamagan — nonga zor.
9.Borning bolasi mol deb turar,
Yo‘qning bolasi non deb turar.
10.Boy ko‘zi xonda, g‘arib ko‘zi nonda.
11.Boyning jon bergani bilinmas, g‘aribning — non bergani.
12.Bug‘doy noning bo‘lmasin, bug‘doy so'zing bo‘lsin.
Non konsepti ishtirok etgan paremalar oʻzbek xalqini milliy taomlari, yeguliklari va ularni
tayyorlashda faol qoʻllanadigan unsur hamda ular bilan bogʻliq milliy, madaniy, etnik, ijtimoiy,
axloqiy qarashlarini ifodalovchi lingvokulturologik birlikdir. Oʻzbek tilidagi non konseptini
ifodalovchi paremiologik birliklarning lingvokulturologik tadqiqi oʻzbek tilining lisoniy va
madaniy oʻziga xosligini tadrijiy takomilini va yashovchanligini oʻrganishda muhim ahamiyatga
molikdir. Barcha xalq maqollari kabi bu non uzvli maqollarda ham mazmuniy quymalik,
kenglik, purma’nolilik hamda badiiyat mujassam. Non leksemasi bizning madaniyatimizning
lisoniy birliklarimizda faolfaol ishtirok etib, lingvomadaniy jihatdan kundalik
turmushumizning asosiy unsurlaridan biridir. Non leksemasi xalq paremalarida insonning
asosiy qadriyatlari – halollik, hurmat, baraka va mehnatga boʻlgan ehtiromni ifodalaydi. Bu esa
oʻzbek xalqi madaniyatining namoyondasi sanaladi. Paremalar orqali xalq rizqining muhimligi,
uni qadrlash va hurmat qilish lozimligini avloddan-avlodga oʻrgatib keladi. Nonning xalq
ijodidagi ramziy oʻrni xalqning dunyoqarashi va turmush falsafasining ajralmas qismi
hisoblanadi.
Non – oila va jamiyatning muhim unsurlaridan biridir. Non nafaqat oziq-ovqat mahsuloti,
balki insonlarni birlashtiruvchi muhim qadriyat hamdir. Oʻzbek xalqida non hurmat qilinib, u
oila barqarorligi va jamiyat birdamligini mustahkamlovchi ramz hisoblanadi. Har bir oila
dasturxon atrofida jam boʻlib, birga nonushta yoki kechki ovqatni iste’mol qilish orqali oʻzaro
mehr-oqibatni mustahkamlaydi
33
Non bo‘lsa, daraxt osti ham jannat makoni.
Bu yerda dunyoning anvoyi taomlari o‘rniga aynan non so‘zi keltriligan. Nondan boshqa
turli taomlar, mevalar va har xil pishiriqlardan ko‘ra aynan non konsepti keltriligan. Bu so‘z
barcha uchun birdek tushunarli va butun millatning sevimli mahsuloti va taomnomasining
ajralmas qismidir.
Noning halol boʻlsa, hayoting toʻgʻri boʻladi,
Harom non yegan oxir-oqibat qashshoqlanadi,
Non boʻlgan joyda urush boʻlmaydi
Non xalqning boyligi.
Avval – non, keyin – in’om,
Boyning jon bergani bilinmas, kambagʻalning – nonbergani,
Butun non – azobi jon, yarim non – huzuri jon”, “Yaxshi joningga oʻrtoq, yomon –noningga.
Ushbu maqollar orqali non konsepti aynan bir narsa emas, balki tushuncha, muhim bir
yemakni ifodalab keladi. Ularni umumlashtirib taom ma’nosida umumlashib keladi. “Avval-non,
keyin-in’om” maqolida inson mehmonga avvalo non emas, avval taom tortadi, lekin bu yerda
ma’no umumlashtirilib, taom ma’nosini ifodalagani uchun barcha uchun bu konsept umumiy
oziq-ovqat timsoli bo‘lib xizmat qiladi.
Ingliz tilidagi ushbu maqollarni ko‘rib chiqsak:
Bu maqollarda ham ingliz tilida aynan non konsepti kundalik eng muhim yegulik sifatida
ifodalanganligini ko‘rishimiz mumkin.
