19
IJTIMOIY PEDAGOGIKADA DEVIANT XULQ-ATVOR MUAMMOSI
Xidirova M.Q.
Guliston davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi,
Toshpo‘latova K.Z.
Guliston davlat pedagogika instituti 3-kurs talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14560514
Annotatsiya:
Ushbu maqolada yoshlardagi deviant xulq-atvor haqida fikr yuritilgan bo‘lib,
deviant xulq-atvorning shakllanishida oilaning roli, uning rivojlanish omillari, turlari va bu
sohada ilmiy ishlar olib borgan olimlarimiz keltirilgandir.
Kalit so ‘zlar
. Deviatsiya, deviant xulq-atvor, disfunksional, ijtimoiy omil, oilaviy omil,
shaxsiy omil, fiziologik omil,agressivlik,anomiya.
Abstract.
This article discusses deviant behavior in young people, the tole of the family in
the formation of deviant behavior, its development factors, types and our sciantific who have
conducted sciantific work in this field are presented.
Keywords
: Deviation, deviant behavior, dysfunctional, social factor, family factor, personal
factor, physiological factor, aggressiveness, anomie.
Shaxsni ijtimoiylashtirish, unga jamiyatda qanday xulq-atvorlarni qabul qilish yoki rad
etish kerakligini o‘rgatish juda muhimdir. Jamiyatdagi ijtimoiy me'yorlar va axloqiy qadriyatlarni
tushunish yoshlar va kattalar orasida deviant xulq-atvorni kamaytirishga yordam beradi.
Shunday qilib, ijtimoiy pedagogika ijtimoiy muhitning ta'siriga qarshi kurashishda asosiy vosita
bo‘lishi mumkin.
Har qanday jamiyatda doimiy e’tiborga muhtoj odamlar bor. Bular o‘z jismoniy, ruhiy va
ijtimoiy rivojlantirishida chetga chiqishi, og‘ishi bor bo‘lgan odamlardir. Ular doim guruh bo‘lib
ajralishga ,jamiyat va davlatda ularga nisbatan alohida munosabat shakllangan. Bunday
insonlarga nisbatan deviatsiya yoki deviant xulq-atvor so‘zlari ishlatiladi. Deviatsiya deb
jamiyatda o ‘rnatilgan huquqiy, ijtimoiy, axloqiy qoida va me’yorlariga mos kelmaydigan xatti-
harakat va xulq-atvorlarga aytiladi. Odatda deviant xulq-atvor o‘spirinlik davrida yuzaga keladi.
O‘spirinlik davri yoshlik davrlari ichida eng murakkabidir. Uni yana o‘tish davri ham deb ataladi.
Kattalar bu davrda bolalarga e’tiborli bo‘lishlari, o‘smirlarni tarbiyalash usullarini to‘g‘ri tanlash
va ulardan foydalanishlari kerak. O‘smir psixologiyasi haqida ma’lumotga ega emaslik, oilada
tarbiyaning noto‘g‘ri usuldan foydalanish,bola va ota-onalar o‘rtasida konfliklari holatlarni
yuzaga kelishi natijada musobatlarga shikast yetadi. Oiladagi salbiy, beshafqat muhit ma’lum
turdagi o‘smirlardagi qo‘pollik, yovvoyilik, sovuq munosabat kabi illatlarni paydo bo ‘lishiga
zamin yaratadi va ularda atrofdagilarga nisbatan qarama qarshi ruhda harakatlanib,
tajavuzkorona buzuvchilar sifatini namoyon qilishadi.
