O‘SMIRLARDA AGRESSIV HULQ-ATVOR NAMOYON BO‘LISHINING NAZARIY ASOSLARI

Annotasiya

O‘smirlik davri o‘ziga xos murakkab davr bo‘lib, aksar  yoshlar  agressiv xulq- atvorga berilib qolishi  tabiiy holatga aylangan. Agressiyaning maqsadi xususan jabrlanuvchiga azob yetkazish hamda agressiyani boshqa maqsadlarga erishish vositasi sifatida qo‘llash hisoblanadi.  O‘smirlik davrida agressiv xulq ko‘rinishlarining tasnifi, korreksion imkoniyatlari yoritib berilgan .

47-49
33

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Jabborov, X., & Azizova , E. (2025). O‘SMIRLARDA AGRESSIV HULQ-ATVOR NAMOYON BO‘LISHINING NAZARIY ASOSLARI. Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования, 4(1), 47–49. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/zdpp/article/view/62467
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

O‘smirlik davri o‘ziga xos murakkab davr bo‘lib, aksar  yoshlar  agressiv xulq- atvorga berilib qolishi  tabiiy holatga aylangan. Agressiyaning maqsadi xususan jabrlanuvchiga azob yetkazish hamda agressiyani boshqa maqsadlarga erishish vositasi sifatida qo‘llash hisoblanadi.  O‘smirlik davrida agressiv xulq ko‘rinishlarining tasnifi, korreksion imkoniyatlari yoritib berilgan .


background image

47

O‘SMIRLARDA AGRESSIV HULQ-ATVOR NAMOYON BO‘LISHINING NAZARIY

ASOSLARI

Jabborov X.

Psixologiya fanlari doktori (DSc)

Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti

Azizova Elnora Adhamjon qizi

Psixologiya (faoliyat turlari) yo‘nalishi magistranti

azizova07e@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.14636243

Annotatsiya.

O‘smirlik davri o‘ziga xos murakkab davr bo‘lib, aksar yoshlar agressiv xulq-

atvorga berilib qolishi tabiiy holatga aylangan. Agressiyaning maqsadi xususan jabrlanuvchiga
azob yetkazish hamda agressiyani boshqa maqsadlarga erishish vositasi sifatida qo‘llash
hisoblanadi. O‘smirlik davrida agressiv xulq ko‘rinishlarining tasnifi, korreksion imkoniyatlari
yoritib berilgan .

Kalit so‘zlar:

agressiya,ijtimoiy vaziyat, oila, emotsional tanglik, «agressor», «qurbon»,

gender hususiyat, tajovvuzkorlik.

Bugungi kunda shiddat bilan o‘zgarib borayotgan hayot oldimizga qo‘yayotgan bir-biridan

murakkab va muhim masalalarni hal qilish haqida o‘ylar ekanmiz, uning yechimini aynan ta'lim
va tarbiya bilan yoshlarni shakllantirishimiz kerak ekanligiga amin bo‘lamiz. O‘smirlardagi
agressiya nafaqat pedagoglar va psixologlar, balki butun bir jamiyat uchun birmuncha o‘tkir
muammolardan biri hisoblanadi. Inson hayotining ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlari, hayotning yuqori
ritmi, shaharlarning zichligi, ortib borayotgan axborot vositalari insonlar psixik holatiga o‘z
ta’sirini ko‘rsatmoqda. O‘smirlar jinoyatchiligining o‘sib borayotgan oqimi va axloqning
tajovuzkor shakliga moyil bolalar sonining ortishi bunday xavfli ko‘rinishlarni uyg‘otuvchi
psixologik sharoitni o‘rganishni birinchi darajali ahamiyatga ega bo‘lgan vazifa sifatida ilgari
surdi.Olimlar ta’kidlashicha inson hayotida eng qiyin kechadigan davr bu o‘smirlik
davridir.haqiqatdan ham bu davr o’ziga xos qiyinchiliklarga boy davr hisoblanib inson uchun
o‘tish davri deb ham ataladi.