Man does not live by bread alone:
This proverbs emphasizes that while bread is
essential for survival, it's not the only thing that fulfills human needs.
Ushbu maqol non inson uchun muhim, lekin faqat non yeyish bilan yashab bo‘lmaydi deb
ifodalanadi.
Half a loaf is better than none:
This proverb suggests that even a small amount of
something is preferable to having nothing at all.
Bread and butter:
This phrase refers to one's livelihood or source of income.
Ushbu maqol yarimta non yo‘qdan ko‘ra yaxshi degan ma’noni bildiradi.
Know which side one's bread is buttered on:
This proverb suggests being aware of
one's own best interests.
Birovning qiziqishlarini bilish-insonning qaysi tomoniga yog‘ surilganini bilish.
Take the bread out of someone's mouth:
This phrase means to deprive someone of
their livelihood. Kimningdir yashash uchun bor-yo‘g‘idan mahrm qilmoq.
Every day brings its bread with it:
This proverb suggests that each day will provide
what is necessary. Har bir kun o‘zining kerakli narsalarini olib keladi.
Dry bread at home is better than roast meat abroad:
This proverb emphasizes the
value of security and comfort in one's own home. Uydagi qulaylik va xafvsizlikning
ahamiyati katta, ko‘chadagi narsalardan yaxshiroq.
Bread always falls on the buttered side:
This proverb suggests that things tend to go
wrong for people who are not careful.
Xulosa
O‘zbek tilida non muqaddas va alohida ahamiyatga ega ardoqli mahsulot hisoblanib, uning
qadr-qimmati alohida darajaga ko‘tariladi. Non uvog‘i ko‘p aziz, uni ko‘zga surtamiz. Non ham
34
non, ushog‘i ham non. Non — hamma ne’matlarning sultoni. Ushbu maqollardagi non konsepti
uning o‘zbek xalqi madaniyati va turmush tarzi uchun qanchalik muhim va ardoqli tushuncha
ekanligini ko‘rsatib beradi. Ular yillar davomida shakllanib, alohida ahamiyatga ega
tushunchalarni bildiradi. Hozirgi kunda bu urf-odatlar yanada milliy harakatlar bilan boyitilib,
yangi tushuncha va milliy qadriyatlarga boy kundalik turmush tarzimizni ko‘rsatib beradi.
Ayollarning a’za marosimlariga, bemor yo‘qlash va turli joylarga mehmon bo‘lib borishida, to‘y
marosimlariga borishida non ko‘tarib borishlari bugungi kunda ham nonning ahamiyati
kamaymaganligini, balki ortib borayotganligini ifodalaydi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Oʻzbek xalq maqollari. – Toshkent: Gafur Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi,
2009. – 127b.
2.
Бердиёров Ҳ., Расулов Р. Ўзбек тилининг паремиологик луғати. – Тошкент:
Ўқитувчи, 1984.
3.
Жўраева Б. Мақолларнинг лисоний мавқеи ва маъновий-услубий қўлланилиши:
Филол.фанлари номзоди дисс. – Тошкент, 2002. – 136 б.
4.
Ayto, John. The Glutton’s Glossary, a Dictionary of Food and Drink Terms. Routledge, New
York, NY, 1990.
5.
Giora, Rachel.
On Our Mind. Salience, Context, and Figurative Language.
Oxford University
Press, New York, NY, 2003.
6.
Knowles, Elizabeth, editor. The Oxford Dictionary of Phrase and Fable. Second Edition.
Oxford University Press, New York, NY, 2005, 2006.
7.
Pinnavaia, Laura.
Sugar and Spice … Exploring Food and Drink Idioms in
English.
Polimetrica, Corso Milano, Italy, 2010.
8.
Terban, Marvin. Guilio Maestro, illustrator.
Mad as a Wet Hen and Other Funny
Idioms.
Clarion Books, New York, NY, 1987.
9.
Judith Siefring. Oxford Dictionary of Idioms. Oxford University Press – 2004 1974
10.
Dictionatry of Oxford Online Wisdom Online Dictionary
11.
Comparison of food-related idioms in English and Uzbek Nashirova Shakhnoza Burievna
Associate Professor, Karshi State University, PhD, Uzbekistan Received: 28 January 2025;
Accepted: 28 February 2025; Published: 31 March 2025