Bola baxtli, mustahkam va sog‘lom oilada muloqot qilsa,u o‘ziga va atrof muhitga ishongan,
atrofdagi madaniyat me’yorlarini adolatli qabul qiladigan, odobli shaxs sifatida shakllanadi. Bola
o‘z kelajagiga ma’lum bir tarzda yo‘naltiriladi. O‘smirlar o‘rtasidagi huquqbuzarlik bo‘yicha
ko‘plab tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, deviant xulq-atvorga ega bo‘lgan yoshlarning ko‘piligi
disfunksional oilalarda tarbiyalangan. Shu sohada amerikalik tadqiqotchilar ijtimoiy psixologiya
belgilovchi 5ta asosiy omil aniqlagan. Oilaviy hayot disfunksional sifatida:
-
o‘ta qattiq otalik intizomi;
-
onalik nazoratining yetarli emasligi;
-
otalik mehrining yetishmasligi;
20
-
onalik mehrining yetarli emasligi;
- oilada hamjihatlikning yo‘qligi omillarning barchasi bolaning oilada ijtimoiylashuv va deviant
xulq-atvorga ega shaxsni tarbiyalashga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.
Hozirgi kunda o‘smirlardagi deviant axloqning muomala belgilari:
-
his-hayajonsiz portlashlar;
-
kattalar bilan janjallar;
-
kattalarning qoidalari yoki iltimoslarini mensimaslik yoki bajarmaslik;
-
boshqa odamlarni jo‘rttaga bezor qilish;
-
o‘z xatolaridan boshqalarni ayblash;
-
jizzakilikning eng keskin darajasi;
-
badjahllik,darg‘azablik,qasoskorlik,kek saqlash kabilar;
Mamlakatimiz psixolog olimlari tomonidan tarbiyaning buzilishi hamda xulqning og ‘ishiga
ta ‘sir etuvchi omillar sifatida quyidagilar keltirilgan.
Tarbiya buzilishi va xulq og ‘ishining kelib chiqishiga ta’sir etuvchi omillar:
Ijtimoiy omillar
. Erkinlik hamda ijtimoiy tartib qoidalardan qochish; qulay sharoit qidirish,
hissiy xotirjamlik;o‘ziga past nazar bilan qarash,boshqalarga tobelik; moddiy kam
ta’minlanganlikni his qilish, ota-ona xulq- atvoridan uyalish;
Oilaviy omillar.
Ota-ona, o‘qituvchi, katta va bolalar o‘rtasidagi muloqotdagi
muammolar;bolaga kattalar tomonidan diqqat e’tiborning yetishmasligi, ota- onalar bilan
farzandlar o ‘rtasidagi o ‘zaro tushunishning yo‘li va ikki tomonlama intilishning yetishmasligi,
ota-onalarning o‘g‘il va qiz bolalarga nisbatan qo‘pol muomalada bo‘lishlari;
Shaxsiy omillar
. Tengdoshlar ,o‘rtoqlar, sinfdoshlari,o‘z-o‘zini tushunmaslik va o‘ziga salbiy
munosabat; hayotiy yo ‘nalishlardagi orzu va havaslar;ichki ruhiy yolg‘izlik,o‘zgalarning
tushunmasligi; baxtsizlikda qiynalish, shaxsiy qiyinchilik; shaxsiy muvaffaqiyatsizlik,
muammolardan havotirga tushish, irodasizlik.
Fiziologik omillar
. Agressivlik,jahldorlik,asabiylashish va ruhiy zo ‘riqish; bolada ko‘p kasal
bo‘lishi qo‘zg‘aluvchanlikning kuchayishi;o‘zini o‘zi boshqara olmaslik; o‘zlashtirishda aqlan
qolib ketish; o‘quvchining aqlan zaiflashishi; psixofiziologik va jinsiy tomondan bir xilda
rivojlanmaganlik; tug‘ma xususiyat; tug‘ma nuqsonlar;
Hozirgi kunda deviant xulq-atvorning quyidagi turlari mavjud:
Jinoyatchilik
. Biror davlatda o‘rtanilgan qonun va me’yorlarda nisbatan ayrim shaxslarning
salbiy munosabat jinoiy faoliyat, mazkur shaxs esa jinoyatchi hisoblanadi.
Narkomanlik va ichkilikbozlik.
Narkotik moddalardan foydalanish va ichkilikbozlik deviant
xulq-atvorning keng tarqalgan turlaridan biridir. Bu xulq-atvor shaxsning o‘zini yo‘qotishiga va
jismoniy hamda ruhiy salomatligiga salbiy ta'sir ko‘rsatadi. Shuningdek, narkomanlik va
ichkilikbozlik jamiyatdagi tartibni buzish va ijtimoiy izolyatsiyani keltirib chiqaradi.