Bu davrda bolalarga ta’lim tarbiya berish, ularga madaniyat degan tushunchasi singdirish,

tanbex berish jarayonlari o’ziga xos qiyinchiliklar bilan amalga oshiriladi. Bu davrda bolalar qayta
qurilish davrini yashab o‘tadilar. Biz psixologlar fikrimizcha bu davr gormanal o‘sish, qayta
tuzilish davri deb ham ataladi.Agressiya ta’rifini nir nechta olimlar nazaryalari bo‘yicha ko‘rib
chiqsak:

- R.Beron va D.Richardson bu tushunchaga shunday ta’rif beradi: ‘‘Agressiya- lotin tilida

‘‘agressio‘’ – ‘‘hujum degan ma’noni bildiradi, bu bir jonzotga zarar yetkazishga qaratilgan inson
xulq-atvorining har xil formasi’’

-.J.Buss fikricha ‘‘Agressiya oqibatida boshqa organizm qandaydir zararli stimulni qabul

etish reaksiyasi’’dir.

- N.Zilman tomonidan bildirilgan fikrga ko‘ra agressiya boshqalarga tan jarohati va jismoniy

jarohatlar yetkazish demakdir . Agressiyaning namoyon bo‘lishining ko‘plab nazariy asoslari
mavjud.

- Zigmund Freyd fikricha agressiv xulq o‘z tabiati bo‘yicha g‘ayriixtiyoriy va muqarrar.

Insonda ikkita birmuncha qudratli instinkt mavjud: jinsiy (libido) va o‘limga bo‘lgan qiziqish
(tanatos). Agar tanatos quvvati sirtga yo‘naltirilmasa, bu tezda individumning o‘zini parchalashiga


background image

48

olib keladi. Shunday qilib, tanatos bilvosita tajovuzning tashqariga chiqishiga va boshqalarga
yo‘naltirilishiga ko‘maklashadi. Hissiyotlarning tashqi ko‘rinishi xavfli harakatlarning namoyon
bo‘lish ehtimolini kamaytirishi mumkin.

-K.Lorens agressiya barcha jonli mavjudotlar kabi insonda ham mavjud bo‘lgan yashash

uchun kurashning tug‘ma instinktidan boshlanish nuqtasini oladi. U yashash uchun kurash
instinktining manbai bo‘lmish agressiv quvvat organizmda to‘satdan, doimiy tezlikda, vaqt o‘tishi
bilan muntazam yig‘ilgancha yuzaga keladi deydi.

Yuqoridagi fikrlardan xulosa qiladigan bo‘lsak Agressiya –Organizmga ta’sir etuvchi omillar

tufayli o‘ziga va atrofdagilarga ziyon yetkazish demakdir.Agressiyaning namoyon bo’lishi gender
xususiyatlarga ham bog’liq hisoblanadi. O‘g‘il bolalarda agressiyaning nomoyon bo‘lishi 12 yosh
va 14-15 yoshlarga to‘g‘ri kelsa, qizlarda esa bu ko‘rsatkichlar 11 va 13 yoshlarga to‘g‘ri keladi.

O‘smirlarda agressivlikning shakllanishiga qator shaxs xususiyatlari ta’sir qiladi: tarbiyaning

muvozanatlashmagan shakllari: o‘z-o‘ziga haddan ziyod past baho berish, yuqori darajada
impulsivlik, spirtli ichimlik, giyohvand moddalar iste’mol qilish, kompyuter o‘yinlariga tobelik,
tavakkalchilikka tayyorlik holatlari,o‘z-o‘zini himoya qilish hislarining chegaralanganligi; axloqiy
omillar: o‘z vaqtini maqsadsiz o‘tkazish, maktabdagi darslarni sababsiz qoldirish, o‘zlashtirish
darajasining pastligi, erta jinsiy aloqalarga kirishish va hokazo; ijtimoiy omillar (OAVning
psixologik ta’siri, jamiyatdagi udum va marosimlar, ota-onaning xulqiy buzilishlarga ega ekanligi,
oila ijtimoiy mavqeining pastligi, tarbiyachilarning o‘zgarishi (o‘gay ota, o‘gay ona va hokazo);
o‘smirning xulqiy og‘ishlar shakllangan do‘stlar bilan yaqin ijtimoiy aloqalarni o‘rnatishi (taqlid
fenomeni); ichki oilaviy nizolar (ota-onaning ajrashishi, ikkinchi nikohdagi farzandlar, o‘smirning
o‘zlashtirishiga ota-ona tomonidan o‘smir qobiliyatlari, qiziqishlari inobatga olinmagan holda
haddan ziyod yuqori talablarning qo‘yilishi. Disfunksional oilalarda tarbiyalanayotgan o‘smirlarda
agressiv xulq ko‘rinishlarining shakllanishi ehtimoli funksional oilalarda tarbiyalanayotgan
oilalardagi o‘smirlarga nisbatan yuqori ekanligi aniqlangan. Oilada o‘smir erkinliklarini haddan
ziyod cheklash, yoki aksincha, ota-ona tomonidan surunkali befarqlik ham agressiv xulq
ko‘rinishlarining shakllanishga olib keladi.

