135
TIJORAT BANKLARINING KREDIT PORTFELINI DIVERSIFIKATSIYALASH VA
ULARNI TAKOMILLASHTIRISH YO’LLARI
Ibroximov Ilxomjon Shavkatjon o’g’li
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti, iqtisodiyot fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD)
Adhamov Umidjon Yorqinjon o’g’li
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14498862
Annotatsiya:
Maqolada kredit portfelini shakllantirish, ularni diversifikatsiyalash
usullari, bozor konyunkturasini to‘g‘ri tanlash bаnkning moliyаviy bаrqаrorligi bilаn
bog‘liqligi hamda muammoli kreditlar va ularning qaytarilishi bo‘yicha olib borilayotgan
ishlar tahlili yoritilgan.Shuningdek, bank tizimining samarali faoliyatini yanada kengaytirish
yuzasidan tavsiyalar ham berib o‘tilgan.
Kalit so‘zlar:
Tijorat banklari, kredit, aktivlar, kredit portfeli, tavakkalchilik, muddati
o‘tgan qarzdorliklar, muammoli va muammosiz kreditlar, diversifikatsiya, bozor
konyunkturasi.
Abstract:
The article describes the methods of forming a laon portfolio, methods of their
diversification, the connection of the selection of the market situation with the financial
stability of the bank, and the analysis of problematic loans and their repayment. Also,
recommendations were given for further expansion of the effective operation of the banking
system.
Key words:
Commercial banks, assets, loan portfolio, risk, overdue debts, problem and
non-problem loans, diversification, the market situation.
Аннотация:
В статье описаны методы формирования кредитного портфеля,
способы их диверсификации связь выбора рыночной ситуации с финансовой
устойчивостью банка, а также анализ проблемных кредитов и их погашения. Также
были даны рекомендации по дальнейшему расширению эффективной работы
банковской системы.
Ключевые слова:
Коммерческие банки, активы, кредитный портфель, риск,
просроченная
задолженность,
проблемные
и
непроблемные
кредиты,
диверсификация, ситуация на рынке.
Bugungi kunda bank sohasini yanada isloh qilish borasida izchil chora- tadbirlar amalga
oshirilmoqda. Ushbu tizimda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish uchun zarur huquqiy
shart-sharoitlar yaratilmoqda. Shu jihatdan olganda, tijorat banklari kredit portfelini
shakllantirish va boshqarish samaradorligini oshirish masalalari dolzarb hisoblanadi. Bu
borada zamonaviy iqtisodiy muhit tijorat banklari faoliyatida mavjud muammolarning oldini
olib, mamlakatimiz bank ishining samaradorligini oshirish asosida xalqaro bank amaliyotiga
mos keluvchi tijorat banklari kredit portfelini samarali boshqarish mexanizmini yaratishni
taqozo etadi. Ayniqsa, bugungi kunda tijorat banklarining daromad keltiruvchi aktivlarining
asosiy qismini tashkil qiluvchi kreditlar orasida muammoli aktivlarning mavjudligi sezilarli
ahamiyatga ega bo‘lmoqda.
Kredit portfeli sifati va tavakkalchiliklarni boshqarish sifatini yaxshilash, kreditlash
hajmlari o‘sishining mo‘tadil darajasiga amal qilish, muvozanatlashgan makroiqtisodiy siyosat
yuritish, korporativ boshqaruvni takomillashtirish va xalqaro miqyosda amaliy tajribaga ega
136
bo‘lgan menejerlarni keng jalb qilish, moliyaviy tavakkalchiliklarni baholash uchun texnologik
yechimlarni tatbiq etish orqali bank tizimining moliyaviy barqarorligini ta’minlash
O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilishning ustuvor yo‘nalishi sifatida belgilab
berilgan. Turli adabiyotlarda “tijorat banklari kredit portfeli” tushunchasi bank tizimi faoliyati
bilan bog‘liq munosabatlarni ifodalaydigan asosiy tushunchalardan biriga aylandi. Uning
ommalashishiga sabab “kredit portfeli” tijorat banklarining kredit bilan bog‘liq butun
faoliyatida hal qiluvchi o‘rin tutadi [4]. “Kredit portfeli” tijorat banklarining kredit berish
imkoniyatlarini ko‘rsatadigan omil bo‘lib qaraladi. Tijorat banklarida kredit portfelini
samarali boshqarish muhim vazifalardan biridir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-yanvardagi “O‘zbekiston
Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tubdan takomillashtirish chora- tadbirlari
to‘g‘risida”gi PF-5296-son Farmonida jahon moliya tizimida yuz berayotgan jiddiy
o‘zgarishlar, shuningdek mamlakatda milliy iqtisodiyotni keng ko‘lamli isloh qilish bo‘yicha
amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar pul-kredit siyosatini shakllantirish, amalga oshirishda
hamda bank tizimini yanada rivojlantirishda yangicha yondashuv va prinsiplar qo‘llanilishini
taqozo qilayotganligi, 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning
beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq, shuningdek pul-kredit
siyosati, umuman bank tizimining barqaror faoliyat ko‘rsatishi ustidan samarali nazoratni va
Markaziy bank faoliyatini yanada takomillashtirishni ta’minlash maqsadida narxlar
barqarorligi, bank tizimi barqarorligi va rivojlanishi, to‘lov tizimi barqarorligi va rivojlanishini
ta’minlash Markaziy bank faoliyatining strategik maqsadli yo‘nalishlari etib belgilandi [1].