Yoshlar orasidagi ijtimoiy yakkalanish.
Ba'zi yoshlar o‘zini jamiyatdan ajratib ko‘rsatadi va
jamoaviy faoliyatlardan, ijtimoiy aloqalardan chetlanadi. Bu turdagi deviant xulq-atvor ko‘pincha
psixologik muammolar, stress, depressiya yoki o‘zini anglashdagi qiyinchiliklar natijasida yuzaga
keladi.Giyohvandlik. Giyohvand yoki unga tenglashtirilgan vositalarga doimiy ro‘ju qo‘yish va
tibbiy ko‘rsatmalarsiz iste’mol qilish.
Psixologik muammolar va o‘zini zararli xulq-atvorlari.
Ba'zi shaxslar o‘zini yo‘qotish yoki
boshqalarga zarar yetkazish orqali deviant xulq-atvorni namoyon etadi. Bunga o‘zini o‘ldirishga
21
urinishlar, o‘ziga yoki boshqalarga zarar yetkazish (masalan, tibbiy yordamni suiiste'mol qilish)
kiradi. Bu turdagi xulq-atvor psixologik stress, travma, shaxsiy muammolar bilan bog‘liq.
Ijtimoiy normadan og‘ishish (modalar va subkulturalar).
Ba'zi yoshlar ijtimoiy me'yorlardan
og‘ishib, subkulturaga a'zo bo‘lishadi. Bu o‘z-o‘zini ifodalashning bir shakli bo‘lib, ba'zida ijtimoiy
normalardan to‘liq chetlanishga olib keladi. Masalan, punk, goth yoki boshqa alt-kultura o‘ziga
xos modalar va xulq-atvorlarni targ‘ib qilishi mumkin.
O‘zi deviant xulq-atvor muammosini sotsiologiya fani doirasida dastlab E.Dyurkgeym
o‘rgangan bo‘lsa-da, jamiyatning eng qadimiy muammolaridan biri sifatida deviant holatlariga
munosabatlar qadim davrlardan shakllanib kelgan. Misr, Hindiston va Xitoyning qadimiy
xalqlarning diniy-mifologik tasavvurlari, diniy qonun-qoidalari safi axloqiy me’yor sohadagi
dastlabki qarashlar edi. O‘rta asrlarda kelib axloqiy me’yorlari diniy qarashlar ta’siri ostida
rivojlandi va ulardan chekinish diniy nuqtai nazaridan baholangan.XVII- XVIII asr mutafakkirlari
ijtimoiy me’yor va undan chekinish muammosini yanada chuqurroq o‘rganishdi.
Deviant xulq-atvor muammolarini tahlil qilishda R. Merton ishlab chiqqan ta’limot
sotsiologiyada yetakchi o‘rin tutadi. E. Dyurkgeymning anomiya g‘oyasini rivojlantirib, deviant
xulq-atvorga quyidagicha ta’rif beradi:” Deviant xulq-atvor jamiyatda e’lon qilingan qadriyatlar
va rasmiy xulq-atvor standartlari bilan aholi xulq-atvor motivlari hamda mavjud
imkoniyatlarning bir-biriga mos kelmay qolishi natijasidir”.
Jamiyatda o‘rnatilgan ijtimoiy me’yorlardan chetga chiqqan holatlarini o‘rganuvchi deviant
xulq-atvor sotsiologiyasi muammolari O‘zbekistonda istiqlol sharofati bilangina o‘rganila
boshladi. Deviant xulq-atvorning turli ko‘rinishlarini mamlakatimiz olimlari o‘z tadqiqot
ob‘yektlari doirasida o‘rganganlar. Respublika faylasuflari X.Shayxova, Q.Nazarov, M.Xolmatova,
N.Komilovlar “Shaxs tarbiyasida ma’naviy-axloqiy tarbiya ta’siri masalalari”, sotsiolog M.