Agressiv xulq oilada o‘smirning erkinliklari haddan ziyod chegaralanganda yoki unga

haddan ziyod erkinliklar berilganda ham shakllanishi mumkin. Qachonki bola ota-ona tomonidan
inkor etilganligidan charchasa u hammaning diqqat e’tiborida bo‘lish va o‘ziga mehr talab
etayotganini agressiyaga berilish bilan nomoyon qiladi. Agressiv xulq-atvorli o‘smirlar bilan olib
boriladigan psixokorreksion ishlar.

-o‘ziga ijobiy baho berishga o‘rgatish, xavfsizlikni tekshirish.
-o'zining va o'zgalarning emotsiya va tuyg‘ularini anglashga o'rgatish,diskruktiv

emotsiyalarni nazorat qilishni yaxshilash;

-o‘ziga va atrofdagilarga ziyon yetmaydigan g‘azabni tuzatish usullarga o‘rgatish, muammoli

vaziyatda bola xulq-atvorida konstruktiv reaktsiyalarga o‘rgatish va disstruktiv vositalarni
bartaraf etish;

Nizoli vaziyat hal etilganda jazolanish ham tugaydi. Bundan keyin o‘smirga qilgan xatolarini

ta’kidlash aslo mumkin emas. Xulosa o’rnida shuni aytishimiz lozimki o‘smir agressiyasini
bartaraf etishning eng maqbul usuli kattalarning o‘z-o‘zlarini boshqara olishlari, sabr-toqat bilan
o‘smirlarda o‘tish davrini hisobga olgan holda, ularga o‘rnak bo‘la olishlariga bog‘liq. Bunday
holatlarda birgalikda biror-bir faoliyatni bajarish tavsiya etiladi. Agar o‘smir xatti-harakatlari
atrofdagilar hayoti va salomatligi uchun jiddiy xavf tug‘dirsa, u muayyan bir davr ichida


background image

49

o‘zgarishlarga moyillik bildirmasa, psixiatrga murojaat etishlari lozim. Chunki bu holatlarda bosh
miyadagi o‘zgarishlar natijasida agressiya o‘zini-o‘zi nazorat qilishning yo‘qolishi sindromining
oqibati sifatida yuzaga kelgan bo‘lib, jamiyat uchun xavf tug‘dirishi mumkin.

References:

1.

Abduqodirova D., Pardaboyeva M. THE ROLE OF EMOTIONAL CREATIVITY IN

STUDENTS'DECISION-MAKING //INTERNATIONAL CONFERENCE OF NATURAL AND SOCIAL-
HUMANITARIAN SCIENCES. – 2024. – Т. 1. – №. 7. – С. 27-30.
2.

Abdusamatova, S. (2023). Some aspects of self-development and self-knowledge, and

effective assessment methods. Science and innovation, 2(B5), 420-423.
3.

Sh.Umarova 2024. Psychological Features Of Workers And Factors Affecting

Them.

Pedagogical Cluster-Journal of Pedagogical Developments

. 2, 9 (Sep. 2024), 52–63.

4.

X.Raximova 2024. Current Role And Requirements Of Digital Pedagogy.

Pedagogical Cluster-

Journal of Pedagogical Developments

. 2, 9 (Sep. 2024), 38–51.

5.

Zukhra Mirzotilloyevna Radjabova. (2023). Features Of Adolescent And Teacher

Cooperation In The Current Period In Choosing A Profession. Diversity Research: Journal of
Analysis

and

Trends,

1(3),

210–215.

Retrieved

from

https://academiaone.org/index.php/2/article/view/131

6.

Ozodqulov, O. . (2024). VATANPARVARLIK RUHINI TALАBALARDA RIVOJLANTIRISH

PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA. Центральноазиатский журнал академических
исследований,

2(10

Part

2),

37–41.

извлечено

от

https://in-

academy.uz/index.php/cajar/article/view/38469

7.

Zilola Dilmurodova. (2024). PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL NATURE OF ABILITY.

