BADIIY ASARLAR VOSITASIDA TALABALARDA SHAXSIY SIFATLARINI RIVOJLANTIRISHGA ANTROPOLOGIK YONDASHUVDAN FOYDALANISH

Аннотация

Ushbu maqolada badiiy asarlarning talabalarda shaxsiy sifatlarni rivojlantirishdagi o‘rni antropologik yondashuv asosida tahlil qilingan. Antropologik yondashuv talabaning inson sifatidagi mohiyatini, uning individual va jamoaviy rivojlanishini o‘rganishda asosiy omil sifatida ko‘rib chiqiladi. Antropologik yondashuv orqali badiiy asarlarning ta’lim va tarbiyadagi rolini chuqurroq o‘rganish imkoniyati yoritilgan.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
141-143
28

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Qodirova, M. . (2024). BADIIY ASARLAR VOSITASIDA TALABALARDA SHAXSIY SIFATLARINI RIVOJLANTIRISHGA ANTROPOLOGIK YONDASHUVDAN FOYDALANISH. Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования, 3(11), 141–143. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/zdpp/article/view/49389
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada badiiy asarlarning talabalarda shaxsiy sifatlarni rivojlantirishdagi o‘rni antropologik yondashuv asosida tahlil qilingan. Antropologik yondashuv talabaning inson sifatidagi mohiyatini, uning individual va jamoaviy rivojlanishini o‘rganishda asosiy omil sifatida ko‘rib chiqiladi. Antropologik yondashuv orqali badiiy asarlarning ta’lim va tarbiyadagi rolini chuqurroq o‘rganish imkoniyati yoritilgan.


background image

141

BADIIY ASARLAR VOSITASIDA TALABALARDA SHAXSIY SIFATLARINI

RIVOJLANTIRISHGA ANTROPOLOGIK YONDASHUVDAN FOYDALANISH

Mavluda Qodirova

Namangan davlat universiteti tayanch doktoranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.14243511

Аnnotаtsiyа.

Ushbu maqolada badiiy asarlarning talabalarda shaxsiy sifatlarni

rivojlantirishdagi o‘rni antropologik yondashuv asosida tahlil qilingan. Antropologik yondashuv
talabaning inson sifatidagi mohiyatini, uning individual va jamoaviy rivojlanishini o‘rganishda
asosiy omil sifatida ko‘rib chiqiladi. Antropologik yondashuv orqali badiiy asarlarning ta’lim va
tarbiyadagi rolini chuqurroq o‘rganish imkoniyati yoritilgan.

Kalit so’zlar:

badiiy asarlar, antropologik yondashuv, ta’lim va tarbiya, shaxsiy sifat, talaba

(bo’lajak pedagog).


Badiiy asarlar vositasida talabalarda shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga nisbatan

antropologik yondashuv talabalarning avtobiografiyasi bilan tanishish ular tomonidan asar
qahramonlari siymosida aks etgan shaxsiy sifatlarga nisbatan munosabatlarini oʼrganishga imkon
beradi. Аvtobiografik manbalar talabalarning hayotida kechgan tarbiya dinamikasiga xos
jihatlarni tahlil qilish, tanqidiy oʼrganishga imkon beradi [1].

Masalan, Abu Nasr Forobiy hazratlari madaniyatli insonning birinchi belgisi va nishonasi

Alloh ma’rifati, ya’ni Allohni tanish ekanini o‘qtirganlar. U zot madaniyatli insonlar yashaydigan
shaharda Allohni tanigan odamgina madaniyatli bo‘la olishini, adolatli va insofli bo‘lishini, Alloh
to‘g‘risida sog‘lom aqidada bo‘lishi lozimligi to‘g‘risida so‘z yuritadi [2]. Demak, Allohni tanimagan
va unga iymon keltirmagan kaslar – buyuk ajdodimiz fikricha – madaniyatsiz kishilardir. Zotan,
haqiqiy odob-axloq ham Yaratganni bilish, uning buyruqlari va ta’qiqlariga amal qilish bilan
namoyon bo‘ladi.

