Авторы

  • T. Sabitova
    Alfraganus universiteti prof v.b., f.f.n.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdit.77410

Ключевые слова:

epos doston xalq og’zaki ijodi tasvir ta’lim tarbiya ijod adolat badiiy xususiyat.

Аннотация

ushbu maqolada bugungi kunda xalq og’zaki ijodi va uning rivojlanishiga doir pedagogic qarashlar yoritilgan. O’zbek olimlarining xalq og’zaki ijodini o’qitishdagi roli va ahamiyati borasidagi yondashuvlari ilmiy nazariy jihatdan tahlil etilgan.


background image

174

FOLKLOR ASARLARINI O‘QITISHNING PEDAGOGIK AHAMIYATI

Sabitova T.

Alfraganus universiteti prof v.b., f.f.n.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15154331

Annotatsiya:

ushbu maqolada bugungi kunda xalq og’zaki ijodi va uning rivojlanishiga

doir pedagogic qarashlar yoritilgan. O’zbek olimlarining xalq og’zaki ijodini o’qitishdagi roli va
ahamiyati borasidagi yondashuvlari ilmiy nazariy jihatdan tahlil etilgan.

Kalit so’zlar:

epos, doston, xalq og’zaki ijodi, tasvir, ta’lim, tarbiya, ijod, adolat, badiiy

xususiyat.

Bashariyatning eng qadimiy tafakkuriy madaniy-ma’rifiy jarayonlarini aniqlashda eng

avvalo turkiy dostonchilikning ildizlariga diqqat-e’tiborni qaratish lozim bo‘ladi. Bu nihoyatda
qiziq va g‘aroyibdir. Turkiy dostonchilik jahon xalqlari eposlari singari o‘zining yuksak
g‘oyaviyligi, badiiy kamoloti bilan alohida o‘rin tutadi. Doston epik ijodiyotning juda qadimiy
turi sifatida barcha xalqlar og‘zaki adabiyotida mavjud. Uning yuzaga kelishi ko‘p xalqlar
hayotidagi epik- qahramonlik davriga borib taqaladi. Albatta, dostonlarning yuzaga kelishidan
oldin katta epik asarlar, ya’ni epos yaratilgan. Demak, qadimiylik barcha xalqlar eposlari
uchun tipologik hodisa bo‘lib, uning yaratilishi xalqining boshidan kechirgan muayyan
iqtisodiy-ijtimoiy sharoitlar, uning tarixidagi voqealarning bosqichlari bilan bog‘liqdir. Folklor
ilmning bilimdoni, o‘zbek xalq og‘zaki ijodining asoschilari V.M.Jirmunskiy va H.T.Zarifovlar
o‘zlarining tadqiqotlarida turkiy xalqlarning eposlari va dostonlari haqida juda qimmatli,
shuningdek kelajak avlodga ibrat bo‘ladigan o‘zlarining fikrlarini yozib qoldirganlar. Ayniqsa,
bu tadqiqotlar ularning juda katta, monumental asarlari “Tyurkskiy geroicheskiy epos”

1

va

“Uzbekskiy narodniy geroicheskiy epos”

2

hamda boshqa asarlarida o‘z ifodasini topgan.

Albatta, biz mana shu asarlarga tayangan holda ushbu kitobimizda bu qimmatli fikrlarni
berish asnosida o‘z qarashlarimizni ham bayon etishga harakat qilamiz.

Demak, epos qadimiyatning ulkan ehsoni, o‘zi yaratilgan davrning umumiy

dunyoqarashi, ayni paytda, jonli an’anaviy ijod va ijro shoroitlarida davrlararo xalq ruhining
obektiv holatini ifodalab, mazmun va shakl jihatidan goh ko‘lamlashib, goh siqiq tarzda
avlodlarga yetib kelgan buyuk obidadir. Har bir xalq milliy tarixining afsonalar qobig‘iga
o‘ralgan qahramonlik voqealari xalq dostonlarining yaratilishi uchun boy material berdi. Epik
dostonning asosiy shartlaridan biri uning xalqchilligidir: shoirning o‘zi ham voqeaga o‘z
xalqining ko‘zlari bilan qaraydi, voqeadan o‘z shaxsini ayirmaydi.