Usmonaliyev “Jinoyatchilikning umumiy jihatlari va o‘smirlar jinoyatchiligi masalalari”, psixolog
olimlar G‘.B.Shoumarav, N.A.Sog‘inov, S.A.Axunjanova, Z.R.Qodirova, E.Sh.Usmonaliyev,
B.M.Umarovlar “O‘z joniga qasd qilish va jinoyatchilik muammolarining ruhiy-psixologik
asoslari”, pedagog olimlar O.Musurmonova, D.J.Sharipovalarning “Oilada barkamol shaxs
tarbiyalash hamda giyohvandlik, ichkilikbozlik, chekish kabi illatlarning oldini olish
muammolari”ni olib borgan ilmiy ishlarini shunday ishlar sirasiga kiritish mumkin.
Bunday tashqari badiiy adabiyotlarda deviant xulq-atvor haqida atroflicha ma’lumot ham
berilgan va ulardan ko‘p narsalarni o‘rganish mumkin. Dostoevskiyning “Jinoyat va jazo”
romonidagi Raskolnikovda deviant xulq - atvor namunasi ko‘rish mumkin, u moddiy manfaat
uchun odam o‘ldirishga qaror qiladi. Tolstoyning “Anna Karenina” romanidagi bosh qahramon
ham deviant xulq-atvor misol bo‘ladi. Makarenkoning “Pedagogik she’ri”da deyarli barcha
bolalar uyi tarbiyalanuvchilari deviant xatti-harakatni ifodalaydi va yana Balzakning “Goksek”
qahramonining deviant xatti-harakatlarining juda qiziqarli namunasidir.
Xulosa qiladigan bo‘lsak, deviant xulq-atvorni o‘rganish va uning oldini olish ijtimoiy
pedagogikada muhim yo‘nalish hisoblanadi. Jamiyatdagi ijtimoiy me'yorlar, oilaviy tarbiya,
psixologik holat va boshqa omillar deviant xulq-atvorning shakllanishiga ta'sir qiladi. Shu bois,
ijtimoiy pedagogika deviant xulq-atvorni kamaytirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, shaxslarni
ijtimoiy me’yorlar bilan uyg‘unlashtirishga yordam beradi.
22
References:
1.
Egamberdiyeva N. “Ijtimoiy pedagogika” Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy
kutubxonasi nashriyoti. Toshkent -2009
2.
Xakimova M. “Deviant xulq-atvor psixologiyasi“ o‘quv qo‘llanma. Toshkent -2014
3.
Xidirоva, M., & Bahromov, A. (2024). O ‘QITUVCHINING KASBIY DEFORMATSIYASI.
Modern
Science and Research
,
3
(5), 825-828.
4.
Sadriddinov S.R. Deviant xulq-atvorli bolalar psixologiyasi bilan ishlash metodikasi.
Toshkent: al-Buxoriy universitetida 2022-yil 28-fevral kuni o‘tkazilgan 7-sonli majlis yig‘ilishi
qarori bilan nashr etishga ruxsat berilgan.
5.
K.Turg‘unboyeva, M.Tolipov, I.Oxunov “Ijtimoiy pedagogika asoslari. Toshkent “Fan va
texnologiya”-2008
6.
Shagazatova, B. K., & Alisherovna, K. N. (2023). Changes in the Incretin Levels After Gastric
Bypass. Central Asian Journal of Medical and Natural Science, 4(2), 446-450.
7.
Ra’no, D. S., Khidirova, M. Q., Nosirova, D. S., & Jonzoqova, S. A. COLLABORATIVE LEARNING
TECHNOLOGY BASED ON THE CONTENT OF THE FORMATION OF STRATEGIC COMPETENCE.
8.
Жамолдинова, О., & Нарбаева, Т. (2012). Ёшлар маънавиятини юксалтиришда
ижтимоий лойиҳаларнинг аҳамияти. Ёшлар маънавияти ва соғлом турмуш тарзи. Илмий
мақолалар тўплами. Тошкент: Зиё, 107-109.