Shuni ta’kidlash lozimki, bank tizimini rivojlantirish va mustahkamlash masalasi dolzarb
bo‘lib, o‘zining ijobiy natijalarini bermoqda. Biroq, bu boradagi ishlarni yanada
chuqurlashtirish va kengaytirish lozim. Chunki, moliyaviy muassasalar orasida banklar
iqtisodiyotni keng taraqqiy qildiruvchi va zarur mablag‘ bilan ta’minlovchi tarmoq
hisoblanadi. Mamlakatimizning moliyaviy- iqtisodiy barqarorligi ko‘pgina ularning samarali
faoliyatiga bog‘liq bo‘ladi [2]. Tijorat banki aktivining tarkibi kassadagi naqd pul va boshqa
to‘lov hujjatlari, Markaziy bank hisobvaraqlari, majburiy zahira hisobvarag‘i, boshqa
banklardagi vakillik hisobvaraqlari va mablag‘lari, qimmatli qog‘ozlar, sotib olingan debitorlik
qarzlari (faktoring), qisqa va uzoq muddatli kreditlar, lizing bo‘yicha ko‘rilishi mumkin
bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi, investitsiyalar, sud jarayonidagi kreditlar, tugallanmagan
qurilishlar, bankning imoratlari, obyektlarni ijaraga olish va uni takomillashtirish huquqi,
to‘lov kartochkalari bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish uskunalari va operatsion ijaraga
berilgan asosiy vositalar, transport vositalari, mebel, moslama va jihozlar, nomoddiy aktivlar,
ombordagi asosiy vositalar, hukumat hisobvaraqlari hamda boshqa aktivlar kabilardan iborat
[3].
Kredit deganda o‘z egalari qo‘lida vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘larini boshqalar
tomonidan ma’lum muddatga haq to‘lash sharti bilan qarzga olish va qaytarib berish
yuzasidan kelib chiqqan munosabatlar tushuniladi. Bank o‘zgalar pulini jamlab uni o‘z
nomidan kreditga beradi. Bu yerda kredit munosabatlari quyidagi subyektlar: pul egasi, ya’ni
qarz beruvchi (kreditor) va pulga muhtoj, ya’ni qarz oluvchi (qarzdor) o‘rtasida yuzaga keladi
(1-rasm).
137
1-rasm. Kredit munosabatlari ishtirokchilari [5]
Ushbu rasmga ko‘ra, kredit munosabatlari ishtirokchilari tijorat banklari faoliyatini
diversifikаtsiyа qilishda faol ishtirok etadilar. Bugungi kunda tijorat banklari faoliyatini
diversifikаtsiyа qilish vа bаnk fаoliyаti o‘rtаsidаgi bog‘liqlik bo‘yichа nаzаriy vа empirik
tаdqiqotlаr ham olib borilmoqda.
Olib borilgan tahlillarga asosan, Ipoteka bank ATIB bank tuzilmasiga to‘xtaladigan
bo‘lsak, biznesning quyidagi yo‘nalishi, ya’ni korporativ, kichik va chakana biznes yo‘nalishlari
bo‘yicha tashkil etilgan. Bankning asosiy faoliyati bo‘lib kreditlash, chakana xizmatlar,
qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar, chet el valyutalari bilan operatsiyalar va savdoni
moliyalashtirish kabilar hisoblanadi.
Ipoteka bank Oʻzbekistondagi xorijiy investor ulushi ishtirokidagi universal bank
sifatida O‘zbekiston bank tizimida jami aktivlari bo‘yicha 7,1 foiz ulush bilan 5-o‘rinni
egallaydi. Ipoteka bank ipoteka kreditlarini berish va uy-joy qurilishini moliyalash boʻyicha
yetarli tajribaga ega bank hisoblanadi. 2023-yil 13-iyun sanasida OTP Bank Ipoteka bankning
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligiga tegishli aksiyalardan 73,7 foizini
sotib olib, uning asosiy aksiyadoriga aylandi hamda shu sanadan boshlab Ipoteka bank
rasman OTP Guruhi a’zosiga aylandi [6].
Bank yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlarni qabul qiladi va aholiga kreditlar
beradi, shuningdek Oʻzbekiston va xorijga pul oʻtkazmalari xizmatlarini koʻrsatadi. Bank 39 ta
filial va 200 dan ortiq bank xizmatlari markazlari orqali 1,6 mln. nafardan ortiq korporativ va
chakana mijozlarga xizmat koʻrsatadi. Ipoteka- bank xalqaro moliya korporatsiyasi bilan
birgalikda xorijiy korporativ boshqaruvni joriy qilgan. Bankning sifat sohasidagi asosiy
vazifalariga bankning moliyaviy barqarorligini va ishonchliligini oshirish imkonini beruvchi
raqobatbardoshlik, turli-tumanlik va bank xizmatlarining yuqori darajasini ta’minlash kabilar
kiradi.
Xulosa shuki, tijorat banklari faoliyatidagi mavjud muammolarni oldini olish orqali
mamlakatimizda bank faoliyati samaradorligini oshirish asosida xalqaro bank amaliyotiga
mos keluvchi bank tizimini yaratishni taqozo qiladi. Natijada, tijorat banklarining kredit
portfelini diversifikatsiyalashga erishiladi.
References:
138
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-yanvardagi “O‘zbekiston
Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi PF-5296-son Farmoni. Manba:
2.
Omonov A.A., Qoraliyev T.M. Pul va banklar. Darslik. - T.: “IQTISOD- MOLIYA”, 2019. -
461 b.
3.
Abdullayeva Sh.Z. Bank ishi: Darslik.-Т.:Iqtisod moliya, 2017.
4.
Abdullayeva Sh.Z. Kredit va kreditlash. Monografiya. Т.: Iqtisod-Moliya, 2017.
5.
Abdullayeva Sh.Z. Pul va banklar. O‘quv qo‘llanma. -Т.: “Iqtisod-Moliya”, 2018. - 756 b.
6.