“Doston xalq xayotini obyektiv-bayoniy xarakterda tasvirlovchi keng ko‘lamli, ko‘p

tarmoqli asardir”. Unda o‘tmishdagi ulkan burilishlar, keskin o‘zgarishlar aks etadi. “Eposning
asosi mundarijasini voqea, dunyoning umumiy ahvolini tubdan o‘zgartiruvchi tarixiy konkret
voqea tashkil etadi. Bu shunchaki odatdagi voqea emas, balki tarixda misli ko‘rilmagan, davr
qiyofasini uzoq yillarga o‘zgartiruvchi ulkan voqea. Eposga asos qilib olinadigan bunday
voqealar jumlasiga, odatda, urushlar, xalqlar orasidagi jangu-jadallar kiradi. Tasvirga olingan
voqeaning faqat ko‘lamdorligi emas, balki badiiy-tasviriy vosita va usullarning sistematasi,
mubolag‘a va tashbihlar, tafsilotli tasvirlar, xodisa va manzaralarning sokin va tantanavor
oqimi ham eposda ulug‘vorlik va dunyoviy qamrov taassurotini tug‘diradi”.

1

Жирмунский В.М. Тюркский героический эпос. Л., 1974

2

Жирмунский В.М. Узбекский народный героический эпос.М.,1947


background image

175

Ana shu ulug‘vorlik va dunyoviy qamrov har bir lavxasida, epik ohang va bo‘yoqlarida,

boy tasviriy vositalarida, uziga xos ijodkorlik va ijrochilik san’atida barq urib turgan o‘zbek
xalq dostonlari turkiy xalqlar arxaik folklori zaminida yuzaga keldi va qadimiy milliy
tariximizning, ulkan moddiy hamda ma’naviy madaniyat ijodkori bulgan jonajon xalqimiz
ruhiyatining, orzu-umidlarining, ishonch-e’tiqodlarining o‘ziga xos badiiy ifodasi bo‘ldi, uni
yaratilishi xalqimizning ma’naviy-maishiy qiyofasi, ijtimoy-siyosiy kurashlari, ahloqiy-yestetik
qarashlari, adolat va xaqqoniyat, ozodlik va tenglik, qahramonlik va vatanparvarlik haqidagi
ideallari bilan mahkam bog‘liqdir, asriy kurashlar va ideallar uning mavzusi, g‘oyaviy
mazmuniy, obrazlar sistemasi, syujet va kompozisiyasi mohiyatini belgilaydi.
Dostonlarimizdagi ulug‘vor poetik umumlashma va yuksak badiiy obrazlar ularni dunyo
folklorining tengsiz namunalari-rus bilinlari, ukrain dumalari, karelo-fin runlari, yoqut
olonxosi, qozoq botirlar jiri, buryat uligerlari, qirg‘iz “Manas”i va qoraqalpoq “Qirq qizi”, hind
“Mahabxarata”si qisqasi, G’arb va Sharqning ulkan eposlari qatoriga qo‘ydi. Bu esa, uning
qonuniy vorisi - sovet kishisi qalbida cheksiz milliy iftihor, yuksak internasionalizm
tuyg‘ularini yanada jo‘sh urdiradi. Doston so‘zi qissa, hikoya, shonu shuxrat, sarguzasht, ta’rif
va maqtov ma’nolarida ishlatiladi. Adabiy termin sifatida bu nom ostida xalq og‘zaki ijodi va
yozma adabiyotdagi yirik xajmli epik asarlar nazarda tutiladi. Biroq ular hayotni tasvirlash
vositalari va usulari jihatidan bir-birlaridan jiddiy farq qiladilar.

Xalq dostonlari juda uzoq kechmishda jonli og‘zaki ijodda yuzaga keladi. Uning ijodiy

tarixi yillar bilan emas, balki asrlar bilan o‘lchanadi. Dostonlarning jonli og‘zaki epik an’anada
yashashi va tarqalishi, o‘ziga xos ijro sharoitlari davrlararo uning tarkibiga yangi yangi ohang
va lavhalarning, motiv va epizodlarning qo‘shilib, singib borishiga olib keladi. Bu hol uning
janr xususiyatlarini, mazmunan serqatlam va ko‘p variantli bo‘lishini belgilab beradi.
Dostonning janr xususiyatlarini belgilaganda, unga ta’rif berganda barcha belgilarini hisobga
olish kerak bo‘ladi. Chunki ana shu belgilar majmuidan doston tushunchasi kelib chiqadi.