Talabalarning o‘quv-bilish faoliyatini rivojlantirishda buyuk mutaffakkirlar tomonidan

yaratilgan didaktik vositalar alohida ahamiyatga ega. Pedagogik bilimlar taraqqiyotida
ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan badiiy hamda ilmiy-ommabop asarlar alohida o‘rin egallaydi.
Chunki ularda ma’naviy-intellektual tarbiyaning asosiy yo‘nalishlari va inson aqliy faoliyatini
rivojlantirish qonuniyatlari o‘z ifodasini topgan. Chunki pedagogik ta’limotlar tarixida buyuk
mutaffakir ajdodlarimizning ilmiy-badiiy merosi muhim o‘rin egallaydi. Ular tomonidan yaratilgan
asarlarda millatimiz yoshlarining aqliy, ma’naviy, madaniy kamolotini ta’minlashga xizmat
qiladigan ko‘plab yondashuvlar o‘z aksini topgan. Bunday qarashlar bugungi kunda ham ta’lim-
tarbiya mazmunini boyitishga o‘ziga xos tarzda xizmat qiladi.

Pedagogik g‘oyalar turli davrda jamiyat va shaxs taraqqiyoti bilan bevosita bog‘liq holda

vujudga kelgan va muayyan davrning ijtimoiy buyurtmasini o‘zida mujassamlashtirgan. Bugungi
kunda bo‘lajak o‘qituvchilarni pedagogik mahoratini maqsadga muvofiq holda shakllantirish
uchun uzoq davrlar mobaynida yaratilgan pedagogik merosning muhim jihatlariga e’tibor
qaratgan holda saralash va ta’lim-tarbiya mazmuniga tadbiq etish lozim. Ta’lim mazmuniga buyuk
mutaffakkirlar merosidan talabalarning o‘quv-bilish faoliyatini rivojlantirishga xizmat qiladigan
yondashuvlarni ajratib olib, singdirish taqozo qilinmoqda.

Buyuk mutafakkirlar o‘z asarlarini asosan ta’lim-tarbiyaning mazmuni va usullarini

boyitishga yo‘naltirilgan holda yaratganlar. Eng qadimgi bilish usullari ifodalangan yozma
yodgorliklar yunon tarixchisi Gerodotning “Tarix”, Strabonning “Geografiya” asarlari, “Avesto” va


background image

142

Urxun-Yenesey bitiklari, Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘atit turk”asari kabi manbalar
hisoblanadi.

Ushbu manbalarni o‘rganish va tahlil qilish natijalari shuni ko‘rsatdiki, ajdodlarimiz juda

qadim zamonlardan boshlab, shaxs ta’lim- tarbiyasiga alohida talablar bilan yondashganlar.
Chunki ular yoshlarning aqliy faoliyatlarini rivojlantirish, ularda zukkolik sifatlarini tarkib
toptirishga intilganlar. Jumladan, zardushtiylik dinining muqaddas kitobi “Avesto”
ajdodlarimizning o‘tmishdagi tili, yozuvi, ta’lim- tarbiyasi, insonni faollashtirishga oid ilk
qarashlarini o‘zida mujassamlashtirgan. Ushbu asarda hayoliy obrazlar yordamida insonning
tasavvurini rivojlantirish asosida ta’lim-tarbiya berish yo‘llari ko‘rsatilgan.

Asarda ta’lim-tarbiya hayotning eng muhim asosi ekanligi ta’kidlanadi. Asarda ta’lim-

tarbiyaning asosiy maqsadi, mazmuni, shakllari, usullari, yo‘llari, vositalari ko‘rsatilgan. Asarda
shaxsning aqliy faolligini ta’minlovchi ko‘plab falsafiy-pedagogik g‘oyalar o‘z ifodasini topgan
bo‘lib, ushbu qarashlardan talabalarning o‘quv-bilish faoliyatini rivojlantirishda samarali
foydalanish imkoniyati mavjud.

Ma’lumki, qaysi davrda bo‘lmasin inson harakatlarining asosini bilim tashkil etadi.

Zardushtning ta’biri bilan aytganda, hayotning asosini ma’rifat tashkil etadi. Zardushtiylar ushbu
qoidaga amal qilgan holda o‘z farzandlariga aqliy, ma’naviy, diniy, jismoniy yo‘nalishlarda ta’lim-
tarbiya berganlar. Zardushtiylik dinida yoshlarning jismoniy, aqliy ta’lim-tarbiyasiga alohida
e’tibor qaratilib, u ma’naviy poklik bilan uyg‘un tarzda talqin etilgan. Yoshlarga ma’naviy
poklikning asoslari haqida zarur bilimlar berilgan.