European Journal of Interdisciplinary Research and Development, 27, 1–4. Retrieved From

https://ejird.journalspark.org/index.php/ejird/article/view/1092

8.

Avlayev, O.; Mirqosimova, H. (2023). O'quvchilarning o'z-o'zini boshqarish qobilyatini

o'rganish usullari. Maktab va hayot, 3(157), 4-7.10.
9.

Saodat, Y. (2023). Clarification of professional awareness in future educators. Horizon:

Journal of Humanity and Artificial Intelligence, 2(4), 185-188.11.
10.

Eshnayev N. J. 2024. THE INFLUENCE OF THE DISCRIMINATORY APPROACH ON THE

MOBILE AND FLEXIBLE CHARACTERISTICS OF LEARNERS AND THE FACT THAT IT IS A FACTOR
OF LOW LEARNING.

Web of Teachers: Inderscience Research

. 2, 6 (Jun. 2024), 216–220.

11.

Samarova, S. R. (2024). Features of personality and professional abilities of a teacher of a

preschool educational organization. European Science Methodical Journal, 2(6), 393-397.
12.

Norova,N.O.,&Bekmatov,B.D.(2021).Etnikpsixologiya va milliy psixologik qiyofa. Academic

research in educational sciences, 2 (12), 1262-1270.
13.

Burteshova,A.B. (2023). Agresiv hulq atvorning gender farqlari. Перспективыразвития, 1

(1),354-360.12.

Bibliografik manbalar

Abduqodirova D., Pardaboyeva M. THE ROLE OF EMOTIONAL CREATIVITY IN STUDENTS'DECISION-MAKING //INTERNATIONAL CONFERENCE OF NATURAL AND SOCIAL-HUMANITARIAN SCIENCES. – 2024. – Т. 1. – №. 7. – С. 27-30.

Abdusamatova, S. (2023). Some aspects of self-development and self-knowledge, and effective assessment methods. Science and innovation, 2(B5), 420-423.

Sh.Umarova 2024. Psychological Features Of Workers And Factors Affecting Them. Pedagogical Cluster-Journal of Pedagogical Developments. 2, 9 (Sep. 2024), 52–63.

X.Raximova 2024. Current Role And Requirements Of Digital Pedagogy. Pedagogical Cluster-Journal of Pedagogical Developments. 2, 9 (Sep. 2024), 38–51.

Zukhra Mirzotilloyevna Radjabova. (2023). Features Of Adolescent And Teacher Cooperation In The Current Period In Choosing A Profession. Diversity Research: Journal of Analysis and Trends, 1(3), 210–215. Retrieved from https://academiaone.org/index.php/2/article/view/131

Ozodqulov, O. . (2024). VATANPARVARLIK RUHINI TALАBALARDA RIVOJLANTIRISH PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA. Центральноазиатский журнал академических исследований, 2(10 Part 2), 37–41. извлечено от https://in-academy.uz/index.php/cajar/article/view/38469

Zilola Dilmurodova. (2024). PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL NATURE OF ABILITY. European Journal of Interdisciplinary Research and Development, 27, 1–4. Retrieved From https://ejird.journalspark.org/index.php/ejird/article/view/1092

Avlayev, O.; Mirqosimova, H. (2023). O'quvchilarning o'z-o'zini boshqarish qobilyatini o'rganish usullari. Maktab va hayot, 3(157), 4-7.10.

Saodat, Y. (2023). Clarification of professional awareness in future educators. Horizon: Journal of Humanity and Artificial Intelligence, 2(4), 185-188.11.

Eshnayev N. J. 2024. THE INFLUENCE OF THE DISCRIMINATORY APPROACH ON THE MOBILE AND FLEXIBLE CHARACTERISTICS OF LEARNERS AND THE FACT THAT IT IS A FACTOR OF LOW LEARNING. Web of Teachers: Inderscience Research . 2, 6 (Jun. 2024), 216–220.

Samarova, S. R. (2024). Features of personality and professional abilities of a teacher of a preschool educational organization. European Science Methodical Journal, 2(6), 393-397.

Norova,N.O.,&Bekmatov,B.D.(2021).Etnikpsixologiya va milliy psixologik qiyofa. Academic research in educational sciences, 2 (12), 1262-1270.

Burteshova,A.B. (2023). Agresiv hulq atvorning gender farqlari. Перспективыразвития, 1 (1),354-360.12.