Tadqiqotchilarning yozishicha, epos o‘tmish zamonlar to‘grisida qahramonlik

idealizasiyasi ko‘lamidagi hikoyalar, rivoyatlardir

3

. Akademik V.M.Jirmunskiy ta’rificha:

“Doston-bu xalqning qahramonlik idealizasiyasi ko‘lamidagi jonli o‘tmishidir. Uning ilmiy
tarixiy qimmati, ayni paytda, juda katta ijtimoiy, madaniy-tarbiyaviy ahamiyati ham
shundadir”

4

. Folklorshunos M.Saidovning yozishicha, doston murakkab san’at asari bo‘lib, uni

doston bo‘lishi uchun adabiy matn, muzika bo‘lishi, kuylovchi hofizlik san’atini puxta
egallagan va soz cherta bilishi zarur. Bu tushunchalarda qanday qarama-qarshilik, ularning
nurlari biri ikkinchisini to‘ldiradi. V.M.Jirmunskiy va H.T.Zarifovlarningning ta’rifida xalq
dostonlarining bosh xususiyati, M.Saidov nazarda tutgan adabiy matnning asosiy belgisi, ya’ni
dostonlarning mazmunan qahramon xarakteriga ega bo‘lishi va ular afsonaviy bahodirlar,
titanlar, ulug‘ shaxslar haqida epik idealizasiya doirasida to‘qilgan rivoyaviy asarlar ekanligi
birinchi planga qo‘yilmoqda. Chindan ham qahramonlik dostonlarning tematik xususiyatigina
emas, balki ularning janr belgisi hamdir. Turkiy xalq eposi har vaqt xalq hayotidagi
qahramonchilik davrini aks ettiradi, faqat o‘z mustaqilligi uchun aktiv kurash olib borgan
xalqgina qahramon dostoni yarata oladidir. Shuning uchun ham doston hammavaqt xalqning
kuch-qudratini g‘alabaga bo‘lgan irodasini ifodalaydi. Shunday qilib, dostonlar favqulotda

3

Жирмунский В.М., Зарифов Х.Т., Узбекский народный героический эпос. М.,1947, с.303.

4

Жирмунский В.М. Народный героический эпос. Л.,1962, с.195


background image

176

kuch-qudratga ega bo‘lgan bahodirlar haqida to‘qilgan ko‘tarinki, tantanavor, qahramonona
qo‘shiqdir.

Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:

1.

Сабитова Т. Ўзбек фольклори дарслик. Университетлар ва педагогика

институтларининг Ўзбек филологияси факультетлари учун дарслик. –Т.: Сарбон. ЛЛС.
2024
2.

Сабитова Т. Бахши шоирлар ижодига бағишланган тематик кеча ва кўрик-

конкурслар ўтказиш тадбирлар (ўқув методик иш) РНМҚ НТИКПР.-Тошкент. -1984
3.

Сабитова Т. Аскияда ижрочилик маҳоратини ошириш йўллари (ўқув методик иш)

РНМҚ НТИКПР.-Т.: -1985
4.

Сабитова Т. Халқ оғзаки поэтик ижоди (Республика академик лицейлар учун

дарслик) Шарқ. –T.: -2001, 2003,2010,2011.
5.

Сабитова Т. Халқ оғзаки ижодиёти (ўқув қўлланма) Университет. -Тошкент. -2007

Библиографические ссылки

Сабитова Т. Ўзбек фольклори дарслик. Университетлар ва педагогика институтларининг Ўзбек филологияси факультетлари учун дарслик. –Т.: Сарбон. ЛЛС. 2024

Сабитова Т. Бахши шоирлар ижодига бағишланган тематик кеча ва кўрик-конкурслар ўтказиш тадбирлар (ўқув методик иш) РНМҚ НТИКПР.-Тошкент. -1984

Сабитова Т. Аскияда ижрочилик маҳоратини ошириш йўллари (ўқув методик иш) РНМҚ НТИКПР.-Т.: -1985

Сабитова Т. Халқ оғзаки поэтик ижоди (Республика академик лицейлар учун дарслик) Шарқ. –T.: -2001, 2003,2010,2011.

Сабитова Т. Халқ оғзаки ижодиёти (ўқув қўлланма) Университет. -Тошкент. -2007