Zardushtiylar davrida yoshlarning yozma savodxonligini oshirishga alohida e’tibor

qaratganlar. Shu bilan bir qatorda ularga matematika, astronomiya, tib bilimi, tarix, falsafa,
huquqshunoslik, gigiena singari dunyoviy fanlardan bilim berilgan. Bundan ko‘zlangan asosiy
maqsad ta’lim oluvchilarning mantiqiy fikrlash salohiyatini rivojlantirishdan iborat bo‘lgan.

Ta’limda ko‘rgazmali qurollardan, hikoya, suhbat, muloqot usullaridan keng foydalanilgan.

O‘tilgan mavzularni mustaqil takrorlab tushunib olishga alohida e’tibor qaratilgan. Ustoz-shogird
munosabatlarining me’yorlari hamda o‘qitish usullari qat’iy belgilab qo‘yilgan. Ustozlar
donishmandlik sirlarini egallashi lozimligi haqida Avestoda alohida ko‘rsatib o‘tilgan. Avestoda
yoshlarning aql-zakovatini o‘stirishga alohida talablar qo‘yilgan. Zardusht o‘z xalqi, farzandlari
uchun yomon muallimlar bo‘lmasligini istaydi. Ushbu fikr bugungi kunda bo‘lajak o‘qituvchilarni
tayyorlash sifatini takomillashtirish uchun ham muhim ahamiyatga ega [3].

Mutaffakkir ajdodlarimiz yoshlarda iymon, ilm va amal birligini tarkib toptirishga alohida

e’tibor qaratganlar. Ular shaxs iste’dodi, aqliy-fikriy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga harakat
qilganlar. Shaxsning ijodiy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish uchun qulay muhit yaratishga
intilganlar. Natijada shaxsning aqliy-ijodiy faolligi yaqqol namoyon bo‘lgan.

O‘sha davrda yaratilgan Yusuf Xoc Hojibning “Qutadg‘u bilig”, Kaykovusning “Qobusnoma”,

Ahmad Yugnakiyning “Hibatul- hakoyiq”, Sa’diyning “Guliston”, Jomiyning “Bahoriston”, Alisher
Navoiyning “Mahbub ul-qulub” asarlarida ta’lim-tarbiya masalalariga keng o‘rin ajratilgan. Al-
Forobiyning asarlaridagi ta’lim- tarbiyaga oid fikrlar pedagogika fani uchun alohida qimmatga ega.

Yusuf Xoc Hojibning “Qutadg‘u bilig” asarida markaziy masala axloq, odob, ilm, insoniylik va

adolat hisoblanadi. Podshoh va amaldorlardan tortib xunarmand va dehkonlargacha jamiyatdagi
barcha toifalarning xuquq va burchlariga o‘z munosabatini bildiradi. Alloma borliq xaqida
bilimlarga fikr yuritganda odam bilishi mumkin bo‘lmagan narsa, bilim bilan yechilmaydigan


background image

143

jumboq yo‘qligini, bilim orqasida osmon sari yo‘l ochilishi, bilim uchun tinmasdan o‘rganish
kerakligini o‘qtiradi [5].

Kaykovusning “Qobusnoma” asari XI asrda yuzaga kelgan yirik tarbiyaviy xarakterga ega

asar hisoblanadi. To‘liq ismi Unsurul Maoliy Kaykavus. U 60 yoshida ug‘li Gilonshahga atab
“Qobusnoma” asarini yozdiradi Asarda har bir yosh egallashi kerak bo‘lgan aqliy, axloqiy, jismoniy
tarbiya bilan bog‘liq faoliyat turlari ochib beriladi. Kaykovusning katta xizmati uning yoshlarni
hayotga tayyorlashda ularni har tomonlama kamolga yetkazishning nazariy masalalarini amaliy
faoliyatga tadbiqi nuqtai nazaridan ifodalanishi bilan qimmatli asar hisoblanadi.

Xonliklar davrida ham madrasalardagi ta’lim-tarbiya jarayoni takomillashdi. Natijada yetuk

aql-idrok sohiblari yetishib chiqqan. Shu bilan bir qatorda mazkur davrda maktab va
madrasalarda dunyoviy bilimlar berish ma’lum darajada cheklangan. .

XIX-asrga kelib, madrasalardagi ta’lim mazmuni siyosiy hayotning o‘zgarishi bilan bog‘liq

tarzda takomillashtirilgan. Ta’lim mazmuniga yoshlarning ilmiy dunyoqarashi, faoliyat
yo‘nalishini kengaytirishga xizmat qiladigan turk, rus, fransuz, ingliz tillari, fizika, ziroatchilik,
hisob, gigiena, psixologiya, metodika, trigonometriya, siyosiy iqtisod, tijorat kabi o‘quv fanlari
kiritilgan.

Sharq uyg‘onish davrida pedagogik ta’limotlar yangi bosqichga ko‘tarilgan. Unda asosan,

insonning aqliy kamolotini ta’minlash orqali uning bilish faoliyatlarini rivojlantirishga oid
didaktik yondashuvlarning vujudga kelishiga zamin yaratilgan.

Ajdodlarimiz suhbatdan ta’lim-tarbiyaning samarali usuli sifatida foydalanganlar. Suhbat

jarayoni toliblarga zavqu-shavq bag‘ishlab, ularning bilish faoliyatlarini rivojlantirish imkonini
bergan. Toliblar ustoz suhbati yordamida ta’lim yo‘nalishini tanlaganlar. Pedagogik ta’limotlar
mudarrislar tomonidan toliblar ongiga singdirilgan. Mudarrislar pedagogik fikrlar qamrovini
kengaytirib, turli shaharlardagi madrasalarga borib, yoshlarga ta’lim berganlar.

Ushbu talablar bugungi kunda oliy ta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan pedagoglar

uchun ham alohida ahamiyatga ega bo‘lib, ularning yuksak saviyali, bilimdon, zukko va ziyraklik
bilan talabalarga yondashishlari kerakligini anglatadi.

References:

1.

Фирсова А.Е. Применение антропологического подхода в современной отечественной

педагогической теории и инновационной образовательной практике: дис. ... канд.пед.наук.
– Волгаград: 2014. – С. 3.
2.

Ibrohimjonova, M., & Ibrohimova, N. (2023). ABU NASR FOROBIY HAYOTI VA IJODI.

FAROBIYNING MUSIQA TARBIYASI VA, MUSIQA HAQIDA KATTA KITOB’’ASARI HAQIDA.

Science

and innovation in the education system

,

2

(7), 149-153.

3.

Bahtiyor og, Y. I. (2024). “AVESTO” MANBALARI ASOSIDA JAMIYAT TARAQQIYOTI, OILA VA

NIKOH MASALALARI.

IJTIMOIY FANLARDA INNOVASIYA ONLAYN ILMIY JURNALI

,

4

(4), 15-19.

4.

Akmalovna, A. S., & Qizi, K. R. A. (2021, June). ANCESTRAL HERITAGE IS A PRICELESS

TREASURE. In

Archive of Conferences

(pp. 124-126).

5.

To‘xliyev, B. (2020). “Qutadg ‘u bilig” da turkiy folklor motivlari.

Oltin bitiglar–Golden

Scripts

,

3

(3).

Библиографические ссылки

Фирсова А.Е. Применение антропологического подхода в современной отечественной педагогической теории и инновационной образовательной практике: дис. ... канд.пед.наук. – Волгаград: 2014. – С. 3.

Ibrohimjonova, M., & Ibrohimova, N. (2023). ABU NASR FOROBIY HAYOTI VA IJODI. FAROBIYNING MUSIQA TARBIYASI VA, MUSIQA HAQIDA KATTA KITOB’’ASARI HAQIDA. Science and innovation in the education system, 2(7), 149-153.

Bahtiyor og, Y. I. (2024). “AVESTO” MANBALARI ASOSIDA JAMIYAT TARAQQIYOTI, OILA VA NIKOH MASALALARI. IJTIMOIY FANLARDA INNOVASIYA ONLAYN ILMIY JURNALI, 4(4), 15-19.

Akmalovna, A. S., & Qizi, K. R. A. (2021, June). ANCESTRAL HERITAGE IS A PRICELESS TREASURE. In Archive of Conferences (pp. 124-126).

To‘xliyev, B. (2020). “Qutadg ‘u bilig” da turkiy folklor motivlari. Oltin bitiglar–Golden Scripts, 3(3).